Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 11 - Faith 7

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Indonesian? -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
E - Yangi Ahddagi IMON Qoidalariga mansub Masihning Amrlari

7. Abadiy Hayotning Ishonchli Umidi



Matto 19:16-17 -- 16 Shu mahal bir kishi Isoning yoniga kelib: - Valine'mat ustozim! Abadiy hayot nasib bo'lishi uchun qanday savobli ish qilmog'im lozim? - deb so'radi. 17 Iso unga dedi: - Nega sen Mendan savobli ish haqida so'rayapsan? Birgina Xudodan boshqa hech kim savob egasi emas. Agar boqiy hayotga erishmoq istasang, ilohiy amrlarga rioya qil.
Matto 19:27-30 -- 27 Bu so'zga javoban, Butrus Isoga dedi: - Mana, biz hamma narsani qoldirib, Sening orqangdan ergashib keldik. Buning evaziga biz nima topamiz? 28 Iso ularga dedi: - Sizga chinini aytayin: yangi dunyoda Inson O'g'li O'zining ulug'vor taxtida o'tirganida, Mening orqamdan ergashib kelgan sizlar ham o'n ikkita taxtga o'tirib, Isroilning o'n ikki qabilasini hukm qilasizlar. 29 Men uchun uy-joy, aka-uka, opa-singil, ota-ona, xotin-bola yoki yer mulkini tashlab ketgan har bir kishi bulardan yuz hissa ortig'rog'ini topib, abadiy hayotga noil bo'lajak. 30 Lekin ko'p birinchi bo'lganlar oxirgi, oxirgilar esa birinchi bo'ladilar.
Yuhanno 3:36 -- Kimki Xudo O'g'liga ishonsa, abadiy hayotga erishadi. O'g'ilga ishonmagan odam esa hayot ko'rmay, Xudoning g'azabiga uchraydi.
Yuhanno 4:13-14 -- 13 Iso ayolga shunday javob qaytardi: - Bu suvdan kim ichsa, yana chanqab qoladi. 14 Lekin Men beradigan suvdan kim ichsa, abadiy chanqamaydi. Men beradigan suvdan ichganning vujudida buloq paydo bo'lib, abadiy hayot sari jo'shib oqaveradi.
Yuhanno 5:24-27 -- 24 Sizlarga rostini aytay: Mening so'zlarimni tinglagan va Meni Yuborganga ishongan kishi abadiy hayotga ega bo'ladi. U o'limdan hayotga o'tgani uchun hukm qilinmaydi. 25 Sizlarga rostini aytay: o'liklar Xudo O'g'lining ovozini eshitadigan vaqt keldi va kelib qoldi ham. Uning ovozini eshitganlar esa tirilib ketadilar. 26 Chunki Otaning O'zi hayot manbai bo'lgani kabi, O'g'liga ham hayot manbai bo'lishni ato qilgan. 27 Ota hukm qilish vakolatini ham O'g'liga bergan, chunki U Inson O'g'lidir.
Yuhanno 10:27-31 -- 27 Mening qo'ylarim tovushimga quloq soladi. Men ularni taniyman, ular esa Menga ergashib yurishadi. 28 Men ularga abadiy hayot bag'ishlayman va ular abadiy halok bo'lmaydilar. Hech kim ularni Mening qo'limdan tortib ololmaydi. 29 Ularni Menga bergan Otam hammadan buyukdir. Otamning qo'lidan ularni tortib olishga hech kimning kuchi yetmaydi. 30 Men va Otam – birmiz. 31 Shunda yahudiy din arboblari yana Isoni toshbo'ron qilmoqchi bo'lib, tosh ola boshladilar.
Yuhanno 12:48-50 -- 48 Meni rad qilib, so'zlarimni qabul qilmagan odamning hakami bor – uni oxiratda Mening aytgan kalomim hukm qiladi. 49 Men O'z nomimdan so'zlaganim yo'q. Aksincha, Meni yuborgan Otam nima aytishimni, qanday so'zlashimni Menga amr etgan. 50 Uning amri esa abadiy hayotdir, deb bilaman. Xullas, Men nimaiki gapiryotgan bo'lsam, Otamning Menga aytganlarini gapiryapman”.
Yuhanno 17:1-3 -- 1 Shu gaplardan keyin Iso ko'zlarini osmonga tikib, dedi: “Ey Ota! Vaqt-soati keldi. O'g'ling Seni ulug'lashi uchun Sen ham O'z O'g'lingni ulug'lagin. 2 Sen Unga butun bashariyat ustidan hokimlikni berding; Sen Unga bergan odamlarning hammasiga U abadiy hayot ato qiladi. 3 Abadiy hayot esa Seni – tanho Haq Xudoni hamda Sen yuborgan Iso Masihni tanib bilishdan iboratdir.
Yuhanno 8:12 -- Iso yana xalqqa hitob qildi: - Men olamning nuriman. Kimki Menga ergashsa, zulmatda yurmaydi, balki hayot nuriga ega bo'ladi.
Yuhanno 11:25-26 -- 25 Iso unga dedi: - Men tirilish va hayotdirman. Menga ishongan odam o'lsa ham yashaydi. 26 Kimda-kim Menga ishonib yashasa, to abad o'lmaydi. Bunga ishonasanmi?
Yuhanno 14:6 -- Iso unga dedi: - Men yo'l, haqiqat va hayotdirman. Mensiz hech kim Otaning oldiga borolmaydi.
Yuhanno 6:57 -- Xuddi barhayot Otam Meni yuborganday, Men Otam orqali yashayotganday, Meni yegan odam ham Men orqali yashaydi.
Yuhanno 14:19 -- Birozdan keyin dunyo Meni boshqa ko'rmaydi. Ammo sizlar Meni ko'rasizlar; Men hayot bo'lganim uchun, sizlar ham yashaysizlar.
