Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 266 (The Empty Tomb and the Angel’s Words)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 6 - RABBIMIZ ISO MASIHNING TIRILISHI (Matto 28:1-20)

1. Bo'sh Qabir va Farishtaning So'zlari (Matto 28:1-4)


MATTO 28:1-4
1 Dam olish kunining ertasiga, yakshanba kuni tong otarda Magdalalik Maryam bilan boshqa Maryam qabirni ko'rgani borishdi. 2 Shunda to'satdan shiddatli zilzila bo'ldi. Xudovandning bir farishtasi osmondan tushdi va qabirga borib toshni ag'darib yubordida, uning ustiga o'tirdi. 3 Uning ko'rinishi yashinday, kiyimlari esa qordek oppoq edi. 4 Sohchilar bo'lsa, qo'rquvdan titrab, joni chiqqanday bo'lishdi.
(Matto 17:2, Havoriylar 1:10, 20:7, 1 Korinfliklarga 16:2, Vahiy 1:10)

Dam olish kunining ertasiga, tong otarda ayollar Isoning tanasiga moy surtish uchun qabirga yo'l oldilar. Ular bu oxirgi hurmat va sevgi harakatini bajargunlaricha quyosh botishdan oldin Juma kunida nimadir qilish haqida o'ylashmadi.

Ular va shogirdlar uchun Fisih – Shanba kunga o'tar kechasi eng yomon edi. Ularning Masihlari o'lgan edi va Xudoning kelayotgan shohligi uchun bo'lgan hamma umid yo'qoldi. Ular uchun hech narsa qolmadi balki yig'lash, umidsizlanishlar qolgan edi. Biroq Isoga bo'lgan sevgi va hurmat ayollarni Muqaddas Masihning qabri yaqinida o'tirish uchun qabirga tortdi.

Iso o'lganida, Uni olgan yer qo'rquvdan titradi. Iso tirilganda, Uni qoldirgan yer Uning yuksalishida hursandchilikdan sakaradi. Bu yer qimirlash hamma xalqlarga to'lovni tanishtirdi, qabirning zanjirlari uzuldi va o'lim zanjirlari yo'qoldi. Bu Masihning g'alabasining belgisi edi. Osmonlar quvondi va deyarli yerga berilgan e'tibor ham quvondi.

Bu tog'lar va orollar bir chetga surilganda va yer-yuzi endi o'zining o'liklarini olmaganda, qiyomat kunida yer-yuzi uchun sodir bo'ladigan qimirlashning misoli edi. (Ishayo 26:21)

Tong otar chog'i yo'lda, ayollar og'ir tosh haqida tashvish chekishyotgan edi. Ular qabirdan ular uchun toshni kim surib berishi haqida tashvishlangan edilar. Xudo ularning xohishlariga javob berdi va bo'sh qabirni ochish uchun bir farishtasini yubordi. Bu farishta buyuk yer qimirlashi bilan zoxir bo'ldi, qo'riqchilar titrab, o'lik kishilar kabi yerga muk tushdilar. Farishta toshni orqasiga dumalatib, Masihning tirilishida Uning zafarining ramzidek, uning ustiga o'tirdi.

Farishta o'limdan tirilish uchun Masihga yordam berish uchun osmondan tushmadi, chunki Hayotning Shahzodasiga o'limni yengish uchun yordam kerak emas edi. Rabbiy O'zining kafanini yirtmasdan chiqib, O'zi sekin turib, qoyalar orasidan jimgina o'tdi. Keyin U shogirdlari to'plangan, berkitilgan xonalarga kirib bordi. Hatto ayollar qabirga borganlarida qabir bo'sh bo'lganligini va Masihning o'limdan tirilishini hech kim aytmadi.

O'lim barcha insonlarning dushmanidir. Bu ayollardan tug'ilgan hammani oladi. O'limingiz haq, shuning uchun tayyor bo'lishingiz uchun Xudoning donoligini izlang.

IBODAT: Rabbiy Iso, Sen o'liklardan tirilding. Biz o'limni, g'amni va Shaytonni yengan yagona Zod kabi Seni ulug'laymiz. Sen izdoshlaringa barhayot Ruhingni, yangi hayotni va hursandchilikni berasan. Biz Senga rahmat aytamiz chunki Sen ayollar yetib borishidan oldin qabirdan toshni olib tashlash uchun bir farishtangni yubording. Sen ularning ibodatlariga javob berding va bizning tashvishlarimizni yechganingni ko'rish uchun va ishonish uchun bizni ruhlantirasan, chunki Sen tiriksan va bizni saqlayapsan. Hamdu sano bo'lsin!

SAVOL:

  1. Nima uchun qabirdan toshni farishta og'dardi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:47 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)