Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 040 (The Savior’s Ministry)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
C - MASIH JALILIDA XIZMATINI BOSHLAYDI (Matto 4:12-25)

3. Najodkor Xizmatining Go'zal Hisobi (Matto 4:23-25)


MATTO 4:23-25
23 Iso butun Jalilani aylanib chiqdi. U yurtning ibodatxonalarida ta'lim berib, Xudoning Shohligi to'g'risidagi Xushxabarni e'lon qilib, odamlardagi har turli kasallik va darmonsizlikni shifolab yurdi. 24 U haqdagi xabar butun Suriyaga yoyildi. Turli-tuman dardu illatlardan qiynalib yurganlar, jinga chalinganlar, tutqanoq va shol kasaliga yo'liqqanlarning hammasini Isoning oldiga keltirishar, U esa ularni sog'aytirar edi. 25 Jalila va O'nkent viloyatidan, Quddusdan, Yahudiya hamda O'rdunning narigi tomonidagi yurtlardan kelgan ko'plab xaloyiq Uning orqasidan ergashib bordi. (Mark 1:39; Luqo 4:31-44; Luqo 6:17-19)

Butun xushxabarning natijasi hisoblaniladigan bu oyatlar qanday go'zal! Bu Iso bir necha so'zlarda kimga gapirgan, qayerda bu ishni qilganligini ifodalaydi. Matinni qayta o'qing va siz Isoning qutqarish xizmati haqida keng fikrga ega bo'lasiz.

U O'ziga kelishga hammani chaqirish uchun e'lonni eshittirdi, lekin U kamtarligini va inoyatining sha'nini ko'rsatish uchun ularning oldiga bordi. U yurakdan kamtar va yumshoq ko'ngillidir va U qidirib, qutqarish uchun kelgan. Mashxur yahudiy tarixchisi Yusuf deydi, “Jalilada ikki yuztadan ortiq shahar va viloyatlar bo'lgan va hammasi yoki bulardan ko'plariga Masih tashrif buyurgan.”

Iso ibodatxonalarda xudojo'ylik bilan ta'lim berdi va ko'chalarda, hovlilarda, shahar chekkalarida qarovsiz qolgan imonsizlarga voizlik qildi. Matto bizga ta'lim berish va voizlik qilish o'rtasidagi muhim farqni ko'rsatib beradi. Ta'lim berish bu o'rganishdan savollarga javob berish va imonga ko'ra yaxshi tashkil qilingan fikrlarni yetkazib, berilgan matinlarni izohlash orqali bilim haqida puhta o'rganishdir. Bir tomondan voizlik qilish bu karnay sadosiga o'xshaydi. Bu gunohkorlar najodni qabul qilish uchun inoyat nuriga kelishlari uchun Xudoning chaqiruvidir. Ta'lim berishning maqsadi tajribali hayotda qo'llash kerak bo'lgan qoidalarni tushuntirishdir, holbuki voizlik qilishning maqsadi bu imonsizlarga najod xushxabarini taqdim etishdir. Iso bir vaqtda uztoz va voizxon bo'lgan.

Isoning ta'lim berishi va voizlik qilishining ishi shohlik xushxabri bo'lgan. “Xushxabar” so'zi Yunon tilida “euangelion” dir. Bu Rim Qaysarining uyida o'sha vaqtda dushmanlari ustidan bo'lgan g'alaba yoki bolalarining tug'ilgan hodisalar uchun ishlatilgan rasmiy e'loni bo'lgan. Bu so'z shahona oila darajasidagi yaxshi yangiliklarning e'lonini anglatadi. Biroq, Masihning xushxabari gunohni, o'limni va Shaytonni yengan O'g'lining tug'ilishi haqida Xudo bizga aytayotganidir. Iso Masih orqali bu dushman ustidan bo'lgan g'alaba ishonadiganlarning hammasiga ruhiy osmon shohligidagi yashash joyini taqdim qiladi. Bu ruhiy shohlik o'sib boradi va hech kim buni to'xtata olmaydi. Xushxabar bizga dunyoda Xudo sevgisining kuchining o'sishi haqida aytadi.

Masih faqat so'z bilan gapirmadi, balki hayoti bilan ham gapirdi. Uning yuragi Shaytonning hokimligi ostida azob tortayotganlar uchun mehr-shavqatga to'la edi. Iso ularga mehr ko'rsatdi va buyuk sevgisi tufayli ularga shifo berdi.

