Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 09 - Faith 5

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Indonesian? -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
E - Yangi Ahddagi IMON Qoidalariga mansub Masihning Amrlari

5. Tavba va Imon – Muqaddas Ruhning ishlari



Matto 4:17 -- Shu kundan boshlab Iso voizlik qiladigan bo'lib: “Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi yaqinlashib qoldi”, - deb aytar edi.
Matto 5:6 -- Adolatga ochu chanqoqlar bahtlidir, chunki ular to'q bo'lur.
Luqo 18:10-14 -- 10 “Biri farziy, boshqasi soliqchi bo'lgan ikki kishi ibodat qilish uchun ma'badga kirishibdi. 11 Farziy alohida turib, o'zicha shunday ibodat qilibdi: - Yo Xudo! Men boshqa odamlarday talonchi, jinoyatchi, zinogar va hatto shu soliqchi singari bo'lmaganim uchun Senga shukur aytaman. 12 Haftada ikki marta ro'za tutaman. Topganimning o'ndan birini ushr uchun ajrataman. 13 Soliqchi bo'lsa uzoqda turib, hatto ko'zlarini osmonga qaratishga ham botina olmay, ko'kragiga urganicha: - Yo Xudo, men gunohkorga rahm qil! - debdi. 14 Sizga aytamanki, bu odam boyagidan ko'ra oqlanib uyiga qaytibdi. Chunki o'zini yuqori olgan har bir kishi pasaytiriladi, o'zini past olgan esa yuksaltiriladi”.
Luqo 5:5-9 -- 5 Simun javob berib: - Ustoz, bizlar tun bo'yi urunib, hech narsa topolmadik. Lekin Sening so'zing bo'yicha to'rni tashlayman, - dedi. 6 Ular Isoning aytganini qilgach, juda ko'p baliq ovladilarki, hatto to'rlari yirtilib ketdi. 7 Ular boshqa qayiqdagi o'rtoqlariga yordam berishlari uchun ishora qildilar. O'rtoqlari kelib, ikkala qayiqni cho'kar darajada to'ldirib oldilar. 8 Simun Butrus buni ko'rdi-da, Isoning tiziga cho'kkalab: - Yo Rabbiy! Mening oldimdan ketgin, chunki men gunohkor insonman, - dedi. 9 Ular tutgan bunday mo'l baliq ovidan o'zini va u bilan birga bo'lganlarning hammasini vahima bosgan edi.
Luqo 19:1-10 -- 1 Iso Yerixo shahriga kirib, guzarlaridan o'tib borardi. 2 Yo'lda Zakkay ismli bir odam uchradi; u soliqchilarning boshlig'i bo'lib, juda boy edi. 3 U Isoni ko'rishga, kim ekanligini bilishga oshiqar edi. Biroq bo'yi pastligi tufayli va xaloyiq ko'pligidan Uni ko'rolmadi. 4 Isoni ko'rish uchun oldinga yugurib, bir yovvoyi anjir daraxtiga chiqib oldi. Chunki Iso o'sha yerdan o'tishi kerak edi. 5 Iso u joyga kelgach, yuqoriga qarab qo'ydi-da, unga: - Zakkay! Tezroq pastga tush, Men bugun sening uyinga qo'nishim kerak, - dedi. 6 Zakkay darrov pastga tushdi. Isoni quvonch bilan qarshilab, mehmon qildi. 7 Buni ko'rganlarning hammasi: - U gunohkor odamning uyiga tashrif buyurdi, - deb norozilik bildirishdi. 8 Ammo Zakkay Rabbimiz Isoning oldida qo'l qovushtirib turib, Unga dedi: - Ey Hazrat, mol-mulkimning yarmini kambag'allarga berib yuboraman. Agar birovning haqqini yeb ketgan bo'lsam, to'rt barobar ko'paytirib berganim bo'lsin. 9 Iso unga shunday javob berdi: - Bugun bu uyga najod keldi. Chunki bu odam ham bobomiz Ibrohim o'g'lidir. 10 Inson O'g'li esa adashganni izlab topish va qutqazish uchun kelgan.