Matto 26:63-66 -- 63 Iso indamadi. Oliy ruhoniy Unga: - Barhayot Xudo haqi Senga qasam ichirayinki, bizlarga ayt: Xudoning O'g'li – Masih Senmisan? - dedi. 64 Iso unga: - O'zing aytding, - dedi. - Hatto sizlarga aytadurmanki, bundan keyin Inson O'g'li Qodir Tangrining o'ng tomonida o'ltirib, osmon bulutlari uzra kelayotganini ko'rasizlar. 65 Shunda oliy ruhoniy kiyimlarini yirtib: - U shakkoklik qilmoqda-ku! Bizlarga boshqa guvohlarning nima keragi bor? Mana endi U Xudoga shak keltirganini o'zlaringiz eshitdingizlar. 66 Sizlar nima deysizlar? - dedi. Ular javob berib: - O'limga loyiq! - deyishdi.
Matto 24:4-14 -- 4 Iso javob berib ularga dedi: “Hech kim sizlarni yo'ldan ozdirmasligi uchun ehtiyot bo'linglar. 5 Chunki talay kishilar Mening nomim bilan kelib: “Men Masih bo'laman”, - deb ko'plarni yo'ldan ozdiradi. 6 Shuningdek, yiroq-yaqindan urush xabarlarini eshitasizlar. Ammo cho'chib vahimaga tushmanglar! Hamma narsa Xudo taqdir etganidek sodir bo'lishi lozim. Ammo bu hali so'ngi nixoya emasdir. 7 Xalq xalqqa qarshi, podshohlik podshohlikka qarshi ko'tariladi. Ayrim joylarda qahatchiliklar, o'latlar, zilzilalar bo'ladi. 8 Bularning bari esa bamisli to'lg'oqning boshidir. 9 O'shanda sizlarni qiynash va o'ldirish uchun tutib beradilar. Mening nomim tufayli barcha xalqlar sizlardan nafratlanadi. 10 O'shanda ko'plar vasvasaga tushib, bir-birini tutib beradi, bir-biridan nafratlanadi. 11 Ko'pdan-ko'p soxta payg'ambarlar paydo bo'lib, ko'plarni yo'ldan uradi. 12 Yovuzlik avjga chiqishi tufayli ko'pchilikning sevgisi soviydi. 13 Lekin oxirigacha chidagan qutiladi. 14 Xudo saltanati to'g'risidagi Injil Xushxabari hamma xalqlarga dalolat bo'lish uchun jahon bo'ylab targ'ib qilinadi va o'shandagina so'ng bo'ladi”.
Matto 24:24-32 -- 24 Chunki soxta Masihiylar va soxta payg'ambarlar paydo bo'lib, ilojini topsalar, hatto tanlangan kishilarni ham yo'ldan ozdirish uchun g'aroyibot va mo'jizalar ko'rsatadilar. 25 Mana, Men sizlarga oldindan aytib qo'ydim. 26 Shunday qilib, agar sizlarga: “Mana, U sahroda”, - deb aytsalar, chiqmanglar. “Mana, U berk xonalarda”, - deb aytishsa ham, ishonmanglar. 27 Chunki Inson O'g'lining kelishi xuddi sharqda chaqnab, hatto g'arbda ham barchaga ko'rinuvchi chaqmoqday bo'ladi. 28 Murda qayerda bo'lsa, kalxatlar ham o'sha yerda to'planadi. 29 O'sha kunlarning musibatidan so'ng, alhol quyosh tutilib, oy xiralanadi. Yulduzlar osmondan tushib, samoviy kuchlar larzaga keladi. 30 O'shanda Inson O'g'lining alomati osmonda namoyon bo'ladi. Yer yuzidagi barcha qabilalar uvvos tortib yig'laydilar, Inson O'g'li osmon bulutlari uzra buyuk qudrat va shon-shuhrat ila kelayotganini ko'radilar. 31 U mahobatli karnay tutgan farishtalarni yuboradi. Ular esa Uning tanlangan kishilarini osmonning bir burchidan boshqa burchigacha, to'rt tomondan to'plab keladilar”. 32Anjir daraxtidan ibrat olinglar. Uning shohlari ko'karib, barg chiqaryotganidan yoz yaqinlashganini bilasizlar.
Matto 25:31-34 -- 31Inson O'g'li O'zining ulug'vorligida, jamiki muqaddas farishtalari bilan birga kelgan paytida O'zining ulug'vor taxtiga o'tiradi. 32 Barcha xalqlar Uning huzuriga to'planadilar. Cho'pon qo'ylarni echkilardan ajratganday, U ularni birma-bir saralab qo'yadi. 33 'Qo'ylarni' O'zining o'ng tomoniga, 'echkilarni' esa chap tomoniga turg'izadi. 34 Shunda podshoh o'ng tomondagilarga aytadi: - Ey, Mening Otamning oqlaganlari, kelinglar! Dunyo yaratilganidan beri sizlar uchun meros sifatida tayorlab qo'yilgan Shohlikni egallangiz.
Matto 5:8-12 -- 8 Pokdil bo'lganlar bahtlidir, chunki ular Xudoni ko'rur. 9 Tinchlik o'rnatuvchilar bahtlidir, chunki ular Xudo o'g'illari deyilur. 10 Adolat yo'lida jabr ko'rganlar bahtlidir, chunki Osmon Shohligi ularnikidir. 11 Men tufayli odamlar sizni haqoratlab quvg'in etsa, siz haqda yolg'on gapirib fisqu g'iybat qilsa, bahtlisiz! 12 Sevininglar va xursand bo'linglar, chunki sizga osmon mukofoti buyuk. Sizdan avval o'tgan payg'ambarlar ham shunday quvg'in bo'lgan”.
Matto 13:43 -- O'shanda solihlar o'z Otalarining Shohligida quyosh kabi porlaydilar. Kimning eshitar qulog'i bo'lsa eshitsin!

