Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 167 (Prohibiting and Forbidding in Christ’s Name)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
4. XUDO SHOHLIGINING AMALIY QOIDALARI (Matto 18:1-35) -- MASIH SO'ZINING TO'RTINCHI YIG'INDISI

c) Masihning Nomi bilan Taqiqlash (Matto 18:18-20)


MATTO 18:18-20
18 Sizlarga chinini aytayin: yer yuzida sizlar nimaiki bog'lasangizlar, osmonda ham bog'langan bo'ladi. Yer yuzida nimaiki yechsangizlar, osmonda ham yechilgan bo'ladi. 19 Sizlarga yana shuni ham aytay: agar yer yuzidan sizdan ikki kishi yakdil bo'lib, qandaydir bir narsani so'rashsa, Mening osmondagi Otam ularning tilagini bajaradi. 20 Qayerda ikki yoki uch kishi Mening nomim uchun yig'ilsa, Men shu yerda ularning o'rtasida bo'laman.
(Matto 16:19; 28:20, Mark 11:24, Yuhanno 20:23)

Sevgi kamol topgan joyda iymon birligi amalga oshadi. Bu birlik jamoat qudratidir. U yerda bitta shaxs va guruh Masih Ruhida ibodat qiladi va bu Ruh ularning ibodatlarida ishlaydi va ibodatlariga javob oladilar. Jamoat qudratini isbot qilish na statistika yoki na bankdagi kredit emas, aksincha Masihning xuzuri ibodat qilishlar va a’zolarni ishonchidadir. Bu Najotkorni ko’plarni kechirish uchun kelganligi haqidagi guvohliklari orqalidir. Iso osmon kalitini nafaqat Butrusga emas, balki har bir havoriga bergan. Yuragida Muqaddas Ruh yashovchi har bir odam Egamiz u orqali ishlaydigan Xudo kuchidagi xizmatkordir.

Jamoatingizda doimiy ibodat bormi? Masih Uning sevgisini qalbida saqlovchilar orqali shaxsan harakat qiladi. Agar ular quyidagi Muqaddas Ruhning yo’riqnomasi bo’yicha ibodat qilsalar Rabbiy ularga javob beradi.

Sodiq ibodatchilarga Masihning va’dasida biz tekshirish va Xudoning ezgu xohishi nima ekanligiga birgalikda rozi bo’lish chaqirig’ini topamiz. Iso Masih biz bilan bo’lgani uchun biz Uni xohishiga asosan yashashga harakat qilishimiz kerak. Agar muommongiz yechimida Rabbiyning xohishini bilmasangiz unda o’zingizdan ‘Isoning O’zi oramizda bo’lganida nima qilar edi’ deb so’rang. Ishonadigan ibodatchi bo’la oladigan va Iso Masih nomida javob olishni kutadigan Masih Ruhining ilhomini qidiring.

Tasavvur qiling qayerda ikki yoki uch Masihiy yig’ilsa Masih ularning orasidadir. Bu har bir kichik uchrashuvga daldadir.

Tanlovga ko’ra u kichik uchrashuv bo’lishi mumkin. Ba’zi shaxslar tomonidan shaxsiy hamdu-sano va butun ommaviy uchrashuvlardan tashqari faqatgina ikki yoki uch kishi birga yig’ilishlar bo’ladi, u yerda na umumiy konfrensiya yoki ibodat, na xurmatsizlarcha ommaviy hamdu-sano aytish bo'ladi, aksincha u bilan o’sish bo’ladi. U yerda Masih bo’ladi.

Balki u kichik bosim uchrashuvi bo’lishi mumkin. U yerda ikki yoki uch kishidan ko’proq odamlar to’plangan bo’lishi mumkin, lekin ular toki Masih “ularning oralarida” ekan quvg’inlardan qo’rqmaydilar. Bu ko’pchilik emas, aksincha sajda qiluvchilarning imoni va samimiy bag’ishlangani Masihning u yerga kelishiga taklif beradi.

Agar siz Isoga xizmat qilish uchun va Uning Xushxabarini tarqatish uchun yarashgan va bir bo’lgan bo’lsangiz, unutmang, Iso sizlarning orangizda bo’ladi. Isoning xuzuri muammolarning o’rtasi va dunyoning xavf-xatarlarida Muqaddas Ruhning kuchidir. Unda Masih siz bilan ishlaydi va sizni himoya qiladi.

IBODAT: Agar biz Senga xizmat qilish uchun, mustaxkam turish uchun va guvohlik uchun gunohni taqiqlashda bir bo’lsak, Sen Najotkor va Yupatuvchi bo’lib oramizda bo’lishga va’da berganing uchun raxmat Senga mehribon Iso Masih. Bir birimizni kechirishimizda va boshqalarning gunohini kechirishda bizga yordam ber. Biz yana xushxabarga Sening maqsadingga xos ravishda ibodat qilishda va Sening xohishingni bizda, oramizda va biz orqali Sening xohishingni ochib berishingni so’raymiz.

SAVOL:

  1. Masih qachon bizning oramizda bo’ladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 11:01 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)