Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 158 (Clarification of Elijah’s Promised Coming)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

n) Va'da etilgan Ilyosning Kelishi haqidagi Aniqlik Coming (Matto 17:9-13)


MATTO 17:9-13
9 Tog'dan tushayotganlarida, Iso shogirdlariga: - Inson O'g'li qaytadan tirilib kelmaguncha, ko'rganlaringizni hech kimga aytmanglar, - deb tayinladi. 10 Shogirdlari Undan so'radilar: - Nega ulomolar, oldin Ilyos payg'ambar kelishi kerak, deb aytadilar? 11 Iso javob berib ularga dedi: - Bu to'g'ri, oldin Ilyos payg'ambar kelib, hamma narsani yo'lga qo'yadi. 12 Lekin Men sizlarga shuni aytaman: Ilyos allaqachon kelgan. Ammo odamlar uni tanimay, u bilan istaganlarini qilishdi. Xuddi shunga o'xshab, Inson O'g'li ham odamlar qo'lida azob chekishi muqarrardir. 13 Shunda shogirdlar Iso ularga Yahyo payg'ambar haqida gapirganligini angladilar.
(Matto 11:14; 14:9-10; 16:20, Luqo 1:17)

Shogirdlar baland Tog'dan chuqur O'rdun Vodiysiga kelishganda, ularning miyyalari Iso gapirgan va ular ko'rgan hamma narsalar bilan kurashdi.

Iso bu uchta shogirdlariga Uning ulug'vorligi haqida ko'rgan narsalari haqida bir so'z ham aytmaslikni va U kim ekanini har bir kishi tushunadigan vaqt, o'limdan tirilmagunicha bu haqida yozmaslikni buyurdi. Ammo shogirdlar Masih tirilish haqida nima deganini tushunmadilar, holbuki ular Rabbiyning irodasiga ko'ra bu haqida jimlik saqladilar. Ular Isoning tirilishi haqida tushunmadilar, chunki Muqaddas Ruh hali ularda yashamagan edi.

Shogirdlar ulomolaridan Ilyos ko'rinishini va uning ko'rinishi Masihning kelishiga bog'liq ekanini eshitgan edilar. Ular shunda Iso Ilyos qilgani kabi osmondan olov olib kelib O'zining shohligini o'rnatadi va Karmelning payg'ambari yolg'onchi ruhoniylarni yo'q qilganda, u kabi g'alabaga erishadi deb ishonishgan. Biroq Iso shogirdlariga Uning shohligi siyosiy emasligini va Uning izdoshlari hech qanday siyosiy kuchni olmasliklarini ochib berdi.

Iso ularga Yahyo va'da etilgan Ilyos payg'ambarning ruhida voizlik qilishini tushuntirgan. U cho'lda izdoshlarining xizmatni o'rgatish orqali emas, balki tavba qilishga chaqiruvi orqali Masihga yo'l hozirlagan. Bu cho'lda fig'on qiluvchi zolim Hirodning qo'lida o'ldi.

Iso bu chuqur qoidaga, U yana oqsoqollar tomonidan siquvga olinishini, odamlar tomonidan rad etilishini va Xudo tomonidan hukm qilinib, gunohlarimiz uchun o'lishini e'lon qildi. Iso shogirdlariga siyosiy ko'tarilishni yaratish yoki iqtisodiy rivojlantirishni yaratish uchun ularni ruhlantirmadi balki ularning dunyoviy umidlari butunlay sinib yo'q bo'lishiga ularni ishontirdi.

Shogirdlar dunyomizga kelgan abadiy hayotni ko'rib, Isoning ulug'vorligini va muqaddasligidan amin bo'ldilar. Isoning o'limi nihoya emas. Uning tirilishi Xudo hayotining sheriklariga bizni o'zgartiradi. Dunyoviy maqsad va umidlar sizning yuragingizda hali ham o'rin olganmi? Yoki imonlilarda Najodkor Masihning kelishi e'lon qilinadigan Xudoning hayoti tomon davom etganmisiz? Hayotingizni o'zgartirishi uchu Unga ibodat qiling va siz abadiy tura olishingiz uchun Muqaddas Ruhi bilan sizni to'ldirishi uchun Unga ibodat qiling.

IBODAT: Ey Muqaddas Xudoning O'g'li, biz Seni ulug'laymiz chunki Sen gunohlarimizni olib, bizning o'rnimizga Xudoning g'azabi ostida o'lding. Biz Senga rahmat aytamiz chunki Sen Otaning hayotini bizga olib kelding. Sening hayoting hech qachon o'lmaydi, chunki Sen Muqaddas Xudosan. Bizning imonimiz bizni Sen bilan birlashtiradi va Sening kuching bizning kuchsizliklarimizga oqib keladi. Sen bizning yuraklarimizdagi Barhayotsan. Bizning ayib gunohlarimizni kechirib, gunohlarimiz uchun o'lgan Senda biz yashashimiz uchun o'lim soatimizda bizni saqla. Sen bizning umidimiz va najodimizsan. Biz Senda ulug'lanamiz!

SAVOL:

  1. Yahyo va Ilyos payg'ambar o'rtasidagi bog'lig'lik nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 10:48 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)