Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 07 - Faith 3

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Indonesian -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
E - Yangi Ahddagi IMON Qoidalariga mansub Masihning Amrlari

3. Maryamning O'g'li Iso Kim?



Luqo 1:30-35 -- 30 Farishtalar unga dedi: - Maryam, qo'rqma, sen Xudodan inoyat topding. 31 Mana, sen homilador bo'lib, o'g'il tug'ajaksan va Uning ismini ISO qo'yursan. 32 U ulug' bo'lgay, Xudoyi Taolloning O'g'li deb nom olgay. Xudoyi Taollo Unga otasi Dovudning taxtini bergay. 33 U Yoqub xonadoni uzra abadiy podshohlik qilur va bu podshohlikning cheki bo'lmagay. 34 Maryam: - Men hali er ko'rmagan bo'lsam, bu qanday bo'ladi? - deb so'radi farishtadan. 35 Farishta javob berdi: - Muqaddas Ruh Sening ustingga tushib keladi, Xudoyi Taolloning qudrati seni qoplaydi. Shu sababli sendan tug'iladigan muqaddas bola Xudoning O'g'li deyilur.
Matto 3:16-17 -- 16 Iso daryoga tushdi. U suvdan chiqqan zahoti, osmon ochilib ketdi va Xudoning Ruhi kaptarday Isoning ustiga tushib qo'ngani ko'rildi. 17 Osmondan esa: “Bu Mening sevikli O'g'limdir, Undan mamnunman”, - degan nido keldi.
Yuhanno 1:33-34 -- 33 Men Uni bilmas edim. Lekin odamlarni suvga cho'mdirishga meni yuborgan Xudoning O'zi: “Muqaddas Ruh kimning ustiga tushib qo'nganini ko'rsang, bilginki, Muqaddas Ruhga cho'mdiruvchi O'shadir”, - degan edi menga. 34 Men esa Uni ko'rdimu, mana bu – Xudoning O'g'lidir, deb shahodat berdim”.
Matto 4:2-11 -- 2 U qirq kun va qirq kecha ro'za tutib, oxiri och qoldi. 3 Shunda vasvasa qiluvchi Isoning yoniga kelib Unga: - Agar Sen Xudoning O'g'li bo'lsang, aytgin, bu toshlar nonga aylansin! - dedi. 4 Iso unga javoban dedi: - Tavrotda: “Inson birgina non bilan emas, balki Xudoning og'zidan chiqqan har bir so'z bilan yashaydi”, deb yozilgan. 5 Keyin iblis Isoni tabarruk shaharga keltirdi va ma'badning tepasida turg'izib, 6 Unga dedi: - Agar Sen Xudoning O'g'li bo'lsang, O'zingni pastga tashla-chi, Chunki Zaburda shunday yozilgan-ku: “U Sen haqda O'z farishtalariga amr etgay: Ular Seni qo'llarida ko'tarib ketar, oyog'ing ham toshga qoqilib ketmas”. 7 Iso unga: - “EGANG Xudovandni sinama”, deb yozilgani ham bor, - dedi. 8 Iblis Isoni yana juda baland toqqa olib chiqib ketdi. Dunyoning barcha saltanatlarini hamda ularning hashamatini Unga ko'rsatib: 9 – Agar tiz cho'kib menga sajda qilsang, bularning hammasini Senga beraman, - dedi. 10 Shunda Iso: - Yo'qol ko'zimdan, shayton! Chunki Tavrotda: “Egang Xudovandga sajda qil, birgina Unga itoatda bo'l”, deb yozilgan, - dedi. 11 Shundan so'ng iblis Isoni tark etdi va farishtalar esa kelib, Isoga xizmat qila boshladilar.
Matto 8:28-29 -- 28 Iso nargi qirg'oqqa, Gergesa yurtiga yetib kelganida, qabriston lahatlaridan chiqib kelgan, jinga chalingan ikki kishi Unga ro'baro' bo'ldi. Ular juda vahshiy bo'lganlari uchun, hech kim bu yo'ldan o'tolmas edi. 29 Ular shunday baqira boshladilar: - Ey Xudoning O'g'li Iso, bizda nima ishing bor? Bu yerga bizlarni vaqtidan oldin qiynagani keldingmi?
