Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 25 - Conduct 7

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
G - Insonlar tomon bizning Burchlarimizga mansub Masihning Amrlari (HATTI-HARAKAT)

7. Masihning Qonunidagi Haqqoniylik va Qasamlar



Matto 5:33-37 -- 33 “Yana qadimgilarga: 'Qasamdan qaytma. Ichgan qasamlaringni Xudo oldida bajo keltir', - deb aytilganini eshitgansizlar. 34 Lekin Men sizga aytaman: hech qanday qasam ichmanglar – na osmon haqi, chunki u Xudoning taxtidir; 35 na yer haqi, chunki u Xudoning payondozidir; na Quddus haqi, chunki u Buyuk Podshohning shahridir. 36 Boshing haqi ham qasam ichma, chunki sen bironta sochingni oq yoki qora qilolmaysan. 37 Sizlarning so'zingiz faqat “ha” yoki “yo'q” bo'lsin. Bundan ortig'i esa shaytonlikdir”.
Matto 15:19-20 -- 19 Yomon fikrlar, qotillik, fahshu zino ishlar, o'g'rilik, soxta guvohlik va haqoratlar bari yurakdan chiqadi. 20 Yuvilmagan qo'llar bilan ovqat yeyish insonni harom qilmaydi, ana shular insonni harom qiladi.
Matto 23:16-22 -- 16 Ey basir peshvolar, holingizga voy! Sizlar: Ma'bad haqiga ichilgan qasam o'tmaydi, lekin ma'baddagi oltin haqiga ichilgan qasam bajarilishi shart', deysiz. 17 Hoy nodonu ko'rlar! Qaysi biri buyukroq: ma'badning oltinimi, yoki oltinni muqaddas qilgan ma'badning o'zimi? 18 Shuningdek, sizlar yana: Qurbonlik haqi ichilgan qasam o'tmaydi, lekin qurbongohdagi qurbonlik haqiga ichilgan qasam bajarilishi shart', - deysizlar. 19 Hoy nodonlar, ko'rlar! Qaysi biri buyukroq: qurbonlikmi yoki qurbonlikni muqaddas qilgan qurbongohmi? 20 Axir, qurbongoh haqiga qasam ichgan, ham qurbongohning o'zi, hamda undagi barcha narsalar haqiga qasam ichgan bo'ladi. 21 Ma'bad haqiga qasam ichgan esa, ham ma'badning o'zi, hamda ma'badda yashaydigan Xudo haqiga qasam ichgan bo'ladi. 22 Osmon haqiga qasam ichgan esa, ham arshi a'lo, hamda arshi a'lodagi Xudoning O'zi haqiga qasam ichgan bo'ladi.
Yuhanno 8:42-46 -- 42 – Agar Otangiz Xudo bo'lganida edi, Meni sevar edingiz, chunki Men Xudodan chiqdim. Men O'zimcha kelganim yo'q, Meni U yubordi. 43 Nega aytganlarimni anglamayapsizlar? Sabab, Mening so'zimni eshata olmaysizlar. 44 Sizlarning otangiz – iblisdir. Sizlar o'z otangizning nafsu ehtiroslarini bajo keltirmoqchisizlar. Azaldanoq iblis qotil edi. U haqiqat tomonida turmagan, chunki unda haqiqat yo'q. U yolg'on so'zlaganda, o'ziga yarasha so'zlaydi. Chunki u yolg'onchi, yolg'onning otasidir. 45 Ammo Men haqiqatni so'zlayotganim uchun, Menga ishonmayapsizlar. 46 Qaysi biringiz Meni biron gunoh bilan ayiblay olasiz? Agarda haqiqatni so'zlayotgan bo'lsam, nega Menga ishonmayapsizlar?
Yuhanno 14:17 -- Bu Yupatuvchi – Haqiqat Ruhidir. Dunyo Uni qabul qila olmaydi, chunki Uni na ko'radi, na biladi. Sizlar esa Uni bilasizlar, chunki U sizlar bilan doyim birgadir, U ichingizda yashaydi.
Yuhanno 16:13-15 -- 13 Muqaddas Haqiqat Ruhi kelgach, U sizlarni butun haqiqat yo'liga boshlaydi. U O'zicha gapirmaydi, neki eshitsa, o'shani so'zlab beradi, U kelajak haqida sizlarga xabar qiladi. 14 U Mendan eshitgan narsalarini sizlarga ma'lum qiladi, shu bilan Meni ulug'laydi. 15 Otam ega bo'lgan hamma narsa Menikidir. Ana shu sababdan, U Mendan eshitgan narsalarni sizlarga ma'lum qiladi, deb aytdim. (Yuhanno 15:26 ham ko'ring)
Yuhanno 18:37-38 -- 37 – Demak, Sen podshoh ekansan-da? - dedi Pilat. - Podshoh ekanimni o'zing aytding, - dedi Iso. - Men haqiqat to'g'risida shohidlik qilmoq uchun tug'ilganman, ana shu maqsadda olamga keldim. Kimki haqiqat tarafida bo'lsa, Mening ovozimni eshitadi. 38 – Haqiqat nima? - so'radi Pilat. Buni aytdi-yu, yana tashqariga, yahudiylarning oldiga chiqdi. - Men Undan hech qanday ayib topolmayapman, - dedi ularga.

Hulosa

Iso boshqa odamlarga gapiryotganda haqqoniy bo'lish kerakligini aniq tasvirlab berdi. U bu orqali ayyorlik bilan yolg'on gapiryotgan va holatlardan kelib chiqib o'zi haqida gapiradigan, haqiqatni inkor etadigan yoki gupirtirib yuboradigan har bir kishining yuragiga tegadi.

