Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 10 - Faith 6

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
E - Yangi Ahddagi IMON Qoidalariga mansub Masihning Amrlari

6. Xudodan Chiqadigan Sevgi



Matto 22:36-40 -- 36 – Ustoz, Tavrotning qaysi amri buyuk? - deb so'radi. 37 Iso unga: - “Egang Xudovandni butun qalbing bilan, butun joning bilan va butun onging bilan sevgin”. 38 Bu – birinchi va eng buyuk amr. 39 Ikkinchisi esa shunga o'xshashdir: “O'zgani o'zing kabi sevgin”. 40 Butun Ilohiy Buyruq va payg'ambar oyatlarining hammasi ham mana shu ikki amrga tayanadi.
Yuhanno 3:16-17 -- 16 Zero Xudo olamni shunchalik sevdiki, O'zining yagona O'g'lini berdi, toki Unga ishongan har bir kishi halok bo'lmasin, balki abadiy hayotga ega bo'lsin. 17 Xudo olamni hukm qilish uchun emas, balki O'g'li orqali qutqarish uchun O'g'lini dunyoga yubordi.
Yuhanno 13:34-35 -- 34 Sizlarga yangi buyruq beryapman: bir-biringizni sevinglar. Men sizlarni qanday sevgan bo'lsam, sizlar ham bir-biringizni shunday sevinglar. 35 Agar orangizda muhabbat hukmron bo'lsa, sizlar Mening shogirdlarim ekaningizni hamma shundan bilib oladi.
Yuhanno 15:9-13.17 -- 9 “Otam Meni qanday sevgan bo'lsa, Men ham sizlarni shunday sevdim. Mening muhabbatimga sodiq qolinglar. 10 Men Otamning amrlariga amal qilib, Uning muhabbatiga sodiq qolganman. Xuddi shu singari sizlar ham, agar Mening amrlarimga amal qilsangizlar, muhabbatimga sodiq qolasizlar. 11 Mening shodligim sizlarga o'tsin va ko'nglingiz quvonchga to'lsin deb, Men bu so'zlarni sizlarga aytdim. 12 Mening amrim shu: Men sizlarni qanday sevgan bo'lsam, sizlar ham bir-biringizni shunday sevinglar. 13 Kim o'z jonini do'stlari uchun bag'ishlasa, bundan ortiq sevgi yo'q. … 17 Hullas, sizlarga buyrug'im shu: bir-biringizni sevinglar!”
Yuhanno 16:27 -- Otamning O'zi sizlarni sevadi, chunki sizlar Meni sevib, Xudo huzuridan chiqqanimga ishondingizlar.
Yuhanno 17:26 -- Sening nomingni ularga bildirganman va yanada bildiraman. Menga bog'lagan muhabbating ulardan o'rin olsin, Men ham ulardan o'rin olayin.”
Matto 5:43-48 -- 43 “Yana: “Qardoshingni sevgin, dushmaningdan nafratlan”, - deb aytilganini eshitgansizlar. 44 Lekin Men sizga aytaman: dushmanlaringizni sevinglar. [Sizni la'natlaganlarni duo qilinglar. Sizdan nafratlanganlarga yaxshilik qilinglar. Sizning nomingizga isnod keltirganlar uchun,] sizga jabr-zulm o'tkizganlar uchun ibodat qilinglar. 