Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 143 (Evil Thoughts out of the Heart)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

f) Yurakdan chiqadigan Yovuz Fikrlar (Matto 15:10-20)


MATTO 15:10-20
10 Keyin Iso xalqni yoniga chaqirib, ularga dedi: - Menga quloq solib, miyyaga joylang! 11 Og'izga kiradigan narsa emas, balki og'izdan chiqadigan narsa insonni harom qiladi. 12 Shunda shogirdlari eklib Isoga: - Bilyapsanmi, farziylar bu so'zni eshitgach vasvasaga tushdilar, - deyishdi. 13 Iso javob berib dedi – Samoviy Otam o'tqazmagan har bir o'simlik tag-tomiri bilan sug'irib tashlanadi. 14 Ularni qo'yinglar, ular ko'rlarning ko'r yo'lboshchilaridir. Agar ko'r ko'rni yetaklab yursa, unda ikkivo ham chohga tushib ketar. Bunga javoban: - Bizga boyagi masalni tushuntirib ber! - dedi. 16 Iso dedi: - Sizlar ham hanuzgacha anglamadingizmi? 17 Og'izga kiradigan har bir narsa qoringa o'tib, kerak joydan chiqib ketishini hali ham tushunmadingizmi? 18 Biroq og'izdan chiqadigan narsalar esa yurakdan chiqadi. Ana shular insonni harom qiladi. 19 Yomon fikrlar, qotillik, faxshu-zino ishlari, o'g'rilik, sohta guvohlik va haqoratlar bari yurakdan chiqadi. 20 Yuvilmagan qo'llar bilan ovqat yeyish insonni harom qilmaydi, ana shular insonni harom qiladi.
(Ibtido 8:21, Mark 7:1-13, Havoriylar 5:38; 10:15, Rimliklarga 2:19, Titus 1:15)

Ikkiyuzlamachilar turli hil ovqat va ichimliklardan yeb ichish buyuk va kechirib bo'lmas gunoh deb da'vo qilishadi. Bu orqali ular ko'rsatadigan bu ular hali ham yuraklarining nopokligini tushunmaganliklaridir.

Ichkilik shubhasiz insonga dushmandir. Nikotin rak kasalining buyuk sabablaridan biridir. Oynayi jahon zinokorlikni va yolg'onlarni tarqatishda yordam beradi. Cho'chqa go'shti sog'liqqa zararlidir deb aytiladi. Biroq Masih bizga hamma narsa ham insonni horom qilmasligini aytadi.

Masih bizga bu ahloqiy buzuqlik va horomlik bilan qalblarga ta'sir qiladigan qo'llarimizning holati yoki ovqatlarimizning sifati yoki turi emasligini aytadi. “Xudoning shohligi yeyish va ichishdan iborat emas” (Rimliklarga 14:17). balki, bu Xudo oldida insonni horom qiladigan va ayibdor qiladigan gunohdir. Tavba qilmaganlar Xudoga zarar keltiradilar va U bilan bo'lgan birlik uchun loyiq kelmaydilar. Biz nima yesak bu bizni harom qilmaydi. “Pok odamlar uchun hamma narsa pok bo'lur” (Titus 1:15).

Biz yuvilmagan qo'llar bilan yeydigan ovqatdan ifloslanmaganmiz, balki poklanmagan yurakdan gapiradigan so'zlardan ifloslanganmiz; shunday qilib bu “tanangiz gunoh qilishga sabab bo'ladigan og'zingizdir” (Voiz 5:6).

Imonli hatto yangilanib poklangandan keyin ham, yuragida itoatsizlikka, g'alayonga, vasvasaga va nopoklikka bo'lgan moyillikni topadi. U kishi yashashi uchun pulni taminlashni xohlaydi yoki aka-uka va do'stlaridan yiroqda bo'lishni istaydi. Shunday narsalarni izlash u kishini muammolarga va ayiblarga yetaklaydi. U Pavlus bilan “Oh, men sho'rli odam! O'limga giriftor shu badanimdan meni kim qutqarar ekan?” (Rimliklarga 7:24) deb nola qilib, vijdoni orqali o'zini ayibdor deb topadi.

Xudojo'ylar birinchi tavba qiladi, va Masihda kamtar bo'lish uchun, sinish va ruhan kambag'al bo'lishlari uchun ulardagi nopoklikning tomirini tushunib yetadilar. Shunda ular Masihning to'kilgan qoni orqali doyim kechirimni izlaydilar, va vijdonli bo'lganlarga taqdim etilgan to'liq poklikka ega bo'ladilar. Lekin, afsuski ko'plar kundalik kechirimga yoki mag'rurlikni yengadigan ruhiy pokliklariga suyanmaydilar. Buning o'rniga, sayoz hukmlari va qiyin urf-odatlari orqali to'siq qo'yadilar, ular Masihning qo'lida najodni izlaydilar. Ular ko'plab jonli uchrashuvlardan qat'iy nazar Isoga kelishdan odamlarning ruhini tushuradilar.

Inson qonunni bajarish bilan na qutqariladi va na poklanadi, balki u faqat Masihning qoniga bo'lgan imon orqali qutqarilib poklanadi. Xudo singan va tavba ruhi bilan qoniqadi. Muqaddas Ruh bizni bemor qo'shnimizning uyini tozalashdek va savob ishlarimizni hech kimga aytmasdan va bildirmasdan uning qarzlarini to'lashdek, sevgining kamtar harakatlariga boshlaydi.

