Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 00 - Introduction

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Serbian -- UZBEK

Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari

KIRISH



Asosoy Qoidalar

Maryam O'g'li Masih haqida (taxminan 100 oyatlar) Qur'onga hos bo'lgan matnlarni o'qiydigan kishi Masih tomonidan shunday bayon aytilgan deb Muhammad da'vo qiladigan o'zgacha so'zlarni topadi : “Ollohdan qo'rq va menga bo'ysun” (3:50 Al Imran Surasi). Qur'ondan o'qiyotganida bu ajoyib oyatni o'qiydigan har bir Musulmon Maryamning O'g'liga bo'ysunib Unga itoat qilishi darkor! Bu Islomga hos tushunchaga ko'ra bo'lgan bu oyat Masih O'zining ruhiy xalqi uchun bo'lgan poydevordek O'zining amr va yo'l-yo'riqlari bilan bo'lgan qoidasini e'lon qilganini aniqlab beradi. Uning qonuni ham Hukm Kunida Masihni qayta kelishi har bir kishi uchun asosiy nuqtadir.

Masihning qonuni nima? Va Uning amrlari va qonuniy yo'l-yo'riqlari O'zining Xushxabarida necha marotaba eslatib o'tiladi?” deb bizdan so'rashganda, odatda biz faqat Uning amrlari haqida ozgina bilishimizni uyat bilan tan olamiz. Biroq, to'rtta Xushxabarga, Havoriylar Kitobiga va Vahiy Kitobiga chuqur kirib boradigan kishi, yangi qonuni uchun asos bilan birga shakl bo'lgan huquqshunost yo'l-yo'riqlarga qo'shimcha ravishda, Isoning tahminan 1000 amrlarini o'z ichiga olgan Yangi Ahdini topadi. Bu yangi qonunning siri Masihning sevgisi, sabr-toqati, mehri, hursandchiligi va qudratidir. Uning amrlari ona bolalariga zarar yetmasligi va nato'g'ri yo'lga kirib ketmasligi haqida ularga beradigan maslahatlariga o'xshaydi. Isoning qonunining mohiyati va oxiri bu sevgidir! Isoni sevadigan kishi o'zi haqida Uning buyrug'lari va maslahatlari bilan g'amho'rlik qiladi, chunki ular Xudoning ruhiy shohligida yashash uchun eng yaxshi yo'ldir. Biz Uning sevgi amrlarini saqlamasdan jamoatda na tinchlik topamiz va na kalomni yoyishda ruhiy kuch topamiz.

Iso va Musoning Qonuni

Iso yangi qonunini Musoning Qonuniga qarshi e'lon qilmadi, balki U Tavrot va Payg'ambarlarning abadiy buyukligini va sabrini takidladi:

17 Meni Qonun va Payg'ambarlarni bekor qilgani kelgan deb o'ylamang. Men bekor qilgani emas balki bajo keltirgani kelganman. 18 Sizlarga rostini aytay, osmon va yer-yuzi tugamaguncha, bu hammasi bajo bo'lmaguncha qonundan bir harif ham o'chmaydi. 19 Shuningdek kimki bu amrlardan birini buzib ko'rsatsa, va insonlarga buzib o'rgatsa, osmon shohligida eng kichigi bo'ladi; lekin kimki bu amrlarni bajarib, bularni o'rgatsa, osmon shohligida eng buyugi bo'ladi. 20 Shuning uchun Men sizga aytaman, agar sizning solihligingiz Farziy va ulamolarnikidan buyukroq bo'lmasa, osmon shohligiga kira olmaysiz. (Matto 5:17-20)'''

Iso O'zining ta'limida Tavrotning ko'plab amrlarini eslatib o'tgan, va O'zining bayonlarida bu kitoblarni tasdiqlagan. Muso va Payg'ambarlarga bo'lgan Xudoning amrlari yurakda saqlagan Muqaddas Kitobidagi qonuni edi. Iso Shaytonga shunday javob berganida, Xudoning so'zi bilan yashagan:

“Inson birgina non bilan emas, balki Xudoning og'zidan chiqadigan so'z bilan yashaydi.” (Matto 4:4)

Xudoning so'ziga bo'lgan Isoning sevgisi va hurmati vahiyning matnlari haqida to'liqsiz yoki noto'g'ri tushunchasini to'g'irlash uchun Isoni to'xtatmagan; shuning uchun, U degan: “Siz shunday aytilganini eshitgansizlar... Lekin Men sizga aytaman” Iso shunday bayonlar orqali Rabbiyni ochib berishdek O'zini tanishtirgan. Xudodan boshqa hech kimga turli hil ma'nolar bilan Xudoning ochib berilgan so'zini o'zgartirish, qayta yangilash va to'ldirish uchun ruhsat berilmaydi. Masih faqat Muso Qonunini qabul qilmagan, balki U buni so'zlari va harakatlari, hayoti va o'limi va o'limdan tirilishi bilan amalga oshirgan.

