Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 223 (Parable of the Wise and Foolish Virgins)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI

12. Dono va Nodon ayollar haqidagi Masal (Matto 25:1-13)


MATTO 25:1-5
1 O'sha vaqtda Osmon Shohligini o'zlarining chiroqlarini yoniga olishib, kuyovni qarshilagani chiqqan o'n kelin dugonasiga o'xshatsa bo'ladi. 2 Ulardan beshovi es-hushli, beshovi esa ovsar ekan. 3 Ovsarlari chiroqlarini olib, o'zlari bilan yog' olmabdilar. 4 Es-hushlilar esa chiroqlari bilan birga idishlarda yog' ham olibdilar. 5 Kuyov kechikkani sababli, hammalari mudrab, uxlab qolishibdi.
(Luqo 12:35-36, Vahiy 19:7)

Yahudiy udumida, kelin kech tunda kuyov do'stlari bilan kelishini kutadi. Kuyov uchun tayyorlagan va kutgan kelin dugonalari unga yordam berishgan. Ular kuyov yaqinlashganda, kuyov buyuk quvonch bilan muqaddas to'yxonaga kirishi uchun urf-odat bilan uyga kirish uchun uning yo'lini yoritish uchun qo'llarida chirog'lar bilan chiqishlari kerak edi.

Bu daf'alarda ba'zilar o'nta kelin bor deb o'ylashadi. Ularning fikrlari yahudiylar hech qachon ibodatxonalarda uchrashuv qilishmaganini, sunnat qilishmaganini, Bayram kunlarini saqlashmaganini, yoki kamida o'nta kishi qatnashmasa, turmush shartnoma qilinmagan dalilga asoslanadi. Boaz Rutga uylanganda, unda o'nta guvohlar bo'lgan (Rut 4:2).

Xudoning shohligi o'nta kelin dugonasiga o'xshatilgan, ulardan beshtasi es-hushli va boshqalari esa ovsar. O'ntasi ham tanlangan. Ularning hammasi Muqaddas Ruhni qabul qilgan, Masihning kechirimining to'y libosini kiyishgan va Xudoning O'g'lining kelishini kutishgan. Ularning hammasi Masihga ishonishgan va Uni kutishgan.

Biroq, kuyov tunning issig'ida kelmasdan, balki tunning sovug'ligida kech qolgani kabi, Masih ham jamoatning faravonlik vaqtida kelmasdan balki quvg'inning tunida keladi. Biz bu matalda o'qiganimizda, o'n kelin dugonasi uyquga ketadi chunki ular uzoq soatlab ularni yengigan uyqudan oldin quvonishyotgan edi. Shunda es-hushli va ovsar Masihiylar kutayotgan payitlarida uyquga ketishadi. Xudoning O'g'li ular kutishmagan payitda kelib qoladi. Bu umiddagi bizning kuchsizligimizdir. Biz Masihni kutishda davom etmasdan, balki umidni yo'qotamiz, unutamiz va uyquga ketamiz. Bu oxirgi kunlarda uyquga ketgan jamoatlar charchab qolgan va qorong'u tushganda uxlab qolgan kelin dugonalariga o'xshaydilar. Masih ularning uxlab qolishlariga tanbex bermasdan, balki uzoq kutishlarini bilib, barcha imonlilarda vasvasa og'irligini va nur kamligini bilib, buni kutganligi qanday ajablanarli!

Biroq, oxirgi vaqtda uyquga ketgan jamoatlar orasida buyuk farq bor. Ulardan ba'zilari Muqaddas Ruhga to'lganlar va boshqalari to'lmaganlar. Bu mataldagi yog' Muqaddas Ruhni ko'rsatadi, pilik esa Xudoning Kalomidir, chunki Ruhning kuchi bizga Xudoning so'zi orqali keladi va bizni porlatadi.

Bu kelin dugonalari to'la tayyor bo'lmaganligi uchun ularning ahmoqligi edi: ular chiroqlarini olishgan lekin o'zlari bilan ozgina yog' ham olishmagan. Ular kuyov bilan uchrashishni maqsad qilganlari kabi, ularda xozir uchun chiroqlarini yondirish uchun faqat yetarli yog' bo'lgan. Ularda kuyov uzoq vaqtda keladigan vaqt uchun yetarlicha yog' bo'lmagan. Ularning qo'llarida e'lon qilish chirog'i bo'lgan, lekin yangi holatning sinovi va bosimi orqali ularni olib borish uchun kerak bo'ladigan sadoqat va bilimning ombori kam bo'lgan. Ular tashqi sinovning ta'siri ostida harakat qildilar, lekin ruhiy hayotdan bo'm-bo'sh edilar.

Barcha jamoatlarga bo'lgan shubhasiz savol bu “Siz Xudoning Ruhining kuchiga va Xudoning so'ziga to'lganmisiz, yoki siz urf-odatlarga, udumlarga, kengashlarga, imkoniyatlarga va qobilyatlarga suyanasizmi?” Dunyoviy ta'limotlar, harakatlar va hazinalar yoritish uchun kuchga ega emas, chunki faqat Muqaddas Ruhning kuchi yuragimizga ilohiy va abadiy yorug'likni olib keladi.

Aziz do'stim, siz ta'lim olishingiz uchun Xudoning Kalomini doim o'qib va buni yod olasizmi? Dadil bo'ling! Shunday chuqur o'rganish sizga bu dunyoda ko'p sinovlarni yengish uchun kuch beradi.

IBODAT: Rabbiy Iso Masih, agar biz Seni unutgan bo'lsak va boshqa ishlar bilan band bo'lgan bo'lsak bizlarni kechir. Agar jamoatlar va guruhlar o'zlarining kundalik muammolariga berilib, Sening tezda qaytib kelishinga e'tibor bermagan bo'lsalar ularni kechir. Sening va'dalaringni tushunishimiz uchun va boshqalar so'zlaringdan dalda olishlari uchun, kechirimingni qabul qilishlari uchun, Muqaddas Ruh orqali jonlanishlari uchun va sabrni va umidni o'rganishlari uchun bularni ular bilan bo'lishish uchun bizga yordam ber. Biz ovsar bo'lmasdan balki dono bo'lishimiz uchun bizga mehr ko'rsatgin.

SAVOL:

  1. Es-hushli va ovsar kelin dugonalarining o'rtasida qanday farq bor?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on August 14, 2023, at 05:07 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)