Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 18 - Worship 7

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Indonesian? -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
F - Xudo tomon bizning Burchlarimizga mansub Masihning Amrlari (SAJDA)

7. Osmon Shohligini Kengaytirish



Matto 4:19-25 -- 19 Iso ularga: “Mening orqamdan yuringlar, Men sizni inson ovchilari qilaman”, - dedi. 20 Aka-uka darhol to'rlarini qoldirib, Uning orqasidan ergashdilar. 21 U yerdan o'tayotib, Iso boshqa ikki aka-uka – Zabadiyning o'g'li Yoqub va uning ukasi Yuhannoni ko'rib qoldi. Ular otalari Zabadiy bilan birga qayiqda to'rlarini yamab o'tirishgan edi. Iso ularni ham chaqirdi. 22 Ular ham darhol qayiqni va otalarini qoldirib, Isoning orqasidan ergashdilar. 23 Iso butun Jalilani aylanib chiqdi. U yurtning ibodatxonalarida ta'lim berib, Xudoning Shohligi to'g'risidagi Xushxabarni e'lon qilib, odamlardagi har turli kasallik va darmonsizlikni shifolab yurdi. 24 U haqdagi xabar butun Suriyaga yoyildi. Turli-tuman dardu illatlardan qiynalib yurganlar, jinga chalinganlar, tutqanoq va shol kasaliga yo'liqqanlarning hammasini Isoning oldiga keltirishar, U esa ularni sog'aytirar edi. 25 Jalila va O'nkent viloyatidan, Quddusdan, Yahudiya hamda O'rdunning nargi tomonidagi yurtlardan kelgan ko'plab xaloyiq Uning orqasidan ergashib bordi.
Matto 5:5.7.9-12 -- 5 Beozor bo'lganlar bahtlidir, chunki ular yer yuziga ega bo'lur. … 7 Rahmdil bo'lganlar bahtlidir, chunki ular rahm-shavqat topur. … 9 Tinchlik o'rnatuvchilar bahtlidir, chunki ular Xudo o'g'illari deyilur. 10 Adolat yo'lida jabr ko'rganlar bahtlidir, chunki Osmon Shohligi ularnikidir. 11 Men tufayli odamlar sizni haqoratlab quvg'in etsa, siz haqda yolg'on gapirib fisqu g'iybat qilsa, bahtlisiz! 12 Sevininglar va hursand bo'linglar, chunki sizga osmon mukofoti buyuk. Sizdan avval o'tgan payg'ambarlar ham shunday quvg'in bo'lgan”.
Matto 5:13-16 -- 13Siz – yerning tuzisizlar. Agar tuz kuchini yo'qotsa, uni yana qanday sho'r qilish mumkin? U endi chiqitga tashlab yuboriladi, oyoq ostida poymol bo'lishdan boshqaga yaramaydi. 14 Siz – dunyoning nurisizlar. Tog'ning tepasida qurilgan shahar yashirin qolmaydi. 15 Shuningdek, shamni yoqib, keyin idish bilan yopib qo'yishmaydi. Uydagilarning hammasiga yorug'lik bersin, deb uni shamdonga qo'yishadi. 16 Ayni ravishda sizning nuringiz ham insonlar oldida shunday porlasinki, ular yaxshi ishlaringizni ko'rib, osmondagi Otangizni ulug'lasinlar”.
Matto 6:9-13 -- 9 Sizlar esa bunday ibodat qilinglar:
Bizning osmondagi Otamiz!
Sening muqaddas isming ulug'lansin.
10 Sening Shohliging kelsin.
Osmonda bo'lgani kabi,
yerda ham Sening irodang bajo kelsin.

11 Bugungi rizq-ro'zimizni bergin.
12 Bizga gunoh qilganlarni biz kechirgandek,
Sen ham bizning gunohlarimizni kechirgin.
13 Bizni vasvasaga duchor qilmagin,
Ammo yovuz shaytondan halos qilgin.

[Saltanat, kuch-qudrat va shon-shuhrat to abad Senikidir. Omin]
Matto 6:33-34 -- 33 Siz avvalo Xudoning Shohligi va Uning irodasi payidan bo'linglar, shunda bularning hammasi sizga qo'shimcha qilib beriladi. 34 Binobarin, ertagi kun haqida tashvish tortmanglar. Ertaning tashvishi ertaning o'ziga tegishlidir. Har bir kunning dardi o'ziga yetar”.
