Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 265 (The Tomb Sealed and Guarded)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

31. Qabirni Muhirlash va Qo'riqlash (Matto 27:62-66)


MATTO 27:62-66
62 Tayyorgarlik kunining ertasiga oliy ruhoniylar va farziylar Pilatning huzuriga to'planishib: 63 - Taqsir! - deyishdi, - O'sha aldamchi hali tirikligida: “Uch kundan keyin qayta tirilaman”, - degani esimizga tushdi. 64 Shuning uchun uch kungacha qabrni qorovullashni buyursangiz, toki Uning shogirdlari kechasi kelib Uni o'g'irlab ketishmasin va xalqqa: “U qayta tirildi”,- deb aytishmasin. Yo'qsa, oxirgi aldov birinchisidan battar bo'ladi. 65 Pilat ularga: - Mana, soqchilar bo'linmasi o'zlaringizning ihtiyoringizda. Borib, bilganingizdek qabrni qorovullanglar, - dedi. 66 Ular esa soqchilar bilan borib, qabr toshiga muhr bosib, qabrni qorovullay boshladilar.
(Matto 20:19, Mark 15:42)

Shogirdlar Iso O'zining ulug'vor tirilishi haqida bir necha marta gapirganini eslamadilar. Farziylar va bosh ruhoniylar Isoning tirilishiga ishonmadilar. Ular Uning izdoshlari Uning o'lik tanasini o'g'irlab ketib, Ustozimiz tirildi deb jar soladilar deb taxmin qilishdi. Yahudiy xalqning yo'l boshchilari Haqiqat Ruhida yashamaganlar va Isoning izdoshlari o'zlariga o'xshab, yolg'onchilarning guruhi deb o'ylaganlar.

Isoning hukmlari shubhalar bo'ldi. Iso o'lganidan keyin uch kundan keyin tirilishi haqidagi bayonini eslab, ular qabr muhrlanib, havfsizlanishiga buyurdilar. O'lik kishi qochib ketmasligi uchun qabrda qorovullar turishi qanday achinarli ko'rinishdir!

Ba'zi e'tirozchilar Isoning o'rniga boshqa kishi xochga mixlanib, bu kishi qabrga ko'milgan degan da'voni o'ylab chiqarishgan. Bu afsona har qanday dono kishini kuldiradi. Xochning tagida turgan Isoning onasi xochga mixlangan Isoni tanimaganmi? Xochdan Uni tushurganlar begona kishini olib borishganmi yoki Isoni olib borishganini bilishmaganmi?

Bu da'vo hech qanday haqiqiy muhim bo'lmagan o'rgamchak uyiga o'xshaydi va ossonlikcha buzilib ketishiga o'xshaydi. Bu oddiy o'rinsiz fikrlardir. Shunday da'voni voizlik qiladigan kishi Xudoga nato'g'ri qilib, Uni qabul qilolmaydigan tarzda tasvirlab beradi. Masihning izdoshlarining imon va e'tiqodlari g'uborsizdir, chunki ular xochga mixlangan kishi Iso Masih ekanini ko'rganlariga ishonishgan. Yahudiylar va Rimliklar bu dalilni bilishadi. Bu tarix kitoblari orqali ham isbotlaniladi va asr bo'ylab og'izdan og'izga o'tib kelgan. Xochga mixlangan Kishi Masih ekani va U o'lib, ko'milgani ko'p marta tasdiqlangan.

IBODAT: Rabbim va Najodkorim, Sen achchiq o'limdan tatib ko'rding va qorong'u qabrga qo'yilding. Men qo'rqmasligim uchun yoki o'lganimda u yerda Sen bilan uchrashmasligim uchun mendan oldin Sen qabrimga kirding. Mening ustimdan o'lim kuchi bo'lmasligi uchun menga hayotingning urug'ini qo'yib, hamma gunohlarimni kechirganing uchun Senga rahmat aytaman. Sen o'limdan qat'iy nazar izdoshlaringga yashashni taqdim etding. Sen bizning Homiymiz va Qutqaruvchimiz bo'lgan Zafarli Xudosan. O'liming tufayli biz abadiy yashaymiz.

