Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 26 - Conduct 8

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Indonesian? -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter?

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
G - Insonlar tomon bizning Burchlarimizga mansub Masihning Amrlari (HATTI-HARAKAT)

8. Isoning Amrlaridagi Hukm qilish va Jazolash



Matto 7:1-6 -- 1Boshqalarni hukm qilmang, sizlar ham mahkum bo'lmaysiz. 2 Sizlar qanday hukm qilsangiz, sizga ham shunday hukm o'tkaziladi. Sizlar qanday o'lchov bilan o'lchasangiz, sizga ham shunday o'lchov tadbiq etiladi. 3 Nega sen birodaring ko'zidagi cho'pni ko'rasanu, lekin o'z ko'zingdagi xodani sezmaysan? 4 Sening ko'zingda xoda bor ekan, qanday qilib birodaringga: 'Kel, ko'zingdagi cho'pni chiqarib olay', - deysan? 5 Ey ikkiyuzlamachi! Oldin o'z ko'zingdan xodani chiqarib ol, keyin birodaring ko'zidan cho'pni qanday chiqarmoq uchun ko'zing ochiladi. (Ishayo 33:1, Mark 4:24, Rimliklarga 2:1, 1 Korinfliklarga 4,5) 6 Muqaddas bo'lgan narsani itlarga bermang, marvaridlaringizni cho'chqalar oldiga tashlamang. Tag'in bularni oyoq- osti qilib, so'ngra o'zingizni tilka-pora qilmasinlar!(Matto 10:11, Luqo 23:9)
Matto 15:19-20 -- 19 Yomon fikrlar, qotillik, fahshu zino ishlari, o'g'rilik, soxta guvohlik va haqoratlar bari yurakdan chiqadi. 20 Yuvilmagan qo'llar bilan ovqat yeyish insonni harom qilmaydi, ana shular insonni harom qiladi.
Matto 16:19 -- Osmon Shohligining ochqichlarini senga beraman. Yer yuzida sen nimani bog'lasang, osmonda ham bog'langan bo'ladi. Yer yuzida sen nimani yechsang, osmonda ham yechilgan bo'ladi.
Matto 18:15-18 -- 15Agar birodaring senga qarshi gunoh qilsa, uning oldiga borib, faqat yuzma-yuz gapirib, aybini unga ko'rsat. Agar senga quloq solsa, sen birodaringni qaytarib olgan bo'lasan. 16 Agar senga quloq solmasa, o'zing bilan yana bir yoki ikki kishini olib bor, toki Tavrotda yozilganidek 'aytiluvchi har bir so'z ikki yoki uch shohidning guvohligi bilan tasdiqlansin'. 17 Agar ularga ham quloq solmasa, imonlilar jamoatiga ayt. Agar imonlilar jamoatiga ham quloq solmasa, uni kofir yoki tamagir qatorida sana. 18 Sizlarga chinini aytayin: yer yuzida sizlar nimaiki bog'lasangizlar, osmonda ham bog'langan bo'ladi. Yer yuzida nimaiki yechsangizlar, osmonda ham yechilgan bo'ladi.
Yuhanno 20:21-23 -- 21 Iso yana ularga dedi: - Sizlarga tinchlik bo'lsin! Otam Meni qanday yuborgan bo'lsa, Men ham sizlarni shunday yuboryapman. 22 Shunday deb, ularning ustiga pufladi va: - Muqaddas Ruhni olinglar, - dedi. 23Kimning gunohlarini kechirsangizlar, u kechiriladi. Kimning gunohlarini kechirmasangizlar, u kechirimsiz qolaveradi.
Matto 12:31-32 -- 31 Shuning uchun sizlarga aytaman: insonlarning har qanday gunohi va kufrligi kechiriladi. Lekin Muqaddas Ruhni kufr qilganlar kechirilmaydi. 32 Kim Inson O'g'liga qarshi so'z aytsa, kechiriladi. Lekin kim Muqaddas Ruhga qarshi so'z aytsa, ikki dunyoda ham kechirilmaydi.
Yuhanno 3:17-18 -- 17 Xudo olamni hukm qilish uchun emas, balki O'g'li orqali qutqarish uchun O'g'lini dunyoga yubordi. 18 Unga ishongan odam hukm qilinmaydi. Unga ishonmagan odam esa allaqachon mahkum bo'lgan, chunki u Xudoning yagona O'g'li ismiga ishonmagan.
Yuhanno 3:36 -- Kimki Xudo O'g'liga ishonsa, abadiy hayotga erishadi. O'g'ilga ishonmagan odam esa hayot ko'rmay, Xudoning g'azabiga uchraydi.

