Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 091 (The Baptist´s Disciples Question)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
B - KAFARNAHUM VA UNING ATROFIDAGI MASIHNING MO'JIZALARI (Matto 8:1 - 9:35)

9. Yahyoning Shogirdlarining Ro'za tutish haqidagi Savoli (Matto 9:14-17)


MATTO 9:14-15
14 U vaqt Yahyoning shogirdlari Isoning oldiga kelib so'radilar: - Bizlar va farziylar ko'p ro'za tutamiz-u, Sening shogirdlaring-chi, nega tutmaydilar? 15 Iso ularga dedi: - Kuyov davrada bo'lgan vaqtda to'y ahli a'za tutarmikan? Biroq kuyov ulardan judo bo'lgan kunlar keladi, ana o'shanda ro'za tutadilar.
(Mark 2:18-22; Luqo 5:33-38)

Masih o'sha vaqtda juda noqulay holatda zindonga otilgan suvga cho'mdiruvchi Yahyoning shogirdlari orqali so'ralgan savolga javob berishi orqali haqiqatning ma'nosini va yolg'on xudojo'ylikni bizga ko'rsatib beradi. Zahariyoning o'g'li odamlarni ayiblaridan kechirim so'rashga, tavba qilib ro'za tutishga o'rgatgan. Uning izdoshlari Masih ham shogirdlarini Xudo ularning qo'rquvlari, tavbalari va xudojo'ylikdagi tirishqoqliklariga shavqatli bo'lishi uchun siniqlikni va achinishni o'rqatgan deb o'ylashgan.

Ro'za tutish xudojo'ylik bilan bog'langaniga o'xshaydi. Ular ro'za tutishlari orqali Xudoning inoyatiga va gunohlardan kechirimga erishishni umid qilganlar. Bu mag'rurlik qanday daxshatlidir! Biroq inoyatga maoshga o'xshab erishilmaydi, bu pok inoyatdir. Ro'za tutish gunohni tozalamaydi va yovuzligingiz hayr-ehson qilish orqali yuvilmaydi. Siz Masihning qutqaruvida imoningiz orqali qutqarilgansiz. Shunda sizning ro'za tutishingiz savdo emas balki minnatdorchilik bo'ladi, olqishlashingiz kechirim uchun to'lov bo'lmaydi. Inoyat, najod, kechirim va qutqaruv bizga faqat Iso Masihning shaxsida keladi. U gunohlarimizni olgan va butunlay ayiblarimizni yuvgan Xudoning qurbonlik Qo'zisidir. Imon bizni Xudoga kelishga va yangi ahdda bizga berilgan birligida qolishga o'zgartiradi. Xudo sevgisining ahdi faqat oqlangan gunohkorlarni o'rab oladi. Ular Xudo sevgisining ahdi bilan birga bog'lanadilar. Iso ularni do'slaridek hisoblaydi va U kuyov ekanini tushuntiradi. Ular U bilan buyuk hursandchilikdadirlar! Masihiylar Isosiz bo'lgan odamlarga o'xshab g'am chekmasliklari kerak. Masihiylar qiyinchilikda havsizdirlar va ularning muammolari va vasvasalaridan qat'iy nazar ular Muqaddas Ruhning yupanchida qolishadi, chunki Xudo ular bilan bo'ladi va Masih ularning ichida yashaydi. Bu yagona imtiyozni tushungan kishi butun kuchi bilan Xudoni ulug'laydi va Uning buyuk inoyati uchun Unga rahmat aytadi.

Yahyoning shogirdlari ustozlarining amali bilan tez-tez nolib turganlar, chunki u na yeyish uchun va na ichish uchun kelgan edi. Odamlar ustozlarining tavba qilish e'tiqodlari bilan shikoyat qilib xuddi shu ichki qoidadan hatto har doim bo'lmasa ham yo'l boshilaridan namuna olishga zukko bo'ladilar.

Yahoning shogirdlari “Shogirdlaring ro'za tutmayapdilar” deb ularga o'xshab Masihning shogirdlari tez-tez ro'za tutmaganlari uchun ularni ayibladilar. Ular Masih ro'za tutish unsonlarga ko'rinishi uchun emas balki ularning ro'zalari yashirin bo'lishi uchun shogirdlarini yo'naltirganini bilmadilar. Shuning uchun, ular ro'za tutmaganliklarini tamomlash uchun bu ularning tuyg'usizligi edi, chunki ular ro'zalarini e'lon qilishmagan. Bu dunyoning nazoratiga va ko'z ostiga yiqilishi orqali biz boshqa odamlarning xudojo'yligini hukm qilmasligimiz kerak bo'lgan qoidaga bizni yetaklaydi. (o. 11) Masih bilan tortishuv shogirdlarga keltirildi va shogirdlar bilan tortishuv Masihga keltirildi (o. 14). Bu odamlarni xizmatkorlarga qarshi, xizmatkorlarni odamlarga qarshi va bir do'stni boshqasiga qarshi qo'yish uchun, dushmanlikni ekish va sevgini o'ldirish yo'lidir.

Shu bilan birga, Masih bizlarni Uning boshqaruvchisi bo'lishga chaqiradi. Kim yaqin insonlarimiz tomon jonlanishni boshlaydi va ko'plarni Masihning birligiga kelish uchun taklif etadi? Hayotingizda Najodkoringizning hursandchiligi sizga xizmat qilishga, voizlik qilishga va qattiq mehnat qilishga turtki beradimi? Yoki siz butun yurak bilan bu ishni qilmasdan balki jamoatingiz oldida bundan mag'rurlanish uchun yoki yana nimadir qilish uchun achchiq sirka ichganingizdek yuzingizni yerga qaratish uchun sizga turtki beradimi? Masihning ulug'vorligi uchun erkin iroda orqali qilinmaydigan har bir narsa sizni hukm kuni haqida ogohlantirishlarga ochadi. Sizga ishongan qobilyatlarga hisobot berish uchun Uning oldida turganingizda Rabbiyga nima deysiz?

Iso shogirdlariga U ularni tark etishini va osmonga ko'tarilishini aytgan edi. U bu tufayli ularga qo'rquv kelishini his qilgan. Ular imkon qadar Iso qayta yana kelishini so'rab ro'za tutib, ibodat qilib va yig'lashgan. Biz Masih bilan yaqin birlik vaqtida yashayapmiz, chunki U kelin va kuyov o'rtasidagi ruhiy a'loqaning belgisi kabi yuraklarimizga Muqaddas Ruhini yog'dirdi. Biz birlik ulug'vorlikda sezilishi uchun kuyovning kelishini kutyapmiz.

IBODAT: Bizni gunoh g'amidan birlikning hursandchiligiga chaqirib, qonunning og'irligidan sevgisining ahdiga qutqargan Muqaddas Xudoyimiz, Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh Senga hamdu sano bo'lsin. Biz Senga sajda qilib muqaddas nomingni ulug'laymiz. Iltimos biz Sening solihliging yer yuzida g'alaba qozonishi uchun Sening hursandchiligingni do'stalrimiz va dushmanlarimiz bilan bo'lishishimizga yordam ber. Omin.

SAVOL:

  1. Kuyovning do'stlari kimlar va ular qanday qilib yashashadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:44 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)