Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 034 (The Believer Considers Himself Dead to Sin)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
D - XUDONING KUCHI BIZNI GUNOHNING KUCHIDAN QUTQARADI (Rimliklarga 6:1 - 8:27)

1. Imonli o'zini gunoh uchun o'lik deb hisoblaydi (Rimliklarga 6:1-14)


RIMLIKLARGA 6:5-11
5 Agar o'lishda Masihga ergashgan bo'lsak, albatta tirilishda ham Unga ergashamiz. 6 Gunoh qilishga mubtalo bo'lgan bu vujudimiz yo'q qilinsin, deb eski o'zligimiz Masih bilan birga xochga mixlangan. Buni bilib, biz endi gunohga qul emasmiz. 7 Chunki o'lgan odam gunoh qilishdan ozoddir. 8 Agar biz Masih bilan birga o'lgan bo'lsak, U bilan yashashimizga ham ishonchimiz komil. 9 Masih tirilib boshqa o'lmasligini, o'lim esa Unga endi hokim bo'lolmasligini bilamiz. 10 Uning o'limi gunoh uchun bir bor o'lim edi. Qolgan hayotini esa U Xudo uchun yashamoqda. 11 Shunga o'xshab, sizlar ham o'zlaringizni gunoh qarshisida o'lik, lekin Rabbimiz Iso Masih bilan birlashgan holda Xudo qarshisida tirik hisoblanglar.

Siz Iso nopok gunohlaringiz tufayli azoblanib, xochda haqiqatdan o'lganini bilasizmi? Siz gunohlaringiz va buzuqliklaringiz tufayli o'lim uchun azob tortishga va abadiy do'zaxning daxshatli azoblarini tatish uchun loyiq edingiz. Biroq, Iso gunohingiz uchun Xudoning hukmini olib, la'natlangan xochda sizning o'rningizga xochga mixlanishni oldi.

Agar siz Isoning ishini va saqlab qolish sevgisini qabul qilgan bo'lsangiz, siz gunohlaringizdan uyalgan bo'lardingiz va boshqa yovuz ishlar qilishni va yovuz o'ylarni o'ylashni istamagan bo'lar edingiz. Bu bilan siz o'zingizdan voz kechib, o'zingizdan nafratlangan bo'lardingiz. Siz o'zingizni tan olmasdan, balki hukm qilinishga rozi bo'lib, o'zingizni hukm qilgan bo'lardingiz. Siz o'zingizni o'lik deb hisoblab, o'zingizdan kechardingiz. Masih sizda yashashi uchun o'zingizda bu ruhiy o'limni amalda qo'llashdan ko'ra oldingi buzuqligingiz uchun boshqa najod yo'q.

O'zidan kechmasdan Masihning ortidan ergashish yo'q. Pavlusda o'zining maktublarida qaytarib o'tadigan ilk guvohlik bor: Biz Masih bilan birgalikda yashashimiz uchun U bilan xochga mixlanib tirilganmiz; xochga Mixlanadiganni bilish bu u istagandek harakat qila olish emas, balki U ulug'lanadi va buyuk og'riq bilan o'ladi.

Pavlus o'zimizning bu o'limimiz xochga Mixlanganga ishonishni boshlaganimizda sodir bo'lganiga dalolat beradi. Biz bu vaqtda, Isoning o'limi bilan birlashdik va Uning o'limi bizniki ekanligini tan oldik. Biz qonuniy o'ldik va bu hayotda endi xohishlar va huquqlar yo'q, chunki Xudoning g'azabi bizni Masihda butunlay yo'q qildi.

Fuqorolik huquqi birorta o'lik huquqlarni taqdim etmagandek, qonunda ham endi o'lik inson ustidan kuch yo'q. Vasvasa ham bizning yovuz tanalarimizdagi boshlanyotgan nuqtani topa olmaydi, chunki biz ularni o'lik deb hisoblaymiz.

Biroq, deyarli o'lgan yoki chala o'lgan ba'zi odamlar ham bor, lekin hali ham ularda hayot nafasi bor. Shunday odamlar hali yura olishi mumkin. Lekin shaxringizning ko'chalarida o'lik inson chirib ketgan tanasi bilan turib yurishini faraz qiling! Keyin hamma uning badbo'y hidi tufayli undan qochib ketishadi. Masihiy eski gunohlariga qaytib, yana bir bor buzuq tanasini kiyib, uyatsiz hirslarining mahbusi bo'lishiga qaraganda daxshatli narsa yo'q. O'zimizdan kechishda davom etish bu imonimizning holatidir. Biz o'zimizni har doim Masihda o'lik deb hisoblashimiz kerak.

