Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 087 (Paul at Athens)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
C - IKKINCHI XIZMAT ZAFARI (HAVORIYLAR 15:36 - 18:22)

7. Pavlus Afinada (Havoriylar 17:16-34)


HAVORIYLAR 17:30-34
30 Xudo o'tgan bu qorong'u davrlarga ko'z yumgan bo'lsa-da, endi hamma yerda, hamma insonlarning tavba qilishlarini buyurmoqda. 31 O'zi qo'ygan Zot orqali U dunyoni adolat bilan hukm etadigan bir kun tayin etdi. O'sha Zotni o'lganidan keyin tiriltirib, barcha insonlarga ishonch bag'ishladi. 32 O'liklarni tirilishini eshitib, ba'zilar mazxara qilib kuldilar. Boshqalar esa: “Bu haqda seni bo'lak payt eshitamiz”, - dedilar. 33 Shunday qilib, Pavlus ularning o'rtasidan chiqib ketdi. 34 Ba'zi odamlar esa unga ergashib imon keltirdilar, shu jumladan Ares-tepa kengashining a'zosi – Dionisiy, Damar ismli bir ayol va boshqalar bor edi.

Pavlus falsafachilarga Yaratguvchi Xudoning buyukligini ko'rsatib berdi va ularga inson ilohiy suratni aks etadigan Xudoning bolasidek ma'nosini tushuntrib berdi. U o'zidagi bu suratni barbod qiladigan kishi hukmga qulaydi. Xudo har bir kishini hukm qiladigan kunni tayinladi. Har bir vijdon, har bir haqiqatning tushunchasi va bu dunyoning hamma dinlari Xudo har bir kishini hukm qilishini o'rgatadi. Xudoning odil hukmi go'yib bo'lmaydigandir va U bu ilohiy suddagi qonun O'zining muqaddasligida aytgan Xudoning O'zidir: “Muqaddas bo'linglar, zero Men muqaddasman”. Bu hukm Pavlus tinglovchilariga aytgan to'rtinchi asosiy fikr edi.

Bu hukmning haqiqatligi tufayli kelish uchun Pavlus hamma insonlar qaytishi uchun va imonli bo'lishi uchun va fikrlari yangilanishi uchun ularni chaqirdi. Biz hayoliy maqsadlarni quvish uchun yashamaymiz yoki xudolar va ruhlar haqida xurofatda qatnashish uchun yashamaymiz. Biz hammamiz insoniylikning oxiri bo'lgan Qiyomat tomon shoshilamiz. Hayotning ma'nosi orzularda, xudosiz fikrlarda yoki san'atning hursandchiligida yotmaydi, balki hukm uchun tayyorlanishda yotadi. Xudo odamlar hukm Kuni uchun o'zlarini tayorlashlari yoki tayyorlamasliklari uchun imkoniyatni qoldirmadi. Biroq, U hamma joyda va hamma qit'alarda hamma insonlar o'zlarining o'lik texnalogika ilmlarining xudolariga o'zlarini qurish emas va xudosiz falsafalarining aqlsizligini qoldirib, Unga qaytishlariga buyrug' beradi. Xudoning O'zi haqiqatdir. Hukm Kunisiz e'tiqod yo'qdir. Shuning uchun tavba qilish chaqiruvi Pavlus Afinaliklarga o'zining suhbatidagi gapirgan beshinchi mavzusi edi.

Bu ozoq va chuqur kirishdan keyin, Pavlus o'limining ustidan hech qanday kuch yo'q, muqaddas va ayibsiz bo'lgan Iso Masihning yo'li bilan Xudo O'zining hukmini qo'llashini aytib, voizligining ikkinchi qismini boshladi. Bu Iso Kishi Xudo o'limdan tiriltirgan yagona Masihdir. U yashaydi va gunohning, o'limning va barcha vasvasaning ustidan g'alaba qozondi. Iso hamma qiyinchiliklarni va iblisning takliflarini boshidan kechirdi va ularning ustidan zafar qozondi. Shuning uchun, Unda barcha insonlarni hukm qilish uchun hokimyat va to'g'rilik bor. Unga osmondagi va yerdagi butun hokimyat berilgandir. Masih insonning Hukmdoridek namoyon bo'lib Ares-tepadagi Pavlusning va'zining oltinchi xabari edi.

Masihning rejasi gunohkorlarni yo'q qilish yoki yeb bitirish emas, balki tinchlik shohligini o'rnatish va hamma insonlarga najotni bajarishdir. Xudoning hududiga bo'lgan qabul falsafa g'oyalariga ishonish orqali kelmaydi, balki imon va o'zini Xudoga to'la bag'ishlash orqali keladi. Masih bizga bu imonga kelishga yordam beradi va yangi ahd beradi. Bizda bu uchun kelayotgan hukmdan qochishga imkoniyat bor.

