Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 19 - Conduct 1

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
G - Insonlar tomon bizning Burchlarimizga mansub Masihning Amrlari (HATTI-HARAKAT)

1. Yorliqlar



MASIHNING IZDOSHLARI UCHUN QONUNI

IKKINCHI QISM: Yangi Ahddagi Xatti-harakatlar va Maqsadlar yoki: Isoning Shogirdlari nima Qilishi Kerak?

B. Insonlar Tomon Burchlar

Matto 5:7,9 -- 7 Rahmdil bo'lganlar baxtlidir, chunki ular rahm-shavqat topur. 9 Tinchlik o'rnatuvchilar baxtlidir, chunki ular Xudo o'g'illari deyilur.
Matto 5:43-48 -- 43 “Yana: 'Qardoshingni sevgin, dushmaningdan nafratlan', - deb aytilganini eshitgansizlar. 44 Lekin Men sizga aytaman: dushmanlaringizni sevinglar. [Sizni la'natlaganlarni duo qilinglar. Sizdan nafratlanganlarga yaxshilik qilinglar. Sizning nomingizga isnod keltirganlar uchun,] sizga jabr-zulm o'tkazganlar uchun ibodat qilinglar. 45 Shunda siz osmondagi Otangizning o'g'illari bo'lasizlar. Chunki U O'z quyoshini yovuzlar ustiga ham, yaxshilar ustiga ham balqitadi, yomg'irini solihlar ustiga ham, fosiqlar ustiga ham yog'diradi. 46 Agar sizni sevadiganlarnigina sevsangiz, bundan sizga rahmat bo'lurmi? Soliqchilar ham xuddi shunday qilishmaydimi? 47 Agar siz faqat birodaringiz bilangina salomlashsangiz, qanday fazilatli ish qilgan bo'lasizlar? Butparastlar ham xuddi shunday qilishmaydimi? 48 Shunday qilib, osmondagi Otangiz barkamol bo'lgani kabi, siz ham barkamol bo'linglar”.
Matto 7:12 -- Odamlar sizga qanday muomala qilishlarini istasangiz, siz ham ularga shunday muomalada bo'ling. Tavrot va payg'ambarlar ta'limotining mag'zi shundadir.
Matto 12:7-8 -- 7 Agar sizlar Tavrotdagi: “Men qurbon emas, rahm-shavqat istayman” degan oyatga tushunganingizda, begunohlarni hukm qilmas edingizlar. 8 Chunki Inson O'g'li dam olish kunining ham hokimidir.
Matto 18:3-4 -- 3 Sizlarga chinini aytayin, - dedi. - Agar siz yo'lingizdan qaytib, bolalarday bo'lmasangiz, Osmon Shohligiga sira kirolmaysizlar. 4 Shunday qilib, kim bu bola kabi o'zini past olib yursa, Osmon Shohligida eng buyuk bo'ladi.
Matto 19:17-21 -- 17 Iso unga dedi: - Nega sen Mendan savobli ish haqida so'rayapsan? Birgina Xudodan boshqa hech kim savob egasi emas. Agar boqiy hayotga erishmoq istasang, ilohiy amrlarga rioya qil. 18 Qaysilariga? - deb so'radi u. Iso dedi: - “Odam o'ldirma. Zino qilma. O'g'irlik qilma. Soxta guvohlik berma. 19 Ota-onangni hurmat qil. O'zgani o'zing kabi sev”, degan amrlarni-da. 20 Yigit Unga dedi: - Men bularning hammasini yoshligimdan saqlab kelaman. Menga yana nima yetishmaydi? 21 Iso unga: - Agar komil bo'lishni istasang, bor hamma mol-mulkingni sotib, pulini kambag'allarga tarqat. Shundagina ko'kda xazinang bo'lur. Va kel, Mening ortimdan ergash, - dedi.
Matto 22:37-40 -- 37 Iso unga: - “Egang XUDOVANDni butun qalbing bilan, butun joning bilan va butun onging bilan sevgin”. 38 Bu--birinchi va eng buyuk amr. 39 Ikkinchisi esa shunga o'xshashdir: “O'zgani o'zing kabi sevgin”. 40 Butun Ilohiy Buyruq va payg'ambar oyatlarining hammasi ham mana shu ikki amrga tayanadi.
Matto 23:11-12 -- 11 Orangizdagi kattangiz sizlarga xizmatda bo'lsin. 12 Zero kim o'zini yuqori qo'ysa, pasaytiriladi. Kim o'zini past olib yursa, ulug'lanadi.
Matto 24:12-13 -- 12 Yovuzlik avjga chiqishi tufayli ko'pchilikning sevgisi soviydi. 13 Lekin oxirigacha chidagan qutiladi.