45 Shunda siz osmondagi Otangizning o'g'illari bo'lasizlar. Chunki U O'z quyoshini yovuzlar ustiga ham, yaxshilar ustiga ham balqitadi, yomg'irlarini solihlar ustiga ham, fosiqlar ustiga ham yog'diradi. 46 Agar sizni sevadiganlarnigina sevsangiz, bundan sizga rahmat bo'lurmi? Soliqchilar ham xuddi shunday qilishmaydimi? 47 Agar siz faqat birodaringiz bilangina salomlashsangiz, qanday fazilatli ish qilgan bo'lasizlar? Butparastlar ham xuddi shunday qilishmaydimi? 48 Shunday qilib, osmondagi Otangiz barkamol bo'lgani kabi, siz ham barkamol bo'linglar”.
Luqo 6:27-36 -- 27 “Lekin siz, tinglayotganlarga aytaman: dushmanlaringizni sevinglar, sizdan nafratlanganga yaxshilik qilinglar. 28 Sizga qarg'ish yog'dirganga duolar o'qing. Sizga ozor berganlar uchun ibodat qilinglar. 29 Bir chakkanga urganga ikkinchisini ham tut. To'ningni olgandan ko'ylagingni ham ayamagil. 30 Sendan so'ragan har kimsaga ber, senikini olgandan qaytarib berishini talab qilma. 31 Odamlar sizlarga qanday muomala qilishlarini istasangizlar, siz ham ularga shunday muomalada bo'ling. 32 Agar sizni sevganlarnigina sevsangiz, qanday savob qilgan bo'lasizlar? Ana, gunohkorlar ham o'zlarini sevganlarni sevadilar. 33 Agar o'zingizga yaxshilik qilganlargagina yaxshilik qilsangiz, qanday savob qilgan bo'lasiz? Ana, gunohkorlar ham xuddi shunday qiladilar. 34 Agar siz qaytarib olishga umid qilib qarz bersangiz, qanday savob qilgan bo'lasiz? Ana, gunohkorlar ham qancha qarzlari bo'lsa, shuncha qaytarib olish maqsadidagina gunohkorlarga qarz beradilar. 35 Lekin siz dushmanlaringizni seving, yaxshilik qiling, hech narsa tama qilmay qarz bering. Shunda buyuk mukofot olib, Taolloning o'g'illari bo'lasizlar. Chunki Uning O'zi ham noshukurlar bilan yomon niyyatlilarga nisbatan mehribon-ku. 36 Shunday qilib, Otangiz rahmdil bo'lgani kabi, sizlar ham rahmdil bo'linglar”.
Matto 12:7 -- Agar sizlar Tavrotdagi: “Men qurbon emas, rahm-shavqat istayman” degan oyatga tushunganingizda, begunohlarni hukm qilmas edingiz.
Matto 20:25-28 -- 25 Iso esa ularni yoniga chaqirib, dedi: - Bilasizlarki, dunyo xalqlari ustidan otabeklar hokimlik qiladi. 26 Ammo sizning orangizda bunday bo'lmasin. Orangizda kim katta bo'lishni istasa, sizga xizmatkor bo'lsin. 27 Orangizda kim birinchi bo'lishni istasa, sizga qul bo'lsin. 28 Zero Inson O'g'li ham O'ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O'zi xizmat qilish uchun va O'z jonini fido qilib, ko'plarni qutqarish uchun kelgan.
Luqo 23:34 -- Iso: - Ey Ota! Ularni kechirgin, ular nima qilayotganini bilmaydilar” – der edi.

