Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 104 (From Tyre to Caesarea)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
D - UCHINCHI XIZMAT SAFARI (HAVORIYLAR 18:23 - 21:14)

11. Tirdan Kesariyaga (Havoriylar 21:7-14)


HAVORIYLAR 21:7-14
7 Tir shahridan suzib ketdik va Ptolemay shahriga yetib borib, dengizdagi sayohatimizni tugatdik. U yerdagi imonli birodarlarimizni qutlab, ular bilan bir kun birga bo'ldik. 8 Ertasi kuni Pavlusga ergashayotgan bizlar yo'lga tushib, Kesariyaga keldik. Yetti vazifadorning biri bo'lgan Injil voizi Filipning uyiga kirib, unikida qoldik. 9 Uning bashorat qiladigan to'rt nafar bokira qizi bor edi. 10 U yerda bir qancha kun turganimizdan keyin, Yahudiyadan Agaf ismli bir payg'ambar tushib keldi. 11 U oldimizga kirishi bilanoq Pavlusning kamarini oldi-da, o'zining qo'l-oyoqlarini bog'lab dedi: “Muqaddas Ruh bunday demoqda: Quddusdagi Yahudiylar bu kamarning egasini shunaqasiga bog'lab, majusiylarning qo'liga topshirdilar”. 12 Bu gaplarni eshitgach, biz va u yerdagilar ham Quddusga bormasligi uchun Pavlusga yolvordik. 13 Lekin Pavlus javob berib: “Nima qilayapsizlar? Nega yig'lab, dilimga ozor beryapsizlar? Men Quddusga borib asr bo'lishgina emas Rabbim Iso uchun hatto o'lishga ham tayyorman”. 14 Pavlusni ko'ndira olmaganimizni ko'rib: “Rabbimiz aytganday bo'lsin!” - deb jim qoldik.

Pavlus boshqa kemada janub tomonda safar qildi. U Akkada bir kun to'xtadi va u yerda birodarlar bilan salomlashdi. Keyin u Rabbiy birinchi marta ko'plab G'ayriyahudiylarga Ruhini tushurgan Falastindagi Rim poytahti Kesariyaga yo'lini davom ettirdi. Biz bu G'ayriyahudiylarning jamoati haqida hech narsa o'qimaganimiz g'alatidir, balki bu ular boshqa shaharlarga ko'chib ketishgani sabab bo'lishi mumkin. Kesariya amaldorlarning qonun-qoidalariga ko'ra boshqa tumanlarga ularni ko'chirgan hokim oldida qisqa vaqt xizmat qilgan Rim markazi edi.

Do'sti xushxabarchi Stefanning toshbo'ron qilinishidan keyin, Shouldan Quddusga qochish uchun majburlangan yetti ilk jamoatning biri bo'lgan va faol xushxabarchi Filip Kesariyada yashagan. Biroq u ham o'ldirilgan bo'lishi mumkin. Endi Pavllus hurmatli mehmon bo'lib uyiga keldi. Xudoning sevgisi orqali bir dushman Masihda birodar bo'ldi. Qanday qilib ikki birodarlar Masihning inoyati uchun Unga shukurlar aytish kerakligini tasavvur qiling.

Luqo ishonch bilan Havoriylar Kitobining tuzush uchun, jamoatning boshlanishini atrofidagi tarixiy hodisalar haqida ham bu guvohlikni so'ragan. Filip G'ayriyahudiylarga voizlik qilishga to'la rozi bo'ldi, chunki u Kandas hovlisidan bo'lgan Efiopiyalik hazinachini allaqachon suvga cho'mdirgan edi, (boshqa havoriylardan oldin), va Masih ko'plab joylarda O'zining shohligini voizlik qilish uchun undan foydalandi. Pavlus ruhiy birlik va buyuk hursandchilik ichida ko'p kun Filipning uyida bo'ldi.

