Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- John - 088 (The Holy Trinity descends on believers)

This page in: -- Arabic -- Bengali -- Chinese -- English -- French -- Hausa -- Indonesian -- Kyrgyz -- Peul -- Russian -- Serbian -- Turkish -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)

C - Yuqori honadagi hayirlashish manzili (Yuhanno 14:1-31)

2. Muqaddas Uch Birlik Yupatuvchi orqali imonlilarga keladi (Yuhanno 14:12–25)


YUHANNO 14:21
21 Kim Mening amirlarimni bilsa-yu, ularga amal qilsa, u Meni sevadi. Kim Meni sevsa, Otam ham uni sevadi. Men ham uni sevaman va O'zimni unga ko'rsataman.

Har doim Iso Masihdan O'zining Jamoatiga marhamat va inoyat anhori oqadi. Hatto imonlilar to'lib-toshish bilan to'lsaham, inoyat okeani qoladi. Iso dushmanlari oldida U Xudoning O'g'li va Masih bo'lishiga da'vo qilib turishiga to'g'ri keldi. Iso bu oxirgi soatlarda Ota bilan O'zining birligining boyliklarini shogirdlariga ochib berdi. Biz to'lishimiz uchun Masihning xudoligining barkamolligiga yuragimiz keng ochilsin.

Iso O'zi uchun shogirdlarining sevgisi faqat yaxshilikning buloq bo'lib chiqayotgan oddiy his-hayajon emasligini, balki bu sevgi Uning qonunlari uchun va uning amaliy ishi uchun itoatkorlikga qurilgandir. Tabiatdan tug'ilgan inson Masihning sevgisida to'la maslahatni tushunmaydi. U bizga osmon hazinalarini oshadi va bizlarni yo'qolganlarga hizmat qilish uchun va birodarlarimiz ravnaq topishi uchun bizlarni hizmat qilishga chiqaradi; U biz uchun O'zining rejalarini sezish qobilyatini bizga beradi. Uning qonunlari og'ir yoki imkoniyatdan tashqarida emas, chunki haqiqat Ruhi bizni qilgan harbir nopokliklarimizni va yo'lg'onchiliklarimizni tan olishga bizni harakatga keltiradi va Uning hursandchiligi bizni majbur qiladi. Bu Ruh bizni Uning qonunlarini saqlashimiz uchun kuchli qiladi, chunki U bizni sevgan va eng buyuklikka bizni asradi, holbuki biz Uni sevamiz va Uning Ruhida yuramiz.

Isoni sevasizmi? "Ha" deb hursandlik bilan hozirni o'zida javob bermang. Yoki, "Yoq" deb qayg'u bilan javob qaytarmang. Agar siz qayta tug'ilsangiz, sizdagi Muqaddas Ruh "Ha Iso Tangrim, Sening olijanobliging va muloyimliging, qurbonliging va sabir-toqating uchun men seni sevaman; Sen menda sevish uchun qobilyatni yaratding" deb aytadi. Bizdagi Muqaddas Ruh bilan suhbat behuda imon yoki hayol emas, balki mehribonlik harakatlarini bajarish uchun qaror qilishga ko'radir. Xudo sevganida sevgini yaratadi va inoyat orqali ularni unda joylashtiradi.

Xudo Isoni sevganlarni sevadi. Ota insonzodni qutqarish uchun O'g'lida hamma kuchlarni va mehrni joylashtirdi. Isoni qabul qilgan Xudoni qabul qilgan bo'ladi va O'g'ilni rad etgan Xudoni rad etgandir. Siz Xudo sizni "Meni sevganim" deb chaqirishini sezasizmi, chunki Masihning Ruhi sizni o'zgartirdi va sizni sevikli inson qildi. Siz o'zingizda yaxshi emassiz, lekin Xudoning sevgisi sizni yangi ijod qiladi. Masih siz uchun Otasi bilan shafoat qilib sizda ishlaydi, va abadiylikka sizni asraydi. U sizga ruhiy ishonchlar bilan O'zini ochib beradi. Siz Najotkoringiz bilimida qanchalik o'sasiz, bu bilim kuchsiz bo'lib qoladi, chunki bilimning ma'nosi itoatkorlikda, sevgida, qurbonlikda va o'zidan kechishlikda o'sadi deganidir.

YUHANNO 22-25
22 Ishqaryot bo'lmagan boshqa Yahudo Isoga dedi:-Rabbim, bu qanaqasi, Sen O'zingni dunyoga emas, bizga ko'rsatmoqchisan? 23 Iso unga shunday deb javob berdi:- Kim Meni sevsa, Mening so'zimga amal qiladi. Otam ham uni sevadi. Biz uning huzuriga kelib, O'zimizga maskan yaratamiz. 24 Meni sevmagan kishi so'zlarimga amal qilmaydi. Sizlar tinglayotgan so'z Meniki emas, balki Meni yuborgan Otamnikidir. 25 Buni Men sizlar bilan ekanman aytdim.

Isoda Ishqariyot bo'lmagan Yahudo degan shogirdi bor edi. U hoin ketganda Iso mavzuni o'zgartirganligini sezdi. U bir taqdir hodisasi sodir bo'lishi kerakligiga gumonsiradi.

Iso unga darhol javob bermadi, balki dunyo uchun o'lishi kerak bo'lganligi haqida Jamoatning boshlang'ich maqsadini e'lon qildi. Iso Xudoning asl bilimiga boshlash bosqichlarini ko'rsatdi. Bu Isoni bilish va Uni qabul qilish, Muqaddas Ruhning kuchi bilan Xudoning sevgisiga ega bolib, Uning qonunlarini bajarish yangi hayotga va Unga ochiqlikni keltirib chiqarishiga isbot bo'ladi. Keyin Iso shunday gapni aytdi, "Biz imonlini oldiga kelamiz, va u yerda O'zimizni maskanimizni quramiz." U shu yerda umumiy Jamoat haqida gapirmayapdi, balki bittalab imonlilarga gapiryapdi. Muqaddas Uch birlik ishongan insonning ichiga kirib, unda yashaydi. U Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhning quchog'ida bo'lganidek, bu odamning yuragida bu gap jaranglaydi. Najot rivojiga kirib, inson Xudo shaxsan uni himoya qilib, uni to'la qamrab olganligini topadi. Masihga ishongan hamma bu haqiqat sirini boshidan kechiradi.

IBODAT: Ey Uch Birlik bo'lgan Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh, men Seni ulug'lab sajda qilib, minnatdorchilik bildiraman. Sen mening ichimga kirding va men gunohkorda yashading. Mening gunohlarimni kechir. Menga berilgan sevgi kuchi uchun va yuragimdagi sevgi Ruhi uchun Sendan minnatdorman. Meni noming bilan saqla.

SAVOL 92: Qanday qilib Masih uchun bizning sevgimiz o'sadi va bizga qanday qilib Uch Birlik keladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on November 17, 2010, at 11:50 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)