Matto 14:26-33 -- 26 Ular esa Uning ko'l ustida yurib kelayotganini ko'rib, dahshatga tushdilar. - Bu bir sharpa! - deb qo'rquvdan qichqirib yubordilar. 27 Lekin Iso shu zahot ular bilan muloqotga kirib: - Dadil bo'linglar, bu Men, qo'rqmanglar! - dedi. 28 Butrus gapga kirib: -Yo Rabbiy, agar bu Sen bo'lsang, menga buyruq ber, men suv ustida yurib Sening yoninga boray! - dedi. 29 Iso: - Kel!- dedi. Butrus esa qayiqdan chiqib, suv ustidan yurgancha Isoning yoniga yo'l oldi. 30 Lekin kuchli shamolni ko'rib, o'takasi yorildi. U cho'ka boshlagach: - Yo Rabbim, meni qutqar! - deb baqirdi. 31 Iso o'sha zahoti qo'lini uzatib, uni ushlab qoldi-da: - Ha, imoni sust, nega sen ikkilanding? - dedi. 32 Ular qayiqqa o'tirishlari bilanoq shamol tindi. 33 Qayiqdagilar esa Isoga sajda qilib: - Haqiqatdan ham Sen Xudoning O'g'lisan! - deyishdi.
Matto 16:15-17 -- 15 Iso ulardan: - Siz-chi, Meni kim deb hisoblaysiz? - deb so'ragach, 16 Simun Butrus javob berib dedi: - Sen Barhayot Xudoning O'g'li - Masihsan! 17 Iso Butrusga javoban dedi: - Sen bahtiyorsan, ey Yunus O'g'li Simun! Bu sirni sen o'z uquv-idroking bilan uqqaning yo'q, balki osmondagi Otam senga ochib bergan.
Yuhanno 5:17-24 -- 17 Ammo Iso ularga shunday dedi: - Mening Otam shu kungacha O'z ishini qilib kelyapdi, Men ham O'z ishimni qilyapman, - dedi. 18 Ana shu so'zi uchun yahudiylar Isoni o'ldirishga yana ko'proq harakat qilishdi. Chunki U dam olish kunini buzibgina qolmay, balki Xudoni Ota deb, O'zini Xudoga tenglashtirgan edi. 19 Bularga qarshi Iso dedi: “Sizlarga rostini aytay: O'g'il Otaning qilgan ishlarini ko'rmaguncha, O'zi hech narsa qila olmaydi. Ota nimalarni qilsa, O'g'il ham xuddi shularni qiladi. 20 Chunki Ota O'g'lini sevadi, O'zi qilgan hamma narsani O'g'liga ko'rsatadi. Sizlarni taajjubda qoldirgudek, bundan kattaro ishlarni ham ko'rsatadi. 21 Ota qanday qilib o'liklarni tiriltirib ularga hayot baxsh etsa, O'g'il ham kinmi istasa, o'shanga hayot baxsh etadi. 22 Shuningdek, Ota hech kimni hukm qilmaydi, balki hukm qilish huquqini butunlay O'g'liga bergan, 23 Toki hamma Otani qanday hurmat qilsa, O'g'lini ham xuddi shunday hurmat qilsinlar. Kim O'g'lini hurmat qilmasa, Uni yoborgan Otani ham hurmat qilmagan bo'ladi. 24 Sizlarga rostini aytay: Mening so'zlarimni tinglagan va Meni Yoborgangga ishongan kishi abadiy hayotga ega bo'ladi. U o'limdan hayotga o'tish uchun hukm qilinmaydi.