Luqo 15:17-24 -- 17 O'ziga kelgach, u debdi: “Otamning qanchadan-qancha yollanma ishchilarining noni oshib-toshib yotibdi, men esa bu yerda ochlikdan o'lyapman. 18 Endi otamning oldiga boray va unga: Ota, men Xudoga va sizga qarshi gunoh qildim. 19 Endi sizning o'g'lingiz atalishga loyiq emasman. Meni yollanma ishchilaringiz qatoriga qabul qilsangiz bas, deyman”. 20 Yigit otasi oldiga ravona bo'libdi. U hali uzoqda kelayotganligidayoq, otasi o'g'lini ko'rib, ko'ngli bo'shab ketibdi. Yugurgancha borib, o'g'lining bo'ynidan quchib, yuz-ko'zlaridan o'pibdi. 21 O'g'li unga: - Ota, men Xudoga va sizga qarshi gunoh qildim. Endi sizning o'g'lingiz deb atalishga loyiq emasman, - debdi. 22 Ota xizmatkorlariga shunday buyuribdi: - Tez bo'ling, eng nafis to'n kiydirib yelkasiga yoping, qo'liga uzuk taqing, oyoqlariga choriq kiygizinglar. 23 Bo'rdoqini olib chiqib, so'yinglar, yeb-ichaylik, hursandchilik qilaylik. 24 Chunki mening bu o'g'lim o'lgan edi – tirildi, yo'qolgan edi – topildi. Shunday qilib, hursandchilik qila boshlabdilar.
Yuhanno 3:20-21 -- 20 Kimki yomonlik qilib yursa, nurni yomon ko'radi, yomon qilmishlari fosh bo'lib qolmasligi uchun nurga qarab yurmaydi. 21 Kimki haqiqat yo'lini tutsa, nurga qarab yuradi, toki Xudoga tayanib qolgan ishlari oshkor bo'lsin.
Luqo 5:31-32 -- 31 Iso ularga shunday javob berdi: - Sog'lar emas, bemorlar tabibga muhtojdir. 32 Men taqvodorlarni emas, gunohkorlarni tavbaga chaqirgani kelganman.
Yuhanno 1:35-39 -- 35 Ertasiga Yahyo yana ikkita shogirdi bilan shu yerda turgan edi. 36 U yurib kelayotgan Isoga tikilib qarab: - Mana Xudoning qurbonlik Qo'zisi! - dedi. 37 Ikkala shogird Yahyoning bu so'zlarini eshitib, Isoning orqasidan ergashib borishdi. 38 Iso o'girilib qarab, ularning ergashib kelayotganini ko'rdi-da: - Sizlarga nima kerak? - deb so'radi ulardan. - Sen qayerda turasan, Ravviy? - deyishdi ular. (“Ravviy” ustoz ma'nosidadir). 39Borib ko'ringlar, - dedi Iso. Ular borib, Isoning turar joyini ko'rishdi. O'sha kuni U bilan qolishdi. Soat to'rtlar chamasi edi.
Matto 9:9 -- 9 Iso u yerdan o'tayotganida, soliq yig'adigan joyda o'tirgan Matto ismli odamni ko'rib qoldi-da, unga: - Mening orqamdan yur! - dedi. U esa o'rnidan qalqib, Isoning orqasidan yurdi.
Yuhanno 3:14-15 -- 14 Muso sahroda ilonni qanday yuqoriga ko'targan bo'lsa, Inson O'g'li ham xuddi shunday yuqoriga ko'tarilishi kerak. 15 Shu tariqa unga ishongan har bir kishi halok bo'lmay, abadiy hayotga erishadi.
Mark 10:13-16 -- 13 Ularning peshanasiga qo'lini qo'ysin, deb Isoning oldiga bolalarni keltirishardi. Shogirdlar esa yetaklab keluvchilarni koyib qo'yishdi. 14 Iso buni ko'rganda, g'azablanib dedi: - Bolalarga yo'l qo'yinglar, Mening oldimga kelishiga to'sqinlik qilmanglar! Mana, Xudoning Shohligi bundaylarnikidir. 15 Sizlarga chinini aytayin: Kim Xudoning Shohligini bola kabi qabul qilmasa, unga hech kirolmaydi. 16 Keyin bolalarni quchoqlab, ularning peshanalarini silab duo qildi.
Matto 8:13 -- Keyin Iso yuzboshiga: - Bor, sen ishonganingdek bo'lsin, - dedi. Yuzboshining xizmatkori esa o'sha zahoti sog'ayib ketdi.