Hulosa

Havoriy Yuhanno bir gapda xushxabarini jamlagan: “Xudo olamni shunchalik sevdiki, O'zining yagona O'g'lini berdi, toki Unga ishongan har bir inson halok bo'lmasin balki abadiy hayotga ega bo'lsin.” (Yuhanno 3:16) Samoviy Ota O'zining yagona O'g'lini hamma oqlanishi uchun va imonlari orqali abadiy hayotga to'liq ega bo'lishlari uchun va barhayot Ota tomonidan qilingan va'da amalga oshib, Muqaddas Ruh ularda yashashi uchun hamma uchun muqaddas qurbon kabi bu buzuq dunyomizga O'g'lini yubordi. O'g'il biz uchun Xudo bilan yashash uchun to'g'rilikni o'rnatdi. Bizdagi Ota va O'g'ilning ruhi abadiy hayotdir va Xudoning sevgisi va kuchidir shunda biz bu kundan Uning abadiy sheriklari bo'lib yashaymiz.

Iso dindor orzu qiladigan Zot bo'lmagan. U haqiqatda yashagan va bizning jinoyatchi dunyomizdagi iblisning ruhining bir necha ko'rinishlaridan O'zining izdoshlarini ogohlantirgan kishi bo'lgan. Bu bizning Ota va O'g'il bilan bo'lgan do'stligimizdan bizni olib tashlash uchun dinlarning, aqidalarning va falsafalarning maqsadlaridan biridir va biz o'zimizni o'zimiz orqali namoyish etishimiz uchun Masihning xochidagi huquqimizdan bizni ozod qiladi. Na qattiq na dindor bo'lmagan kishi Xudoga bo'lgan yagona yo'ldek uning hayotiga Masihni olib kelganimizda asabiylashadi. Xushxabarining har bir voizligi ular uchun tayyorlangan imonlilarning najodiga ham, Masihning najodini rad etadiganlarning toshbag'irligiga ham sabab bo'ladi. Do'zaxning hujumlari Masihning izdoshlari quvg'in olovi orqali o'tishlari uchun oxirgi kunda ehtiyotkorroq bo'ladilar. Biroq, Xudoning so'zi bizni qo'llab quvvatlaydi, chunki Xudodan bo'lgan bizdagi yangi hayot Masihning tokidagi shohlar kabi agar davom etsak o'lmaydi, xuddi havoriy Pavlus bizga shunday ochib bergani kabi: “Ulug'vor umidimizning mag'zi, ichingizdagi Masih” (Kolosaliklarga 1:27)

