Previous Lesson -- Next Lesson
10. Isoning Ibodatidagi Kurashi (Matto 26:39)
MATTO 26:39
39 Bir oz nari ketib, yerga yuz tuban uzaldi va ibodat qilib: - Ey Otam! Agar mumkin bo'lsa, bu zaqqum kosa Mening yonimdan o'tib ketsin. Lekin Men istagandek emas, Sen istagandek bo'lsin, - dedi. (Yuhanno 6:38, 18:11, Ibroniylarga 5:8)
Masihning Xudo oldidagi yuz tuban uzalishi Uning azobi mobaynida ilohiyligini yo'qitishni emas, balki bizning qutqarilishimiz Undan O'zini kamtar tutishni talab qilganini anglatadi. Ibodatidagi aytgan so'zlari bizga najodimiz uchun kurashining chuqurligini aniqlab beradi.
Iso ibodatini bu ajoyib chaqiruv bilan boshladi, “Ey Ota,” chunki U hatto gunohlarimiz tufayli Otasidan ajragan bo'lsa ham Unga yopishishni istadi. U Otasiga O'g'il bo'lganidan va Unga bo'lgan Otasining sevgisidan shubhalanmadi. Biz azobdaligimizda, bizning eng buyuk yupanchimiz bu bizning buyuk Xudoyimiz bizning Otamiz ekanini eslashdir. Biz Xudoga murojat qilganimizda, biz Uni Ota deb chaqirishimiz kerak, hatto Uning g'azabi hamma gunohga qarshi alangalasa ham. Biroq bizga buni qilishga ruhsat beriladi chunki Masih bizning o'rinbosarimiz kabi Xudoning g'azab kosasini ichdi. Iso Getsemaniyadagi ibodatida U ushun ichishga tayyorlangan g'azab bilan to'lgan bu kosani oldindan ko'rdi.
Masih O'zining insoniy tabiatida bu zaqqum kosa Uni chetlab o'tishini va najod haqidagi Xudoning rejasi agar mumkin bo'lsa U xochga mixlanmasdan bu bajo bo'lishini istadi. Biroq, O'g'il barcha narsalarda Otasining irodasiga O'zining irodasini qo'ydi. Imonning bu kurashida, Masih haqiqiy Xudo kabi, haqiqiy inson bo'lgani nomoyon bo'ldi. Isoning irodasi insondan edi lekin U har doim Otasining irodasiga itoat qilgan.
Masih juda g'amgin bo'lgan va insoniy tabiatidan bezovtalanib, o'lishni istamagan. Ayniqsa, Uning ilohiyligi Otasining tashlab qo'yishiga chidamadi. Biroq, Uning qattiq azoblaridan va yaqinlashayotgan o'limidan qat'iy nazar, U bizning qutqarilishimizni bajarishda Otasining irodasiga qarshi hech narsa xohlamadi.
IBODAT: Rabbiy Iso Masih, biz Seni sevamiz chunki Sen bizning o'rnimizga o'lim qo'rquvini olding. Sen bizning jazomiz tufayli Sendan Ota ajralishi uchun qalbingda azob tortding. Lekin Sen O'zingni qutqarish o'rniga Otangning irodasini tanlading. Sen najodimiz uchun o'kinchlarimizni olib, bizning o'rnimizga g'azab kosasidan ichding. Biz Sening yordaming bilan Seni har doim sevishimiz uchun va amrlaringni bajarishimiz uchun bizga yordam ber. Azob va buyuk sevging uchun Senga rahmat.
SAVOL:
- Iso nima uchun hatto o'limgacha titrab juda g'amgin bo'ldi?