Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 152 (Jesus First Prediction of His Death and Resurrection)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

l) Iso Birinchi O'limi va Tirilishi haqida Aytishi (Matto 16:21-28)


MATTO 16:24
24 Keyin Iso O'z shogirdlariga dedi: - Agar kim Menga ergashishni istasa, o'zidan kechsin va o'z xochini ko'tarib orqamdan yursin.
(Matto 10:38-39, Mark 8:34, Luqo 9:23, 1 Butrus 2:21)

Kimdirdan bosh tortadigan kishi uni bilmagandek harakat qiladi. U kishi unga javob qaytarmasdan uni umuman mensimaydi. Masih Uning ortidan boradigan har bir kishidan o'zidan kechishini so'raydi. U kishi hirslariga va Xudoning irodasiga qarama-qarshi turgan xohishlarga javob bermasdan aksincha u uchun tabii bo'lgan o'zligini rad etishi kerak. U kishi istaklarini qoldirishi kerak va birinchi bo'lib Xudoning irodasini va Uning shohligi payida bo'lishi kerak. Xudo bizdan nopok hirslarga bizni gijgijlaydigan gazeta va televizordagi undayotgan reklamalarga qarshi turishimizni istaydi. U bizni o'zbilarmonligimizcha qolmasligimiz uchun va boshqa diqqatimizni o'zimizga qaratmasligimiz uchun ozod qiladi va bizni Samoviy Otamizga qaytishga va muhtojlikda bo'lganlarga xizmat qilishga boshlaydi.

Shunday bosh tortish inson o'zining kuchi bilan o'zini qutqara oladigan yolg'on fikrlarga nuqta qo'yadi. Bizning savob ishlarimiz yomon harakatlarimizni quvib solmaydi. Masihning ishidan boshqa bo'lgan savob ishlar biz orqali Xudoning muqaddasligi oldida pok o'zbilarmonchilikdek nomoyon bo'ladi. Agar biz homhayol to'g'riliklarimizdan voz kechmasak, o'zimizni hukm qilmasak va Xudoning go'zal nurini yoyishda qobilyatsizligimizni tan olmasak, bizda mag'rurlik qolaveradi.

Masih o'limi haqida shogirdlariga gapirgandan keyin ularni dovdirab qolishlaridan ozod qilmadi. Ular har bittalari “o'zidan kechib, o'z xochini olib yurushlariga” to'g'ri kelganligini eshitishganda, tashvishlari kuchayib bordi.

Masihning izdoshlari uchun o'zidan kechish yetarli emas. Rabbiy bizdan o'z xochimizni olib, uni Masihning kuchida ko'tarib yurishimizni so'raydi. Iso O'zining xochi to'g'risida gapirmadi balki izdoshlaridan har birining xochi to'g'risida gapirdi. Rimliklarga xochning jazosi o'zlarining rabbiylariga qarshi yoki begona o'g'irilar uchun g'alayon qilishga harakat qilgan itoatsiz qullar uchun ishlatilgan zolim azob edi. Masih bu amrda biz xochning daxshatli o'limiga loyiq ekanimizni tan olishimizni bizdan so'raydi, chunki Xudodan uzoqlashganmiz, Uning qonunini buzganmiz va Uning mehribonchiligiga qarshi chiqqanmiz. Har bir inson xochning azoblariga loyiqdir! Bu tan olish gunohlarimizni va maqsadlarimizni o'z ichiga oladi. Masih bizni o'zimizni hukm qilishga va U emas balki biz xochda o'limga loyiq ekanimizni tushunishga bizni boshlashni istaydi. Shunda mag'rurlik bizning ichimizda o'ladi, va biz nolimasdan gunohlarimizni olib, xochda bizning o'rnimizni olgan Isoga minnatdorchilik va hamdusano ayta olamiz. Pavlus shunday deydi, “Men Masih bilan xochga mixlandim; endi yashayotgan men emas, balki Masih mening ichimda yashayapdi.” Bu o'zidan kechib, Isoga ergashadigan va Uning inoyatining qudratini ko'radigan, o'z xochini ko'tarib yuradigan kishidir. O'zini yaxshi, kuchli, jozibali va Xudoga maqbul deb o'ylaydigan kishi Isoga ergasha olmaydi. Insonning kuchi va donoligi to'xtasa, Xudoning kuchi bizning kuchsizligimizda kamolotga yetadi. Ruhan kambag'al bo'lganlar bahtlidir, chunki osmon shohligi ularnikidir.

IBODAT: Samoviy Ota, O'g'ling biz Sening oldingda siniq bo'lishimiz uchun va biz Sening bolalaring deb atalishga loyiq emasligimizni tan olishimiz uchun o'zimizni hukm qilishga bizni boshlading. Shu bilan birga, biz dalda olamiz chunki O'g'ling Sening oldingda oqlanishimiz uchun xochda bizning o'rnimizga o'ldi. Biz Isoga ergashishimiz uchun ihtiyoriy ravishda xochimizni olib yurish uchun va Masih bilan xochga mixlanish qanday ma'no berishini o'rganish uchun amalda o'zimizdan kechishga bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. O'zidan kechish va o'z xochini ko'tarib yurish nimani anglatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 10:42 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)