Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 114 (Answer to the Baptist’s Disciples)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
1. Yahudiy Oqsoqollari Masihni rad etadi (Matto 11:2 - 12:50)

a) Isoning Yahyoning Shogirdlariga bo'lgan Javobi (Matto 11:2-19)


MATTO 11:16-19
16 Endi bu naslni kimga o'xshatay? Bu nasl-maydonda o'tirib bir-biriga 17 'Senlarga nay chaldik, o'ynamadinglar, senlarga yig'i chiqardik dodlamadinglar', - deb qichqirishadigan bolalarga o'xshaydi. 18 Chunki Yahyo kelib, yemadi-ichmadi va uni 'jin uribdi' deyaptilar. 19 Inson O'g'li kelib, yedi ham, ichdi ham va bu gal: 'Ana kabobxo'ru sharobxo'r odamni ko'ringlar, U solihchilar va gunohkorlarning do'sti ekan' – deyishmoqda. Va lekin ilohiy hikmat Unga rioya qiluvchilar orqali tasdiqlanadi”.
(Yuhanno 2:2; 5:35, 1 Korinfliklarga 1:24-30)

Odamlar Masihning orqasidan imon bilan emas, balki mo'jizalarni ko'rish uchun qiziqish bilan chopdilar. Ular tavba qilish uchun va suvga cho'mdirish uchun odamlarni chaqiryotgan begona kishi bo'lgan Yahyoni ko'rish uchun cho'lga shoshgan edilar. Biroq ularning ko'plari o'zlarining yo'llaridan qaytmasdan, balki yovuzliklarida davom etdilar. Yahyoni masxara qilib tanqid qildilar chunki u qattiq va boshqalarni o'zidan kechishga chaqirgan edi. Keyin olomon Masihni masxara qildi chunki U boshqalar singari yeb ichar edi, va ular tavba qilib qutqarilishlari uchun yaxshi tanilgan gunohkorlar va g'alayonchilar bilan birga bo'lgan. Ko'plar Yahyodan hursandchilikni va Masihdan esa achinishni izlagan. Ular go'dakliklari, yuzakiyliklari va ahmoq hulqlari tufayli chaqirilishlarining sirini hech qachon tushunmadilar.

Masih ikkiyuzlamachilarni “bolalar” deb atadi chunki ular hayotning dalilini bilmadilar. Ular o'ynashdi va yig'lashdi, lekin o'lim uchun sababni, gunohning zanjirini yoki ularni qurshab olgan Shaytonning zanjirini bilmadilar. Ular Masihni va Uning najodini qumsamadilar, chunki ular o'zlarini xudojo'y va solih deb hisoblaganlar. Biroq, Masihga ishonadiganlar Xudo hayot man'bayi, U ularning Otasi, Kechiruvchi, O'g'li Isoda abadiy hayot beruvchi va olamning siri haqida nimadir tushunganlar. Ular Xushxabarni o'qishdan Ilohiy Ruhning kuchini oladilar va o'tib ketayotgan dunyoda abadiy yashaydilar.

Ko'plar ahmoq, ongsiz va bolalar kabi o'ynoqidirlar. Ular o'zlarini ular uchun umid bo'ladi deb tushuncha bilan insonlarga ko'rastishadi. Ular o'tiradigan yoki turadigan bozor joyi ba'zilar uchun yalqov joyidir, boshqlarga dunyo ish joyidir. Bu hammaga shovqin va dam olish joyidir. Agar siz nima uchun odamlar Xudoning inoyatidan ozgina yaxshi narsani olsihlarining sababini so'rasangiz, siz ular g'amho'rlik qilish uchun juda dangasa ekanliklarini topasiz, yoki ularning boshlari, qo'llari va yuraklari dunyoviy narsa bilan to'laligini, “So'zni yo'qotadigan” va qalblarini yo'qotish haqida tashvishlardir. Ular bozorlarda bo'lib u yerda o'tirishadi. Bu narsalarda ular dam olishadi va bular orqali ular yashashni davom ettirishni hal qilishadi.

Siz dunyoning Qutqaruvchisi Isoni qumsaysizmi va Uning ismini eshitganingizda hursand bo'lasizmi? Yoki Isoning nomini eshitganda qo'rquvdan titraydigan iblisga hali ham ergashyapsizmi? Sizning kuchingiz kunning yangiliklariga bog'liqmi? Siz televizor ekraniga yopishib olganmisiz? Yoki Xudoga yopishib olishni va Masihning ikkinchi kelishini qiziqish bilan xohlab, Xudoni sevasizmi? Siz qimmatbaho vaqtingizni isrof qilib, pul va gunohning foydasini yig'ish bilan bu dunyoga berilganmisiz? Yoki hayotingiz mobaynida o'tkazgan vaqtingizning tiyini haqida hisobot berishga to'g'ri kelganini bilib, Shohlarning Shohining irodasiga bo'ysunasizmi? Masih siz Ruhi bilan to'lishingiz uchun, Uning irodasini qilishingiz uchun va hosil olib kelishingiz uchun Uning shohligiga sizni taklif qiladi.

Masal ichidagi bu avlodning ikki buyuk nurlari bo'lgan Masihning va Yahyoning xizmatlarining har hil sifatlari ko'rsatiladi.

Yahyo yeyish uchun yoki ichish uchun kelmagan balki yig'lash uchun kelgan, na unga shunchaki suhbat qurish, va na oddiy ovqatlarni yeyish berilgan, balki faqat cho'lda “uning ovqati chigirtkalar va yovvoyi asal bo'lgan.” Endi kimdir bu odamlarning yuragiga gapiradi deb o'ylaydi, chunki bu kabi shunday jiddiy hayot u voizlik qilgan ta'limot bilan saqlanishda edi. Aytadiganini amalda qiladigan xizmatkor tushunadi, lekin hatto shunday xizmatkorlar har doim ham ta'sirli emaslar.

“Inson O'g'li yeyish va ichish uchun kelgan,” deb U ularga aytgan. Masih hech qanday notanish qoydaga yopishib olmasdan, hamma odamlar bilan suhbat qilgan. U do'stona va tezda kirishib ketar edi, birorta guruhdan uyalmagan va ba'zan Farziylar va odamlar bilan bayramlarda qatnashgan. Yahyoning qovoq solishi orqali bezovtalanganlar Masihning kulgisi bilan rom etilganlar. Bu havoriy Pavlus bundan “hammaga hamma narsa bo'ldim” deganini o'rganganiga o'xshaydi (1 Korinfliklarga 9:22). Endi Rabbimiz Iso O'zining erkinligida Yahyoni hukm qilganlarni Uni hukm qilgan Yahyoga qaraganda hukm qilmadi, hatto ularning hislatlari juda har hil edi.

IBODAT: Samoviy Ota, biz Senga rahmat aytamiz chunki biz Sening sevgingni bilishimiz uchun ruhiy qayta tug'ilishni berding. Biz Ruhingning kuchi bilan yo'qolganlarga xizmat qilishimiz uchun O'g'ling bilan bizlarni yarashtirding. Agar biz samoviy chaqiruvinga e'tibor bermagan bo'lsak va bugunlik tashvishlar va dunyoviy qo'rquvga chulg'angan bo'lsak, bizni kechir. Biz bolalar kabi bo'lmasdan, balki ulug'vor Kelayotgan Masihning yo'lini tayyorlash uchun O'g'lingning kelishi tomon yo'naltirgin.

SAVOL:

  1. Iso nima uchun O'zining vaqtidagi xalqni bolalar bilan solishtirdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 03, 2023, at 07:53 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)