Masih bizdan o'zimizning kelishuvimiz bilan tavba qilishimizni so'ramadi yoki fikrlarimizning kuchi orqali o'zgarilishimizni so'ramadi. Iso bizga faqat ishonch aralashadigan imon, suhbat va tavba qilish uchun yordam bermaydi, balki tirik Xudo bilan shaxsiy aloqaga ham yordam beradi. Muqaddas Ruh bizga imonda va pok aloqada tasdiqlab beradigan kuchni beradi. Masihga bo'lgan imon bizning ichimizni yangilaydi. Bu biz nima uchun xudolarga, ruhlarga va falsafalarga ishana olmasligimiz va Masihga birday ergasha olmasligimizdir. Bizning Rabbimizga bo'lgan to'la itoatimiz Uning surati tamon bizni o'zgartiradi. Siz Pavlusning va'zidagi yettinchi qismini tushindingizmi? Bu falsafa emas, Masih bizga abadiy najotga yo'ldek imonni beradi.

Masihning hayotida chuqur o'ylash uchun eng muhim narsa Xudoning kuchi, muqaddasligi va donoligi aniq bo'lgan Isoning ulug'vor tirilishidir. U butunlay o'limni buzdi. Barcha hafalik va ko'z yoshlari Uning tirilishi orqali yengilgan. Inson tarixining maqsadi ma'nosiz hayot yoki kelayotgan hukmni o'ylab, noumidlik emas. Biz qattiq falsafaga ergashmasligimiz kerak, balki kelajagimizning atrofiga hursandchilik, ulug'vorlik va poklik nuri sochadigan abadiy hayotni qidirishimiz kerak. Pavlusning xabarining asosiy nuqtasida va nimchoragida u falsafachilarni hayot Beruvchi, tirik Masihga ishonishlari uchun chaqirdi. Masihning tirilishining kuchi orqali abadiy hayot Undadir. Iso bu oxirgi asos bilan O'zining tinglovchilariga Masihiy hayotni qabul qilishga ularga yordam berish uchun negizli tushuncha bilan birga tarixiy rivojning fikrini berdi.

Tirilishdagi Pavlusning xushxabari mazxara qilishni boshlash uchun fikrlovchilarni boshladi, chunki insoniy falsafa faqat o'lim bilan tugaydi va hamma insoniy bilim abadiylikka boshlayotgan eshikda tugaydi. Haqiqi fikrlovchi u faqat ma'qul va mumkin bo'lgan chegaralar ichida o'ylay olishini tan oladi. Masihning tirilishi inson tushunchasiga mumkin emas va aql bovar qilmaydi. Afinaliklar Masihning ochiq qabrida gina-qudrat qildilar. Ularning falsafalari miyyaning chegaralari va hayollari atrofida aylandi. Ularning tushunchasi aniq ishonmaslikka ilingan o'lim yonidagi shubha bilan qoplangan edi. Pavlus ochiqchasiga o'zining maktublarida hech kim Muqaddas Ruhsiz Masihning ilohiyligini bila olmasligini takidladi. Shunday qilib o'zining ruhining ta'siriga ega bo'lishni boshlagan kishi Xudoning Ruhi unda yashashi uchun tayyor bo'lmaydi.

Bu dunyo atrofidagi hamma Afinaning falsafachilari va ularning shogirdlari uni mazxara qilishlarini ko'rish Pavlus uchun achchiq zarba edi. Ular shunday deb, unga orqalarini o'girdilar: “Biz bu haqida yana gapirishingni eshitishni istaymiz.” Haqiqatdan ham ular yana yolg'iz payit Xudoning so'zini eshitishmadi, chunki Pavlus buni ko'rib jimgina va achinib bu shaharni tark etdi. Falsafachilarning mag'rurligi Masihning najotiga qarshi ularga halal berdi. Uning Korinifliklarga (1:12 – 2:15) Birinchi Maktubida, Pavlus imon va falsafa o'rtasidagi farqni keskinlik bilan bizga aniqlab beradi. Agar sizda Pavlusning eslatib o'tilgan Korinifliklarga bo'lgan Birinchi Maktubining yo'liga chuqur tushunchangiz bo'lmasa, Afinadagi Pavlusning tajribalarini tushuna olmaysiz.

Tirilgan Masihga ishonish uchun javobgarlik bilan birga Xudoning hukmi oldida tavba qilish uchun chaqiruv va Buyuk Yaratguvchi, Xudoning birligiga bo'lgan guvohlik hosilsiz qolmaydi. Ba'zilar Pavlusga qo'shilib, Masihdagi imonni tan oldilar. Ularning fikrlari Iso orqali o'zgarildi va ular abadiy hayotni qabul qildilar. Bir imonli Ares-tepaning a'zosi edi, boshqasi hurmatga mo'tabar ayol edi. Lekin jami, Afina shaharida birnecha yangi imonlilar bor edi. Shunday qilib Afinada ko'r falsafashilarning mag'rurligi o'rtasida kichkina va haqir jamoat shakillandi. U o'limdan tirilgan Masihning hayotining kamolotidan yashadi.

IBODAT: Ey muqaddas Xudo, biz Senga sajda qilamiz, chunki Sening shohliging qonunni saqlashga va har hil falsafalarni tushunishga bog'liq bo'lmasdan abadiy hayotning hursandchiligi bilan bizni to'ldirgan, hukmning qo'rquvidan bizni ozod qilgan O'g'ling Iso Masihga bo'lgan imonga bog'liq bo'lgani uchun Senga sajda qilamiz. Omin.

SAVOL 87: Qiyomat Kunida Xudoning hukmidan qochish uchun faqat bitta yo'l nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:50 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)