Matto 7:6 -- Muqaddas bo'lgan narsani itlarga bermang, marvaridlaringizni cho'chqalar oldiga tashlamang. Tag'in bularni oyoq-osti qilib, so'ngra o'zingizni tilka-pora qilmasinlar!
Matto 9:36-38 -- 36 Xalq olomonini ko'rib, Iso ularga achindi; chunki cho'ponsiz qo'ylarday dovdiragan va holdan toygan edilar. 37 O'sha vaqtda Iso O'z shogirdlariga dedi: “Hosil mo'l, biroq yumushchilar oz. 38 O'z hosilingni yig'ib-teradigan yumushchilar yubor, deb hosil egasiga iltijo qilinglar”.
Matto 10:1.5-20 -- 1 Iso O'zining o'n ikki shogirdini yoniga chaqirib, odamlardan yomon ruhlarni quvib chiqarish va har qanday dardu illatni sog'aytirish uchun ularga qudrat ato etdi. 5 Iso bu o'n ikkovini jo'natib, buyruq berdi: “Majusiylar yo'liga oyoq bosmanglar va samariyaliklarning biron shahriga kirmanglarr. 6 Aksincha, adashgan qo'ylarga o'xshagan Isroil xalqi oldiga boringlar. 7 Yo'lingiz qayga tushmasin, elga: “Osmon Shohligi yaqinlab qoldi”, - deb e'lon qilinglar. 8 Hastalarni sog'aytiringlar, moxovlarni pok qilinglar, o'liklarni tiriltiringlar, jinlarni quvib chiqaringlar. Tekin oldingizlar, tekin beringlar. 9 Belbog'laringizga oltin, kumush yoki mis pul ham tugmanglar. 10 Yo'l uchun na to'rva, na bir juft ko'ylak, na choriq va na-da hassa olinglar. Chunki mehnatkash o'zining non-nasibasiga munosibdir. 11 Qaysi shahar yoki qishloqqa kirsangiz, u yerda o'zingizga munosiblarnigina yo'qlab boring va jo'naguningizgacha o'sha yerda qolinglar. 12 Uyga kirayotganingizda uy ahliga salom beringlar. 13 Agar u uy ahli niyatingizga munosib bo'lsa, ularning boshi salomat bo'ladi. Agarda munosib bo'lmasa, salomingiz sizga qaytib keladi. 14 Agar kim sizni qabul qilmasa va so'zlaringizga quloq solmasa, u uydan yoki shahardan chiqib ketayotganingizda oyoqlaringizdan changni ham qoqib ketinglar. 15 Sizga chinini aytayin: qiyomat kunida bunday shahardan ko'ra Sado'm va G'amo'ra yerining ahvoli yengilroq bo'ladi”. 16Mana, Men sizlarni bo'rilarning orasiga qo'ylar kabi yuboryapman. Siz ilondek ziyrak, kaptardek sodda bo'linglar. 17 Insonlardan ehtiyot bo'linglar; chunki sizlarni adliyaga topshirib, ibodatxonalarida kaltaklaydilar. 18 Mening nomim uchun sizlarni hokimlar va podshohlar qoshiga olib boradilar, siz esa ular va turli xalqlar oldida Mening guvohlarim bo'lasizlar. 19 Sizni tutib berishyotganida esa nimani aytamiz, qanday gapiramiz, deb o'ylab qayg'urmanglar. Nima aytishingiz kerakligi o'sha onda sizlarga uqtiriladi. 20 Chunki o'zlaringiz emas, ichingizdagi Otangizning Ruhi gapiradi.