Hulosa

Xudo sevgidir va atrofimizdagi odamlar bilan bizning munosabatimizga bo'lgan Uning amrlari faqat muqaddas sevgidir. Xalqlarni o'z ichiga olgan O'rta Sharqda, bu har bir odam o'zining xalqining har bir a'zosini butun qalbi bilan sevishi va himoya qilishi kerakligini anglatadi; va bu xalqlarning har bir kishida boshqa a'zolar ushun javobgar bo'lish burchi bor. Xalqlar hatto u yaqinda gunoh qilgan bo'lsa ham, uni himoya qilishlariga, oqlashlariga va u hatto kerakli narsaga to'lov to'lay olmasa ham, unga eng yaxshi narsani to'lashlariga to'g'ri keladi.

Iso bu hayotsiz xalqga hos namunani yengib chiqdi. Iso xalqga hos bo'lgan qizg'anchiqlik va yoqtirmaslik ruhlaridan bosh tortib, O'zining rahimdil Samariyalik haqidagi mataliga diqqatini qaratdi, bu nafratlanilgan o'zga kishi uning o'z xalqining dindor oqsoqollari bu yaralangan kishi haqida qayg'urmasdan, e'tibor bermasdan uning yonidan o'tib ketishyotganda, bu Samariyalik o'g'irilarning orasiga tushgan eng yaxshi qo'shni bo'ldi. (Luqo 10:25-37)

Iso sevgini oltin qoidalarda qo'shnilar tomon tushuntirib berdi: “Oadamlar sizga qanday muomala qilishlarini istasangiz, siz ham ularga shunday muomalada bo'ling. Tavrot va payg'ambarlar ta'limotining mag'zi shundadir”. (Matto 7:12) Biz boshqalardan nima kutamiz? Biz ulardan qiziqish, mehr, hurmat, qiyinchilikda yordam kutamiz; va tashvish, va qoqilish emas, balki agar ular imonli bo'lsalar yordamni, tajriba almashishni va o'tinchni kutamiz. Bu bizga hos birinchi navbatda biz ularga qilishimiz kerak bo'lgan yaxshi nuqtasining eng kichigi kabi talab qilinadi.

Ruhiy sevgining ma'nolari qo'shnilar bilan gaplashganimizda Ruhning rahbarligini izlashni va qiynalgan yuraklar uchun kechirimni, azoblanishni va marhamatni o'z ichiga olish ushun juda uzoq kengaytiriladi. Agar qo'shningiz Isoni bilmasa, biz Najodkorni bu dunyoning nuri kabi ularga ko'rsatishimiz kerak va ular yuraklarining ko'zi bilan Isoni ko'rishlari uchun ibodat qilishimiz kerak. Agar ochiq gapirish uchun imkoniyat bo'lmasa, unday holda biz bayramlarda va boshqa hollarda hadya etadigan foydali adabiyot yoki ruhiy yozmalar bor.

Iso izdoshlarini yolg'izlikdan olib chiqishni istadi va ularga xalqlari tomon kengaytiradigan zakovat berib, ularni aqilsizlikdan ozod qildi. Iso O'zining cheksiz sevgisining amri bilan yangi ijtimoiy qoidalarini yaratdi. Bizlar o'zini sevuvchilar kabi Uning tajribali sevgisining talablaridan hayotimiz uchun hanuz uzoq bo'lishimiz mumkin; shuning uchun, Iso O'zini bu yangi ijtimoiy madanyatning markazi qildi. Biz Iso bilan birlashganimiz va boshqalar bilan ham birlashganimiz qanday ajoyib. Iso O'zining iltijo ibodatida bu sirni tan oldi, U shunday degan: “Hammalari bir bo'lishsin. Ey Ota, Sen Menda va Men Senda hozir bo'lganimizga o'xshab, ular ham bizda hozir bo'lib, bir bo'lishsin. Shu tariqa dunyo Meni Sen yoborganingga inonsin.” (Yuhanno 17:21)

Iso tajribali kishi bo'lgan. U bu dunyo uchun bu ibodatni qilmagan balki jamoati uchun qilgan. U Xudosiz inson muqaddas sevgini bilmasligini balki gunoh zanjiriga ochko'zlik va rohat orqali harakatlanishini bilar edi. Biroq, Isoga ergashadigan kishi xizmatga bag'ishlanadi. U kishi Isoning oliy darajalariga fikrini qaratgunicha har kuni o'zining takabburligini yengib chiqaveradi: “Zero Inson O'g'li ham O'ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O'zi xizmat qilish va O'z jonini fido qilib, ko'plarni qutqarish uchun kelgan.” (Matto 20:28)

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 07, 2013, at 09:01 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)