Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- The Lord is my Shepherd -- 010 (Jesus revealed to us the Father)
This page in: -- Armenian -- English -- German -- Indonesian -- Kyrgyz -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

MAVZU 7: ZABUR 22 - Xudovand Cho’ponim Mening
Zabur 22 ni va Isoning cho’ponlik so’zlarini fikrlashlar
3. Men yaxshi Choponman

Iso bizga Otani ochib berdi


Iso O’zini ochib berishida hayotining negizini qayerdan kelib qayerga ketayotganligini aniqlab berdi. U yolg’iz emas edi. Uning osmondagi Otasi Uni inson qilib jonatgan edi, toki har bir inson muqaddas bo’lib gunohsiz yashasin.

Yuhanno: ”Kalom inson bo‘ldi, Oramizda yashadi. U inoyat va haqiqatga to‘lgandi. Biz esa Uning ulug‘vorligini ko‘rdik. Bu ulug‘vorlik Otadan kelgan yagona O‘g‘ilga mansub edi” (Yuhanno 1:14) – deb guvohlik berdi. Iso haqiqiy inson bo’lgan; U taniqli odamlarning avlodi bo’lgan. Shuning “Maryamning O’g’li” deyiladi. Shu bilan bir vaqtda Iso yana “Xudodan Xudo, nurdan Nur, haqiqiy Xudodan haqiqiy Xudo yaratish uchun emas Otasi bilan birga bo’lish uchun tug’ilgan.” Shuning uchun U Xudoning O’g’li deyiladi. U Maryamni Xudo bilan birga bo’lishidan tug’ilmagan. Hech kim bunday kufr to’g’risida hatto o’ylamasligi kerak, keling shu haqida gaplashamiz. Isoning tug’ilishi Muqaddas Ruh orqali sodir bo’lgan. Maryam Xudoning So’zini imon bilan qabul qildi. Shunday qilib Iso hayotining ilk boshlanishidan gunohsiz yashadi. Xudo muqaddas bo’lganidek muqaddas qoldi.

Isoning buyukligi Uning hammani ko’ruvchiligi va sevishida ochildi. Iso Xudoning hislatini butunlay bilgan. U insonlarni yashirin fikrlarini ko’rdi va ezilganlarni O’zinikidek qabul qildi. U ularga haqiqiy Xudoning: ”Ota!” nomini ochilishi uchun ularning tinchlik va najot xohishiga javob berdi. U gunohkorlarni hukm qilmadi, aksincha tavbalarini qabul qildi va ularga Xudo sevgisini, sodiqligini ko’rsatdi. U ularning imonini mustahkamladi, bilimlarini chuqurlashtirdi va ularni Qudratli Xudovandni “bizning Otamiz” deyishlariga ruhlantirdi. Bu yangi ochiqlik nafaqat Uni sevganlarga aqliy bilim bo’ldi, balki u ularni mehribon qilib sevgi ishlarini ko’rsatishga qobilyatli qilib hislatlarini ham o’zgartirdi. Yangi Ahddagi bilim hardoim faqat “bilish” ga emas, ”bo’lish” ga ham yo’naltiradi.

Iso hammani O’zining ko’ruvchiligi va shogirdlariga bo’lgan Uning sevgisini bu so’zlarda hulosa qildi:

Otam Meni va Men Otamni bilganimdek,
Men o’zimnikilarni, o’zimnikilar esa Meni biladi.

Iso shogirdlariga muqaddas sevgi ko’zi bilan qaradi. U ularga milisionerga o’xshab shafqatsiz munosabatda bo’lmadi va qattiq qo’l sudyaga o’xshab hukm qilmadi. U ularni yangilanishini xohlardi va Uning yangi ijodi ularda to’lishiga amin edi. Ular Uni qidirdilar va Uning xohishini bildilar. Iso ularni so’zi bilan etakladi.

Shunga loyiq tarzda Xudo O’g’lidan rozi bo’ldi. Ota O’g’lining kamtarligini va yaxshiligini bilardi, xizmat qilishga talab qilinmasa ham O’z xohishi bilan va tayyor ekanligiga amin edi. U O’zining o’zini rad qilish ruhini va Uning mehrini bildi, lekin Uning haqiqati, ustunligi va muqaddasligini ham tushundi. Ota O’g’lini har doim sevdi. O’g’il Otaning sevgisiga bo’ysunish bilan javob berdi. Ota bilan O’g’il orasidagi sevgi mukammalik uzuvi va Muqaddas Uch Birlikning siridir.