Bu mashxur xushxabarchi uylandi, turmush qurish uyatli narsa emas, balki Xudodan bo'lgan sovg'adir. Uning to'rt nafar qizlari imonli bo'lgan va haqiqiy karomat ruhi bilan to'lgan. Ular jamoatda gapirishgan, chunki Muqaddas Ruh Xudoning irodasini kuch va aniqlik bilan ular orqali ochib bergan. Otaning duosi uning butun xonadoni ustidan hukmronlik surdi.

(Havoriylar 11:28) da Luqo orqali ismini eslatib o'tilgan Yahudiyadan bo'lgan payg'ambar Agappa bu jamoatga tashrif buyurish uchun keldi. Unda ilk sog'lom jamoatda payg'ambarchilik xizmati bor edi. Xudoning Ruhi unga Pavlus Quddus tomon dengiz bo'ylab kelayotganini ko'rsatdi. U bu havoriyni Quddusda uni kutib turgan azoblarga tayyor bo'lib turishi uchun uni ogohlantirdi. Payg'ambar Yahudiylar Isoga nima qilgan bo'lsalar, sharmandalarcha Uni G'ayriyahudiylarning qo'llariga topshirganlaridek, Pavlusni ham o'lim uchun bog'lab hukm qilinishini aniq ifodalab berdi. Payg'ambarlarning muhri bo'lgan Masihning O'zi Pavlusning azoblarining yo'lini unga karomat qildi. Ko'p imonlilarga Masihdan karomat ruhi tarqaganida, jamoat orqali Pavlusning azoblanishi unga aytilgan.

Pavlusning taqdiri haqidagi Xudoning vahiysi Kesariya jamoatining ko'zlarining oldida bilindi, bu birodarlar Pavlus Rabbiysi xochga ketishidan to'xtatishdan charchaganda qilganidek xuddi shunday qildilar. Lekin Pavlus barcha haqiqiy payg'ambarlar bilgandek Rabbiysining irodasini bildi. U ilihiy maqsadga qo'shildi, va azoblarda Rabbiysining misollariga ergashishga tayyor bo'lib, dunyodagi xizmatidan bajonidil o'zini ajiratishni boshladi. U Rabbiysining rejasini qoldirishdan ko'ra jamoatlarni tark etishni tanladi. Hatto uning yuragi deyarli singan edi, va hatto u imon e'tiqodi orqali Rabbiy Isoni ulug'lashni ko'proq xohladi.

Bu daf'a Pavlus Iso Kishi Rabbiy deb ilk jamoatning e'tiqodini gapirdi. Biz bu ikki ismlarda insoniy tabiatda kamtar yashiringan Xudo tanasining kamolotini topamiz. Bu Ulug'vorlik Rabbiysi hayotining qolgan qismi uchun Rabbiysiga sajda qilish uchun kelgan Pavlusni yengdi. Pavlus oxirgi payitda Isoga ergashishni xihladi va Xudoning Qo'zisidek bir hil taqdir tomon davom etishga tayyorlandi. U atrofidagi barcha qiyin vasvasalar orqali tezda turib oldi. Hamma jamoatlar Pavlus insoniy ko'rsatmalarga bo'ysunmay, har narsada Rabbiysining irodasini bajarganini tushinib yetishdi. Bu haqiqatdan ham barcha kelasi hodisalar ustidan siljiyotan belgi edi.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso, biz Sendan minnatdormiz, chunki Sen haqiqiy Xudo va Insonsan. Sen bizlarni o'limdan, qo'rquvdan va qo'rqoqlikdan ozod qilding. Sen bizni kuchaytirding, va biz Sening ulug'vor isminga dalolat berishimiz uchun va umidsizlik va qiyinchilik sinovlari orqali o'tishimiz uchun oxirgi safarimizda bizni hali ham kuchlantirasan. Omin.

SAVOL 104: Pavlus nima uchun Quddusda uni kutayotgan azobdan qo'rqmadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:59 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)