Insonni nima harom qiladi, uning ichidan chiqadigan narsa uni harom qiladi. Bu hamma yuraklarning man'basi bo'lgan yurakdan keladi. Bu shunday umidsiz yovuz bo'lgan yurakdir, chunki yurakda birinchi bo'lmagan so'z va hatti-harakatlardagi gunoh yo'q. Yurakda “zaxarli meva keltiradigan” achchiqlik tomiri bor (Iklamchi Qonunlar 29:18). Bu yovuzlikning o'rindig'i bo'lgan bir gunohkorning ichki qismidir. Hamma yovuz so'zlar yurakning tubidan chiqadi. Buzuq yurakdan buzuq munosabat chiqadi.

Aziz do'stim, siz yuragingiz juda yolg'onchi ekanini bilasizmi? Bu nopok orzularingizning, ayyor so'zlaringizning va yomon harakatlaringizning manb'asidir. O'tgan gunohlaringizni eslaysizmi? Bular sizning buzuq hislatingizning natijasidir. O'zingizni biling va sizda yashayotgan nopoklik manb'asini biling. Iso sizga shifo berishi uchun va sizni qutqarib, gunohingizdan sizni tozalashi uchun Unga o'zingizni taqdim qiling. Siz ruhiy jangdasiz, chekinmang. Vasvasaga tushmaslik uchun ogoh bo'ling va ibodat qiling, chunki ruh tetik, tana esa zayifdir.

Xudojo'ylikka bo'lgan eng buyuk vasvasa bu yolg'on fikirlashga asoslangan ikkiyuzlamachilikdir. Siz Xudodan ko'ra muqaddasroq bo'la olmaysiz. Siz shunday vasvasaga tushmasligingiz uchun Muqaddas Ruh sizni himoya qiladi.

IBODAT: Mehribon Rabbiy Iso, Sen menga qaraganda mening qalbimni va o'tmishimdan xabardorsan. Mening qalbimni ikkiyuzlamachilikdan va har doyim o'zim haqimda o'ylashimdan qutqar. Men hursandchilik bilan muhtojlarga xizmat qilishim uchun va qimmatbaho qoning orqali imon orqali muqaddas bo'lishim uchun Xudo bolalarining najodiga meni qo'shgin. Mening yuragim yovuzlik favvorasi bo'lib qolmasdan balki sevgi, poklik va itoatkorlikning manb'asi bo'lishi uchun meni poklagin.

SAVOL:

  1. Yurakdan kelib chiqadigan yovuz fikrlar va harakatlar nimalar, va Muqaddas Ruhning mevasi nima?

SAVOL-JAVOB 6

Aziz kitobxon,
bu kitobchadagi Mattoga ko'ra Masih Xushxabaridagi bizning izoxlarimizni o'qib chiqib, endi siz quydagi savollarga javob berolasiz. Agar siz quydagi savollarning 90% javob bersangiz, biz sizga ta'lim olishingiz uchun bu kitobchaning keyingi qismini yuboramiz. Iltimos javob varog'iga aniq manzilingizni va to'liq ismingizni yozishni unutmang.

  1. Qonun ustozlari nima uchun Masihni o'limga hukm qildilar?
  2. 42:1-4 bobda Iso haqidagi Ishayoning payg'omi nima edi?
  3. Yahudiylarning boshliqlari nima uchun Isoni yovuz ruhlarning boshlig'i tomonidan yovuz ruhlarni haydab chiqarishdan Uni ayibladilar?
  4. Siz do'zax haqida va Masihning Shaytonning ustidan bo'lgan g'alabasi haqida nimani tushundingiz?
  5. Muqaddas Ruhga qarshi bo'lgan gunohdan qanday qilib himoyalanamiz?
  6. Ilonlar zoti kimlar? Va Solih kishi kim?
  7. Yovuz va zinokor avlodga kim tegishli?
  8. Yovuz ruh nima uchun ruhi chiqib ketgan kishiga yana boshqa yetti ruh bilan qaytib kira oladi?
  9. Xudoning oilasining a'zolari va dindorlar o'rtasida qanday farq bor?
  10. Ruhiy o'sish va tushish uchun bo'lgan qoidani yozing va buni tushuntirib bering.
  11. Ruhiy o'sishga qarshi to'siqlar nimalar va tosh bo'lib qotib qolishdan imonsizlarning qoidasi nima?
  12. Xushxabar tinglovchilarining to'rtta turlari qaysilar?
  13. Xudoning hosilini yig'ish qanday qilib ro'y beradi?
  14. Biz hantal urug'i va hamirturush haqidagi masallardan nimani o'rganamiz?
  15. Masih nima uchun dunyomizdagi eng qimmatbaho hazina?
  16. Masihning shohligi uchun Masih sizdan g'alaba qozonishni istaganlar kimlar?
  17. Bizga to'r haqidagi masal nimani o'rgatadi?
  18. Matto tomonidan yozilgan bu xushxabar matiniga ko'ra Isoning ukalarining ismlari nima va singillarining soni nechta?
  19. Yahyoning o'limi uchun nima sabab edi?
  20. Iso qanday qilib besh ming kishi uchun nonni yaratdi?
  21. Muqaddas Kitobda “Bu Menman” degan bayon nimani anglatadi?
  22. Havoriylar nima uchun Isoning Xudoning O'g'li deb tan olishdi?
  23. Isoning kiyimining etagiga tegkan ba'zi imonlilar nima uchun to'liq sog'aydilar?
  24. Yahudiy ikkiyuzlamachilarining gunohlari nima edi?
  25. Yurakdan kelib chiqadigan yovuz fikrlar va harakatlar nimalar, va Muqaddas Ruhning mevasi nima?

Siz abadiy hazinani qo'lga kiritishingiz uchun Masihning va Uning Xushxabarining imtixonini biz bilan bajarish uchun sizni rag'batlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz. Bizning manzil:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 22, 2013, at 09:08 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)