Yuhanno 6:37-48 -- 37 Otam kimni Menga bergan bo'lsa, Mening oldimga keladi. Oldimga kelgan odamni esa sira quvib chiqarmayman. 38 Men O'z irodamni emas, balki Meni yuborgan Otamning irodasini ado etish uchun osmondan tushganman. 39 Meni Yuborganning irodasi – Uning Menga berganlaridan hech birini yo'qotmasligim, balki oxirgi kunda ularning har birini tiriltirishimdir. 40 Otamning irodasi yana shuki, Uning O'g'lini ko'rgan, Unga ishongan har bir kishi abadiy hayotga ega bo'lsin. Men esa bundaylarni oxirgi kunda tiriltiraman. 41 Iso “Men osmondan tushgan nonman”, degani uchun yahudiylar Undan noliy boshlashdi. 42Yusufning o'g'li Iso bu emasmi? Ota-onasini biz taniymiz-ku! Endi qanday qilib U: “Men osmondan tushdim”, deb aytyapdi? - deyishardi o'zaro. 43 – O'zaro nolimanglar! - dedi ularga Iso. 44 – Agar Meni yuborgan Otam birovni jalb qilmasa, u Menga hech ham yetisholmaydi. Menga yetishgan odamni esa oxirgi kunda tiriltiraman. 45 Payg'ambar oyatida: “Hamma Xudo tomonidan o'rgatilgan bo'ladi”, - deb bitilgan. Shunday qilib, Otadan eshitgan va o'rgangan har bir kishi Mening oldimga keladi. 46 Aslida hech kim Otani ko'rgan emas, birgina Xudodan chiqqan Zot Otani ko'rgan. 47 Sizlarga rostini aytay: “Kimki Menga ishonsa, abadiy hayotga ega bo'ladi. 48 Men hayot noniman.
Yuhanno 10:27-36 -- 27 Mening qo'ylarim tovushimga quloq soladi. Men ularni taniyman, ular esa Menga ergashib yurishadi. 28 Men ularga abadiy hayot bag'ishlayman va ular abadiy halok bo'lmaydilar. Hech kim ularni Mening qo'limdan tortib ololmaydi. 29 Ularni Menga bergan Otam hammadan buyukdir. Otamning qo'lidan ularni tortib olishga hech kimning kuchi yetmaydi. 30 Men va Otam – birmiz. 31 Shunda yahudiy din arboblari yana Isoni toshbo'ron qilmoqchi bo'lib, tosh ola boshladilar. 32 – Men sizlarga Otam nomidan ko'p hayrli ishlar ko'rsatdim, ularning qaysi biri uchun Meni toshbo'ron qilmoqchisizlar? - so'radi Iso. 33 Yahudiy din arboblari Unga javoban: - Seni hayorli ishing uchun emas, balki kufrliging uchun toshbo'ron qilmoqchimiz. Sen odam bo'laturib O'zingni Xudo deyapsan! - deyishdi. 34 Iso shunday javob qaytardi: - Sizning Tavrotda: “Men aytdim, sizlar xudolarsiz”, deb yozilgan emasmi? 35 Mana Xudo qadimgilarga kalomini yuborib, ularni hatto xudolar deb atagan. Muqaddas Bitikni esa buzib bo'lmaydi. 36 Shunday ekan, Otam O'ziga ajratib olgan va dunyoga yuborgan kishi “Xudoning O'g'liman” desa, nima bo'pti? Nega sizlar Meni kufurlikda ayblayapsizlar?
Matto 17:5 -- U gapini tugatmasdanoq, nur yog'ilib turgan bir bulut ularni qoplab oldi. Bulut ichidan esa bir ovoz keldi: - Bu Mening sevikli O'g'limdir, Undan mamnunman. Unga quloq solinglar!
Yuhanno 14:6-11 -- 6 Iso unga dedi: - Men yo'l, haqiqat va hayotdirman. Mensiz hech kim Otamning oldiga borolmaydi. 7 Agar Meni bilsangiz, Otamni ham bilasizlar. Bundan buyon Uni bilasizlar, Uni ko'rgansizlar. 8 Filip Isoga dedi: - Rabbiy, bizlarga Otani ko'rsat, shu biz uchun yetarli! - 9 – Filip, - dedi unga Iso, - Men shuncha vaqtdan beri sizlar bilan birgaman-ku, Meni tanimaysanmi? Meni ko'rgan Otamni ko'rgan bo'ladi. Endi sen qanday qilib, “Otani bizlarga ko'rsat”, deyapsan? 10 Men Otamda hozirman, Otam esa Menda hozir, sen bunga ishonmaysanmi? Men sizlarga O'zimdan to'qib gapirmayapman, balki Menda hozir bo'lib turgan Otam O'z ishlarini bajarmoqda. 11 Menga ishoninglar; Men Otamda va Otam Menda hozirdir. Bordiyu bunga ishonmasangizlar, aqalli bajaryotgan ishlarimning o'zi orqali Menga ishoninglar.
