Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 111 (Aim of Preaching)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
C - O'N IKKI SHOGIRDLARNI VOIZLIK QILISHGA VA XIZMAT QILISHGA JO'NATILISHI (Matto 9:35 - 11:1)
3. OSMON SHOHLIGI TARQALISHNING USULLARI (Matto 10:5 - 11:1) -- ISO SO'ZLARINING IKKINCHI TO'PLAMI

e) Voizlikning Ulug' Maqsadi (Matto 10:40 - 11:1)


MATTO 11:1
1 Iso o'n ikki shogirdiga ushbularni buyurib bo'lgach yaqin shaharlarda ta'lim berish va voizlik qilish uchun u yerdan jo'nadi.
(Luqo 7:18-23)

Xushxabarchi Matto Masihning xabarchilari va xizmatchilari osmon shohligining kelishini voizlik qilishlari uchun Masihning ruhiy buyukligini ular uchun yozishga qo'ygan. U ularni oliy maosh olish uchun gijgijlamagan, balki ularni uylarda kitob o'rganishni yo'lga qo'yishga va imonlilardagi Xudoning kuchini bilishga boshlagan. U ularga aytgan gaplaridan kelib chiqib yashashlari uchun hokimyat bergan. U ularni yolg'onlardan zo'rliklardan va aldovlardan foydalanadiganlar haqida ogohlantirgan. Oilalaridan ularni ajratishda, Iso ularga quvg'inlarida buyuk daldani bergan va O'zining uy-joyini, huzurini va kuchini ular zararlanmasliklari va tark etilmasliklari uchun ularga isbotlab bergan. Iso ularni boshlaridagi har bir soch sanalganiga va ulardan hech biri Uning ilohiy irodasisiz to'kilmasligiga va Xudoning O'zi Ruhi orqali ularda yashashligiga ishontirgan. U Uni qabul qilganlarning yuraklariga kiradigan Iso haqida tan olishlarini isbotlaydi.

Isoning shogirdlari Uning buyrug'lariga bo'ysunishni yo'lga qo'yishdi va Xudo ularning guvohliklarini tasdiqladi, xizmatlarini duo qilib, ishlari mobaynida qisqa vaqt uchun yiqilganlarning hammasini kamolotga yetkazdi. Siz harakat qilyapsizmi yoki hali ham xonangizda o'tiribsizmi? Odamlarning umidsizligi ularga mehrli bo'lish uchun yuragingizga tegdimi yoki yuragingiz hali ham toshmi? Siz yuragingizning tubida Masihning hayotini ko'rdingizmi? Shunday bo'lsa donolik bilan gapirib buni ifodalang. Jim turmang. Ayiblovchilardan qo'rqmang, balki Xudoning rejasi va irodasiga ergashing. Siz Xudo ba'zi foydasizlarni O'zining xabarchilari qilib tanlshini xohlaysizmi, chunki tanlangan xizmatkorlari jasurdirlar va bolalari Otalarining ulug'vorligi haqida tillarini ushlab turmaslik va xizmatlarini bajarmaslik uchun sababsiz kechirimni yashiradilar va tuzadilar.

Rabbiy Iso hatto bugun ham xizmatida olg'a borishni bizga buyuradi! Havoriy Matto Masihning ikkinchi gapini sodiqlik bilan bajarish uchun osmonu yerning Xudosidan bo'lgan buyrug' kabi jamladi. Bizning qaysi birimiz Shohlar Shohining, Rabbiylar Rabbiysining buyrug'ini buzish uchun shunday o'jar bo'lamiz?

Bu bizning oldimizdagi osmon taklifnomasi, sevgi taklifnomasi bo'lgan buyuk taklifnomadir. Muqaddas Ruhning kuchida dalolat berish, ibodat qilish, itoat qilish uchun va Uning taklifnomasini bajarish uchun biror xohish bormi?

IBODAT: Ey Rabiy, bizning buzuq dunyomizga O'g'ling Iso Masihni yuborganing uchun Senga rahmat aytamiz. Sen U orqali O'zing uchun havoriylaringni, cho'ponlaringni va guvohlaringni tanlading. Sening so'zing bizga yetib kelgani uchun, bizni tozalagani uchun, yangilab poklagani uchun Seni ulug'laymiz. Iltimos sevgi kuchi bilan bizni to'ldirgin, va yer-yuzida ruhiy shohligingni e'lon qilib, donolik bilan buni tan olishimiz uchun bizga iroda va botirlik bergin. Biz Muqaddas Ruhingning kuchida borishimiz va mehring va sevging hosillarini keltirishimiz uchun bizga turtki berib tanbeh bergin. Biz bilan va bizda qolgin. Hayot yo'llarida bizni boshqar, chunki Sen bizning kuchsiz so'zlarimiz Sening kuchli so'zlaring bo'lishi uchun bizni chaqirding.

SAVOL:

  1. Yo'qolganlarga voizlik qilish uchun Masihning buyrug'idan nimani o'rgandingiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 10, 2012, at 10:10 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)