Matto 10:21-23,28-37.40.42 -- 21 Aka ukasini, ota o'g'lini o'limga topshiradi. Bolalar o'z ota-onalariga qarshi chiqib, ularni o'ldirtiradilar. 22 Mening nomim tufayli hamma sizlardan nafratlanadi. Lekin oxirigacha chidagan qutiladi. 23 Agar sizlarni bir shahardan quvsalar, boshqasiga qochib o'tinglar. Sizlarga chinini aytayin: sizlar Isroilning shaharlarini aylanib chiqishga ulgurmasingizdan, Inson O'g'li yer yuziga qaytib keladi. 28 Tanni o'ldirib, jonni esa o'ldira olmaydiganlardan qo'rqmanglar. Yaxshisi, jonni ham, tanni ham jahannamda halok etishga qodir bo'lgan Xudodan qo'rqinglar. 29 Ikkita chumchuq bir tangaga sotilmaydimi? Ammo Otangiz rozi bo'lmasdan, ularning bittasi ham yerga tushmaydi. 30 Sizlarga kelganda, boshingizdagi sochlaringizning hammasi ham sanalgandir. 31 Shuning uchun qo'rqmanglar, sizlar talay chumchuqlardan ko'ra qadirliroqsiz”. 32Kimda-kim insonlar oldida Meni tan olsa, Men ham osmonga Otamning oldida uni tan olaman. 33 Biroq, kim insonlar oldida Meni inkor etsa, Men ham osmondagi Otamning oldida uni inkor etaman. 34 Meni yer yuziga tinchlik keltirish uchun kelgan, deb o'ylamanglar. Men tinchlik emas, balki qilich keltirgani kelganman. 35 Odamni otasidan, qizni onasidan, kelinni qaynonasidan ajratish uchun kelganman. 36 Odamning dushmanlari o'z uydagilari bo'ladi. 37 Ota yoki onasini Mendan ortiq sevgan Menga loyiq emas. O'g'li yoki qizini Mendan ortiq sevgan Menga loyiq emas.40 Sizni qabul qilgan Meni qabul qiladi. Meni qabul qilgan esa Meni Yuborganni qabul qilgan bo'ladi. 42 Kimki shogirdlik hurmati deb, bularning hatto eng kichigiga bir piyola sovuq suvgina ichirsa ham, chindan sizlarga aytamanki, u ehsoniga sazovor bo'lur”.
Luqo 10:17-20 -- 17 Yetmish shogird quvonch bilan safardan aytib kelib Isoga: - Rabbiy, Sening nomingni tilga olsak, jinlar ham bizga bo'ysunadi-ku! - dedilar. 18 Iso ularga dedi: - Men shaytonning osmondan yashinday tushganini ko'rdim. 19 Mana, Men sizlarga ilonu chayonlarni ezib tashlash hamda dushmanning butun kuch-qudratini oyoq osti qilish iqdidorini berganman. Hech narsa sizlarga zarar yetkazmaydi. 20 Biroq ruhlar sizga bo'ysunayotganidan quvonmanglar, balki nomlaringiz osmonda yozilganidan quvoninglar!
Matto 13:3-9 -- 3 Iso ularga masal yo'li bilan ko'p nasihatlar qildi: “Urug' sepuvchi urug' sepgani chiqibdi. 4 Urug' sepayotganida ba'zi urug'lar yo'l yoqasiga tushibdi. Qushlar uchib kelib, ularni cho'qib ketibdi. 5 Boshqa ba'zi urug'lar esa tuprog'i kam toshloqqa tushibdi. Tuproq sayoz bo'lganidan, urug'lar tez ko'karib chiqibdi. 6 Biroq quyosh chiqqach, so'lib, ildizi bo'lmagani uchun qurib qolibdi. 7 Yana boshqa ba'zi urug'lar tikanlar orasiga tushibdi. Tikanlar o'sib, urug'larni bo'g'ib qo'yibdi. 8 Yana boshqa urug'lar esa yaxshi yerga tushib, ba'zisi yuz, ba'zisi oltmish, ba'zisi o'ttiz qat hosil beribdi. 9 Kimning eshitar qulog'i bo'lsa, eshitsin!”