Iso Uning shogirdlari bu ilohiy hususiyatni tushunmaganliklarini bilardi. Lekin Iso Otasi Unga inoyat orqali xurmatni, Unga ishongan buzuq insonlarga Ruhini berishiga, ularni Ozining qiyofasi sari o’zgartirishiga ishondi. Ota va O’g’il orasidagi munosabat Masih bilan bizning oramizdagi munosabat uchun namuna bo’ldi.

Iso Muqaddas Ruhni kelishi Uning izdoshlariga va hamma odamlarga gunoh uchun ogohlantirish bo’lishini bilardi. Shuning uchun U, Pok Iso, dunyoning gunohini o’ziga oldi. Yaxshi Cho’pon O’zini kamtar tutib Xudoning qurbonlik Qo’zisi bo’ldi. U dunyoning hamma iflosliklarini O’ziga oldi. Iso hayotini qo’ylari uchun berganiga Otasi Uni sevishini aytdi. Bu tarixiy xochdagi o’limda Og’il Otasining bu buzuq dunyoni Yaratguvchisi bilan yarashtirish xohishini amalga oshirdi. Bundan keyin Xudo Qo’zisining qoni gunohga qul bo’lgan har bir insonni sotib olish huquqiga ega bo’lib, dunyodagi hamma magazinlar Uniki bo’lgani uchun Iso Xudo sotib olishi uchun hamma narsa sotib olinishi mumkin, shunday qilib gunohkorlar Isoga ergashish bilan gunohdan ozod bo’ladilar.

Cho’pon qo’ylarini yashashi uchun o’ldi. Uning xochi bizga abadiy hayot olib keldi. Iso shogirdlariga qarshi do’zaxning hamma ayblovlarini oqladi. U gunohni va uning jazosini bizni o’rnimizga oldi. U bizni solihsizligimizni sotib oldi. Shuning uchun biz Xudovand solih bo’lganidek solih bo’lamiz. Xudoning O’g’lini Muqaddasligi bizga imon orqali amalga oshadi. Iso Masih abadiylikka sotib olishni yaratdi va Xudoning hayotini ko’rinadigan qildi.

Isoning o’limi Xudoning xohishidir. Insonni yarashishi va Xudoning maqsadi xochda amalga oshadi. Kim o’zini oqlashni xohlasa yoki hatto o’zini gunohdan sotib olmoqchi bo’lsa hatoga yo’l qo’yadi. Isodan boshqa hech kim muqaddas emas. Yolg’iz U bizning Najotkorimizdir.

Yaxshi Cho’ponni tan olgan kishi va Iso unga nima qilganini tushungan kishi baxtlidir. Kim Uning sevgisini chuqurligini his qilsa va uni qabul qilsa, yuz tuban tiz cho’kadi va Ota va O’g’ilni olqishlaydi va hayotini Ularning boshqaruviga beradi.

Kim o’zini so’zlari bilan ibodat qila olmasa quyidagi ibodatni biz bilan aytishi mumkin:

Muqaddas Xudo men gunohlarim tufayli o’limga va abdiy la'natga loyiqman. Lekin O’gling Iso Masih biz uchun keldi va Sen bizni sevuvchi Otamiz ekanligingni aytdi. Sen O’g’lingni meni o’rnimga xochda qurbon qilding, U Sening g’azab to’la kosangni ichdi. Mening Cho’ponim gunohlarimni O’ziga oldi. U mening jazoyim uchun azob chekdi va mening o’limimni o’ldi. Men Ota, O’g’il va Muqaddas Ruhga Isoning xochdagi o’limi orqali men uchun va hamma odamlar uchun bergan abadiy najoting uchun ulug’layman. Men Seni men uchun va har bir inson uchun bergan najoting uchun sharaflayman. Uni qabul qilishga menga yordam ber va hech qachon ketishimga yo’l qo’yma.

IBODAT: Rabbiy Iso men Seni xurmat qilaman va sevaman va Ota meni Sen orqali qabul qiladi, chunki Sen meni gunohlarimga qaramasdan sevasan. Sen meni Shayton qudratidan ozod qilding va meni ma’badinga joylashtirding. Hayotim Sening qurbonligingga loyiq bo’lishi va har doim Senga ergashishim uchun yordam bergin. Mening yiringlab ketgan hayotimni qabul qil, yaxshilab va yaxshilab tozala, toki Sening ajoyib inoyatingni sharaflovchi bo’layin. Omin.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on August 09, 2013, at 11:13 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)