Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 123 (Blasphemy Against the Holy Spirit)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
1. Yahudiy Oqsoqollari Masihni rad etadi (Matto 11:2 - 12:50)

g) Muqaddas Ruhga Qarshi Kufrlik (Matto 12:22-37)


MATTO 12:31-32
31 Shuning uchun sizlarga aytaman: insonlarning har qanday gunohi va kufrligi kechiriladi. Lekin Muqaddas Ruhni kufr qilganlar kechirilmaydi. 32 Kim Inson O'g'liga qarshi so'z aytsa, kechiriladi. Lekin kim Muqaddas Ruhga qarshi so'z aytsa, ikki dunyoda ham kechirilmaydi.
(Mark 3:22-30, Luqo 12:10, 1 Timotiy 1:13, Ibroniylar 6:4-6; 10-12)

Masih gunohlarning farqiga boradi. Iso Sadomning buzuqligidan ko'ra Kafarnahumning ishonmasligi iflosroq deb nomlaydi. U Muqaddas Ruhga qarshi bo'lgan gunoh Xudoning ulug'vorligiga qarshi bo'lgan eng buyuk gunohligini ham va hech qachon kechirilmasligini ham aytadi.

Masihga va Uning jamoatiga yoki insonlarga va bizning o'zimizga qarshi bo'lgan har bir gunoh Xudoning inoyati orqali kechiriladi, agar u Shoulning gunohi yangilanishidan oldin qilingani kabi, o'ylamasdan va yuzakiylik bilan qilingan bo'lsa. Shoul Masihning izdoshlarini siyosiy imonga majbur qilib, ularni zindonga qo'yish uchun javobgar bo'lgan. Masihning O'zi Shoulning yo'lida zohir bo'lib, unga shunday degan, “Shoul, Shoul, nega Meni quvg'in qilyapsan?” Sizda yashayotgan Muqaddas Ruhning oldida siz qilgan har bir gunohni kechirib bo'ladi. Masih xochda O'zining qotillari uchun shunday deb ibodat qilgan, “Ota ularni kechir, ular nima qilyotganlarini bilmaydilar.” Xudo Yahudiylarni Masihni xochga mixlash uchun yo'q qilib yubormadi, balki ulardagi Muqaddas Ruhning ishini rad etish uchun va havoriylarning ta'limoti haqida doyim haqorat qilishlari uchun ularni yo'q qildi. Ular ataylab va zo'rlik bilan Xudo Ruhini rad etdilar, holbuki Masihning ishlari ularning ko'zlari oldida shunchalik aniq va ayon ediki, oddiy odamlar ham bularni tushuna olgan. Masihning ishi Shaytonga hosdir deb da'vo qiladigan kishi yovuz kabi o'zining yaxshi belgisini beradi, chunki Masih sevgi, kamtar va pokdir. Isoni jinga chalingan deb aytadigan kishi o'zi yovuz ruhga chalinganligiga qarshi shohidlik beradi, chunki har doyim iblisning ruhi Muqaddas Uch Birlikning Birligiga qarshi kufrlik qiladi.

Mark 3:28 da va Luqo 12:10 da, Masih Uni kufr qiladiganlar haqida gapiradi. Masih yer yuzidaligida Unga kufr keltirganlar Uni “mayho'r,” “yolg'onchi,” “kufr keltiruvchi,” va shunga o'xshagan deb atashganda din boshliqlari Unga qarshi nohaq bo'lishgan va U qilgan har bir narsada iblisni tasavvur qilishgan. Uning ilohiy xizmatining isboti Uning osmonga ko'tarilgunicha komolotga yetmagan edi. Shuning uchun, ular tavbalari ustidan kechirilganlar. Isoning hoyini va qotillari bo'lganlardan ba'zilari Muqaddas Ruhning tushishidan keyin ishonchli bo'lishgan.

Lekin, agar Muqaddas Ruh O'zining vahiysining ichki in'omlari bilan ularga teginganda, ular ilohiy Ruhni kufr qilishda davom etadilar, ularda hatto Masihga ishonishga olib kelinadigan hech qanday umid yo'q.

Muqaddas Ruhga qarshi chiqadigan va yuragini Uning mehrli ovoziga qarshi tosh qiladigan kishi kechirimni olmaydi. Ibroniylarga bo'lgan Maktub bizni shunday deb, toshbag'irlik haqida ogohlantiradi, “Bugun, agar siz Uning ovozini eshitsangizlar, yuragingizni tosh qilib olmanglar” (Ibroniylarga 4:7). Holbuki Xudo O'zini Muqaddas Ruhning ta'siri bilan bu xushxabarda sizga e'lon qiladi, siz faqat ikki narsadan birini tanlashingizga to'g'ri keladi, yo Isoni rad etishni, yoki Unga bo'ysunishni. Siz Isoga o'zingizni butunlay topshirganmisiz?

IBODAT: Rabbiy Iso, dushmanlaringni sevganing uchun va ularni O'zinga chaqirganing uchun Senga rahmat aytamiz. Men Seni ulug'layman chunki Sen hatto men tabiatan gunohkor bo'lsam ham meni sevasan. Sen mening barcha gunohlarimni kechirib, Muqaddas Ruhing bilan meni moylading. Yupatuvchi Ruhingning maqsadlariga va yashashiga qarshi yuragimni tosh qilib olishdan meni saqla va meni kufrlikdan himoya qilgin. Men o'zimni Senga va qo'llaringga butunlay topshiraman, qimmatbaho qoningga ishonib, barcha azizlar bilan quvonaman. Iltimos do'starimizni va qarindoshlarimizning yuraklarini tosh qilishdan saqlagin va Muqaddas Ruhda imon tavbasiga va abadiy hayotga ularni yetakla.

SAVOL:

  1. Biz Muqaddas Ruhga qarshi bo'lgan gunohdan qanday qilib himoyalanamiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 22, 2013, at 08:46 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)