Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 249 (Peter Denies Christ)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

16. Butrusning Isodan Tonishi (Matto 26:69-75)


MATTO 26:69-75
69 Bu vaqt Butrus tashqi hovlida o'tirgan edi. Bir xizmatkor ayol uning yoniga kelib: - Sen ham Jalilalik Iso bilan birga eding-ku! - dedi. 70 Lekin Butrus hammaning oldida inkor etib: - Sen bo'lmag'ur gapni aytyapsan, - dedi. 71 So'ng darvoza tomon chiqdi. Boshqa bir xizmatkor ayol ham uni ko'rib, atrofdagilarga: - Bu ham nosiralik Iso bilan birga bo'lgan! - dedi. 72 Butrus esa qasam ichgancha: - Men bu Odamni tanimayman! - deb yana tondi. 73 Bir ozdan keyin u yerda turganlar kelib, Butrusga: - Sen ulardan birining xuddi o'zisan, kaloming ham aytib turibdi, - deyishdi. 74 Lekin Butrus la'nat o'qib, qasam ichdi-da: - Men bu Odamni tanimayman! - deb turib oldi. Shu vaqt birdan xo'roz qichqirdi. 75 Isoning unga: “Xo'roz qichqirmasdanoq, sen Mendan uch marta tonasan”, - degan so'zi Butrusning esiga tushib, tashqariga chiqdi-da, achchiq-achchiq yig'ladi.

Butrus Masihga botirlik va sodiqlik bilan ergashishni istadi. U jasur va mustaqil bo'lgan. U boshqa shogirdlar umidsizlikka tushib qochib ketganda, Isoga yashirincha uzoqdan ergashdi. U balki Masih oxirgi vaqtda zafar qozonadi, minglab farishtalar Unga yordam beradi va bu yutuqda qatnashishiga va Isoning yangi shohligida xizmatkorlarning boshi bo'lishiga umid qilgan.

Ko'p odamlar uchun yomon sherik gunohning sababidir. Bu atrof-muhitga o'zlarini keraksiz deb ko'rsatadiganlar iblisning yerida yurishadi. Ular Isoning olomoni oldiga borishganda, ular Butrusga o'xshab vasvasaga tushishni va tuzoqqa ilinishni kutishadi.

Butrus oliy ruhoniyning zalining hovlisida uni tanib qolgan, muhim bo'lmagan xizmatkor qizning savol-javobi oldida qoqildi. Bu ayol Butrus Isoning izdoshi ekanini aytdi va u Isoni qutqarish uchun kelgan deb tahmin qildi. Butrus jinnilikka solib, bu ayolga “Men nima deyotganingni tushunmayapman” deb Ustozidan tondi. Butrusning tonishi haqidagi payg'om bajo bo'layotgan edi.

Bu ayolning savoli Butrusni cho'chitib yubordi chunki u qo'lga olinish hatarida ekanini bilgan edi. Biroq, u o'zini boshqacha tutdi. Bir ozdan so'ng, u o'rnidan turdi-da hovlining kiraverishiga ketdi. Iblis unga ergashib, uning oldiga uni kuzatib yurgan boshqa ayolni jo'natdi, ammo Butrus yana yolg'on gapirib, u oldin Masihni hech qachon ko'rmaganligiga qasam ichdi. Butrus bitta yolg'ondan boshqasiga quladi. U o'zidan tanmadi, yoki Masih uchun o'lishga tayyor emas edi.

Olov atrofida turgan odamlar va askarlar Butrus qasam ichib, o'zini himoya qilganda unga qayrilib qarashdi. Ular uni o'rab olib, u Jalilalik ekanini va Ayiblanganning izdoshi ekanini aytishdi. Butrus o'ziga la'nat o'qib, u Masih bilan hech narsa qilmaganligini, u Uni hech qachon ko'rmaganligini yoki Uni tanimasligini Xudo haqi qasam ichdi.

Masih Butrusni O'ziga olib kelish uchun bir xo'rozdan foydalandi. Bu xo'roz qichqirib, Butrusga Masihning aytgan gapini eslatdi. Shu onda, Butrus o'zining qo'rqoqligini, kuchsiz ekanini, yovuzligini va yo'q bo'lishga loyiq ekanini tushunib yetdi. U sinib, achchiq yig'ladi. Shu yerda Butrus bu mag'rurlik uchun o'ldi va o'ziga bo'lgan ishonch butunlay sindi.

Sizning mag'rurligingiz uchun va o'zingizga bo'lgan ishonchingiz uchun xo'roz qichqirganmi? Atrofingizdagi imonsizlardan qat'iy nazar, Masih tirik Xudoning O'g'li ekanini aytish uchun sizda botir yurak bormi?

IBODAT: Rabbiy Iso Masih, biz o'zimizga ishonganimiz uchun bizlarni kechir. Biz hatto vasvasa soatlarida ham Sening haqiqatingda sodiqlik bilan tura olishimiz uchun faqat Xudoga bo'lgan ishonchni bizda yarat. Kichkina yolg'onlar bo'lsa ham, har bir yolg'ondan yiroqda bo'lishni bizga o'rgat, va Sen Xudoning O'g'li ekaningni tan olishni va jim turib Sendan tonmaslikni bizga o'rgat.

SAVOL:

  1. Butrus nima uchun Rabbiysidan uch karra yuz o'girdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:08 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)