Hulosa

Bir tomonda Muso va Muhammadning Qonuni va ikkinchi tomonda Masihning qonunining o'rtasidagi aniq farq dunyoviy hukmlar va qattiq jazolar bilan a'loqa qilyotgan birinchi ikki rivojlangan qismdir, holbuki hech qanday dunyoviy hukmlar yoki haqiqiy jazolar Masihning qonunlarida topilmaydi. Bu farq hukmdagi ruhiy vahiyni anglatadi. Islomdagi qattiq jazolar (hudud) tinchlik, zino, o'g'irlik, bo'gizlash, qotillik va jabirlanishlarning buzilishi uchun tavsiya qilinadi. Bu qattiq jazolar qamchilash, xochga mixlash, qolni yoki oyoqni kesib tashlash, toshbo'ron qilish, qon to'kish va qon pulini o'z ichiga oladi. Biz Masihning qonunida shunday dunyoviy jazolarning hech qanday izini topmaymiz, hatto Yahudiy xalqi uchun U Musoning 613 amrlarini jazolari bilan yo'q qilmagan. Shunday qilib bir boshqa qonun poydevorli boshqa ruh bilan Masihning izdoshlari orasida hukm suradi.

Lekin aniq ogohlantirilgan gunohlar Masihiylarning ichida ham yuz beradi, Iso O'zining havoriylarini va yetuk oqsoqol Masihiylarni osmon shohligining kalitlari bilan kuchli qilgan. Qayerda ikki yoki uch kishi ibodat qilsa, o'sha yerda Iso ularning orasida bo'ladi va ular nima qilishlari va nimaga ibodat qilishlari kerakliginini qaror qilishda ularga qo'shiladi. Oliy daraja holatlarida tavba qilishni xohlamaydigan birodarlarning ayibdor a'zosi birodarlikdan olib tashlanishi kerak.

Endi, osmon shohligining kalitlari faqat ruhiy gunohlarning jazolanishining sabablari uchun qo'llanmaydi. Xushxabarda topilgan har bir voizlikda insonlarni qutqarish hokimligi bor, agarda ular Isoga ishonsalar, yoki Xushxabarni rad etsalar, ularni tosh bag'ir qilish yoki bog'lash hokimyati bor. Voizlikni markaz qilgan har bir xoch shunday ajralishni olib keladi. Bu insonlarning yuraklarini gunohlaridan qutqarib, ularga dalda beradigan Muqaddas Ruhdir. Biroq, xuddi shu Ruh Masihning inoyatini Uning guvohining xuddi shu so'zlari orqali rad etadiganlarni ham berkitib bog'lab qo'yadi. Xushxabarning har bir voizxoni gapirgan so'zlari uchun katta javobgarlikni olib yuradi. Uning so'zining ta'siri abadiylikka yetib boradi.

Kimdir vijdonida Muqaddas Ruhning inoyatli kuchini his qilib, Iso Masihga ishonishni boshlaganda, bundan tashqari yo'ldan qaytib Muqaddas Uch Birlikka qarshi kufrlik qilsa, Muqaddas Ruhga qarshi kechirilmaydigan gunohga mubtalo bo'ladi. U kishi zo'ravonlik va nafrat bilan ruhiy tug'ilmagan bolani oldirib tashlagandek bo'ladi. Bu birodarlarning o'sayotgan bir a'zosi zinoga berilganda, pulning kuchiga ishonganda, yoki mag'rurlanib ketganida sodir bo'lishi mumkin va bularni Isoning nomi bilan yengib chiqmaydi.

Masih shogirdlariga aniq gunohlar tufayli Xudo Shohligiga kirishdan bosh tortishdan ko'ra, ko'zni o'yib olish yoki qo'lni yoki oyoqni chopib tashlash yaxshiroq ekanini aytgan. Iso Unga ergashishni istaganlarga amr bergan: o'zlaridan kechishga, boshqa endi hirs-havasga berilmaslikka, samimiy tan olish bilan Isoning huzurida o'zlarini hukm qilishga, va o'z xochlarini olib yurushlariga amr bergan. Masihning shunday izdoshlari mag'rurliklari uchun o'lib, faqat Isoning inoyatidan yashaydilar. Ularda endi boshqa hukm qilinmaydigan yorliq bor, chunki ular Isoning o'limi orqali inoyat orqali oqlanishlarini qabul qilishadi. Endi ular hukmga kelmaydilar, balki ular o'limdan hayotga o'tganlar.

Kimki o'zining buzuqligini bilish uchun kelgan bo'lsa va o'zini obdon hukm qilgan bo'lsa, u kishi yaqin kishilariga muruvvatli bo'ladi va hech kimni hukm qilmaydi, chunki hukm qilish huquqi faqat Ota va O'g'ilga berilgan. Iso tavba qilishga hojat yo'q deb o'ylaydigan ikkiyuzlamachiga qaraganda, tavba qilgan gunohkorni sevadi.

Xudoning Shohligidagi odil va solihlik haqidagi qonunlar haqida fikr yuritadigan kishi Masihning sevgisi qonun va jazo orqali o'z ishini boshlamasligini balki Muqaddas Ruhning kuchida muruvvati orqali boshlashini tushunib yetishi mumkin. Bu yangi borliqni yaratadigan Xudoga hurmat bilan qo'rqib titrash emas, balki bizning o'rnimizga qurbon bo'lib Uning o'limidan Iso Masihning qoni va Muqaddas Ruhning kuchi Masihning barcha izdoshlariga abadiy hayotni berishidir. Iso Masihning Qonuni qo'rquv va jazoni emas balki sevgi va najodni o'z ichiga oladi.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 07, 2013, at 09:19 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)