Agar biz ishlarning ipidan ignasigacha tushunmasak, muammo nimada ekanini bilmasak, yoki odamlarning hislatlarini tushunmasak, har doyim ham haqiqatni gapirish osson emas. Shunda bizga shunday deb aytish uchun yetarli botirlik kerak bo'ladi: “Men bilmayman”, “Men bu kishini yoki bu muammoni tushunmadim.” Ba'zan biz yaqin kishisidan ayrilgan kimdirga yoki qattiq qiyinchilikka yo'liqqan kishiga butun haqiqatni aytmasligimiz olqishga loyiq bo'lib tuyuladi. Muqaddas Ruh bizni olg'a suradi va biz haqiqatni sevgi bilan aytishni o'rganishimizga to'g'ri keladi. Bu biz kimdirni ayiblashimizga to'g'ri kelganida, yoki nohaqlikni ochib tashlaganimizda yoki boshqa e'tiqodlarga ergashganlar bilan munozarada bo'lganimizda yuzaga keladi. Bizga Haqiqat Ruhi bo'lgan va O'zi Sevgi bo'lgan Muqaddas Ruhning rahbarligi kerak.

Biz atrofimizdagi ko'plab odamlar haqiqatlarini o'tkazdirish uchun oddiy suhbatda qasam ichyotganlarini topamiz. Biroq, juda ko'p qasam ichadigan kishi gapining haqiqatligiga shubhalantirib qo'yadi. Ayniqsa, biz Qur'onda Olloh Musulmonlar uchun ularning qasamlaridan qonuniy kechirimni yaratganini o'qiymiz (Al-Tahrim 66:2 surasi). Biz xuddi shu kitobda Olloh barcha yolg'onchilarning eng yaxshisi ekanini ham o'qiymiz (Al 'Imran 3:54 surasi) shuning uchun Uning izdoshlari qanday o'zini tutadi? Muqaddas Kitob oldinroq qadam bosadi va deydi: “Hamma insonlar yolg'onchidir.” (Zabur 117:11; Rimliklarga 3:4) Iso bu tartibsizlik orqali haqiqatni ko'rib, Shayton Yolg'onchilarning Otasi ekanini ochib tashladi (Yuhanno 8:44).

Biz Iso inson qiyofasida haqiqat bo'lib kelgani uchun va bizga Xudo, Shayton va gunoh haqidagi haqiqatni ochib bergani uchun Xudoga rahmat aytamiz. U ochiqchasiga haqiqatni e'lon qildi va bu uchun xochga mixlandi. Insonlar “inson solih degan yolg'onga va “o'zlarini qutqarish” haqidagi yolg'on fikrni sevadilar, ular gunohlarini tan olishni va Xudoning tekin inoyatiga ishonishni sevishdan ko'ra bularni ko'proq sevadilar. Ular yolg'onchilar otasining mahbuslaridir. Bu Masihning tavba qilgan izdoshlarini poklash uchun va haqiqatni tan olishga ularni kuchli qilish uchun bu dunyoga Ota va O'g'il Haqiqat Ruhini jo'natganidir. Haqiqat Ruhi hech qanday yolg'onga toqat qilmaydi. U bizni nohaqliklarimizni tan olish uchun turtki beradi. Haqiqat Ruhi bizni ba'zi odamlar ayiblagani kabi, Muqaddas Kitobning hech qanday egriliklariga chidamaydi. Ular buni biz haqimizda da'vo qiladilar chunki ular Haqiqat Ruhini bilmaydilar. Shuning uchun ular bu haqiqatni yolg'on deb, yolg'onni esa haqiqat deb ataydilar.

Jamiyat ulardagi asosiy bo'lgan dinlarning ruhi orqali shakillanadi. Biz endi dunyoning boshqa qismlariga qaraganda, ko'proq Iso Masihning haqiqati mamlakatlardagi odamlarni bir marta ko'plab Masihiylik bilan haqqoniy bo'lishga o'rgatgan dalillardan ogoh bo'lmaymiz. Biz bu mamlakatlarning ba'zilarida ishonmaydigan va buzuq tillar o'sayotganidan achinib ketamiz. Bundan tashqari, Masihning ruhi bir mamlakat xalqining ko'pchiligida g'alaba qozonmagan joyda uzoq vaqtdan beri yashaydigan kishi bu yolg'on ularga tanish ekanini topadi. Haqiqat bo'lgan Masihda topilmaydigan jamiyat na davom etadi, na o'sadi, balki yolg'onga qo'shilgani uchun asta-sekin so'nishni boshlaydi.

Yevropada yolg'onlar ko'payib borayotganligi achinarlidir. U yerda ular chop etilgan gazeta va jurnallarda ishonchlarini kamligini ko'rsatishlari orqali ularda endi shunday gap bor: “u buni ko'chirib olgandek yolg'on gapiradi”. Hozirgi payitda ko'plab CDlar va kassettalar noqonuniylik bilan ko'chirib olinyapdi (noqonuniy ko'chirib yozadigan asboblar). Va ko'plar soliq to'lashdan qochish uchun hokimyatni aldashga harakat qilishadi. Yolg'on gapirish o'zaro haqiqatni buzadi. Biz Masihning: “Sizlarning so'zingiz faqat “ha” yoki “yo'q” bo'lsin. Bundan oritg'i esa shaytonlikdir” (Matto 5:37) deganiga bo'ysunib til va yuraklarimizni boshqarishini Haqiqat Ruhidan so'rab, aytgan har bir nohaqiqat bo'lgan so'zlarimiz uchun o'zimizni kamtar tutib kechirim so'rashimizga to'g'ri keladi.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 07, 2013, at 09:19 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)