Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 050 (The Spiritual Privileges of the Chosen)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 2 - XUDONING SOLIHLIGI HATTO YOQUBNING TAN-LANGAN BOLALARINING BAG'RI TOSHLIGIDAN KEYIN HAM TEBRANMAS (Rimliklarga 9:1-11:36)

2. Tanlangan xalqning ruhiy yengilligi (Rimliklarga 9:4-5)


RIMlIKLARGA 9:4-5
4 Xudo ularni o'g'illikka olgan, O'zining ulug'vorligini ularga namoyon qilgan, ular bilan ahd-paymon qilgan, ularga Ta-vrotni, diniy xizmat ko'rsatmalarini yo'llagan hamda tabarruk va'dalarini bergan. 5 Ulug' ota-bobolarimiz ularning otalari bo'lgan, Masih ham jisman ulardan kelib chiqqan. U borliq narsa ustidan hukmdor, abadiy hamdu sanolarga sazavor bo'lgan Xudodir. Omin!

Pavlus Rimdagi jamoatga xalqining huquqlarini va ruhiy yengilliklarini eslatishni istadi. U o'sha vaqtda bu yengilliklari unga yordam bermaganini va uning xalqi haqiqiy Masihni bilib Uni qabul qilishga yordam bermaganini tan oldi; shuning uchun ular Undan nafratlanib, Uni rad etib va hatto Muqaddas Ruhga qarshi yuraklarini tosh qilib olib, ular Uni xochga mixlashga topshirishlari uchun Unga xasad qilishdi. Zulmat to'satdan emas balki asta sekin tushganiga o'xshab, tosh yurak bo'lish xalqining ustiga tushdi.

Boshqa odamlardan ularni ajratib turadigan Pavlusning qarindoshu qandoshlariga tegishli bo'lgan marhamatlar nimalar edi?

Ularning asl ismalri Isroil o'g'illari emas balki muttaham Yoqubning bolalari edi. Lekin gunohlari bilan ayiblangan otalari Rabbiy uni duo qilmaguncha Rabbiydan ketishga ruhsat bermadi. Yoqubning mustahkam imoni tufayli Rabbiy uning ismini 'Xudo bilan kurashgan va imoni orqali g'alaba qilgan' ma'noni beradigan Isroil ismiga o'zgartirdi. Yoqub tanaviy kuchli emas edi yoki u yaxshi ish qilmagan, balki uni Xudoning g'azabidan va hukmidan saqlab qolgan, unda yashagan mustahkam imon orqali kuchli edi (Ibtido 32:22-32).

Yoqub Isoning ajdodlaridan biri bo'lgan. Iso dunyoning gunohlarini olgan va gunohlarimizning hukmidan bizni saqlab qolish uchun Xudo bilan kurashgan Xudoning Qo'zisidir. U imon orqali Xudoni qo'yib yubormadi va Xudo hammamizni duo qilmaguncha Undan ketishga ruhsat bermadi. Maryamning O'g'li bizni hukmdan ozod qilgan Najodkorimizdir. Shuning uchun, Xudo bilan haqiqiy kurashuvchi Yoqub emas, balki Xudoning g'azabidan bizni qutqargan yagona va haqiqiy Isroil bo'lgan Isodir.

Ular uchun kurashgan bu vosetachini qabul qilmagan Yahudiylar Masihiylar va Musulmonlar na Uning inoyatlarida qatnashadilar va na Uning tanlangan ruhiy xalqiga tegishlidirlar. Bu tushuncha Pavlusning yuragini achinish bilan to'ldirdi chunki xalqining ko'plari va'da berilgan huquqlarini tushunmasdan ruhiy ko'rliklarida va mag'rurliklarida o'jarlik bilan bularni rad etdilar.

Rabbiy Musoga Misr xalqining Fraviniga Yoqubning bolalari hammasi merosho'rliklarini unga aytish uchun buyurdi (Chiqish 4:22; Iklamachi Qonunlar 14:1; Hoshiya 11:1-3). Xudo Uni ulug'lamagan bolalarining o'jarliklaridan azoblangan, hatto Xudo ularga asranish xuquqini bergan bo'lsa ham. Ular yana tug'ilishmagan, balki ularda merosho'rlikning huquqi bor edi.