Havoriy Pavlus yana qonuniy terminlar bilan bizga abadiy hayotning sirlarini ochib beradi: “Iso Masihdagi hayot Ruhining qonuni meni gunoh va o'lim qonunidan ozod qildi.” (Rimliklarga 8:2) Pavlus bizni hukm qilmaydigan va yo'q qilmasdan balki bizni yupatadigan, bizga hayot beradigan va bizni boshqaradigan qonun, buyrug' va haqiqatdek Iso Masih bilan birlikdagi Muqaddas Ruhning hayotini tushundi. Masihning o'limida topilgan Masihning yangi qonuni bizni gunohni va o'limni yenga olmaydigan Musoning qonunidan ozod qiladi. Bu biz abadiy yashashimiz uchun Masihning o'limi tufaylidir, Pavlus aytgani kabi: “O'limga g'alaba bilan yutildi. Ey o'lim, sening nishing qayerda? Ey do'zax, sening zafaring qayerda? O'limning nishi gunohdir. Gunohning quvvati esa qonundir. … Lekin Xudoga shukur! U Rabbimiz Iso Masih orqali bizga g'alaba baxsh etdi” (1Korinflilarga 15:54-57; 1 Yuhanno 5:4)

Bu dunyoning tarixining oxirgi maqsadi Masih jamoatini birga to'plab, samoviy tanasiga yaxshi cho'ponday ularni yetaklaydi, bir tomonga hukm uchun Rabbiydan nafratlanadiganlarni to'plash uchun Masihning keyingi kelishidir. Masihning qayta kelishi sharqdan g'arbga bo'lgan kuchli chaqmoq kabi yorug' va ulug' bo'ladi. O'limdan tirilish bizning onglarimizni va bilimimizning to'siqlarini yorib tashlaydi. Qiyomat kunida, Xudoning O'g'li Undan yashiringan sir bo'lgan va Uning oldida tan olinmagan har bir gunohni ochib tashlaydi. Xudoning O'g'li O'zining qattiq odilligi bilan har bir insonni hukm qiladi. Shohlarning Shohi Rabbimiz Isoning havoriy Pavlusga bo'lgan Vahiysida biz o'qiganimizda, yolg'on payg'ambarlarni yo'q qilgandan keyin Shayton, O'lim va Do'zaxni yo'q qiladi. Solihlik va muqaddaslikning yangi ijodi Otaning va O'g'ilning huzurida oxirlaydi va bunga ularni tortgan Muqaddas Ruhning birligini Masihda qutqarilganlarni to'playdigan Muqaddas Ruhning kuchida oxirlaydi, va U ularni Xudoning oilasiga qo'yadi. Siz ulardan birimisiz?

8. Imon Qoidalaridagi Ilova

Biz Muqaddas Yozuvga ko'ra ishonish kerak bo'lgan Isoning shogirdlarining ta'limini oltita nom ostida jamladik:

1. Qudratli Xudo Otadir;

2. Maryamning O'g'li Iso Xudoning O'g'lidir; va

3. Muqaddas Ruh Xudoning kuchi va sevgisidir.

Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhning birligiga ishonishning natijasi bizning ruhiy tug'ilishimiz va shularda o'zini ko'rsatadigan bizning muqaddas harakatalrimizdir:

4. Imon Masihga bo'lgan tavbada, oqlanishda va bag'ishlanishda topiladi;

5. Pok, kechirish, xizmat qilish va abadiylik bu ilohiy sevgidir; va

6. Bizda yashaydigan Muqaddas Ruhning ulug'ligining belgilari bilan Masihning qayta kelishini kutadigan Masihiy umid.

Boshqa so'zlarda: Biz Otaga, O'g'ilga va Muqaddas Ruhga va bizning madanyatimizni va hayotimizni shakillantiradigan

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 24, 2013, at 10:29 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)