SAVOL:

  1. Isoning o'limidan keyin darhol sodir bo'lgan eng muhim hodisalar qaysilar?

“Haqiqatdan ham Bu Xudoning O'g'li edi!”
(Matto 27:54)

SAVOL-JAVOB 10

Aziz kitobxon,
bu kitobchadagi Mattoga ko'ra Masih Xushxabaridagi bizning izoxlarimizni o'qib, endi siz quydagi savollarga javob berolasiz. Agar siz quydagi savollarning 90% javob bersangiz, biz sizga ta'lim olishingiz uchun bu kitobchaning keyingi qismini yuboramiz. Iltimos javob varog'iga aniq manzilingizni va to'liq ismingizni yozishni unutmang.

  1. Iso nima uchun hukm haqidagi nutqida imon haqida gapirmasdan balki faqat sevgi ishlariga qaratdi?
  2. Hukm kunida nima uchun solihlar gunohsiz namoyon bo'ladi va yovuzlar yovuz bo'lib namoyon bo'ladi?
  3. Fisih bayramining ma'nosi nima?
  4. Yahudiylar Oliy Kengashi nima uchun Masihga qarshi hukm yurita olmadilar?
  5. “Kambag'allar doim sizlar bilan birga” degan ibora nimani anglatadi?
  6. Siz arzon narxga o'z Rabbiysini topshirish uchun Yahudoning tayyor bo'lganidan nimani o'rgandingiz?
  7. “Hamirturishsiz non bayram kunlari” o'tgan va hozirgi kunlarga Yahudiylar uchun nimani anglatadi?
  8. Rabbiyning kechligining qoidasi oldida qisqacha nima sodir bo'ldi?
  9. Rabbiyning kechligining qoidalari nimani anglatadi?
  10. Butrus nima uchun Isoning ogohlantirishlariga ishonmadi?
  11. Iso nima uchun juda g'amgin bo'ldi?
  12. Iso nima uchun hatto o'limgacha titrab juda g'amgin bo'ldi?
  13. “Ruh tetik tana esa zayifdir” degan gap nimani anglatadi?
  14. Biz Getsemaniya bog'idagi Masihning uchta ibodatlaridan nimani o'rganamiz?
  15. Iso nima uchun hoinini “Do'st” deb atadi?
  16. Isoning bog'lanishi nimani anglatadi?
  17. Iso nima uchun yahudiylarning Oliy Kengashi oldida savol-javob qilinyotgan payitda jim turdi?
  18. Yahudiy Oliy Kengashi oldidagi Isoning yagona shahodatining mohiyati nima?
  19. Iso Yahudiylarning Oliy Kengashi oldida aytgan birinchi gapining ma'nosi nima?
  20. Butrus nima uchun Rabbiysidan uch karra yuz o'girdi?
  21. Kechqurundagi yahudiy boshliqlarining uchrashuvi va boshliqlarning ertalabda uchrashuvi o'rtasidagi farq nima?
  22. Yahudo Butrus kabi tavba qilmasdan nima uchun o'zini o'zi osdi?
  23. „Biz Yahudoning o'limidan nimani o'rganishimiz mumkin?
  24. Isoning haqiqiy shoh ekanini tan olishning ma'nosi nima?
  25. Pilat nima uchun yahudiylarga Barabbani va Isoni ham ulardan bittasi tanlanishi va boshqa biri ozod etilishi uchun taqdim etdi?
  26. Isoni hukm qilish uchun oldinga qo'yilgan aniq siyosiy guvohlikdagi yahudiylarning omadsizligining darajasi nima?
  27. Pilat nima uchun Isoni xochga mixlanishi uchun hukm qildi?
  28. Rim askarlari nima uchun Masihni zolimlarcha va masxara qilib qiynashdi?
  29. Isoga ergashishga xochni olib borish nimani anglatadi?
  30. Rabbiy Iso Masihning xochga mixlanishi uchun qoidaviy sabablar nimalar?
  31. Yahudiylar Isoni masxara qilishlarining ma'nosi nima?
  32. Matto tomonidan yozib olingan xoch haqida faqat aytilgan gapning ma'nosi nima?
  33. Gunohkor kishi nima uchun boshqalarning gunohlarini ko'tarolmaydi?
  34. Masihning xochga mixlanishida ayollarning o'rni qanday edi?
  35. Siz Isoning ko'milishidan nimani o'rgandingiz?
  36. Isoning o'limidan keyin darhol sodir bo'lgan eng muhim hodisalar qaysilar?

Siz abadiy xazinani olishingiz uchun Masihning imtixonini va Xushxabarni biz bilan bajarishingiz uchun, biz sizni rag'batlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz. Bizning manzil:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:46 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)