Rabbiyning ulug'vorligi uchrashuv chodirining zalidagi muqad-daslar muqaddasida yashagan, holbuki tanlangan xalq cho'lda sarson bo'lgan. Xudo ularni himoya qilib, havf-hatarlardan nari boshqargan va ko'p mo'jizalar ko'rsatgan (Chiqish 40:34; Iklamchi Qonunlar 4:7; 1 Shohlar 2:11; Ishayo 6:1-7; Izekil 1:4-28; Ibroniylar 9:5). Biroq, Xudo tanlangan xalqini jazolab, ularning imonsizliklari uchun ularni o'limga taxdid qildi, biroq Musoning va Aronning iltijolari Uning to'liq ulug'vorligidan ularni saqlab qoldi (Sonlar 14:1-25).

Pavlus abadiy bu kichik xalqqa O'zini bog'lagan odil Hukmdor, Yaratguvchi, Rabbiy bo'lgan Xudoning buyuk va kuchli bayonlariga dalolat beradigan ahdlarda topilgan boshqa huquqlaridan Yahudiylarni eslatadi. Muqaddas Kitob quydagi ahdlar haqida gapiradi:

Nuh bilan Xudoning ahdi (Ibtido 6:18; 9:9-14).
Ibrohim bilan Xudoning ahdi (Ibtido 15:18; 17:4-14).
Ishoq va Yoqub bilan Xudoning ahdi (Ibtido 26:3; 28:13-19; Chiqish 2;24).
Muso bilan Xudoning ahdi (Chiqish 2:24; 6:4; 24:7-8; 34:10, 28)

Lekin, Muqaddas Kitob achinish bilan eski ahd xalqi bu va'dalarni vaqtdan vaqtga qoldirganliklariga qayta-qayta dalolat beradi, shuning uchun, Yeremiya payg'ambar Xudo itoatsiz xalqining ruhiy tug'ilishini o'z ichiga olib, ular bilan yangi ahd tuzishga qaror qilganligini aytgan (Yeremiya 31:31-34).

Qonun payg'ambar Muso orqali xalqi bilan Xudoning ahdining poydevoridir. O'nta amri bilan ahd kitobi Yahudiy falsafachilariga ko'ra, 248 ijobiy amrlarni va 365 salbiy amrlarni (qatag'on) o'z ichiga olib, 613 amrlarning umumiyligini ko'rsatish joyi edi.

Biz bu amrlarning boshida bu to'g'ri bayonni o'qiymiz: “Men sizning XUDOYINGIZMAN. MENDAN boshqa xudolaring bo'lmasin” (Chiqish 20:1-3).

Bu amrlarning maqsadini o'rganadigan kishi, bu amrni topadi: “Muqaddas bo'ling, chunki Men XUDOYINGIZ muqaddasman” (Levitlar 19:2). Bu amrlarning mag'zi: “RABBINGIZ bo'lgan Xu-doni butun qalbingiz bilan, va butun kuchingiz bilan seving” (Iklamchi Qonunlar 6:5), va “O'zgani o'zingiz kabi seving” (Levitlar 19:18).

Lekin biz Isodan boshqa bu amrlarni bajargan hech kimsani topmaymiz (Zabur 14:3; Rimliklarga 3:10-12).

Uchrashuv chodiri oldida va Quddus ma'badida Xudoga sajda qilish gunohkor Xudoga yaqinlashishga va Unga sajda qilishga huquq berish uchun bir necha qon to'kish qurbonliklari orqali gunohkorning barcha poklanishini birinchi talab qilgan. Bunga honishlarning ko'rinishi orqali, madhiyalar va iltijolar, gunohlarni tan olish, udumlarning ko'rinishi va sajda qilish orqali erishilgan. Eski Ahddagi Zabur honishlari Kitobiga chuqur kirib borgan kishi, bu bayonlarning ruhini va buyumini aniq topadi. Qurbonliklarni taqdim qilmasdan barcha sajda qilish harakatlarining eng muhimi duoni olish edi.

Bu sajda qilish harakatlari bayramlarda ularning oliy darajalariga yetib bordi, ayniqsa Pasxada, Elliginchi kunda, Uchrashuv Chodirida va Yahudiylarning yangi yilida (Yarashuv Kuni).

Quddus ma'badida Xudoning yashashiga diqqat etish xalqning birligini kuchlantirdi. Lekin bu ruhiy markazdan qat'iy nazar, u yerda Ba'allar uchun qurbongohlar qilingan ko'plab qishloqlar bor edi va ularga qarshi g'azablantirishga Xudoning jig'iga tegadigan suratlar va haykallarini ular ko'tarib, boshqa xudolarga qurbonlik tortig'larini to'laganlar.

