Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 111 (Christ’s Appearance to Paul; The zealots’ plot against Paul)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
E - PAVLUSNING QUDDUSDA VA KESARIYADAGI ZINDONBANDLIGI (Havoriylar 21:15 - 26:32)

6. Tunda Masihning Pavlusga Ko'rinishi (Havoriylar 23:11)


HAVORIYLAR 23:11
Keyingi kechada Rabbim Iso Pavlusga zohir bo'lib: “Dadil bo'l! Quddusda Menga qanday guvohlik bergan bo'lsang, Rimda ham shunday guvohlik berishing kerak”, - dedi.

Pavlusning vijdoni har doim ravshan edi, chunki u kunu tun Xudoga xizmat qilgan. Pavlus Quddusdaligida hukumsiz yurmadi yoki u atayin jo'shqin holatni yaratmadi. Pavlus Muqaddas Ruhning rahbarligiga bo'ysundi va o'lish uchun tayyorlandi. Biroq uning Rabbiysida u uchun boshqa rejalar bor edi. Rabbiy unga tun zulmatida shaxsan namoyon bo'lib, unga dedi: “Qo'rqma, dadil bo'l. O'lim bo'sag'ada emas, hatto u seni och bo'rilardek qamrasa ham. Ular senga zarar keltirmaydi, chunki Men sen bilanman. Men hayvonlarning og'zilarini yopaman. Men sening atrofinga devor bo'laman.”

Birodarlar Pavlusdan tarqab ketdilar. Asiya yoki Yevropadan bo'lgan birorta do'st ham u bilan zindongacha bormadi. Yoki Yoqub unga dalda berish uchun, unga vosetalik qilish uchun yoki unga yordam berish uchun Yahudiy imonlilarining minglabi bilan kelmadi. Bu Pavlus tuman tarqalgandek edi. Lekin shaxsdagi Masih u bilan edi. Masih uning yupanchi, solihligi, kuchi va umidi edi. Aziz birodar sizda Masihning huzuridan boshqa bu hayotda yoki keyingisida umid yo'q, Pavlus yozganidek: “Ulug'vor umidi bo'lgan Masih ichingizda.” Bu Muqaddas Ruhning kuchining ishonchi hatto o'limda ham qiynoqda ham davom etadi. Miyya bu ishonchni tugatishga qobil emas.

Masih Pavlusga o'sha vaqtda bu olamning poytahti Rimga uni jo'natish orqali Masih uning xizmatining toji bo'lishligini, abadiylikdan u uchun nima tayyorlab qo'yganini e'lon qildi. Bu maqsadga erishish bilan, Masihning zafarli yurishi tamomlanadi. Umidsizlik tunida, eng buyuk mag'lubiyat vaqtida Masih Rimda Unga dalil bo'lishi uchun va uning xizmat safarining oxirgi qismini tugatishi uchun unga ishonch berib, dalda berib uni jonlantirdi. Bu yurish Havoriylar Kitobining sirli belgisini orqaga suradi: Quddusdan Rimga.

Pavlus oxirgi safarining boshlanishida yuguruvchidek turdi. Biroq Rabbiysi bu ozod va g'alabador bosqichda u davom etmaganini balki zindonband bo'lganini va bog'lanishini xohladi. Holbuki, pavlus o'zining ichki borlig'ida Masih orqali u uchun tayyorlangandan tashqari hech narsa u bilan sodir bo'lmaganini bilib, haqiqiy ozod qilingan edi. Shunda u o'zini Masihning mahbusiga hozirdan chaqirdi. Bu tarzda Pavlus zanjirlarda Rabbiysiga poytahtni g'alaba qozonish uchun Rimdan jildi.


