Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 215 (They Will Deliver You up to Tribulation)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI

5. Ular Sizni Qiynoqqa Topshiradilar (Matto 24:9-14)


MATTO 24:12-14
12 Yovuzlik avjga chiqishi tufayli ko'pchilikning sevgisi soviydi. 13 Lekin oxirigacha chidagan qutiladi. 14 Xudo saltanati to'g'risidagi Injil Xushxabari hamma xalqlarga dalolat bo'lish uchun jahon bo'ylab targ'ib qilinadi va o'shandagina so'ng bo'ladi.
(Matto 10:22, 28:19, 2 Timo'tiy 3:1-5, Vahiy 13:10)

Shahardagi har bir haydovchi ko'cha harakatining qiyinchiliklariga uchraydi va boshqa haydovchilarni extiyotsiz haydashlari bilan qiyinchiliklar yaratishlarini ko'rishadi. Biz ham bolalar ota-onalarini hurmat qilishmaganda tartibsizliklarni ko'ramiz. Talabalar yomon ta'sirlardan va sinfdoshlarining kuch ishlatishlaridan azob tortadilar. Qo'pollik, takabburlik va nohaqlik oddiy bo'lib qolgan, chunki hurmatli qadr-qimmatlar va yaxshiliklar g'oyib bo'lyapdi. Qalloblik, yolg'on va buzuqliklar keng tarqalgan.

Agar biz ehtiyot bo'lmasak, bu hududning zaxari yuraklarimizga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Biz ham nafratli, nopok va qotillar bo'lib qolishimiz mumkin. Biroq Masih qo'lini bizning ustimizga qo'yadi, bizni gina-qudratdan ozod qiladi va O'z sevgisini bizlarga beradi. Faqatgina Masihning mehr-muruvvati bu oxirgi kunlarning zulmatini yengib chiqa oladi. Masihning inoyatiga va ta'limiga sodiq qolish uchun harakat qilmaydigan kishi Masihdan qulab tushishi mumkin, chunki Shaytonning yo'llari judayam ayyor va kuchlidir.

Aziz do'stim, Isoga qarang - U xatto xochda dushmanlarining gunohlarini qanday kechirib, tavba qilgan o'g'irilarni qutqarib va bizning gunohlarimizga qarshi Xudoning g'azabida sodiqlik bilan turgan Isoga qarang. Masih shikoyat qilmasdan azob tortdi, va to'xtovsiz sevdi. Siz o'zingizning kuchingiz bilan boshqalarning nafratini ko'tarolmaysiz, lekin Rabbiy sizga sevish uchun kuch beradi. Ehtiyotkorsiz bo'lgan tushunchangizni yengib chiqish uchun sizga yordam berishini Undan so'rang, mag'rurligingiz uchun o'ling va har bir kichkina haqoratning g'arazliklarini unuting. Bo'lmasa, yuragingiz qotib boraveradi va sekin-sekin azizlarning birligidan o'zingizni ajratib qo'yasiz. Siz Masihsiz har qanday ijobiy narsalarni qila olmaysiz.

Chidagan odam qutiladi. Masih faqat bir hodisada sizning sabr-toqatingizni kutmaydi, balki U sizdan kechirimni, hursandchilikni mehrni hayotingizning oxirigacha kutadi. Biroq dadil bo'linglar! Masih siz bilan jabr-julmlaringizni olib yurganida sizga ta'lim berib boradi va ko'plab ajoyib yashiringan narsalarni ochib beradi. Undan o'rganing, chunki U yurakdan yumshoq va kamtardir, va siz qalbingiz uchun orom topasiz.

Masih bizga hozirgi dunyomizning oxiri kelishidan oldin Xushxabar butun dunyoga voizlik qilinishini aytgan. Masihning o'limining qiriq yillarida, Xushxabar barcha Rim imperiyasiga tarqalgan (Rimliklarga 10:18). Havoriy Pavlus Quddusdan boshlab Illiriyagacha Xushxabarni voizlik qildi (Rimliklarga 15:19). Boshqa havoriylar ham dangasalik qilishmagan. Quddusdagi azizlarning quvg'in qilinishi ular kalomni voizlik qilib, hamma joyda bo'lishlari uchun ularni tarqatishga yordam berdi (Havoriylar 8:1-4). Yahudiy ulamolari Masihni o'limga qo'yish orqali halal berishni o'ylab chiqdilar, ular haqiqatdan ham yordam berdilar. Eramizdan Keyin 70 da Rimliklar Quddusni olganda, tarqoqlik yuz berdi. Bu vaqtda ko'plar Unga ishonishdi.

Vasvasa, qiyinchilik va quvg'in vaqtlarida ham, shohlik Xushxabari voizlik qilingan va voizlik qilinadi. Hatto jamoatning dushmanlari g'azablansa ham, do'stlarining ko'plari pasaygan vaqtda, biroq bu Xushxabar voizlik qilinadi. Xudoning so'zi har qanday qarshilikdan ham kuchliroqdir. Xudolarini biladigan odamlar ko'plarni sevish uchun va yo'naltirish uchun kuch oladilar.

Rabbiy Iso bizga bu yer-yuzi va bu olam tugashi haqida aytadi. Nima uchun biz hayotimiz hech qachon tugamaydigandek yashaymiz? Ko'zning miltirashida yer sharimiz g'oyib bo'lishi kabi, oxiri balki yadro qurollari orqali kelishi mumkin. Noaniq kunlarda Muso bizga “Kunlarimizni sanashni bizga o'rgatgin, toki dono qalb egasi bo'laylik!” (Zabur 89:12) deb aytish bilan dono hulq uchun kalitlarni bergan.

IBODAT: Rabbiy Iso, biz Sendan minnatdormiz chunki Sen bizni himoya qilish uchun kelasan. Barcha insonlarni sevishni va ta'sirli Xushxabarning kuchini ularga berishni bizga o'rgat. Butun dunyodagi xizmatkorlaring, “Rabbiy Iso kelgin” deb ibodat qilgani kabi, bizni sabrga va chidamlilikka o'rgatgin.

SAVOL:

  1. Biz oxirgi kunlarda qanday qilib muammolar ustidan g'alaba qozonamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:47 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)