Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 199 (The Humility of Faithful Teachers)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
B - MASIH YAHUDIY DINDORLARIGA TANBEH BERADI VA ULARNI OGOHLANTIRADI (Matto 23:1-39) -- ISO SO'ZLARINING BESHINCHI YIG'INDISI

2. Sodiq Ustozlarning Kamtarligi (Matto 23:8-12)


MATTO 23:8-12
8 Biroq sizlar ustoz deb atalishga ko'nmang. Chunki sizning birgina Ustozingiz bor, U ham bo'lsa - Masihdir. Sizlar esa hammalaringiz birodarsizlar. 9 Yer yuzida hech kimni o'zingizga ota deb ham atamang. Chunki sizning birgina Otangiz bor, U ham bo'lsa - samoviy Otangizdir. 10 Rahbar deb ham nom olmang. Chunki sizlarning birgina Rahbaringiz bor - U Masihdir. 11 Orangizdagi kattangiz sizlarga xizmatda bo'lsin. 12 Zero kim o'zini yuqori qo'ysa, pasaytiriladi. Kim o'zini past olib yursa, ulug'lanadi.
(Ayub 28:22-28, Hikmatlar 29:23, Hizqiyo 21:31, Matto 20:26-27, Luqo 18:14, 1 Butrus 5:5)

Kimki ustoz, ruhoniy, yoki cho'pon bo'lishdan da'vo ostida boshqalardan ko'ra yaxshiroq bo'lishga da'vo qilsa bu kishi yetilmagan va nodondir. Biz hammamiz bizga Najodkor kerak bo'lgan gunohkorlarmiz. Hech bir kishi boshqadan ko'ra yaxshiroq emas. Solihligimizning o'lchovi bilimimiz emas, balki amaliy sevgi va xizmatdir. Shuning uchun, odamlar tomonidan hurmatga sazavor bo'lish uchun o'zini yuksaltiradigan kishi balki Masihning kamtarlik misollariga qarashi kerak. Jamoatning a'zolari faqat itoatkor emas balki xizmatda ham band bo'lganlarida bu misolga ergashishadi.

Biz hammamiz Masihning shogirdlarimiz va faqat U bizning Ustozimizdir. Biz o'zimizni Unga topshirganimizda, darhol biz aka-uka va opa-singillar bo'lganmiz, chunki Xudo Masihning barcha shogirlarining Otasidir. Boshqa hech kimsa bizning ruhiy Otamiz emas.

Muqaddas Ruh bizni xizmatning kamtar yurushida boshlaydi. U har birimizni sifatda har hil balki narh bo'lmagan yagona xizmat uchun tayyorlaydi. Jamoat o'rindiqlaridan changni artib tashlaydigan kishi aslida minbarda gapiradigan kishiga qaraganda muqaddasrog' bo'lishi mumkin. Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh bilan to'liq birlik bo'lgani kabi, xuddi shunday biz ham shogirdlarning tanasida to'liq birlik uchun harakat qilishimiz kerak. Xuddi shu Ruh bizning hammamizdadir va har bir a'zo boshqalarga yordam berishi, ta'minlashi, himoya qilishi va kamolga yetkazishi uchun bizni birlashtiradi. Kamtarlikda ifodalangan sevgi kamolotning rishtasi bo'ladi.

Boshqalardan ko'ra ko'proq in'omga egaman va yaxshiroq ta'lim olganman deb mag'rurlanadigan kishi o'ziga sajda qiladi. U kishi boshqa gunohkorlardek bir hil darajada ekanini unutmasligi kerak. Masih uchun xizmat qiladigan kishi, o'zining sifatlarining yaxshiligi bilan emas balki faqat inoyat orqali xizmat qiladi. Shuning uchun, mag'rurligingizni qoldiring va bu dunyoda nur bo'lishingiz uchun Masihning kamtarligini izlang.

Jamoat a'zolari xudojo'ylik mashiqlarida mag'rur yoki nohaq bo'lganlarida ular Xudoning tartibini taklif etishlari mumkin. Bu og'riqli bo'lishi mumkin lekin bu bolalarini sevadigan Rabbiy orqali o'zimizni yaxshiligimiz uchun qilinadi. Rabbiy mag'rurlanib shishib ketganlarni igna ballonni yorgani kabi, ularni ham kamtar qilib qo'yadi. Faraz qilganingizdek biz uchun buni qilish Ustozni kutib o'zini kamtar tutish eng yaxshidir. Biz gunohkor ekanimizni o'zimizga eslatganimizda, biz aytishimiz mumkin, “Rabbimiz bizning Umidimizdir, biz Uning inoyatidan yashaymiz va Uning mehridan davom etamiz.

Kamtarlik Xudoning ko'z o'ngidagi qimmatbaho bezakdir (1 Butrus 3:4). Bu dunyoda kamtar kishida Xudoga maqbul bo'lish hurmati bor va u kishi dono va yaxshi kishilar tomonidan hurmat qozongan. Ular tez-tez hurmatli xizmatlarga chaqiriladilar va hurmatli hisoblaniladilar; va hurmat bu buning ortidan quvadiganlardan va buni ushlaydiganlardan qochadigan lekin hurmatdan qochadiganlarga ergashadigan soyadir. Biroq, bu dunyoda gunohlari uchun tavba qilib, va Xudolariga itoatda bo'lib, va birodarlariga bo'lgan muloqotda o'zlarini kamtar tutganlar Masihning ulug'vorligida qatnashish uchun yuksaladilar. Shuning uchun, o'zingizni tekshiring! Siz insonlar orqali ko'kka ko'tarilishni istaysizmi yoki Iso uchun xizmatkor bo'lishni istaysizmi?

IBODAT: Samoviy Ota, biz Senga rahmat aytamiz chunki Sen biz Senga hursandchilik bilan sajda qilishimiz uchun bizga yana tirik umid berding. Sen bizga O'g'lingning o'limi orqali muqaddasligingni berding. Sen bizni sevding va biz Muqaddas Ruhingning kuchi bilan Senga rohat va tirishqoqlik bilan xizmat qilishimiz mumkin. Biz hech qachon ikkiyuzlamachilardek emas balki kamtarlikda yurib,Sening kamtar xizmatkorlaring bo'lishimiz uchun va o'zimizni Senga in'omlardek berishimiz uchun kuchsizliklarimizdan qat'iy nazar, bizlarga o'rgat.

SAVOL:

  1. “Kim o'zini yuqori qo'ysa, pasaytiriladi. Kim o'zini past olib yursa, ulug'lanadi” degan gapning ma'nosi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on July 23, 2023, at 03:26 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)