Matto 13:31-35 -- 31 Iso ularga yana boshqa bir masalni aytib berdi: “Osmon Shohligi bir odam o'z dalasiga sepib qo'ygan xantal urug'iga o'xshaydi. 32 U barcha urug'lardan kichik bo'lsa-da, lekin yetilgach, hamma ko'katlardan baland bo'lib o'sadi. U shunday daraxt bo'ladiki, ko'k yuzidagi qushlar uchub kelib, uning shoxlarini o'zlariga uya qiladilar”. 33 Iso ularga boshqa bir masalni ham aytib berdi: “Osmon Shohligi bir ayol butun xamirni oshirish uchun uch tog'ora unga qorishtirib solgan xamirturush burdasiga o'xshaydi”. 34 Iso bularning hammasini xalqqa masallar bilan tushuntirardi. Masalsiz ularga hech narsani tushuntirmas edi. 35 Shu bilan payg'ambarga vahiy bo'lgan shu so'z bajo keldi: “Og'zimni masallar aytmoqqa ochib, Azaliy sirlardan voqif etaman”.
Matto 13:24-30.37-43 -- 24 Iso ularga boshqa bir masalni keltirdi: “Osmon Shohligi o'z dalasiga yaxshi urug' sepgan bir odamga o'xshaydi. 25 Hamma uxlab yotganda, u odamning dushmani kelib bug'doy orasiga begona o't urug'larini sepib ketibdi. 26 Ekin ko'karib boshoq chiqarganida, begona o'tlar ham paydo bo'libdi. 27 Yer egasining xizmatkorlari kelib: - Xo'jayin, siz dalangizga yaxshi urug' sepgan emasmidingiz? Endi bu begona o'tlar qayerdan paydo bo'ldi? - deb so'rashibdi. 28 – Bu dushmanning ishidir, - debdi yer egasi. - Istasangiz, biz borib ularni yulib tashlaymiz, - deyishibdi xizmatkorlar. 29 – Yo'q, - debdi u, - sizlar begona o'tlarni yulayotganda, ular bilan birga bug'doyni ham yulib olishingiz mumkin. 30 O'rim-yig'im vaqtigacha qo'yinglar, u ham, bu ham birga o'saversin. O'rim-yig'im bo'lgach, men o'roqchilarga: “Oldin begona o'tlarni o'rib olinglar va bog'-bog' qilib yoqishga tayyorlanglar. Bug'doyini esa mening omborimga to'plab qo'yinglar”, deb aytaman”. 37 Iso ularga javoban dedi: - Yaxshi urug'ni sepgan – Inson O'g'lidir, 38 dala esa – dunyo. Yaxshi urug'lar – Xudo hokimyatidagi odamlar, begona o'tlar esa – yovuz shayton hokimyatidagi odamlardir. 39 Begona o'tlarni sepgan dushman bo'lsa – iblisdir. O'rim-yig'im – dunyoning oxiri, o'roqchilar esa farishtalarga teng keladi. 40 Begona o'tlarni qanday terib o'tda yoqsalar, bu dunyoning oxirida ham shunday bo'ladi. 41 Inson O'g'li O'z farishtalarini yuboradi, ular esa gunohga sabab bo'lgan va yomonlik qilib yurgan barchani Uning Shohligidan yig'ib olib, 42 lovullab turgan o'choqqa tashlaydilar. U yerda yig'i-sig'i va ohu nola bo'ladi. 43 O'shanda solihlar o'z Otalarining Shohligida quyosh kabi porlaydilar. Kimning eshitar qulog'i bo'lsa, eshitsin!
Matto 13:47-50 -- 47Yana Osmon Shohligi dengizga tashlangan va turli baliqlarni tutgan to'rga o'xshaydi. 48 To'r to'lgach, uni qirg'oqqa tortib chiqarishibdi va o'tirishib, yaxshi baliqlarni saralab idishlarga solishibdi, yomonlarini esa tashqariga tashlab yuborishibdi. 49 Dunyoning oxirida ham shunday bo'ladi: farishtalar kelib, fosihlarni solihlar orasidan ajratib, 50 ularni lovullab turgan o'choqqa tashlaydilar. U yerda yig'i-sig'i va ohu nola bo'ladi”.
