Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)
f) Yurakdan chiqadigan Yovuz Fikrlar (Matto 15:10-20)MATTO 15:10-20 Ikkiyuzlamachilar turli hil ovqat va ichimliklardan yeb ichish buyuk va kechirib bo'lmas gunoh deb da'vo qilishadi. Bu orqali ular ko'rsatadigan bu ular hali ham yuraklarining nopokligini tushunmaganliklaridir. Ichkilik shubhasiz insonga dushmandir. Nikotin rak kasalining buyuk sabablaridan biridir. Oynayi jahon zinokorlikni va yolg'onlarni tarqatishda yordam beradi. Cho'chqa go'shti sog'liqqa zararlidir deb aytiladi. Biroq Masih bizga hamma narsa ham insonni horom qilmasligini aytadi. Masih bizga bu ahloqiy buzuqlik va horomlik bilan qalblarga ta'sir qiladigan qo'llarimizning holati yoki ovqatlarimizning sifati yoki turi emasligini aytadi. “Xudoning shohligi yeyish va ichishdan iborat emas” (Rimliklarga 14:17). balki, bu Xudo oldida insonni horom qiladigan va ayibdor qiladigan gunohdir. Tavba qilmaganlar Xudoga zarar keltiradilar va U bilan bo'lgan birlik uchun loyiq kelmaydilar. Biz nima yesak bu bizni harom qilmaydi. “Pok odamlar uchun hamma narsa pok bo'lur” (Titus 1:15). Biz yuvilmagan qo'llar bilan yeydigan ovqatdan ifloslanmaganmiz, balki poklanmagan yurakdan gapiradigan so'zlardan ifloslanganmiz; shunday qilib bu “tanangiz gunoh qilishga sabab bo'ladigan og'zingizdir” (Voiz 5:6). Imonli hatto yangilanib poklangandan keyin ham, yuragida itoatsizlikka, g'alayonga, vasvasaga va nopoklikka bo'lgan moyillikni topadi. U kishi yashashi uchun pulni taminlashni xohlaydi yoki aka-uka va do'stlaridan yiroqda bo'lishni istaydi. Shunday narsalarni izlash u kishini muammolarga va ayiblarga yetaklaydi. U Pavlus bilan “Oh, men sho'rli odam! O'limga giriftor shu badanimdan meni kim qutqarar ekan?” (Rimliklarga 7:24) deb nola qilib, vijdoni orqali o'zini ayibdor deb topadi. Xudojo'ylar birinchi tavba qiladi, va Masihda kamtar bo'lish uchun, sinish va ruhan kambag'al bo'lishlari uchun ulardagi nopoklikning tomirini tushunib yetadilar. Shunda ular Masihning to'kilgan qoni orqali doyim kechirimni izlaydilar, va vijdonli bo'lganlarga taqdim etilgan to'liq poklikka ega bo'ladilar. Lekin, afsuski ko'plar kundalik kechirimga yoki mag'rurlikni yengadigan ruhiy pokliklariga suyanmaydilar. Buning o'rniga, sayoz hukmlari va qiyin urf-odatlari orqali to'siq qo'yadilar, ular Masihning qo'lida najodni izlaydilar. Ular ko'plab jonli uchrashuvlardan qat'iy nazar Isoga kelishdan odamlarning ruhini tushuradilar. Inson qonunni bajarish bilan na qutqariladi va na poklanadi, balki u faqat Masihning qoniga bo'lgan imon orqali qutqarilib poklanadi. Xudo singan va tavba ruhi bilan qoniqadi. Muqaddas Ruh bizni bemor qo'shnimizning uyini tozalashdek va savob ishlarimizni hech kimga aytmasdan va bildirmasdan uning qarzlarini to'lashdek, sevgining kamtar harakatlariga boshlaydi. Insonni nima harom qiladi, uning ichidan chiqadigan narsa uni harom qiladi. Bu hamma yuraklarning man'basi bo'lgan yurakdan keladi. Bu shunday umidsiz yovuz bo'lgan yurakdir, chunki yurakda birinchi bo'lmagan so'z va hatti-harakatlardagi gunoh yo'q. Yurakda “zaxarli meva keltiradigan” achchiqlik tomiri bor (Iklamchi Qonunlar 29:18). Bu yovuzlikning o'rindig'i bo'lgan bir gunohkorning ichki qismidir. Hamma yovuz so'zlar yurakning tubidan chiqadi. Buzuq yurakdan buzuq munosabat chiqadi. Aziz do'stim, siz yuragingiz juda yolg'onchi ekanini bilasizmi? Bu nopok orzularingizning, ayyor so'zlaringizning va yomon harakatlaringizning manb'asidir. O'tgan gunohlaringizni eslaysizmi? Bular sizning buzuq hislatingizning natijasidir. O'zingizni biling va sizda yashayotgan nopoklik manb'asini biling. Iso sizga shifo berishi uchun va sizni qutqarib, gunohingizdan sizni tozalashi uchun Unga o'zingizni taqdim qiling. Siz ruhiy jangdasiz, chekinmang. Vasvasaga tushmaslik uchun ogoh bo'ling va ibodat qiling, chunki ruh tetik, tana esa zayifdir. Xudojo'ylikka bo'lgan eng buyuk vasvasa bu yolg'on fikirlashga asoslangan ikkiyuzlamachilikdir. Siz Xudodan ko'ra muqaddasroq bo'la olmaysiz. Siz shunday vasvasaga tushmasligingiz uchun Muqaddas Ruh sizni himoya qiladi. IBODAT: Mehribon Rabbiy Iso, Sen menga qaraganda mening qalbimni va o'tmishimdan xabardorsan. Mening qalbimni ikkiyuzlamachilikdan va har doyim o'zim haqimda o'ylashimdan qutqar. Men hursandchilik bilan muhtojlarga xizmat qilishim uchun va qimmatbaho qoning orqali imon orqali muqaddas bo'lishim uchun Xudo bolalarining najodiga meni qo'shgin. Mening yuragim yovuzlik favvorasi bo'lib qolmasdan balki sevgi, poklik va itoatkorlikning manb'asi bo'lishi uchun meni poklagin. SAVOL:
SAVOL-JAVOB 6Aziz kitobxon,
Siz abadiy hazinani qo'lga kiritishingiz uchun Masihning va Uning Xushxabarining imtixonini biz bilan bajarish uchun sizni rag'batlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz. Bizning manzil: Waters of Life Internet: www.waters-of-life.net |