Yuhanno 16:1-3 -- 1 “Men bularni sizlar vasvasaga tushmanglar, deb aytdim. 2 Sizlarni ibodatxonadan haydab yuboradilar. Hatto shunday zamon keladiki, sizlarni o'ldirayotgan har bir kishi bu bilan Xudoga xizmat qilyapman, deb o'ylaydi. 3 Bu ishlarni Otamni ham, Meni ham tanimaganlari uchun qiladilar.
Matto 22:41-45 -- 41 Farziylar yig'ilishganda, Iso ulardan so'radi: 42Masih haqida qanday fikringiz bor? U kimning O'g'li? - Dovudning o'g'li-da, - deb javob berdilar. 43 Iso ularga dedi: - U holda, qanday qilib Dovud ilohiy ilhom bilan Masihni Rabbim deb atagan? Mana, Dovud nima degan: 44 XUDOVAND mening Rabbimga aytdi: Yovlaringni oyoqlaring ostiga yiqitmagunimcha, Sen Mening o'ng tomonimda o'ltirib turgin”. 45 Demak, Dovud Uni Rabbim deb atagan bo'lsa, qanday qilib U Dovudning O'g'li bo'ladi?
Matto 26:63-68 -- 63 Iso indamadi, Oliy ruhoniy Unga: - Barhayot Xudo haqi Senga qasam ichirayinki, bizlarga ayt: Xudoning O'g'li – Masih Senmisan? - dedi. 64 Iso unga: - O'zing aytding, - dedi. - Xatto sizlarga aytadurmanki, bundan keyin Inson O'g'li Qodir Tangrining o'ng tomonida o'ltirib, osmon bulutlari uzra kelayotganini ko'rasizlar. 65 Shunda oliy ruhoniy kiyimlarini yirtib: - U shakkoklik qilmoqda-ku! Bizlarga boshqa guvohlarning nima keragi bor? Mana endi U Xudoga shak keltirganini o'zlaringiz eshitdingizlar. 66 Sizlar nima deysizlar? - dedi. Ular javob berib: - O'limga loyiq! - deyishdi. 67 So'ng ular Isoning yuziga tupirib, Uni mushtlay boshladilar. Boshqalari esa Uni shapoloqlab: 68 – Ey Masih! Qani payg'ambarligingni ko'rsatib, aytib ber-chi, Seni kimlar uryapti ekan? - derdilar.
Yuhanno 19:7 -- Yahudiylar Unga javoban: - Bizda Qonun bor. Qonunimiz bo'yicha U o'lishi kerak, chunki U O'zini Xudoning O'g'li qilib ko'rsatdi, - dedilar.
Matto 27:39-43 -- 39 O'tib ketayotganlar boshlarini chayqagancha, Isoni haqoratlashardi: - 40 Hey ma'badni buzib uch kun ichida tiklaydigan! O'zingni O'zing qutqar-chi! Agar Sen Xudoning O'g'li bo'lsang, qani xochdan tushib ko'r-chi! 41 Oliy ruhoniylar, ulamolar va oqsoqollar ham barchasi bunga qo'shilib, Uni masxaralay ketdilar: 42 – Boshqalarni qutqardi, O'zini esa qutqara olmaydi! Agar U Isroilning podshohi bo'lsa, endi xochdan tushib ko'rsin, shunda biz Unga ishonamiz. 43 U Xudoga ishonardi-ku, Agar U Xudoning azizi bo'lsa, hozir qutqarib olsin-chi! Chunki U: “Men Xudoning O'g'liman”, - degan.