Matto 14:14-21 -- 14 Iso qayiqdan chiqib, tumonat odamni ko'rdi. Ularga achindi va ularning hastalariga shifo berdi. 15 Oqshom tushgach, shogirdlari Uning yoniga kelib dedilar: - Bu yerlar yovon ekan, endi vaqt kech bo'lib qoldi. Xaloyiqqa ruhsat bergin, qishloqlarga borib o'zlariga ovqat sotib olsinlar. 16 Lekin Iso ularga: - Ular ketishlari kerak emas, sizlar ularga ovqat beringlar, - dedi. 17 – Bu yerda bizning beshta non va ikta balig'imiz bor holos, - deyishdi Unga. 18 - Ularni bu yerga, Menga keltiringlar, - dedi Iso. 19 So'ng U xaloyiqqa o't ustiga yonboshlashlarini buyurdi. Beshta non bilan ikta baliqni olib, osmonga qarab duo qildi. Nonlarni sindirib shogirdlariga berdi, ular esa xaloyiqqa tarqatishdi. 20 Hammalarining qorni to'ydi. Ortib qolgan burda nonlarni terib olishganda, to'la o'n ikki savat chiqdi. 21 Yeganlar esa xotinlar va bolalardan tashqari besh mingga yaqin kishi edi.
Yuhanno 8:12 -- Iso yana xalqqa xitob qildi: - Men olamning nuriman. Kimki Menga ergashsa, zulmatda yurmaydi, balki hayot nuriga ega bo'ladi.
Luqo 15:4-7 -- 4 “Sizlardan kimningdir yuzta qo'yi bo'lsa-yu, ulardan birortasini yo'qotsa, to'qson to'qqiztasini dashtda qoldirib, qolgan qo'yni topmaguncha qidirmaydimi? 5 Uni topgach, quvonib yelkasiga olib ko'tarib ketadi. 6 Uyga kelgach do'stlari bilan qo'shnilarini chaqirib: “Men bilan birga quvoninglar, men yo'qolgan qo'yimni topdim”, - deydi. 7 Sizlarga aytamanki, xuddi shunga o'xshab, tavbaga hojat sezmagan to'qson to'qqiz taqvodordan ko'ra, tavba qilgan bittagina gunohkor uchun osmonda shodlik bo'ladi.
Yuhanno 10:16 -- Bu qo'radagidan boshqa qo'ylarim ham bor. Ularni ham olib kelishim KERAK. Ular ham Mening tovushimni eshitadi va bir suruv va bir cho'pon bo'ladi.
Matto 18:18-20 -- 18 Sizlarga chinini aytayin: yer yuzida sizlar nimaiki bog'lasangizlar, osmonda ham bog'langan bo'ladi. Yer yuzida nimaiki yechsangizlar, osmonda ham yechilgan bo'ladi. 19 Sizlarga yana shuni ham aytay: agar yer yuzida sizdan ikki kishi yakdil bo'lib, qandaydir bir narsani so'rashsa, Mening osmondagi Otam ularning tilagini bajaradi. 20 Qayerda ikki yoki uch kishi Mening nomim uchun yig'ilsa, Men shu yerda ularning o'rtasida bo'laman”.
Matto 19:12 -- Ba'zi kishilarning onadan tug'ma erkakligi zayifdir. Boshqalar esa odamlar tomonidan axta qilinadilar. Yana boshqalar Osmon Shohligi yo'lida uylanishdan voz kechadilar. Uddalagan bu gaplarning mag'zini chaqsin.
Matto 21:28-31 -- 28 “Sizlarning fikringiz qanday? Bir odamning ikki o'g'li bor ekan. U birinchisiga kelib: - O'g'lim, bugun borib uzumzorimizda ishla, - debdi. 29 Ammo u: - Istamayman! - deb so'z qaytaribdi. Keyin pushaymon bo'lib, boribdi. 30 U odam ikkinchi o'g'liga kelib, yana shunday debdi. Bunisi javob berib: - Xo'p xo'jayin, boraman, - debdi-yu, lekin bormabdi. 31 Ikkovidan qaysi biri otasining xohishini bajo keltirgan bo'ladi?” Isoga: “Birinchisi”, - dedilar. U ularga: “Sizlarga chinini aytayin, - dedi. - Sayoqlaru fohishalar Xudoning Shohligiga sizlardan oldin erishmoqdalar.
