Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 197 (Christ is the Lord)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
A - MA'BADDAGI TORTISHUV (Matto 21:1 - 22:46)

9. Masih Rabbiydir (Matto 22:41-46)


MATTO 22:41-46
41 Farziylar yig'ilishganda, Iso ulardan so'radi: 42 - Masih haqida qanday fikrlaringiz bor? U kimning o'g'li? - Dovudning o'g'li-da, - deb javob berdilar. 43 Iso ularga dedi: - U holda, qanday qilib Dovud ilohiy ilhom bilan Masihni Rabbim deb atagan? Mana, Dovud nima degan: 44 “Xudovand mening Rabbimga aytdi: Yovlaringni oyoqlaring ostiga yuqitmagunimcha, Sen Mening o'ng tomonimda o'ltirib tur”. 45 Demak, Dovud Uni Rabbim deb atagan bo'lsa, qanday qilib U Dovudning o'g'li bo'ladi? 46 Va hech kim Isoga bir og'iz so'z javob berolmadi. O'sha kundan boshlab yana hech kim Undan biron gap so'rashga jur'at etmadi.
(Mark 12:35-37, Luqo 20:41-44, Ishayo 11:1, Yuhanno 7:42, Matto 26:64)

Biz Iso Masihni “Rabbiy” deb ataymiz. Bu yaxshi, chunki Rabbiy bizni yaratgan. U bizning Egamiz, Hokimimiz va Hukmdorimizdir. U ulug' va qudratlidir. Uning qo'lida yeru osmondagi vakolat bor. Farishtalar Unga kuni tun “Qudratli Rabbiy muqaddas, muqaddasdir” deb aytib, Unga xizmat qilishadi.

“Rabbiy” degan nom Eski Ahda 6,828 marta uchraydi, va shuningdek “Xudo” so'zi faqat 2,600 marta eslatib o'tiladi. “Rabbiy” so'zi Muqaddas Yozuvdagi nomning eng muhimligini ko'rsatadi.

Baytlahm yaylovidagi cho'ponlar Rabbiy yetib keldi degan farishtaning e'lonini eshitishganda juda qo'rqib ketishdi. Bu farishta hamma odamlarga bo'ladigan buyuk hursandchilikning ezgu xabarini ularga olib keldi. Bu ism Rabbiy Xudo Isoda gavdalanganganligini anglatadigan Rabbiy Masih bo'lgan Najotkor Dovud shahrida tug'ildi. Yaratguvchi qul qiyofasida bo'ldi. U kamtarligida bizga o'xhsab vasvasaga tushdi, biroq U gunoh qilmadi.

Rabbiy bizga Isoda bizga yaqinlashish uchun qanday sevgi ko'rsatdi! Osmonning barcha kuchlari oxurdagi bolada yashadi. Havoriylar bu buyuk sirni tushundilar. Ular Masihni “Ustoz”, va “Rabbiy” deb atadilar. Yangi Ahdda “Rabbiy” degan ism 216 marta uchraydi. Iso haqida xushxabarda “Rabbiy” so'zini o'qiganingizda, bu Xudoning barcha hislatlarini va Unda o'rin olgan kuchlarini anglatadi. Bu jamoat har doim “Rabbimiz Iso Masih” degan iborani imonining yakunidek ishlatilganligidir. Bu e'tirof Eski Ahdda eslatib o'tilgan ikta payg'omlar bilan birlashadi. Birinchi payg'om bu Xudoning O'g'li bo'ladigan Dovudning zurriyotidir (2 Shohlar 7:13-14); va ikkinchisi Dovud “Xudovand mening Rabbimga aytdi: “Yovlaringni oyoqlaring ostiga yiqitmagunimcha, Sen Mening o'ng tomonimda o'ltirib tur” deb tan olganligi Zabur 109:1 da uchraydi.

Yahudiy oqsoqollari Isodan birin ketin qonun haqida ayyor savollarni so'rashdi. Lekin Iso “Sizlarda Masih haqida nima fikrlaringiz bor?” degan va'dalardan bo'lgan savol bilan ularni sinadi. Ko'plari qonun haqida to'la bilishar ediki, ular Masihni unutgan edilar. Ular ishlari Masihning inoyatisiz va xizmatisiz ularni saqlab qolishiga ishonishardi. Bu o'zimizdan “Bizda Masih haqida qanday fikr bor?” “Sizda Masih haqida qanday fikr bor?” deb so'rashga har birimiz uchun donolik bo'lar edi. Ba'zi odamlar kamdan kam U haqida o'ylashadi. Ba'zilar umuman U haqida o'ylashmaydi. Lekin Masih qimmatbaho deb ishonadiganlarga, U haqidagi fikr qanday qimmat bahodir! (Zabur 139:17).