Matto 27:54 -- Isoni qo'riqlab turgan yuzboshi bilan yonidagi askarlar zilzilani va sodir bo'layotgan barcha ishlarni ko'rib, vahimaga tushdilar-da: - Haqiqatdan ham bu Xudoning O'g'li ekan! - dedilar.
Vahiy 3:21-22 -- 21 G'olibga O'zim bilan birga taxtimda o'tirishni ato etaman. Chunki Men ham g'olib kelib, Otam bilan birga Uning taxtida o'tirdim. 22 Ruhning jamoatlarga aytayotgan gaplarini qulog'i bor kishi eshitsin.

Hulosa

Yangi Ahdda, Xudo, Shayton, farishtalar, yovuz ruhlar, shogirdlar va Isoning dushmanlarining hammasi Xudoning O'g'li kabi Iso haqida ijobiy yoki salbiy gapirishgan. Ayniqsa, Isoning O'zi ilohiyligini ham insoniyligini ham aniq tasdiqlagan. Shuning uchun, biz Isoni Xudoning O'g'li deb Yahudiylarga ham Musulmonlarga ham aytganimiz zahoti, nima uchun ular tutab ketishadi? Holbuki xudolarni va butlarni “hech narsa” deb atagan va Xudoning O'g'liga ishonish bilan birga, Rabbiy faqat bitta Xudoligini aytgan Eski Ahddagi payg'ambarlarning ko'rinishi Ibrohimning bolalariga ishonib bo'lmaydigan va rad etilgan shakkoklik bo'ldi. Bu Iso Otasi bilan BIRLIGINI va U Otada va Ota Unda ekanini xudojo'ylarga sevgisi bilan shohidlik qildi.

Isoni bilishni xohlaydigan kishi Uning Otasi tomon bo'lgan sevgisini va kamtarligini tushunishi kerak. O'g'il ko'p marta shunday degan: “Sizlarga rostini aytay: O'g'il Otaning qilgan ishlarini ko'rmaguncha, O'zi hech narsa qila olmaydi. Ota nimalarni qilsa, O'g'il ham xuddi shularni qiladi..” (Yuhanno 5:19) Bundan keyin Iso shunday deb tan olgan: Men sizlarga O'zimdan to'qib gapirmayapman, balki Menda hozir bo'lib turgan Otam O'z ishlarini bajarmoqda.” (Yuhanno 14:10) Iso o'tinib ibodatida shunday deb tan oldi: “Sen Menga topshirgan vazifani Men ado etib, yer yuzida Seni ulug'ladim. Sen dunyodan Menga bergan odamlarga Sening ismingni izhor qildim. Ular esa Sening kalomingga amal qildilar.” (Yuhanno 17:4,6) Isoning KAMTARLIGI tufayli Xudo Unga osmonda ham yerda ham butun hokimyatni berdi (Matto 28:18) va Iso Otasiga ibodatida shunday deb tan oldi: “Zotan Meniki bo'lgan hammaSeniki, Seniki esa – Menikidir.” (Yuhanno 17:10)

Iblis va uning izdoshlari uzoq yillardan beri bu sirdan xabardor edi. Ular Xudoning O'g'lining huzurida qaltiraydilar, chunki Ota barcha hukmni O'g'ilga topshirgan. Iblis Isoni ko'p marta xochning sharmandagarchiligidan olishga urungan, biroq Iso kamtar qurbonligi orqali Xudo va gunohkorlar o'rtasidagi yarashuvni amalga oshirganda, Yovuz shaytonda imonlilarni gunohlaridan ayiblash uchun hech qanday huquqi qolmadi. Xudoning O'g'li Iso bizni Otasi bilan yarashtirganda, xochda iblisni mag'lubiyatga uchratdi. Shunday qilib, havoriy Yuhannoning gaplari barcha qit'alarda nomoyon qilinyapdi: “Kim Xudoning O'g'liga ega bo'lsa, hayotga egadir. Kim Xudoning O'g'liga ega bo'lmasa, hayotga ega emas.” (1Yuhanno 5:12)

Biz fikrlar haqida bu seriyalarning boshqa qismlarda Isoning ilohiyligining guvohliklarini va Uning ajoyib ishlarini ham topamiz.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 24, 2013, at 09:57 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)