Mark 10:17-25 -- 17 Iso yo'lga chiqayotganida, kimdir yugurib kelib, Uning oldida tiz cho'kdi-da: -Valine'mat Ustozim! Abadiy hayot nasib bo'lmog'i uchun nima qilishim kerak? - deb so'radi. 18 Iso unga dedi: - Nega Meni valine'mat deysan? Birgina Xudodan boshqa hech kim valine'mat emas-ku. 19 Sen ilohiy amrlarni bilasan: “Zino qilma. Odam o'ldirma. O'g'irlik qilma. Soxta guvohlik berma. Birovning haqini yema. Ota-onangni hurmat qil”. 20 U kishi Isoga javob qaytarib: - Ustozim! Bularning hammasiga yoshligimdan buyon rioya qilib kelaman, - dedi. 21 Iso unga qaradi va yaxshi ko'rib qoldi. - Senga bir narsa yetishmaydi, - dedi unga. - Bor, nimaga ega bo'lsang, hammasini sotib, pulini kambag'allarga bo'lib ber. Shundagina osmonda xazinang bo'ladi. Keyin kel, [xochni olib] orqamdan yur. 22 Bu so'zlardan boyning ta'bi xira bo'ldi, chunki uning mol-mulki ko'p edi. U qayg'urib qaytib ketdi. 23 Iso atrofga ko'z yugurtirib shogirdlariga dedi: - Pul dunyosi borlarning Xudo Shohligiga kirishlari naqadar qiyin! 24 Shogirdlar bu so'zlarni eshitib, aqllari shoshdi. Iso esa qayta boshdan so'z oldi. - Bolalar, boylikka umid bog'laganlar Xudo Shohligiga kirishga qanchalar qiynaladi! 25 Boy odamning Xudo Shohligiga kirishidan ko'ra, tuyaning igna teshigidan o'tishi osondir.
Yuhanno 6:68-69 -- 68 – Rabbim, - dedi Simun Butrus, - bizlar kimga boraylik? Senda abadiy hayotning so'zlari bor. 69 Bizlar ishondik va bildik, Sen Xudoning Azizi – Masihsan.
Yuhanno 6:35,47 -- 35 Iso shunday aytdi: - Men hayot noniman. Mening oldimga kelgan odam sira och qolmas, Menga ishongan odam hech qachon chanqamas. … 47 Sizlarga rostini aytay: Kimki Menga ishonsa, abadiy hayotga ega bo'ladi.
Matto 9:2-7 -- 2 Uning oldiga to'shakda yotgan bir shol odamni ko'tarib keldilar. Iso ularning ishonchini ko'rib, sholga: - Dadil bo'l, bolam, gunohlaring kechirildi, - dedi. 3 Shunda ulamolardan ba'zilari o'zlaricha: “Bu kufrlik qilyaptiku!” - deyishdi. 4 Iso esa ularning mulohazalarini payqab, dedi: - Nega sizlar ko'ngillaringizdan yomon fikrlarni o'tkazyapsiz? 5 “Gunohlaring kechirildi”, - deb aytish osonroqmi, yoki: “O'rningdan turib yuraqol”, - deb aytishmi? 6 Lekin Inson O'g'lining yer yuzida gunohlarni kechirish qudrati borligini ham bilib qo'yinglar. Shundan so'ng Iso sholga qayrilib: - O'rningdan tur, to'shagingni olib uyingga ket! - dedi. 7 Shol esa o'rnidan turdi-da, to'shagini olib o'z uyiga ravona bo'ldi.
Yuhanno 3:17-19 -- 17 Xudo olamni hukm qilish uchun emas, balki O'g'li orqali qutqarish uchun O'g'lini dunyoga yubordi. 18 Unga ishongan odam hukm qilinmaydi. Unga ishonmagan odam esa allaqachon mahkum bo'lgan, chunki u Xudoning yagona O'g'li ismiga ishonmagan. 19 Ilohiy hukm shundan dalolatdirki, olamga nur kelgan bo'lsa ham, odamlar nurdan ko'ra zulmatni a'lo ko'rdilar; chunki ularning qilmishlari yomonlik edi.
Matto 26:26-28 -- 26 Ular ovqatlanib o'tirganlarida, Iso nonni oldi, duo o'qib sindirdi va shogirdlariga tarqatib: - Olinglar, yenglar, bu Mening tanamdir, - dedi. 27 Kosani ham olib, shukrona duosini aytdi va ularga uzatib: - Bundan hammalaring ichinglar, - dedi. 28 – Chunki bu – ko'plarning gunohlari kechirilishi uchun to'kiladigan, Yngi Ahdni tasdiqlaydigan Mening qonimdir.
Mark 16:16 -- Kim ishonib, suvda imon keltirsa, najod topadi. Ishonmagan esa mahkum bo'ladi.
Matto 21:21-22 -- 21 Iso ularga javoban: - Sizlarga chinini aytayin, - dedi, - Agar ishonchingiz qat'iy bo'lib, shubhalanmasangiz, bu anjir daraxti bilan sodir bo'lganni ado etish u yoqda tursin, hatto bu toqqa: “Ko'taril-da, dengizga otil”, - desangiz, aytganingiz bo'ladi. 22 Sizlar ibodat qilib, ishonch bilan nimaiki so'rasangiz, erishasizlar.
Yuhanno 20:29 -- Iso unga shunday dedi: - Sen Meni ko'rganing uchun ishonding. Ko'rmay ishonganlar qanday baxtlidir!