Rabbiy Iso Masih U haqidagi haqiqatni U Xudoning O'g'li va Rabbiyning O'zi deb izlashyotganlarni boshqaryotganda ikta payg'omlarni solishtirdi. Biroq, asoschilar bu haqiqatga tushunmadilar. Agar ular tushunishganda edi, ular Xudo ikki shaxsdek ruhiy birlikda namoyon bo'ldi deb tan olishgan bo'lar edilar. Shunda ular bu payg'omlarning ma'nosini tuhsunmaymiz deb jasorat bilan kechirim so'rab achchiq va nafratga to'lib jo'nab ketishdi. Biroq, bu ilohiy haqiqat Iso Masihda bajo bo'lgan. U samoviy Otasining o'ng tomonida o'tiradi (Vahiy 3:21). Ular birgalikda sevi va birlikda bu olamni boshqaradilar. Bu sir inson uchun o'zining ishlari haqida sezishi juda buyukdir. Muqaddas Bitik tasdiqlaganidek, hech kimsa Isoni Muqaddas Ruh ilhomisiz Rabbiy deb ayta olmaydi. Biz Ruhning birligida Xudoning sevgisi Iso Masihda gavdalanganligini bilamiz va bizga berilgan imonning in'omi bilan Uning hayotida qatnashamiz.

Yahudiylar Isoni Rabbiydek bilisholmadi, chunki ular Uning sevgisiga qarshi yuraklarini berkitib olishgan edi. Shuning uchun Iso Xudo ularni oyoqlari ostiga yiqitadi deb ularga e'lon qilish uchun majbur bo'ldi, chunki Isoga tizza cho'kmaydigan har bir kishi halok bo'ladi. Bu ilohiy vahiy hatto dushmanlarimizga ham Masihni voizlik qilishimiz uchun bizga turtki beradi. Biz buni qilganimizda, biz barcha insonlar qutqarilishini va ular haqiqat tushunchasiga kelishini istaydigan Xudoning sevgisi bilan birlashamiz.

IBODAT: Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh, biz Senga sajda qilamiz, chunki Sen to'liq sevgingning birligida yashaysan. Sen Uch Birlikda Birsan, va Rabbiy Iso Masihni chaqirish uchun bizni boshqarib bizga yordam berasan. Biz Seni ulug'laymiz, chunki Sen bizlarni xochda qutqarding va biz yer-yuzida shohligingni tarqatishda ishtrok etishimiz uchun mehribon Ruhing bilan bizlarni to'ldirding. Biz osmonda va yerda butun sajda qiluvchilaring bilan Seni ulug'laymiz va Isoni Otalik ismingni ulug'lash uchun “Rabbiy” deb ataymiz, Omin.

SAVOL:

  1. Dovud ikki Rabbiy haqida qanday gapirgan?

SAVOL-JAVOB 8

Aziz kitobxon,
Bu kitobchadagi Mattoga ko'ra Xudo Xushxabaridagi bizning izoxlarimizni o'qib chiqib, endi siz quydagi savollarga javob berolasiz. Agar siz quydagi savollarning 90% javob bersangiz, biz sizga ta'lim olishingiz uchun keyingiz qismlarini jo'natamiz. Iltimos bu javob varog'iga aniq manzilingizni va to'liq ismingizni yozishni unutmang.

  1. Iso qanday qilib bu xudojoy yosh kishini qutqarishga harakat qildi?
  2. Nimaga boy odam uchun Xudo shohligiga kirish deyarli imkonsizdir?
  3. Isoning shogirdlariga asoslab berilgan va'da nima?
  4. Masihning mukofotining siri nima?
  5. Masih nima uchun Quddusga Uni kutib turgan hodisani bilganida qochib ketmadi?
  6. Yuhanno va Yoqub qanday qilib juda mag'rur bo'ldilar?
  7. “Inson O'g'li xizmat qildirish uchun emas, balki xizmat qilish uchun kelgan” degan gapning ma'nosi nima?
  8. “Dovud O'g'li” degan nom nimani anglatadi?
  9. Siz Zaharyoning payg'omidan nimani tushunasiz?
  10. Biz Masihning Quddusga kirishidan nimani o'rganishimiz mumkin?
  11. Masih Quddusga kirib borgandan keyin nima uchun darhol Xudoning ma'badini tozaladi?
  12. Ma'baddagi kuylayotgan bolalar va jahldor bosh ruhoniylar, va xattotlar o'rtasidagi farq nima?
  13. Iso nima uchun hosil bermagan anjir daraxtini la'natladi?
  14. Xalq boshliqlarining vakili nima uchun Isoning vakolati haqida Uni savolga tutdilar?
  15. Iso nima uchun Yahudiy Kengashining vakillariga O'zining vakolatini e'lon qiladi?
  16. Isoning masalidagi birinchi o'g'il nima uchun ukasidan yaxshiroq edi?
  17. Siz yovuz bog'bonlarning masalidan nimani tushundingiz?
  18. Siz peshtoq toshi haqidagi mataldan qanday idroklarga yoki talablarga erishdingiz?
  19. Xudo O'g'lining to'yida topilishi mumkin bo'lgan yettita g'alati dalillar qaysilar?
  20. Qaysarniki nima va Xudoniki nima?
  21. Iso qanday qilib Xudo bilan yashayotganlar abadiy hayotligini Sadduqiylarga isbotlab berdi?
  22. Biz qanday qilib Xudoni va insonlarni haqiqatdan seva olamiz?
  23. Dovud ikki Rabbiy haqida qanday gapirgan?

Biz sizni siz abadiy hazinani qo'lga kiritishingiz uchun Masihning va Xushxabarining imtihonini biz bilan bajarishingiz uchun ruhlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz. Bizning manzil:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 09:16 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)