Matto 21:33-44 -- 33Endi boshqa bir masalni eshiting: bir yer egasi bor ekan. U uzumzor yaratib, atrof-tevaragini panjara bilan o'rab, ichida iskanja va qo'riqchi minorasi quribdi-da, uzumzorni bog'bonlarga tashlab, o'zi vaqtincha boshqa mamlakatga ketibdi. 34 Hosil mavsumi yaqinlashgach, o'zining mahsulini olish uchun bog'bonlarning oldiga xizmatkorlarini yuboribdi. 35 Bog'bonlar esa uning xizmatkorlarini tutishibdi va kimini urib, kimini o'ldirib, kimini esa toshbo'ron qilishibdi. 36 Bog' egasi bu gal avvalgidan ham ko'proq boshqa xizmatkorlarini yuboribdi. Bog'bonlar esa ular bilan ham shunday qilishibdi. 37 Oxirida bog' egasi: - O'g'limni hurmat etarlar, - deb ularning oldiga o'z o'g'lini yuboribdi. 38 Lekin bog'bonlar o'g'lini ko'rib, bir-biriga: - Bu merosxor-ku, qani uni o'ldirib, merosiga ega bo'laylik, - deyishibdi. 39 Uni tutib, uzumzordan tashqariga chiqarib, o'ldirishibdi. 40 Shunday qilib, uzumzorning egasi qaytib kelganda, bu bog'bonlarni nima qilar ekan?” 41 Tinglayotganlar Isoga: “Bu yovuz odamlarni yovuzlarcha yo'q qilib, uzumzorni esa mavsumida hosilini terib turadigan boshqa bog'bonlarga ijaraga beradi”, - dedilar. 42 Iso ularga dedi: “Nahotki siz Zaburdagi bu so'zni hech o'qimagan bo'lsangizlar? “Binokorlar keraksiz deb tashlagan tosh Naq binoning peshtoqidan joy oldi. Bu XUDOVANDNING irodasi tufaylidir, bizga esa ajoyibot timsolidir”. 43 Shuning uchun sizlarga aytamanki, Xudoning Shohligi sizdan olinib, tegishli hosilini yetishtiruvchi xalqqa beriladi. 44 Kimki bu toshga yiqilsa, parchalanib ketadi. Tosh kimning ustiga tushsa, uni ezib yuboradi”.
Yuhanno 17:20-21 -- 20 Men faqat ular uchungina so'ramayman, balki ularning gapi bo'yicha Menga imon keltiradiganlar uchun ham so'rayman: 21 Hammalari bir bo'lishsin. Ey Ota, Sen Menda va Men Senda hozir bo'lganimizga o'xshab, ular ham bizda hozir bo'lib, bir bo'lishsin. Shu tariqa dunyo Meni Sen yuborganingga inonsin.
Luqo 14:16-24 -- 16 Iso o'z navbatida unga dedi: “Bir odam kechki katta dasturxon yasab, ko'plarni taklif etibdi. 17 Ziyofat vaqti yetganda: - Kelinglar, dasturxon tayyor bo'ldi, - deb mehmonlarni chaqirmoq uchun xizmatkorini yuboribdi. 18 Shunda hammalari kelishib olgandek, uzr so'ray boshlashibdi. Birinchisi unga: - Men yer sotib oldim, borib uni ko'rishim kerak. Iltimos, meni kechiring, - debdi. 19 Boshqasi esa: - Men besh juft xo'kiz sotib oldim, ularni sinagani boryapman. Iltimos, meni kechiring, - debdi. 20 Uchinchi birovi ham: - Men xotin oldim, shuning uchun kelolmayman, - debdi. 21 Xizmatkor qaytib kelib, xo'jayiniga vaziyatni tushuntiribdi. Xo'jayin g'azablanib, xizmatkoriga: - Tez bo'l, shaharning yo'lak va ko'chalarini kezib chiq, qashshoq, mayib, shol va ko'rlarni bu yerga olib kel, - debdi. 22 Xizmatkor borib kelib: - Xo'jayin, buyurganlaringizni bajardim-u, yana ham bo'sh joy bor, - debdi. 23 Shunda xo'jayin xizmatkoriga: - Yo'llarga chiq, so'qmoqlarga bor, elni kelishga qista, toki uyim to'lsin, - debdi. 24 – Sizlarga aytamanki, chaqirilgan odamlardan birortasi ham ziyofatimdan totib ko'rmaydi. [Chunki da'vat etilganlar ko'p, ammo tanlanganlar ozdir.]”
