Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 240 (Christ’s Prayer in Gethsemane)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

9. Masihning Getsemaniyadagi Ibodati (Matto 26:36-38)


MATTO 26:36-38
36 Shundan keyin Iso shogirdlari bilan birga Getsemaniya degan joyga keldi va ularga: - Men nariroq borib ibodat qilgunimcha, sizlar shu yerda o'tirib turinglar, - dedi. 37 Butrus bilan Zabadiyning ikki o'g'lini O'ziga hamroh qilib olgan Iso ruhan siqilib, andux cheka boshladi. 38 U yonidagilarga: - Mening jonim o'lim oldidaligini sezib, juda qiynalmoqda. Shu yerda qolib, Men bilan sergak turinglar, - dedi.
(Matto 17:1, Yuhanno 12:27, Ibroniylarga 5:7)

Masihda oldidagi hamma azoblar haqida aniq va to'liq tushuncha bo'lgan. Butun dunyoning gunohi Unga qo'yilgan edi. Qutqarishning talablari biz Unda Xudoning solihlari bo'lishimiz uchun, Uni gunohni hech bilmagan biz uchun gunohkor qildi. Barcha vaqt uchun hamma gunoh Uning ustiga qo'yildi. Biroq, bu Masihning sevgisini kuchsizlantirmadi yoki qutqaruv ishini to'xtatib qo'ymadi. U bizning jazolarimiz uchun azob tortdi, o'limimiz uchun o'ldi, va hukmlarimizni oldi.

Getsemaniyadagi kurash iblis Uning yuragiga shivirlaganda boshlandi. Bu dunyoning hamma gunohlarini Oluvchi Iso, Xudo tomonidan rad etilib, la'natlandi. Uning qalbi Otasidan ajirashish fikridan nafratlandi. Otasi tomonidan to'liq qoldirilish Isoni qaltirashga sabab bo'ldi, chunki Xudo bilan bo'lgan birlikdan ajiralish vayron bo'lishni va do'zaxni anglatadi. Iblis o'limning qo'rqinchli fikrlari bilan xochga bo'lgan Isoning yo'liga to'siq bo'lishga harakat qildi va Uning ustidan kuch topishga harakat qildi. Iso zulmatlikning qariga kirib, hatto o'limning nuqtasigacha g'amgin bo'ldi. U faqat O'zining o'limi uchun g'amgin bo'lmadi, balki bizning o'limimiz uchun ham. U o'limning kuchi bor bo'lganning oldida turar edi, bu iblisdir (Ibroniylarga 2:14).

Masih shogirdlar charchaganini aniq bilar edi. Lekin U shu yerda azizlarning birligining yutug'ini bizga o'rgatishni istaydi. Azobda bo'lganimizda birodarlarimizning yordamchisi bo'lishimiz va buni izlashimiz yaxshi, chunki “bir kishidan ko'ra ikki kishi yaxshiroqdir” (Voiz 4:9). Iso ularga nima degan, ularning hammasiga deganki, “Hushyor bo'lib turinglar” (Mark 13:37). Faqat kelajakda Uning kelishini kutishda hushyor bo'lmang, balki U bilan hozirgi ishimizga bo'lgan talabda ham hushyor bo'ling.

Isoning azoblarining chuqurligini va buyukligini kim tushunadi? Uning qalbi biz uchun charchagan edi, chunki U bizni Xudoning oilasiga olib kelish uchun Muqaddas Uch Birlikning birligidan ajrayotgan edi. Bu qurbonlikda kim Uning azoblari uchun minnatdor bo'ladi? Xudoda yashash uchun qanday qilib gunohlaringizdan tavba qilasiz?

IBODAT: Bizning suyukli Rabbimiz Iso, Sening og'riqli azobing uchun Senga rahmat aytamiz va qalbingning azoblari uchun Seni yuksaltiramiz. Sen bizning gunohlarimizni va ayiblarimizni olding va biz uchun o'rinbosar kabi hukm va g'azablarimizga chidading. Gunohlarimizdan bizni tozalab, Muqaddas qoning orqali bizni poklagin, chunki biz yalqov xizmatkorlarmiz. Biz bu asrimizning ruhlariga qarshi kurashimizda davom etishga qodir emasmiz. Biz Tirik Zafarli Rabbiy bo'lgan Sendan bizni O'zingning birligingda har doim boshqarishingni so'raymiz.

SAVOL:

  1. Iso nima uchun juda g'amgin bo'ldi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 09:48 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)