Previous Lesson -- Next Lesson
1. Iso O'z O'limi haqida Bashorat qiladi (Matto 26:1-2)
MATTO 26:1-2
1 Iso hamma so'zlarni aytib bo'lgach, shogirdlariga dedi: 2 “Ikki kundan keyin Fisih bayrami bo'lishini bilasizlar. Ana, o'shanda Inson O'g'li xochga mixlash uchun tutib beriladi. (Chiqish 12:1-20, Matto 20:18)
Mattoga ko'ra xushxabarning buyukligini bilishni istaydigan kishi, Iso Rabbiy ekanini, dunyoning Shohi va Hukmdori ekanini va barcha hokimyatlar va qalblar Uning qo'lida ekanini tushunishi kerak. U zolim kabi insonlar ustidan boshqarmaydi, balki insonzodning gunohi uchun to'lov to'lashga Xudoning Qo'zisi bo'lib o'lgani qanday ajablanarli. Uning ilohiy qutqaruvining buyukligi bizning tushunchalarimizni oshiradi. Bu orqali, Xudoning solihligi gunohkorlar tavba qilib ishonishida davom etadi. Shoh kimki Unga ishonsa halok bo'lmasligi uchun shohligining ulug'vorligiga kirishi uchun xalqini tayyorlash uchun o'ldi.
Iso sevgi olovi bilan yo'qolgan xalqini tortishdan charchadi. Uning gaplari kuchga va muqaddaslikka to'la edi va Uning ishlari mehr-muruvvatini ko'rsatdi. U barcha ta'limlarini va mo'jizalarini tugatganda, U Otasiga ko'ra dunyoviy hayotida oxirgi qadamni boshlab, o'limiga jon deb kirdi. Uning xizmati shifolash voizhondek bo'lib nihoyasiga yetdi, va insonni Xudo bilan yarashtirish uchun xizmati boshlandi. G'alati narsa shundaki, U qisqa 24 soat ichida dunyoning najodini tomomladi. Balki bu dunyodagi eng muhim vaqt bo'lgan bu yagona hodisa Eramizdan Keyin 28 da, 13 Aprelda sodir bo'lgan.
Fisih bayrami cho'lda Rabbiylari bilan bayramlarini nishonlash uchun Xudoning xalqiga ruhsat bermagan zolim, Rames II bo'lgan Fir'avinning boshqaruvi ostida Isroildan ozodliklari haqida Yahudiylarning eslashini asrash uchun rejalasjtirilgan. Oxiri Xudoning farishtasi kelib, Misrda inson va hayvonlarning har bir to'ng'ichini o'ldirdi. Ibrohimning o'g'illari boshqalardan ko'ra yaxshiroq emas edilar, lekin ular Xudoning qurbonlik Qo'zisining kuchiga ishondilar va buning qonidagi himoyani izladilar. Shuning uchun ular Xudoning g'azabi va hukmidan qochdilar. Bu vaqtdan beri ular Xudoning g'azabi ulardan o'tganini eslash uchun Fisih bayramini nishonlaganlar.
Masih bu eski bayramning mohiyatini bajardi va butun dunyo uchun qutqarishning yangi mohiyati bilan buni to'ldirdi. U imon orqali U bilan birlashadiganlar ustidan o'tadigan Xudoning g'azabidan insonyatni saqlab qolgan qurbonlik qo'zisi bo'ldi.
Masih payg'ambarlar bashorat qilganidek, o'lim soatlarini oldindan bilar edi. U O'zining o'lim tarzini ham bilar edi. Aqidaparast Yahudiylar uyat daraxtiga Muqaddas Shoh va Hukmdorni xochga mixlaydigan G'ayriyahudiylar qo'liga Uni topshirdilar.
Bu hokimyatlar ularning qarorlarida amalga oshmagan og'riqli rivojda namoyon bo'ladi, chunki ular Masihni bilishmagan va Unga ishonishmagan. Ular Solih Isoni hukm qililb, Uni yo'q qilish uchun majbur bo'lganlar. Bu siz umumiy fikrga ergashishdan oldin ehtiyotkor bo'lishingiz kerakligidir. Agar siz eshitadigan va ularni topshirganlarning harakati haqidagi xabarlarni ehtiyotkorlik bilan tekshirmasangiz hukm qilmang. Iso degan, “Siz ularning hosillaridan bilib olasiz.” Shuning uchun, sodiq xizmatkorni qabul qiling va hatto kimdir Isoni rad etsa ham u haqida g'amho'rlik qiling.
IBODAT: Rabbiy Iso, Hukmdor Shoh, biz Seni ulug'laymiz chunki Sen xochga borishingdan oldin barcha ta'limlaringni va mo'jizalaringni tugatding. Sen qochib ketmasdan, balki Xudoning Qo'zisidek xizmatingni tomomlading va bu yovuz dunyoni qutqarding. Biz Sendan minnatdormiz chunki Sen agar biz Senga ishonsak Xudoning g'azabidan bizni saqlaydigan, Fisih bayramning ilohiy qurbonisan. Biz Sening sevgingning kamtarligi uchun Senga rahmat aytamiz chunki Sening oldingga keladigan har bir kishini qutqarish uchun Xudoning Qo'zisidek yo'lingni tomomlading.
SAVOL:
- Fisih bayramining ma'nosi nima?