7. Pavlusga qarshi aqidaparastlarning ig'vosi (Havoriylar 23:12-22)


HAVORIYLAR 23:12-22
12 Kun yorishgach, ba'zi yahudiylar qasdlanib, Pavlusni o'ldirmaguncha yeb-ichmaslikka qasam ichdilar. 13 Bunday ahdlashganlarning soni qirq kishidan ziyod edi. 14 Ular oliy ruhoniylar bilan oqsosollarning huzuriga kelib: “Pavlusni o'dirmagunimizcha hech narsa yemaslikka og'ir qasam ichdik, - dedilar. 15 – Endi sizlar Oliy Kengash a'zolari bilan birga ming boshining huzuriga boringlar va go'yo Pavlus masalasini yana aniqroq tekshirmoqchimiz deb, uni ertaga oldingizga chaqirishini iltimos qilinglar. Bizlar esa u yetib kelmasidan avvalroq uni o'ldirishga hozirlik ko'rib turamiz”. 16 Pavlus singlisining o'g'li, ya'ni jiyani ana shu qasd haqida eshitib qolib, qal'aga kirdi-da, unga buni ma'lum qildi. 17 Pavlus yuz boshilaridan birini chaqirib: - Bu yigitni ming boshining huzuriga olib borgin, unga aytadigan bir gapi bor, - dedi. 18 U yigitni oldi va ming boshining qoshiga keltirib; - Mahbus Pavlus meni yoniga chaqirib, bu yigitni sizning oldingizga boshlab kelishimni iltimos qildi, sizga aytadigan bir gapi bor ekan, - dedi. 19 Ming boshi yigitning qo'lidan ushlab, uni bir chetga tortdi-da: - Menga aytadigan nima gaping bor? - deb so'radi. 20 Yigit javob berdi: - Yahudiylar go'yo Pavlusning ishini yana aniqroq tekshirish uchun uni ertaga Kengash oldiga chaqirishni sizdan iltimos qilishga kelishibdilar. 21 Lekin siz ularga quloq solmang. Chunki ularning qirqdan ortig'i Pavlusni poylab turishibdi; uni o'ldirmaguncha yeb- ichmaslik haqida qasam ichishibdi. Mana hozir sizning farmoishingizni kutib tayyor bo'lib turishibdi, - dedi. 22 Ming boshi: - Menga bu gaplarni bildirganingni hech kimga aytma! - deb yigitni qo'yib yubordi.

Luqo Rimdagi hukumat hizmatchisi Teofilga qanday qilib oliy kengash orqali Pavlusni surishtirish bilan qoniqmagan aqidaparastlar Yahudiy xalqining bu buzg'inchisini yeb bitirish uchun o'zlarning o'taketgan yolg'onchiliklari bilan ig'vo qildilar. Ular oliy kengashni rozi qilish uchun yashirincha rejalashtirdilar.

Lekin Masih o'zining qo'l ostida 1000 askari bo'lgan Rim qo'nomdonini o'zining qo'l ostida bo'lgan va hibsga olingan Rimlik Pavlusni saqlash uchun va kelayotgan havfdan olish uchun bu qo'mondondan foydalandi. Luqo o'zining maktubida bu Rim hukumat xizmatchisi natog'ri ish qilganini to'grilashni xohlaganidek, ijobiy tarzda uning harakatini tasvirlab bergan.

Luqoning xabarlaridan Pavlus Quddusda yashagan singilga uylanganligi va faol bolalari borligini o'rganish qiziqarlidir. Ba'zan Pavlusning ota-onasi va ularning bolalari Tarshishdan o'zlarining yurtlari Quddusga ko'chishgan bo'lishi mumkin, ularning o'limidan keyin ular Yahudiylarning odatidek muqaddas yerga ko'milgan bo'lishlari mumkin. Biz ular o'zlilari Pavlusga o'zxshab Masihiy imonlilar bo'lishganini bilmaymiz, lekin biz Pavlusning singlisining o'g'li ba'zi aqidaparast qonuniy g'alayonchilar bilan a'loqasi borligini ko'ramiz.

U Pavlusni o'ldirishni maqsad qilgan qiriqta aqidaparastlar fitnani aralashtirishi haqida eshitdi. Pavlusning singlisi ig'vo haqida eshitganda, u o'zining akasini saqlab qolishni xohladi. U akasi uchun hayotini havfga qo'yib, uni kutayotgan havf haqida habar berish uchun o'g'lini qamoqqa jo'natdi. Pavlus rejalashtirilgan fitna haqida o'rganganda, u singlisining o'g'lini Pavlusni himoya qilish uchun darhol olgan, odamlardan jahli chiqqan va bu ig'voni eshitgan qo'mondonga jo'natdi. U bu ishda bu hatning o'zi hukm qilishi mumkinligini rim hukmdorining qarorgohi Kesariyaga uni jo'natish uchun tanladi.