Isoda barcha ruhlar va barcha kasalliklar va illatlar ustidan hokimlik bor. Uchta umumiy terminlar buni ochib berish uchun Matto orqali shu yerda ishlatiladi. Birinchisi, “barcha kasalliklar”, bu ko'rni, karni, soqovni va cho'loqni o'z ichiga oladi; ikkinchisi, “barcha illatlar”, moxovni, ichburug'ni, istisqoni va xronik qonashni o'z ichiga oladi; uchinchisi, “og'riq”, jinga chalinishni, tutqanoqni va shaytonlashni o'z ichiga oladi. Bu illat o'tkir yoki xronik bo'lgan, va bu juda og'riqli yoki kuchsizlanish kasalligi bo'lgan, Masih uchun bir so'z bilan shifo berish uchun hech narsa juda qiyin emas. Iso qalb va tananing sahovatli Shifokoridir va Unda hamma narsalar haqida buyrug' bor. Dunyomizga yashash uchun Masihda jannat keldi. Yaratguvchi ijodiyotining oldiga tushdi va Unga ishonganlarni yangilashni boshladi. Bu dalil Masihiy bo'lmagan kitoblarda to'la aniqlik bilan topilgan bo'lishi mumkin.

Kasalni shifolash Isoning birinchi masalasi emas edi. U xalqqa voizlik qilishga diqqatini qaratgan keyin Unga ishonganlarni shifolagan. Dunyoning qayta yangilanishi hayr-sadaqa bilan, tejamkorlik rejalashtirish bilan yoki ijtimoiy sug'urta bilan boshlanmadi, balki tavba qilish orqali ruhiy qaytish va Masihga ishonish bilan boshlandi. Isoning shaxsligiga ishonish yuraklarni, munosabatlarni va holatlarni o'zgartiradi. Masihga yaqin chaqirilganlarning ko'plari boy, o'qimishli, yoki berilgan dindor bo'lmaganlar, balki ular miskin, gunohkor, kasal yoki jinga chalinganlar bo'lishgan. Iso shaxsining surati va Uning atrofida qiynalgan va muhtoj bo'lganlarning to'planishi qanday go'zal! U inoyat va mehrning, shofo va umidning manb'ayidir.

Bugun biz katta yig'ilish paytida shohlar va prizidentlar atrofida ulkan olomonlar turganini ko'ramiz. Biz shunchaki va'dalarni eshitamiz. Ularning so'zlari yuraklarga dalda bermaydi yoki tanalarni shifolamaydi. Lekin Iso Uning oldiga kelgan hammani shifoladi va Unga ishongan hammaning yuragiga dalda berdi. Ularning hammalari tezda shifo topdilar va bemorlar darhol ketdilar, gunohlar olindi va nopok ruhlar quvib chiqarildi. Isoning ulug'ligiga o'zlarini bag'ishlaganlar, ularni qutqarishi uchun Uning xohishiga ishonganlar va ularga yordam berish uchun xohishiga ishonganlar qanday qilib Isoning kuchi kasal tanalariga borganligini to'g'ridan to'g'ri guvohi bo'ldilar.

Iso kim ekanini bilasizmi? U kambag'al va qiynalganlar uchun sevgiga to'la bo'lgan sodiq Najodkordir. Siz Unga yaqinmisiz? Biz sizni U bilan birgaligingiz uchun tabriklaymiz, chunki biz ham har kuni U bizga kerak bo'lganlarmiz.

IBODAT: Dunyoning Najodkori, men Seni ulug'layman, chunki Sen hafa bo'lganlarni, nafrat etilganlarni, kasallarni va noumidlarni rad etmasdan balki ularni qabul qilding, shifolading va ularga dalda berding. Xudo, mening tilim Seni ulug'lash uchun boshqarilishi uchun ibodat qilaman. Do'stlarimdan ko'plari sevgingning shohligiga kelishlari uchun so'rayman. Ey Rabbiy, iltimos shifola, gapir, chaqir va zafar qozongin. Men kuching va hokimyatinga ishonib, Sening atrofinga kelaman. Men xohishinga, meni saqlash uchun va oilamni, do'stlarimni va qo'shnilarimni saqlab qolish uchun kuchinga ishonaman. Bugunlik kunda mening xalqimda ishlaringni amalga oshiryotganing uchun Senga rahmat aytaman. Omin.

SAVOL:

  1. Biz nima uchun Matto 4:23-25 ni kichik Xushxabar yoki Xushxabarning yig'indisi deb ataymiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:53 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)