Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 090 (Paul in Anatolia - Apollos in Ephesus and Corinth)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
D - UCHINCHI XIZMAT SAFARI (HAVORIYLAR 18:23 - 21:14)

1. Pavlus Anatoliyada – Apalos Efes va Korinf shaharlarida (Havoriylar 18:23-28)


HAVORIYLAR 18:23-28
23 U yerda bir muddat turib, tag'in yo'lga chiqdi. Tartib bo'yicha Gallatiya va Frigiya yurtlarini kezib chiqib, barcha Iso shogirdlarining ko'nglini ko'tardi. 24 Shu orada asli iskandariyalik bo'lgan Apolos ismli bir kishi Efes shahariga keldi. U gapga chechan, Tavrotni yaxshi bilgan bir yahudiy edi. 25 Bu odam Rabbimiz Iso yo'lida tarbiya olgan bo'lib, bu haqda to'g'ri va otashin ruh bilan ta'lim berar edi. Lekin u faqatgina Yahyo payg'ambarning suvda tavba qildirish usulini bilar edi. 26 Yahudiylar ibodatxonasida jasorat bilan va'z aytadigan bo'ldi. Apollosni tinglagan Akil bilan Priskilla uni kutib olib, Rabbimiz Iso yo'lini aniq qilib tushuntirib berdilar. 27 Apollos Axaya yurtiga bormoq niyatini izhor etganda, birodarlaru u yerdagi Iso shogirdlariga xat yozib, uni yaxshi qabul qilishlarini o'tindilar. Apolos Ahayaga borib, Xudoning inoyati bilan imon topganlarga samarali yordam berdi. 28 Tavrot asosida Isoning Masih ekanini isbot etib, hammaning ko'z o'ngida yahudiylarning iddaosi nato'g'riligini uzil-kesil fosh qilar edi.

Pavlus ko'p shaharlarda Ruhning ko'p bolalarini olib kelgan bir otaga o'xshar edi. Pavlus sog'inib ularni imondaliklarini ko'rishni tiladi. U Antioxiyada uzoq qolmadi balki u tog' va tekisliklardan piyoda minnglab kilometrlarni bosib, yana yo'lini davom ettirdi. U havfli daryolarni kesib o'tib cho'lda chanqoq qanday bo'lishini bildi. Uning yuragi yangi imonlilarni ergashishi uchun, kuchlantirish uchun va ruhlantirish uchun oldinga majbur qildi. Pavlus ularning tajribali sevgilarining va mo'l-ko'l imonlarining yo'li orqali zulmatda nur bo'lish uchun ularni yo'qladi. Pavlus faqat o'rnatilgan jamoatlarga ular bilan birlikning va imonning xizmatlarida bo'lishish uchun u yerga bormadi. U ayrilgan odamlarni ham yo'qladi, chunki barcha imonlilar bir badanga tegishli va ularning hech biri boshqasidan yaxshiroq emas.

Pavlus Efes shahriga yetib kelishidan oldin, Isoga ishongan muallim Apollos to'satdan paydo bo'ldi. U na Quddusdan va na Antioxiyadan kelgan, balki Iskandariyadan kelgan edi. Mediteraniya Dengizida joylashgan bu katta shahar Rimdan keyin ikkinchi buyuk shahar edi. U Yunon falsafa uchun madaniy markaz edi, va o'sha vaqtda afinaga qaraganda yaxshiroq tanilgan edi. Iskandariyada mashxur falsafachi Filo Eski Ahdning donoligi bilan Yunon madanyatini birlashtirish uchun harakat qildi. Apollos kitoblar o'qishi orqali o'zining bilimini o'zlashtirgan bo'lishi mumkin, chunki u Muqaddas Yozuvlar orqali gapdon va tutilmay gapiradigan edi.

Apollos yuragida Muqaddas Ruhning yashashining haqiqatini bilmas edi, lekin suvga Cho'mdiruvchi Yahyoning yo'liga ergashgan. U suvga cho'mgan, gunohlaridan tavba qilgan va Masihning kelishini kutayotgan edi. Apollos Iskandariyada yoki Quddusda Masihiylarni uchratgandir, va Nasroniylik Iso haqiqi Masih ekanligini ulardan eshitgandir. Apollos Eski Ahd kitoblariga chuqur kirib borgan va Eski Ahd Masihiylik payg'omlarining ajoyib amalga oshirishini Isoning ishlarida va shaxsida bilgan.

Apollos xochda Isoning o'limini, qabirdan Uning tirilishini va osmonga ko'tarilishini qabul qilgan. U yerda O'zining tinchlik shohligini o'rnatish uchun qayta kelishini kutayotgan edi. Apollos hatto najot yuragini bilmasa ham yoki unda Muqaddas Ruh qarorgoh olmagan bo'lmasa ham, u g'ayrat bilan, kuch va gapdonlik bilan bu Masihiylarga voizlik qildi. Bundan tashqari Rabbiyning Ruhi Eski Ahdning payg'ambarlarida ishlaganidek, u orqali ishladi. U suvga cho'mdiruvchi Yahyoning yuragi bilan to'ldirildi. Biroq u hanuz Ruhdan va suvdan qayta tug'ilmagan edi.