Quddusning hammasi hovliqqan edi, chunki Pavlus Yahudiy birligining buzg'unchisi edi. Ayniqsa, Pavlus Rim hukmdorining mahsus himoyasida edi. Buning o'zi Pavlusga qarshi bo'lgan aqidaparastlarning nafratini qo'zg'atish uchun yetarli edi. Ular agar shunday qilmasalar, ularning ustilariga eng og'ir la'natlarni so'rab, uni o'ldirish uchun ehtiyotlik bilan til biriktirdilar. Ular Pavlusni o'ldirgunlaricha hamma narsa na yeyishlari va na ichmasdan tezda sodir bo'lishi kerak edi. Ular uzoq och qolib chanqagan edilar, chunki Masih O'zining xizmatkorini saqlab, yangi xizmat uchun uni tayinladi.

U Rimga mahbus Pavlusni har bir kishi bu haqiqiy ozodlik fuqorolik ozodlik emas, balki gunohdan, o'limdan va Xudoning g'azabidan qutqarish ekanini ko'rish uchun yubordi. Iso bayon etgan: “Shunday qilib, agar O'g'il sizlarni ozod qilsa, haqiqatdan erkin bo'lasizlar” (Yuhanno 8:36). Biz Pavlusda Masihning ruhiy ozodligi zanjirlangan mahbusda ham sezilishini ko'ramiz, chunki Masih yuraklarning o'zining shahfatparastlikdan va mag'rurlikdan ozod qilib, qanday holatda bo'lmaylik bizni Xudoning ulug'lashga yetaklaydi.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso Masih, Senga sajda qilamiz, chunki Sen tiriksan, Sen xizmatkorlaringa g'amho'rlik qilasan, hatto ular zindonda bo'lsalar ham. Sen ularni O'z ko'z qorachig'ingdek asraysan. Har doim O'zingning huzuring orqali bizlarni saqla va Sening noming tufayli qamoqqa tushganlarni ular tozza qalbdan ozodlikdan hursand bo'lishlari uchun ularga dalda ber. Omin.

SAVOL 111: Nima uchun aqidaparastlar Pavlusni o'ldirishni xohlashdi va nima uchun u Rimga qilishiga to'g'ri keldi?

7 - SAVOL-JAVOB

Aziz kitobxon,
Endi Havoriylar kitobida bizning tavsilotlarimizni o'qidingiz, siz quydagi savollarga javob berishga qobilyatlisiz. Agar siz savollarning 90% javob bersangiz siz ta'lim olishingiz uchun rejalashtirgan bu kitoblarning keyingi qismlarini sizga jo'natamiz. Iltimos o'zingizning to'liq ismingizni va javob varog'iga manzilni aniq yozishni unutmang .

Pavlusning hamrohlarining buyuk mazmuni nima?

  1. Pavlus orqali Rabbiyning bu yosh kishini tiriltirishining mohiyati nima? Nima uchun Troasda haftaning birinchi kunida Rabbiyning kechligini nishonlandi?
  2. Pavlus nima uchun Troasdan Efesgacha o'zi yakka bordi?
  3. Havoriy Pavlusning voizligining natijasi, tarzi va hursandchiligi nima edi?
  4. Nima uchun Xudoning qo'yining cho'ponlari har doim hushyor bo'lib turishi kerak?
  5. Nima uchun olishdan ko'ra berish bahtiyorlikdir?
  6. Tirda Pavlusning boshidan kechirganlari nimalar edi?
  7. Pavlus nima uchun Quddusda kutayotgan azobdan qo'rqmadi?
  8. Yoqub Pavlusdan nima uchun ma'badda sajda qilish uchun poklanish kerakligini so'radi.
  9. Yahudiylar nima uchun Pavlusni o'ldirishni xohladi?
  10. Qonun uchun shunchalik qiziqqon Shoulga Rabbiyning ko'rinishining mohiyati nima?
  11. Xudoning irodasining mazmuni nima?
  12. Pavlus o'zini Iso G'ayriyahudiylarga jo'natishini aytganida nima uchun Yahudiylar g'azabdan portladilar?
  13. Pavlus nima uchun qonunga emas o'zining ongiga suyandi? Nima uchun Farziy o'limdan tirilishga va kelishi uchun Masihga uning ishonchi tufayli Pavlusni ozod qildilar?

Biz sizni havoriylar kitobi uchun imtihonni to'ldirishingiz uchun ruhlantiramiz. Shunday qilsangiz, siz abadiy hazinani qabul qilasiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz.

Bizning manzil:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 09:21 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)