Hulosa

Boshqa dinlar izdoshlaridan qoidalariga ishonishlarini, pullarini va vaqtlarini bag'ishlashlarini va imonlarning tushunchasi uchun azoblanishlarini talab qiladi. Biz faqat ruhiy imon insonni qutqarmasligini tushunishimizga to'g'ri keladi. Savol shunday: Inson kimga ishonadi? Haqiqiy imon esa tushunchadan ishonchga, topshirishga, o'zgarmaslikka va sabr-toqatga o'zgartiradigan sevgi hikoyasidir. Inson sevgi tufayli ishongan kishisiga ishonadi. Inson shunday baland yo'lda Iso bilan borishiga, Uning qoidalarini tushinishiga, Unga ishonishiga, o'zini Unga bag'ishlashiga, Unda qolishiga, U uchun bo'lgan qiyinchilikka chidashiga, va hech qachon nima bo'lganda ham Uni tark etmasligiga to'g'ri keladi. Imon bizdagi rivojlangan tajribadir, va Iso Masih bizga boshidan oxirigacha imonda o'sishimiz uchun yordam beradi.

Shu bilan birga, Isoning va Otasining bilimi bizda buzuqligimiz va gunohlarimiz haqida tushunchani o'rnatadi. Biz Xudoga yaqinlashganimiz sari, nurda turamiz va yashiringan buzuqligimizni tushunib boramiz. Mag'rur bo'lgan kishida hech qanday Xudo bilan a'loqa bo'lmaydi. Xudoning muqaddasligi bizni gunohlarimizni tan olishimizga yetaklaydi; bu bizni hatto biz Rabbimizga hech narsa olib kelmasdan, Uning inoyatidan yashaydigan ruhiy siniqlikka yetaklaydi. Shu bilan birga Muqaddas Ruh Isoning qoni orqali ozod bo'lganlarni barcha iflosliklardan tozalaydi.

Tavba imon bilan bog'lanadi. Biz qancha buzuqligimizni tushunganimiz sari, shuncha Muqaddas Ruh bizda kuchliroq bo'ladi, va Xudoning inoyati va sevgisi bizda buyuk bo'lib boraveradi, xuddi Dr. Martin Luther shunday deb tan olgani kabi: “Men o'zimning kuchim bilan yoki ongimning kuchi bilan ishona olmasligimni, yoki Isoga o'z kuchim bilan kelolmasligimga ishonaman; lekin Muqaddas Ruh meni Xushxabar orqali chaqirdi. U meni O'zining inoyatlari bilan yoritdi, haqiqiy imon bilan pokladi va U bilan saqladi. U yana butun yer yuzida Masihiylarni taklif qiladi va buni bir imonda to'plab saqlaydi. Bu aniq va haqiqatdir. Omin.”

Bu tan olish imonimiz tufayli Xudo tomonidan bizga berilgan solihligimizni o'z ichiga oladi. Biz hatti-xarakatlarimiz orqali, yoki savob ishlarimiz orqali oqlanmadik, balki bizlarni barcha gunohdan tozalaydigan Iso Masihning qoni orqali oqlanganmiz (1 Yuhanno 1:7). “U bittagina qurbonlik keltirib, ishonuvchilarni muqaddas qildi va abadiy kamolotga erishtirdi.” (Ibroniylarga 10:14) Bizda o'zimizning mol-mulkimiz orqali emas balki inoyat orqali, Xudoning Qo'zisi bilan bo'lgan sodiq a'loqamiz orqali bu solihlik bor (Matto 26:26-28).

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 24, 2013, at 10:10 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)