Eski Ahd biz uchta maqsadlarda topadigan bir necha yetuk va'dalarning to'liqligidir:

a) Ularning Xudolari Rabbiyning huzuri, kechirimi, hi-moyasi va tasallisi (Chiqish 34:9-11).
b) Xudoning Qo'zisi, Tinchlik Shahzodasi va Masihning kelishi haqidagi va'dalar (Iklamchi Qonunlar 18:15; 2Shomuil 7:12-14; Ishayo 9:5-6; 49:6; 53:4-12)
c) Hamma tanadagilarga va tanlangan xalqqa Muqad-das Ruhning tushishi (Yeremiya 31:31-34; Izekil 36:26-27; Yuel 3:1-5).

Lekin, afsus! Yahudiylarning ko'plari xalqlarining Shohi bo'lgan Xudoning Qo'zisining kelishini payqamadilar. Ular kuchli siyosiy davlatning yuksalishini kutib, Muqaddas Ruhning tushishini pisand qilmadilar. Shuning uchun ular na gunohlarini bildilar va na yangi ruhiy tug'ilishni qidirdilar. Ko'p va'dalar Isoning harakati va izdoshlariga Muqaddas Ruh tushishi orqali bajarildi, lekin tanlangan xalqning ko'plari ular uchun bu va'dalarning to'liqligini na tushundilar va na qabul qildilar.

Tanlangan xalqning ota-bobolari falsafachilar emasdilar, balki boshqalar uchun ruhoniylar va cho'ponlar bo'lganlar. Ular Ibro-him, Ishoq va Yoqub orqali ifodalangan, chunki ularning samimiy imonlari kuchsizliklarini yengib chiqqan. Ahdning Xudosi Ibrohimning, Ishoqning va Yoqubning Xudosi deb nomlangan (Ibtido 35:9-12; Chiqish 3:6; Matto 22:32).

Na Muso, na Dovud, na Elisha va na Eski Ahdning boshqa shoxslari birorta o'quv yurtlari yoki akademiklarni o'rnatishmagan, balki ular insonlarning buzilishlaridan qatiy nazar qayta-qayta Rabbiyning kuchini va haqiqatini boshdan kechirishdi. Ular imonlari bilan muvofiqlikda yashab, xalqlari uchun yaxshi misol va avlodlari uchun marhamat favvorasi bo'lishdi.

Biroq, eng buyuk yutuq va Isroil xalqining hurmati biz insonlar orasida bo'lgan Xudoning sevgisida, kuchida va hokimligida ko'radigan Xudoning Kalomi tanada bo'lgan, Oliy Ruhoniy, Shohlarning Shohi bo'lgan kutilgan Masihning kelishi edi. U degan: “Men dunyoning nuriman,” chunki Xudoning sevgisi Unda yashagan va Muqaddas Ruh Uni ulug'lagan. U va Xudo U shunday tan olgandek birdir: “Men va Otam birmiz” (Yuhanno 10:30). Bu haqiqatga ko'ra, havoriy Pavlus Uni “Xudo” deb chaqirgan. U bir “Xudo” deb aytmagan, balki barcha jamoatlar Masih Xudodan bo'lgan Xudo deb tan olgandek, haqiqy “Xudo” deb aytgan. Nurdan bo'lgan Nur. Haqiqiy Xudodan bo'lgan haqiqiy Xudo; tug'ilgan, yaratilmagan, Ota bilan bir zamirda bo'lgan.

Yahudiylar g'azablanib, muammolar qilishdi va Pavlus Rimdagi jamoatga bo'lgan maktubida ifodalagan tan olishi tufayli Masihiylarni la'natladilar. Yahudiylarning ko'plari Isoni adashtiruvchi, shakkok va Xudoga qarshi g'alayonchi deb hisoblashdi va ular Uni mustamlakachilari bo'lgan Rimliklarga xochga mixlash uchun topshirishdi. Ular 700 EO. Ishayo davridan beri yuraklarini tosh qilganlaricha davom etishdi (Ishayo 6:9-13; Matto 13:11-15; Yuhanno 11:40; Havoriylar 28:26-27).

Biz bu oyatlardan ularning yuraklari qotib borganini va bu aniqroq bo'lib borganini topamiz. Ular gunohlaridan tavba qilmasdan, balki o'zlarini rad etilganlardek boshqalarga qarab, Musoning qonunini ijro etganlari uchun solih deb hisoblashgan.

