Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 019 (Man is Saved not by Knowledge)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
A - BUTUN DUNYO YOVUZ SHAYTONNING ZULMI OSTIDA-DIR VA XUDO SOLIHLIKDA HAMMANI HUKM QILADI (Rimliklarga 1:18 - 3:20)
2. Xudoning g'azabi Yahudiylarga qarshi oshkor qilinadi (Rimliklarga 2:1-3:20)

c) Inson bilimi orqali emas balki ishlari orqali saqlanib qoladi (Rimliklarga 2:17-24)


HAVORIYLAR 2:17-24
17 Mana, sen o'zingni yahudiy deb Ilohiy Qonunga suyanib, Xudo bilan mahtanib yuribsan. 18 Sen Xudoning xohish-irodasini bilish va yaxshini yomondan farq qilishni Ilohiy Qonundan o'rganib olibsan. 19 Sen Ilohiy Qonundagi ilmu ma'rifat hamda haqiqatning mohiyatiga anglab yetibsan-u, ko'rlarga yo'l ko'rsatuvchi, zulmatda qolganlarga nur, g'ovillarga murabbiy, g'or bolalarga esa muallim bo'lganingga ishonch hosil qilibsan. 21 Shunday ekan, sen qanday qilib boshqalarga ta'lim bera turib, o'zingga ta'lim bermaysan? 22 “O'g'irlik qilma”, deb nasihat qilib, o'zing o'g'irlik qilasanmi? “Zino qilma”, deb turib, o'zing zino qilasanmi? “Butlardan jirkanaman” deb, but xonalarni talaysanmi? 23 Ilohiy Qonunni maqtaysan-u, unga amal qilmay Xudoni taxqirlaysanmi? 24 Xuddi Tavrotda yozilgani kabi “Sizlar bois majusiylar orasida Xudo ismi mudom kufr qilinadir”.

Xudo Ibrohimning avlodlariga Xudoning muqaddas ulug'vorligiga va buyukligiga dalolat beradigan muqaddas Qonunning yorlig'i bilan ishontirdi.Yahudiylar Qonunning qadr-qimmatini bilishgan. Ular bunga suyanib, bu yorliq orqali kuch bilan tebranishgan va bu ularni osmonga olib ketish uchun yetarli deb o'ylashgan, haqiqatdan ham Qonun ular harakat qilgan yo'l tufayli g'azab va hukm uchun sabab edi.

Pavlus Yahudiylar tasvir etgan yaxshi va yomon sifatlarni sanab o'tgan. Ilohiy vahiy dashtning odamlariga osoyishtalik, ishonch va g'urur bergan, chunki ular Xudoni va Uning irodasini bilar edilar. Ular hayotda eng yaxshi yo'lni bilishar edi, va ular o'tmishda odamlarning o'qituvchilari va xalqning nuri bo'lishgan.

Bir tomondan Pavlus ularga Qonunda insonlarni o'zgartirish uchun kuch yo'qligini tasdiqlab berdi. Bu orqali Yahudiylar bajarishga majbur bo'lganliklarini, lekin ular vazifalarini bajarmaganliklari ham haqiqat. Ular Xudoning sirlarini bilardilar, lekin ular bunda yurmadilar. Ularning ko'plari temir iroda bilan rasmiy qonunchilik imonining oliy pag'onasiga yetib keldilar. Biroq, Xudoning irodasi ularning yuraklariga tushmayotgan edi.

Ular balki amalda o'g'irlamagandirlar, balki ularning ko'zlari ta-magirlik bilan ko'r bo'lgan. Ular balki zinoga berilmagan bo'lishlari mumkin, lekin ularning yuraklari nopok fikrlari bilan to'lib toshgan edi. Ular Xudoning Qonuniga ming marta uzoq bordilar. Pavlus qo'shimchasiga hatto imonlilarning hayotida sevgi kamligini ko'rdi. Ular gunohlari orqali Xudoni hurmat qilmadilar va Uning nomiga qarshi kufrlik qilishga boshqa xalqlarga sabab bo'ldilar.

Pavlus asl Yahudiylarning Masihiyi bo'lgan va xalqining barcha zo'r bisotlari buyuk hatodan mustasno ekanligini yozgan. Unda bu bayon tufayli huquq va gunohlarni va xalqining g'azablarini ochib tashlash uchun kuch bor edi; uning solihligidan hech narsa qolmaganligi uning buyuk gunohlari va keskinlashayotgan ayiblari bilan solishtirildi. Ularning aloqalari tufayli Xudoning ismi kufrlanishini aytishga qaraganda birorta odamga yoki xalqqa qarshi og'irroq shikoyat yo'q. Ular Qonun bilan odamlarni ruhlantirish uchun asl chaqiruvlariga javob bermadilar balki o'zgartirdilar. Agar biz hozirgi kunda huquqlarimizni rad etadigan, lekin buzuq jamiyatimizning yuzidan diniy niqobni olib tashlaydigan Pavlusdek jasoratli guvoh topa olsak, unda tavba qilishdan va sinishdan boshqa hech narsa qolmaydi.

Siz Ibrohim xalqini hukm qilasizmi? Ogoh bo'ling! Ular ham sizga o'xshagan gunohkor.

Xudo aniq aytgan: “Muqaddas bo'ling, zero Men muqaddasman”. Siz haqiqatdan ham osmondagi Otangizga o'xshab komil va muqaddas Masihiymisiz? Insonlar oldida sizning nuringiz ular hayotingizdagi o'zgarish tufayli siz osmondagi Otangizni ulug'lashingizni va yaxshi ishlaringizni ko'rishlari uchun porlab turadimi? Do'stlaringiz e'tiqodingizdan nafratlanadimi, chunki siz Masihning qutqarishini rad etadiganlardan yaxshiroq emassizlar. Siz Xudoning ismiga qarshi kufr uchun sababmisiz? Osmondagi Otamiz O'zini sizning sevgingiz va kamtarligingiz orqali oshkor qila oladimi?

IBODAT: Ey muqaddas va buyuk Xudo, mening gunohim o'zim bilganimga qaraganda buyukroqdir. Men itoatsizligimda va ikkiyuzlamachiligimda ko'pchi-likning kufrligi uchun sabab bo'ldim. Birorta odam Sening muqaddas isminga qarshi kufrlik qilganda meni kechir, chunki men Sening oldingda komil bo'lib yurmadim. Mening to'liqsiz sevgimni, nopokligimni va sabirsizligimni kechir. Boshqalar menda Seni ko'rishlari uchun O'zingning suratingda meni yaratding; Sening amrlaringa bo'ysunishim uchun va Sening surating menda yorqinroq va yorqinroq porlashi uchun Sening namunanga ergashishimga yordam ber. Meni kuchsizligimdan, gunohlarimdan va o'zimdan saqla. Omin.

SAVOL 23: Qonunning huquqlari va uning Yahudiylar ustidagi og'irliklari ni-malar?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 15, 2011, at 10:08 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)