Biroq, imonimiz biz eski insonni olib tashlashimizga to'g'ri kelganidek va o'zimizni xochga mixlangan deb hisoblaganimizdek faqat teskari narsalarni oqlamaydi. Yo'q, chunki imonimiz ijobiy imondir. Bu hayot imonidir, chunki sevgida Masih bilan birligimiz bizni Uning tirilishida, zafarida va kuchida sherik qiladi. Iso qabrini jimgina tark etganida, O'zining ruhiy badani bilan qoyalar va devorlar orqali o'tdi, shuning uchun Isoga ishongan kishi Unda oqib chiqayotgan Rabbiysining abadiy hayotini bilib, Unda o'zini kiyintiradi.

Masih hech qachon o'lmaydi. U o'lim ustidan g'alaba qozongan, chunki bu asl dushmanda Muqaddas Isoni ustidan bo'lgan kuch yo'q edi. Iso gunohlarimiz uchun Xudoning Qo'zisi bo'lib o'ldi va abadiy qutqarilishni topdi. U Xudoga va insonlarga xizmat qilish uchun o'ldi. U qanchalar ko'p bugun Xudo va insonlar uchun hayotini beradi, chunki U ko'plab o'g'illar va qizlar yaxshi ahloqlari orqali Uning barhayot ismini ulug'lab, Undan tug'ilishlari uchun har vaqt Otasini ulug'lab yashaydi.

Siz imonimizning belgisini bilasizmi? Biz gunohlarimizni tan olganimizda va xoch bilan birlashganimizda, o'zimizdan to'liq voz kechdik. Bu nima uchun Iso o'limdan tirilib, abadiy yashab hukm surganidek, biz ruhda tirilib, abadiy solihlikda Xudo uchun begunoh va hursand bo'lib yashashimiz uchun bizda hayotining kuchini ekkanidir.

Biroq, Masih va bizning o'rtamizda chuqur farq bor. U abadiylikdan muqaddas bo'lgan, shuning uchun biz faqat U bilan bir bo'lgan imonimiz orqali haqiqiy muqaddaslikka erishganmiz. Havoriy sizdan faqat Xudoga xizmat qilishni so'ramaydi, balki u bizni Masihda xizmat qilishimizga ishontiradi.

Biz o'zimiz orqali Muqqaddas Xudoning oldiga kelishga loyiq emasmiz, lekin biz Najodkorga bag'ishlagan joyda, bizning takabburligimiz Uning sevgisida o'ladi va Unda davom etamiz, va bizni sevgan U orqali kasalliklarimizni yengishimiz uchun, bizda Uning kuchi, mehri va hursandchiligi ishlaydi. Biz faqat bu ozodlikda imon va singan istak orqali qatnashamiz. Siz haqiqatdan ham Masih bilan xochga mixlanib ko'milganingizni va Uning tirilishi orqali haqiqatdan tirilganingizga ishonasizmi?

IBODAT: Ey muqaddas Rabbiy Masih, Sen xochda mening o'rinbosarimsan. Sen mening gunohlarimni va hukmimni olding. Bu buyuk va sevgi najoting uchun Senga rahmat aytaman. Menda o'zidan kechishlikni bajarib, men Sening o'limingda o'zimni o'lik deb hisoblashim uchun, o'limga hukm qilinganimni tushunchaciga meni qo'y. Sening azoblaring va maqsadlaring uchun Senga tashakkur. Men Seni ulug'layman, chunki men Sen uchun yashashimga, Otangni ulug'lashim uchun va imonda Sen bilan birlashishim uchun menda hayotingni ekding. Ey muqaddas Rabbiy, Sen jinoyatchilardan va u uchun yashaydigan Xudoning otasiz bolalaridan azizlar yaratasan. Sening inoyating qanchalar buyukdir! Iltimos, bizning sajdamizni va hayotimizni qabul qilgin. Omin.

SAVOL 38: Biz qanday qilib Masih bilan xochga mixlanib, Uning hayotida tirildik?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 19, 2011, at 03:25 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)