Yuraklarini tosh qilib olgan payitlarida, suvga Cho'mdiruvchi Yahyo Masih uchun yo'l hozirlagani kelgan edi va xalqning yaxshi tanlovi u orqali suvga cho'mish edi. Ular Yahyodan Iso Xudoning Qo'zisiligini eshitishdi va Iso yangi ruhiy shohlikni o'rnatish uchun Muqaddas Ruh bilan cho'mdirishini tushunishdi; va cho'lda bitta yig'layotgan kishi orqali suvga cho'mgan hammalari Masihni qabul qilish uchun tayyorlanishdi. Iso O'ziga ergashish uchun qonun mutahassislarini, dindorlarni yoki olimlarni chaqirmadi, balki U suvga Cho'mdiruvchi oldida gunohlarini tan olganlarni chaqirdi va ular Uning shogirdlari bo'lib, Muqaddas Ruhga to'lishdi. Tanlangan xalqdagi sir na bilim, na boylik, na siyosiy tajriba, va na buyuklikdir, balki bu gunohlarni tan olish va ruhiy si-nishdir. Gunohlarini tan olganlar Masihdan najod va abadiy hayotni qabul qilishdi.

Isroil xalqi Xudoning huzuriga qo'shimcha ravishda quvongan qonuniy yutuqlarda Yahudiylarning ko'plariga salbiy ta'sir bo'r edi. Ular mag'rur va boshqa xalqlar ustidan hokim bo'lishgan va ular o'zlarini solih deb tahmin qildilar va shuning uchun tavba qilishga hojat yo'q deb hisobladilar. Ular gunohlarini anglamasdan haq-huquqlarda boy bo'lib, lekin ruhda kambag'al bo'lgunlaricha Xudoga ,Masihga va Uning pok Ruhiga qarshi yuraklarini tosh qilib oldilar.

Pavlus o'tgan hayotida aqidaparast, mag'rur va ulardan biri bo'lgan. U Masihning izdoshlarini qiynagan, ulardan ba'zilarini tashlab yuborishga majbur etgan va imonda mustahkam bo'lganlarni o'ldirgan. Lekin Damashqqa yaqin Masihning ulug'vor nurida U bilan uchrashishi uning orzu-niyyatlarini, fikr va mag'rurliklarini tarqatib, uni buzuqliklarini va gunohlarini tan olishga majbur qildi. U Masihning inoyati orqali siniq bo'ldi va Muqaddas Ruh orqali qayta tug'ilib, Rabbiy Isoning havoriysi bo'ldi.

Pavlus insonni saqlab qoladigan narsa na Ibrohimning urug'idan bo'lgan avlodi bo'lish, va na sunnat ekanini, balki Masihning yarashtirishi orqali oqlanish va Muqaddas Ruhi bilan to'lish ekanini tushunib yetdi. Inson Masihning ruhiy tanasiga a'zosi bo'lib ulanadi. Pavlus Ibrohimning yangi avlodiga xushxabarni voizlik qilish bilan Xudoning ruhiy shohligi Isroilning siyosiy holati hech qachon o'xshash bo'lmaganini tushunib yetdi. Afsuski Masihning ruhiy tanasi bugun Isroildagi zo'ravon quvg'indan azoblanadi. Pavlus siyosiy holat haqida gapirmadi balki yaxshi ishlarda, ha-qiqatgo'ylikda va dunyodagi har bir joydagi poklikda ko'rinadi-gan Masihning ruhiy shohligi to'g'risida gapirgan.

IBODAT: Ey osmondagi Ota, tanlangan xalqinga sabr-toqat qilganing uchun Senga rahmat va bizning ogohlantirishlarimiz va jazolarimizdan qat'iy nazar, bu g'alayonchi xalq uchun Eski Ahdda tuzgan va'dalaring uchun Seni ulug'laymiz. Agar biz imon va sodiqlik bilan buyuk sevginga javob bermagan bo'lsak bizni va xalqimizni kechirgin; va Ibrohimning bolalarining ko'plarini fikrlarini yangilash orqali tirik Iso Masih uchun yuraklarini poklab saqlagin. Omin.

SAVOLLAR:
55. Pavlus eski ahd xalqi uchun qancha yutuqlarni nomladi? Ulardan qaysi biri sizga eng muhimi bo'lib ko'rinadi?
56. Xudoning inoyati nima uchun bir hukmdan boshqasiga qulagan tanlangan xalqning ko'plarini saqlab qolishga qodir emas edi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 19, 2012, at 03:37 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)