Matto 23:13 --Ey ulamoyu farziylar, munofiqlar! Osmon Shohligini insonlarga bekitib qo'yganingiz uchun holingizga voy! O'zlaringiz ham unga kirmayapsizlar, kirmoqchi bo'lganlarga ham yo'l qo'ymayapsizlar.
Matto 24:11-14 -- 11 Ko'pdan-ko'p soxta payg'ambarlar paydo bo'lib, ko'plarni yo'ldan uradi. 12 Yovuzlik avjga chiqishi tufayli ko'pchilikning sevgisi soviydi. 13 Lekin oxirigacha chidagan qutiladi. 14 Xudo saltanati to'g'risidagi Injil Xushxabari hamma xalqlarga dalolat bo'lish uchun jahon bo'ylab targ'ib qilinadi va o'shandagina so'ng bo'ladi”.
Matto 24:20 -- Qochishingiz qishga yoki dam olish kuniga to'g'ri kelmasligi uchun ibodat qilinglar.
Matto 26:52 -- Lekin Iso unga: - Qilichingni joyiga qaytarib qo'y! Qilich ko'targan bari qilichdan halok bo'lur.
Matto 28:5-10 -- 5 Farishta so'zini ayollarga qaratib: - Sizlar qo'rqmanglar! - dedi. - Xochga mixlangan Isoni izlayotganlaringizni bilaman. 6 U bu yerda yo'q. O'zi aytganidek, qayta tirilib ketdi. Kelinglar, Rabbingiz yotgan joyni ko'ringlar. 7 Endi tezroq borib, Uning shogirdlariga: “Iso tirildi, U sizdan oldin Jalilaga ketyapdi, Uni o'sha yerda ko'rasizlar”, - deb aytinglar. Sizlarga buni men aytdim. 8 Ayollar qabirdan shosha-pisha chiqib, katta sevinch va qo'rquv ila yugura-yugura Isoning shogirdlariga xabar bergani ketishdi. 9 Shogirdlarga bu xabarni yetkazaylik, deb ular yo'lda ketayotganlarida, birdaniga Isoning O'zi ularning qarshisidan chiqib: - Salom! - dedi. Ular esa ro'baro' kelib, oyoqlariga yopishgancha Unga topina boshladilar. 10 Shunda Iso ularga: - Qo'rqmanglar! Borib birodarlarimga Jalilaga borishlarini, Meni o'sha yerda ko'rishlarini xabar beringlar, - dedi.
Matto 28:16-20 -- 16 O'n bir shogird Jalilaga, Iso ularga tayin etgan toqqa borishdi. 17 Ular Isoni ko'rib, Unga sajda qildilar. Ba'zilari esa shubhaga bordilar. 18 Iso ularga yaqinlashib, shunday dedi: “Menga osmonda ham, yerda ham butun hokimiyat berilgandir. 19 Shuning uchun borib, barcha xalqlardan shogird ortiringlar. Ularni Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh nomi bilan suvga cho'mdirib, imonga kiritinglar. 20 MEN SIZLARGA BUYURGAN HAMMA NARSAGA AMAL QILISHNI ULARGA O'RGATINGLAR. Mana, Men har kuni, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo'laman”. Omin.
Yuhanno 20:21-23 -- 21 Iso yana ularga dedi: - Sizlarga tinchlik bo'lsin! Otam Meni qanday yuborgan bo'lsa, Men ham sizlarni shunday yuboryapman. 22 Shunday deb, ularning ustiga pufladi va: - Muqaddas Ruhni olinglar, - dedi. 23 – Kimning gunohlarini kechirsangizlar, u kechiriladi. Kimning gunohlarini kechirmasangizlar, u kechirimsiz qolaveradi.
Havoriylar 1:7-8 -- 7 Iso ularga dedi: - Otam O'z erki bilan belgilab qo'ygan vaqtu fursatlarni bilish sizlarning ishingiz emas. 8 Lekin Muqaddas Ruh ustingizga tushib kelganda, sizlar quvvat olasizlar, Quddusda, Yahudiya bilan Samariyaning hamma joyida va hatto dunyoning eng olis yerlarida ham Mening shohidlarim bo'lasizlar.

