Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Christ -- 08 (Christ's Ascension to Heaven)
This page in: -- Arabic? -- Azeri -- Baoule -- Chinese -- English -- French -- Greek -- Indonesian -- Japanese -- Kyrgyz -- Russian -- Sundanese -- Turkish -- Ukrainian -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

8 MAVZU: Siz Masih Haqida Nima deb O'ylaysiz?
Masihning Hayotiga, Kuchiga va Sevgisiga Kirish

8. MASIHNING OSMONGA KO’TARILISHI HAQIDA NIMA O’YLAYSIZ?


Masih osmonga ko’tarilib Xudoning o’ng tomonida o’tirganini bilarmidingiz? Masih Xudoning eng yaqin Hamrohidir, hech kim Unga teng emas. U osmondan pastga tushdi va inson tanasini olib, O’zining o'lim qurbonligi orqali gunohni, baxtsizlikni va shaytonni mag'lub qilib, so’ng xuddi shunday tarzda osmonga qaytib ketdi.

Masih O’z nomi orqali hamma odamlarni Xudoga yaqinlashtiruvchi sodiq va qudratli Vositachidir. Masihning vositachiligiga ishongalnlar qalblarida Muqaddas Ruhning to’ldirishini his qiladilar. Ularning ongilari yangilanadi va poklikda namoyon bo’ladigan Ilohiy hayotga ega bo’ladilar. Agar siz Masih bilan yashashni va U sizni qutqarishini xohlasangiz, yuragingizni Uning Ruhining kuchiga butunlay oching. Shunda siz Masihni imon orqali ko’rasiz va sizning hayotingiz Uning rejasi va irodasiga muvofiq tarzda bo’ladi.

Kim Masihni inkor qilsa, dunyoni qutqarish uchun Isoni bergan Xudoni inkor qilgan bo’ladi. Xudo Dovud payg’ambarga osmonga ko’tariladigan Masih haqida ochib bergan payg’ambarlikni amalga oshirdi:“Dushmanlaringni oyoqlaring ostiga yiqitmagunimgacha, Sen Mening o‘ng tomonimda o’tirgin“ (Zabur 109:1). Masihda e’lon qilingan Xudoning sevgisini rad qiladigan barcha odamlar o’zlarini mahkum qiladilar. Barcha Xudoning inoyatini inkor qiluvchilar Xudoning yagona najot yo’lini rad qilganlari uchun Xudoning g’azabiga loyiq bo’lib, shuni talab qiladilar.

Masih tirilgunigacha o’lim insoniyatga dushman edi. Lekin Iso o’limni mag’lub qildi va qayta tirildi. Masih abadiylikda hech qachon o’lmaydi. Masihga yopishadigan har bir inson hayotiga yovuzlikni yengadigan Masih kuchi ishtrokini qabul qiladi. Masihning tirilishidagi marhamatni tushundingizmi va uni qabul qilasizmi? … Uni hoziroq qabul qiling!

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on July 11, 2023, at 05:37 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)