Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 237 (Declaration of the Coming Treachery)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

6. Kelayotgan Xoinni E'lon qilish (Matto 26:20-25)


MATTO 26:20-25
20 Oqshom tushgach, Iso o'n ikki shogirdi bilan dasturxon atrofiga o'tirdi. 21 Ovqatlanayotganlarida, Iso: - Sizlarga rostini aytsam, sizdan bir kishi Meni tutib beradi, - dedi. 22 Shogirdlar juda hafa bo'lib, birin-ketin Undan: - Rabbiy, o'sha men emasmi? - deb so'ray boshladilar. 23 U esa javob qaytarib dedi: - Men bilan birga kosaga non botirib yegan Meni tutib beradi. 24 To'g'ri, Inson O'g'lining taqdiri oyatda yozilganiday ketyapdi, Lekin Inson O'g'lining tutib beradigan o'sha odamning holiga voy! U odamning tug'ilmagani yaxshiroq bo'lar edi. 25 Shunda Isoga xoinlik qiladigan Yahudo so'radi: - Ustoz, meni ko'zda tutayotganing yo'qmi? - O'zing aytding, - dedi Iso.
(Luqo 17:1-2)

Masih har doim shogirdlari bilan yaqin munosabatda yashagan. Xudo ularning orasida edi. Uning huzuri ularning yaqinligining hududini yoritgan. Ular muqaddaslikda va birodarchilikda bir-birlarini sevganlar. Hatto yashirin to'planish uchun quvg'in bo'lishganda, quvilishganda ham ularning oralarida hursandchilik va tinchlik bo'lgan.

Iso Rabbiyning Kechligi mobaynida xoinini rad etgan umumiy misol qilishni istamasdan, uning ismini ochiq eslatib o'tmasdan, xoinini oshkor qilishni boshladi. Kelayotgan xoinning e'loni bomba kabi bu guruhning o'rtasiga tushdi. Bu ochiqlik barcha havoriylarni ular Rabbiyning Kechligini qabul qilish uchun munosib bo'lishlari uchun ularni gunoh va ikkilanishlaridan tozalash uchun ilohiy tayyorgarlik edi.

Daxshatli narsa shundaki, shogirdlarning hech biri o'zining sodiqligidan aminmas edi. Ularning har biri yuragida Rabbiysiga xoinlik qilishi mumkinligini sezdi. Ular balki xalqning g'azabidan qochish uchun dushmanlarining oldiga qochib ketish haqida o'ylashgandir. Ularning har biri Rabbiyning oldida oshkor bo'lganliklarini his qilishdi va sharmandalarcha sinishdi. Ularning hammasi jamoa oldida kuchsizliklarini tan olishdi. Ular sodiqliklaridan va sha'nidan na mag'rurlanishdi va na da'vo qilishdi.

Masih Yahudoning qalbini tavba qilib, tan olishga olib kelish uchun uni yutishga harakat qilishni boshladi. Yahudo Rabbiysida anchadan beri ko'rib yurgan birligining, sevgisining va kuchining huquqini unga ko'rsatdi. Iso uning ustiga aniq tushadigan do'zaxdagi daxshatli hukm haqida xuddi shu vaqtda uni ogohlantirdi holbuki u Xudoning inoyatidan tatib ko'rgan edi va endi bo'lsa buni rad etyotgan edi.

Biroq Yahudo “yolg'onchilar otasi” bo'lgan iblisning ruhiga to'lgan edi. U Isoning yuziga tavba qilyotgandek qarab, dedi, “Men xoin bo'lmayin.” Yahudo Masihni boshqa shogirdlar kabi “Rabbiy” deb chaqirmagan, balki “Rabbi”, Ustozim” yoki “Ustoz” deb chaqirgan. Uning Masihdan ajrashi bu yovuz ikkiyuzlamachilikda ko'rinadi. Shunda Masih uning qalbi yovuz ekanini e'lon qildi. Masih unga dedi, “O'zing aytding. Sen o'shasan.”

Sizni hukm qiladigan Masihning oldida tavba qilmoqchimisiz? Siz o'zingizni Rabbiyning sodiq xizmatkoridek ko'rsatmoqchimisiz? Yoki vijdoningizning nazoratida hali ham yovuzmisiz? Siz haqiqatdan ham sindingizmi? Yoki Muqaddas Ruhning boshqaruviga ergashmaydigan ikkiyuzlamachimisiz?

IBODAT: Samoviy Ota, mendek gunohkorga rahm qil. Qalbimdan hamma gunohning urug'larini yulib tashla. Menda yashaydigan yovuzliklarim uchun meni kechir. Menda yangi yurakni va yangi ishlarni yarat. Men haqiqatdan ham O'g'lingning qonisiz halok bo'laman. Men yer-yuzida barcha tavba qilganlar bilan birga sadoqat bilan O'g'lingga ergashishim uchun meni hirslarimdan ozod qilib poklagin. Muqaddas Ruhing orqali hamma jamoatlarda yashashing uchun ularga tavba ruhini bergin!

SAVOL:

  1. Rabbiyning Kechligining qoidasi oldida qisqacha nima sodir bo'ldi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 09:43 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)