Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 108 (Division)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
C - O'N IKKI SHOGIRDLARNI VOIZLIK QILISHGA VA XIZMAT QILISHGA JO'NATILISHI (Matto 9:35 - 11:1)
3. OSMON SHOHLIGI TARQALISHNING USULLARI (Matto 10:5 - 11:1) -- ISO SO'ZLARINING IKKINCHI TO'PLAMI

d) Voizlik tufayli Bo'linish (Matto 10:34-39)


MATTO 10:38-39
38 Kimki o'z xochini olib, ortimdan ergashmasa, Menga loyiq emas. 39 O'z jonini ayamoqchi bo'lgan uni yo'qotadi. Men uchun jonini yo'qotgan esa jon topadi.
(Matto 16:24-25; Luqo 9:24; Yuhanno 12:25)

Bu Iso imonlining oilasidan bo'linishi haqida gapirganda, xushxabarchi Mattoga ko'ra xushxabarida Iso orqali eslatib o'tiladigan xoch uchun birinchi eslatmadir. Iso O'z xochidagi gaplariga diqqatini qaratmadi, balki Isoning qo'l-oyoqlariga teshilgan mixlarga o'xshagan oilasi uchun azob tortadigan izdoshlari haqida birinchi gapirgan. Rabbimiz bizdan har qanday sharoitda ham Unga ergashishimizni so'raydi, chunki insonlar va Xudoning O'g'li o'rtasida yuragini bo'ladigan kishida Xudoning O'g'li uchun unda hech qanday xona qolmaydi. Masih O'zini siz uchun butunlay berdi; U sizdan butunlay o'zingizni Unga berishingizni istaydi yoki U sizdan hech narsani istamaydi. Hayotning saodati qarindosh va do'stlaringiz bilan birlikda yashash emas, balki o'limdan tirilgan Iso haqida guvohlik berish va izdoshlariga Muqaddas Ruhini bergan Zod haqida gapirishdir. Bu dunyoni tanlaydigan kishi o'limni va harobalikni tanlaydi, ammo Isoning o'limini tanlaydigan kishi abadiy hayotni tanlaydi. Bir payitda insonlarni ham va Masihni ham qondirishga harakat qiladigan kishi omadsizlikka uchraydi va ikkiyuzlamachi va ayyor bo'ladi, lekin Isoni puldan, merosdan, oilasidan va yerli kelajagidan ustun qo'yadigan kishi Xudoning O'g'lini Uning to'liqligidan biladi.

Musoning Qonuni xalqlarining qonunidan qaytadigan har bir kishi ajratilib tosh bo'ron qilinishini taminlaydi. Rim hokimligi Yahudiylarga buni amalda qilishga ruhsat bermagan, chunki o'lim hatari har doim Masihga ishongan Yahudiy hududidan bo'lganlarning boshi ustiga qilich kabi osilar edi. Shuning uchun Iso Unga ishonish xochga o'xshashligini aytgan chunki ikkalasi ham har kuni o'limga tayyorgarlikni talab qiladi.

Masihga ergashadiganlar xochlarini kutib, uni olib yurishlari kerak. Bizga xochni ko'tarib yurishda Masihning misoliga ergashish uchun va U buni olib yurgandek olib yurishga ruhsat beriladi. Bizga yo'lni ko'rsatgan Masihga ergashib buni olib yurishda, xoch bilan uchrashganimizda, bu bizga buyuk dalda bo'ladi. Agar biz Isoga sodiqlik bilan ergashsak, U bizni U bilan ulug'lash uchun barcha azoblarimiz orqali bizni yetaklaydi.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso, Sen Xudoning O'g'lisan. Sen bizni qutqaraman deb Otangni tark etding. Iltimos biz faqat Senda bo'lishimiz uchun oilamiz Sendan nafratlansa, ularni qoldirishni bizga o'rgat. Sen bizning qutqaruvchimiz, himoyachimizsan va Sen bizga Otani ko'rsatasan. Iltimos biz to'liq Seniki bo'lishimiz uchun dunyoviy narsalarimizdan bizni ozod qil, chunki Sening sevging insonlarnikidan ko'ra buyukroqdir. Sening noming tufayli uy-joylarini qoldirgan do'stlarimizni duo qil. Ularga so'zingni ko'rsat. Yeyish uchun ularga non ber, yashash uchun xona ber va inoyating orqali yashash uchun ish ber.

SAVOL:

  1. Birinchi vaqt uchun xoch haqidagi Masihning aytganini Matto xushxabari qanday daf'ada eslatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 10, 2012, at 10:07 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)