Akil va Priskilla bu yosh kishi Yahudiy Ibodatxonasida gapiryotganini va Isoni voizlik qilayotganini eshitishganda, ularning yuraklari hursand bo'lib ketdi, chunki Masihiyning guvohligi kuchaytirar edi. Biroq, ular ajoyib yo'lda to'g'ri so'zlarni gapirgan bu gapdon kishi Masihiylik bilimida nuqsonli ekanini topishdi. Masihga ishongan bu kishi falsafachi bo'lgan, lekin Muqaddas Ruh bilan to'lgan Xudoning o'g'li bo'lmagan edi. Shunday qilib bu ikki ta'lim olmagan hunarmandlar uylariga gapdon so'zlovchini taklif qildilar, va u yerda to'la najotning dalillarini unga o'rgatdilar.

Bu darslarda biz to'rta buyuk dalillarni topamiz:

Birinchisi, zakovat va o'rganishning buyuk porloq yosh kishi bo'lgan Apollos kamtar edi va bechora chodir to'quvchilardan qo'llanmani qabul qilish uchun hursand edi.

Ikkinchisi, Muqaddas Ruhning inoyatini hisoblab dono bo'lgan bu oddiy kishilar Isoga ishongan lekin Muqaddas Ruh haqida hech narsa bilmaydigan va o'rgangan falsafachidan ko'ra ko'proq donolik bilan gapira olar edilar.

Uchinchisi, Priskilla ayol bu yo'liqishda kuchli va birinchi gapiruvchi edi, uning ismi har qoim birinchi eslatib o'tilganidek. Ishora bu sodiq ayol aniqlik va ta'sirli guvohlik bera oladi.

To'rtinchisi, Damashqda oddiy imonli Hananiya orqali Ruhni qabul qilgan Pavlusdek, Apollos bu ikki chodir to'quvchilar orqali Muqaddas Ruhning kuchini qabul qildi. Rabbiy tez-tez kichik va hechnarsaga bo'ysunmaydigan, buyuk va qobilyatlilardan foydalanadi.

Tinglovchilarni oldida gapiruvchini tanqid qilmaydigan sodiq va oddiy yoki boshqalarga uni kamsitib gapirmasdan Muqaddas Ruhning haqiqatini to'g'rilik bilan unga tushuntirish uchun uylariga uni taklif qiladigan jamoat baxtlidir. Bu suhbatdan bu ikki chodir to'quvchi va Apollos o'rtasida Pavlus o'zining ishchilariga ularning birga qo'l mehnatlari mobaynida yaxshi ta'lim bergani namoyon bo'ladi. Barcha falsafa kitoblar donolik bera olishiga qaraganda, ular Apollosga ko'proq donolik bera oldilar. Muqaddas Ruhdagi imon hamma miyyadagi bilimlardan yoki yonayotgan g'ayratlardan kuchliroqdir.

Biz Efes shahrida boshqa ko'p birodarlar ham bor ekanligini o'qiymiz. Pavlusning Efes shahridagi qisqa xizmati va Priskillaning voizligi orqali qalbdan suvga cho'mishi u yerda jamoatning yulduzini keltirib chiqargani namoyon bo'ladi. Bu mediteraniya Dengizida atrofidagi boshqa jamoatlarga yaxshi tanilgan.

Efes shahridagi birodarlar tirik Rabbiy Masih Iso ekanligini Eski Ahddan isbotlab bera oladigan, Isoga ishongan va hatto falsafachidek kiyingan Apollosni ular qabul qilishi mumkinligi uchun Korinf shahridagi jamoatga u uchun tavsiya hati jo'natishdi. Apollos tavbasiga ishonib va fikriga suyanib unga kirganida Efes shahrini tark etmadi. U hozir va'zini faqat inoyat ustiga qurdi. U Korinf shahrida bu ilohiy inoyat orqali Masih Najotkor, Qutqaruvchi, Qudratli va Zafarli Masih ekanini isbotlab berdi.

Uning gapdonligi va o'rganishi bilan Apollos Yahudiylarni yenga olar edi va uni ko'plar ruhiy otalari (1 Korinfliklar 1:12) deb hisoblab, u orqali ko'plar ishondi. O'sha vaqtda bu va'zhon imonlilar uchun o'ng'aysizlik edi, chunki u Quddus va Antioxiya bilan aloqa qilgan jamoatlarning guruhiga rasman qoshilmagan balki alohida qolgan edi. Bundan qat'iy nazar, Pavlus uni Masihdagi birodaridek hisoblagan va jamoatlarni kuchli qilish uchun undagi Masihning in'omlarini qabul qilgan edi. Shunday qilib aziz birodarlar, o'zga so'zlovchilarni va boshqa jamoatlardan bo'lgan Masihga bo'lgan to'g'ri shahodatni rad etmanglar. Siz Masihning barkamolligida to'la bo'lishingiz uchun ular sizning guruhingizga xizmat qilishsin. Biroq ta'limotdagi va bo'linishdagi bu bid'atlar o'ziningizning birligingizga ularni qabul qilmaslikka buyrug' beradi.

IBODAT: Rabbiy biz Sendan minnatdormiz, chunki Sen dalolat berish uchun nodon imonlilarni chaqirding. Biz Seni ulug'laymiz, chunki Sen inoyatingning kamolotini davom ettirgan oddiylikdan rahbarlikni qabul qilish uchun ma'lumotli kishini boshqarding. Biz boshqa jamoatlardan sodiq birodarning yordamidan tortib, bizning jamoatimizning komil muhtojligini qabul qilishimiz uchun bizga botirlik, kamtarlik va birlik bergin. Omin.

SAVOL 90: Apollos va ishlayotgan er-hotinlarning o'rtasidagi uchrashuv orqali kelib chiqqan to'rtta buyuk dalillar qaysilar edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:50 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)