Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 066 (The Lord’s Prayer)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
2. XUDO OLDIDAGI BURCHLARIMIZ (Matto 6:1-18)

c) Rabbiyning Ibodati (Matto 6:9-13)


MATTO 6:11
11 Bugungi rizq-ro'zimizni bergin.

Bizning tabiiy borlig'imiz bu dunyodagi ruhiy sog'lig'imizga asoslangan. Shuning uchun, biz Xudoning farzandlaridek kerakli yordam uchun va Xudoning ino'mlari bo'lgan hozirgi hayotimizning yupanchi uchun Otamizga ibodat qilishga ruhsat etilganmiz.

Masihni orzu qilishmas edi. Iso bu yer-yuzida haqiqiy inson bo'lib yashagan. Unda ochlikni sezadigan va g'amho'rlikka, e'tibor va dam olishga muhtojlik tanasi bo'lgan. Iso Xudoni ulug'lab, Unga hursandchilik bilan xizmat qilish, kasallar uchun, och va kuchsizlar uchun qiyin ekanini bilar edi. Masih inson tanasidan jirkanmadi. U buni Muqaddas Ruhning ma'badi qildi va bizga buni asrashni va bundan Xudoga bo'lgan xizmat uchun xizmatimizda foydalanishni buyurdi.

Iso bizning oshqozonimiz ichkiliklar bilan to'lishi uchun bizga boylikni izlashni o'rgatmagan. Iso bizni biz azoblar, ochlik va chanqoqliklar orqali tanamizni muqaddaslaymiz deb faraz qilishimiz uchun qattiqlik va sabrga yetaklamagan. U bizga “Kundalik rizqimizni, ichimlikni, kiyim, ish, hordiq, uy-joy va hayotning muhtojliklarini bergin” deb Otamizga ibodat qilish uchun qoniqishni o'rgatgan. “Non” so'zi butun tanani, ruhni va insonning tanaviy muhtojliklarini qoplaydi. Biz faqat ovqat va ichimlik bilan qoniqadigan hayvonlar emasmiz. Bizga do'stlar, kitoblar, san'at va sog'liq kerak. Iso bizga mag'rurlik va osson hayotda yashashni emas balki Xudo uchun va hayotimizning muhtojliklari bilan hursandchilik va qoniqish bilan Uning xizmati uchun yashashga va hayotimizni saqlashga muhtoj bo'lgan hamma narsa uchun kamtarlik va ishonch bilan so'rashni bizga o'rgatgan.

Iso Rabbiyning Ibodatining so'rovlari “Men” degan birinchi insonni eslatmasligiga turib olgan. U buni “biz” ko'plik so'zi bilan joylashtirgan, chunki Muqaddas Ruh boshqalar uchun g'amho'rlikka va murojat etishga bizga o'rgatadi. Xudo faqat mening Otam emas. U barcha sodiq bo'lganlarning Otasidir. Uning sevgisi men bilan chegaralanmagan. Bu hamma odamlarni qoplaydi. Muqaddas Ruh Otamizdan faqat o'zimizning nonimiz uchun so'ramasdan balki hamma insoniyat uchun kundalik non va marhamatni so'rashimiz uchun o'zlik ibodatidan bizni ozod qiladi. U bizni hamma bilan oziq-ovqatimizni bo'lishish uchun tayyorlaydi.

Inson hayotining boshlig'i emas. U na uyining egasi, na vaqtini va muskullarining sohibidir. U Xudoning mavjudoti va Samoviy Otasining farzandidir. Bu nima uchun siz sizdagi bor narsa bilan Uniki ekaningizdir. Samoviy Otangiz sevgi xizmati uchun sizni yaratdi va U sizdan in'omlaringizni birodar va singillaringiz bilan birga bo'lishishingizni kutadi. Agar siz boshqalar uchun ham o'zingizga so'ragandek so'ramasdan, Otangiz faqat sizga yordam berib va qalbingizni saqlashini so'ray olmaysiz. G'alabangizning siri birinchi Xudoning shohligini va Uning solihligini qidirishdir, keyin boshqa narsalar sizga qo'shib beriladi.

Chunki sodiq ishchi kundalik nonga erishish uchun bir holatdir, biz Otamizdan boshqa odamlarga va bizga sofdil ish berishini so'raymiz.

Samoviy Otamiz g'oyat darajada boydir, lekin farzandlarining ochko'zligi va tosh yurakligi tufayli, U marhamatlarini tez-tez kechiktiriladi. Muqaddas Ruh bizga ochlar va muhtojlar uchun ham ibodat qilishga turtki beradi. Kundalik rizq-ro'zni so'rang, ertangi kun tashvishlarini qoldiring, chunki qudratli sevikli bo'lgan Otangiz siz uchun qayg'uradi.

IBODAT: Ey Samoviy Ota, yuragimizning tubidan Senga rahmat aytamiz chunki Sen gunohlarimiz uchun bizni ochlik bilan jazolamading. Iltimos bizning takkabburligimizni kechir va nonimizni och va muhtojlar bilan bo'lishishimizni bizga o'rgat. Hech qanday tashvishlar bizga to'siq bo'lmasligi uchun sevging bilan bizni to'ldir va hayotimiz va o'limimizda to'liq Senga ishonishimiz uchun bizga yordam ber. Iltimos ko'plarga ruhiy oziqadek, xushxabarni tarqatish uchun yetarli mablag'ni bergin. Bizga beradigan har bir yordam va boshqarishing uchun ham Senga rahmat aytamiz. Har bir muhtoj inson doimiy ravishda Senga xizmat qilishi uchun unga to'g'ri ish bergin. Omin.

SAVOL:

  1. “Kundalik non” ni qanday so'rov o'z ichiga oladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:24 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)