Hulosa

To'rtta Xushxabarni tezda o'qiydigan va ehtiyotlik bilan ularning mazmunlarini o'rganadigan kishi, sajda qilish qoidalaridan yoki insondagi muhim boshqa burchlardan ko'ra Muqaddas Uch Birlikning birligidagi tarqalyotgan imonda va najodning xushxabari bilan bog'langan muruvvatlar ko'rsatishda, va xushxabarni tarqatishda ham markaz bo'lgan Isoning amrlarini va yo'l-yo'riqlarining eng buyuk sonlarini topadi. Iso inson o'zini yangilay olmasligini balki u faqat Uning so'zining kuchi orqali yangilanishini bilar edi. Shuning uchun, Xudoning so'zi bizning dunyomizning har bir yeriga yetib borishi kerak. Masihdagi najodning xushxabarisiz, odamlar gunohda va umidsizlikda o'likligicha qoladi. Isoning ismi va so'zlarida o'liklarni tiriltirish qudrati bor.

Butun dunyo yovuz iblisning hokimyati ostida yotadi. Shuning uchun Isoning izdoshlari yovuz iblis bo'lgan haqiqiy bo'rining buzuqligidan qo'ylarni olish kerak. Voizlik qilish quyosh botishidan oldin jim yurish emas. Bu o'lim va hayot, yovuz va solih o'rtasidagi kurashdir (Efesliklarga 6:10-20). Iblis bizga qaraganda kattaroq, va insondagi kuchsizlikni biladi. Isoning so'zlariga doyim quloq solib, o'zining barcha sha'n-shuhratini tashlab, Isoda qolmaydigan kishi zarar yetmasdan bu kurashni uddalay olmaydi.

Bu so'zlarni voizlik qilish uchun Masihning amrlarini o'rganadigan kishi, Masihning g'alabalarini olib keladigan mustahkam ibodat bilan birga ishlayotgan xizmatchilar orasida ularning tinglovchilaridagi ta'sir bilan birga o'zaro sevgi va sabr-toqatni topadi. Shamol qayerga esishni istasa, o'sha yerga esadi. Shuningdek biz Rabbimiz xizmatga eshiklarni ochganda turib chopishimiz kerak, va U bizga solih va haqiqat uchun ochlarga gapirish uchun huquq berganda Uning Ruhining boshqaruvini izlashimiz kerak. Voizlik imonlilardan imonni, ibodatni, minnatdorchilikni va hissalarning to'plamini talab qiladi. Iso jamoatning hamma a'zolaridan voizlik qilish uchun shahardan shaharga borishlarini so'ramaydi, balki U uzoq joylarda ishlash uchun va horg'in safarlarda azob tortish uchun chaqiradigan kishilarni tarqatadi. Shunday xizmatlar orzu hayollarda yaratilmaydi, balki xizmatchilardan boshqa tillarni o'rganish va xizmat qiladigan joyida har kungi hayotning urf-odatiga ko'ra harakat qilishi talab qilinadi, u Yahudiylar uchun Yahudiy va Yunonlar uchun Yunon bo'lishi mumkin.

Iso O'zining xizmatining boshida, Uning Otasi Uni faqat Isroil xonadonining yo'qolgan qo'ylarining oldiga jo'natganini tan olgan. Lekin ular Isoni rad etishganda, U Uning Xushxabari xalqining atrofiga borish kerakligini e'lon qilgan (Ishayo 49:6), va o'limdan tirilgandan keyin, U butun dunyo xochda Xudo bilan dunyoning yarashuviga yetib borishi kerakligiga amr bergan. Bugun, biz faqat uyat bilan bu dunyoning Masihiylarini uchdan birini chaqira olishimizni tan olamiz. Topshiriq ishi hali tugagani yo'q, va vazifaning eng buyuk qismi Rabbiyning kelishini kutganimizdek hali ham oldimizda turibdi. “Hosil mo'l, ammo yumushchilar ozdir. Shuning uchun hosil Egasidan hosiliga yumushchilarni yuborishi uchun ibodat qilinglar.” (Matto 9:37-38)

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 24, 2013, at 11:06 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)