Hulosa

Havoriy Yuhanno Xudoning sevgisining sirini tushunib, shunday yozdi: “Xudo sevgidir. Sevgini diliga jo qilgan kishi Xudo bilan bir tan bo'lib yashaydi, Xudo ham uning vujudida yashaydi.” (1 Yuhanno 4:16) Xudo bizdan qonun yoki birinchi amr kabi sevgini talab qilmaydi, balki Uning O'zi sevgidir va biz itoatsiz va gunohkorlarni Uning g'azabidan va odil hukmidan qutqarish uchun va inoyati orqali bizni yangilash uchun yagona sevimli O'g'lini biz uchun berganida, O'zining sevgisini bizga ko'rsatgan.

Masih Xudojo'ylik tanasining butun to'liq yashagandagi Xudo sevgisining ramzidir. U bizga O'z qonunining hulosasi kabi shunday amr bergan: “Men sizlarni sevganim kabi, siz ham bir-biringizni sevinglar.” U bu amrda sevgisini bizning sevgimiz uchun o'lchovdek qo'ygan. Isoning shaxsi bizning qonunimiz, misolimiz, huquqlarimizning asosi va bizga bo'lgan Ruhi orqali keladigan sevgining man'basidir. Bu Xudo bizni sevgani kabi, biz ham faqat Unda va U orqali seva olishimizdir. Iso bizga faqat bajara oladigan amrlarni bergan, va bizni talab qilingan huquqlar bilan ta'minlagan va bularni bajarish uchun kuch ato etgan. Shunday qilib, Uning sevgisida davom etish Uning izdoshlari uchun mumkindir. Ayniqsa, Uning Ruhi Uning yangi amriga itoat qilish uchun bizni boshlaydi va bizga turtki beradi.

Masihning sevgisi va hursandchiligida yashaydigan a'zolarning guruhini o'rab olgan mayin va murakkab bo'lmagan hudud qanday buyuk! U yerda voizlik qilish voizxon uchun oson, chunki Muqaddas Ruh tinglovchilarning yuraklarini va onglarini tayyorlab qo'ygan. Biroq, qiyin vazifa bu sevish, duo qilish va dushmanlarimizga xizmat qilishdir. Bu xizmatga bizdagi tosh yurakni va o'zimizni sevishni yengib chiqishimiz uchun kuch kerak bo'ladi. Bu g'alaba Muqaddas Ruhning ichki birligidan bizga keladi, bu faqat bir marta emas, balki talab qilingani kabi doyimiy keladi. Rabbiy bizni sevgani kabi, atrofimizdagi qiyin va tosh yuraklarni sevish uchun bizga yordam beradi. Bu sevgimizning imtixonidir: bu Xudodanmi? Yoki bu faqat ichki tuyg'u yoki his-tuyg'ularimizni eslatadimi? Har doyim dushmanlarimizni sevish Masihning siridir, chunki Xudoning O'zi O'g'lini yuborish orqali va biz dushmanlari bo'lganlar uchun o'rinbosardek o'limi orqali ham bu sevgini isbotlagan.

Xudo sevgisini bizga ko'rsatdi. Bularning hammasidan ham, U bizni sevadi, va bizni keladigan hukmdan qutqarish uchun eng yaxshisini qurbonlik qiladi. Uning sevgisi bizga ta'sir qiladimi, bizni siljitadimi va bunda himoya qilish uchun bizga ta'lim beradimi? Chunki Xudo sevgidir, Uning bolalari U sevgani kabi bir-birlarini sevishlari kerak. Bu Masihning qaytishidir: bu bizning ongimizni va maqsadlarimizni o'zgartirishdir. Sevadigan, o'sadigan, yordam beradigan, ijobiy fikrlaydigan va samoviy kuchning markazi bilan a'loqasi bo'lgan kishi, sevgi Xudosining yuragidir. Iblis Qiyomat Kunida Xudoning g'azabidan bizni qutqaradigan savob ishlarni va bizda Masihning ruhi bizda o'rnatadigan savob ishlarga halal beradi (Matto 25:31-46). Qanday buyuk yolg'on! Muqaddas Ruh bizga havoriy Pavlus orqali shunday deydi: “Hamma gunoh qilgan va Xudoning ulug'vorligidan mahrumdir. 24 Lekin Xudo inoyati bilan, Iso Masihning qoni evaziga gunohkorlar tekin oqlanadilar.” (Rimliklarga 3:23-24)

Biz o'zimizning ishlarimiz orqali qutqarilmaganmiz, balki bizning savob ishlarimiz haqiqiy imonning hosilidir va savob ishlarsiz imon o'likdir (Yoqub 2:14). Savob ishlar bizdagi Muqaddas Ruhning qimmati va huzurining aniq isbotidir, Iso aytganidek: “Siz ularni mevalaridan bilib olasiz.” (Matto 7:16). Biroq, Yahudiylar va Musulmonlarning ko'plari kabi Isoning muqaddas to'lovini va qurbonligini doyimiy ravishda rad etadiganlar, o'zlarining ishlariga ko'ra hukm qilinadilar va ularning qulashlari buyuk bo'ladi.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 24, 2013, at 10:29 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)