Ishlar va Maqsadlar

Bir tomondan Islom qonuni, Hammurabining Qonuni va Muso Qonuning, va ikkinchi tomondan Masihning ruhiy qonunining o'rtasidagi muhim farqlardan biri bu Iso faqata yovuz harakatlarni hukm qilgani emas, balki U izdoshlarining onglarini o'zgartirishni istagani hamdir. Isoning fikrlari erkin deb o'ylaydigan kishi aldangan bo'ladi, chunki Iso bizdan shunday munosabatdan kelib chiqadigan haq ishlardan ko'ra ko'proq sevgini, kamtarlikni, imonni, umidni va mehribonchilikni so'raydi. Iso bizning qotib qolgan yuraklarimizni o'zgartirib, yuraklarimizga qurbonligining ruhini solishni iztaydi, U aytgandek:

“Sizlarga yangi amr beryapman, bir-biringizni sevinglar; Men sizlarni sevganimdek, siz ham bir-biringizni sevinglar.” (Yuhanno 13:34)

Iso O'zining sevgisini bizning sevgimizning o'lchovi qildi. Bu yagona e'lon shundayki, Iso bizning qonunimiz ekanligini anglatadi! Iso barcha insonlarni sevib ularga hizmat qilgani kabi, biz ham sevib Uning kuchi va rahbarligida harakat qilishimiz kerak. Bu qoida bizning ongimizda o'zgarishni va yuraklarimizda to'ntarilishni talab qiladi. O'zini o'ylaydigan kishi hizmatkorga va muhtojlarga yordamchiga aylanishi kerak. Boshliq yangilanib sevimli ota kabi mehribon bo'lishi kerak. Agar biz oilalarga, idoralarga, fabrikalarga, jamoatlarga yoki maktablarga qarasak, biz Isoning sevgisi fikrlarimizni va harakatlarimizni, ichki munosabatlarimizni, insonlarning ishlarini va xatto xonalardagi muhidlarni o'zgarishini istaydi. Shuning uchun, Masihning qonunini tushunib, buni amalda qilishni istaydigan kishi o'zining maqsadlarini va yuragining istaklarini to'liq Muqaddas Ruhning qo'liga qo'yishi kerak.

Solihlik Savob Ishlar orqalimi yoki faqat Inoyat orqalimi?

Havoriy Pavlus bizga Dovuz hech kimsa Xudoning muqaddasligi bilan solishtirilgan solih emas deb aytganini o'rgatgan. Biz hammamiz yo'ldan adashgan, uyatsiz va komilsizlarmiz. Yaxshilik qiluvchi hech kim yo'q. Bizning barcha savob ishlarimiz Xudoga kiyilgan kiyim kabi namoyon bo'ladi. O'zining ishlari bilan Xudo oldida oqlanishni istaydigan kishi allaqachon hukm bo'lgan! Insonzod o'zining yomon va nochor holatiga kelib ko'r bo'lgan. Xochda Masih orqali bo'lgan to'lovning yagona qurbonligi orqali bo'lgan najoddan boshqa najod yo'q. Kimki boshqa solihlikni izlasa o'zini o'zi aldaydi va umidsizlikda qoladi. Faqat Iso Masihning qoni bizni barcha gunohlarimizdan tozalaydi.

Xochga mixlangan Masih bizlarni O'zining inoyati bilan tekinga oqladi, endi Uning sevgi ruhi bizda abadiy hayotidek yashay oladi. Bu ruh, Xudodan bo'lgan hayot va Uning sevgisi bizni hayirli ishlar qilishga undaydi. Biz oqlanganimiz uchun Rabbiyga xizmat qilmaymiz, chunki biz Uning inoyati orqali allaqachon oqlanganmiz. Shunday qilib, biz Unga minnatdorchilik bilan xizmat qilamiz. Masihning qonuni Pavlus G'ayriyahudiylarga shunday deb “Iso Masihdagi hayot Ruhining qonuni meni gunoh va o'lim qonunidan ozod qildi” (Rimliklarga 8:2) va Yoqub ham shunday deb qo'shib qo'ygan: “Imon savob ishlarsiz o'likdir” (Yoqub 2:17) takidlagani kabi Xudoga bo'lgan sajdamizni va insonlarga bo'lgan xizmatimizni to'g'irlaydi. Bu oyatlar savob ishlar kerak bo'lgan Muqaddas Ruhning hosillari ekanini ko'rsatadi. Biroq, faqat Masihning qonuni o'limdan tirilgan, xochga mixlangan Masihga bo'lgan imon orqali solihligimizga maqsadini qo'ymaydi, balki bu bizda Uning azoblarining hosillarini ham qo'yishni istaydi.

Ichki Yovuzliksiz bo'lgan Muqaddaslik

Ibroniylarga bo'lgan Maktubning muallifi bizni shunday deb ishontiradi “muqaddas bo'lmasdan, hech kim Xudoni ko'rolmaydi.” (Ibroniylarga12:14) Shuning uchun Iso Masihning qoni bizning oxirgi yupanchimiz bo'lib qoladi. “U bittagina qurbonlik keltirib, ishonuvchilarni muqaddas qildi va abadiy kamolotga erishtirdi.” (Ibroniylarga 10:14) Muqaddas Ruh samoviy merosimizning garovidir (Efesliklarga 1:14).

Buning natijasida, biz hozirdan Otaning oldiga kelishimiz mumkin va Masihning ruhiy tanasiga qo'shilamiz. Biz qancha Xudoga yaqinlashsak, shuncha meros qilib olingan gunohlarimiz, mag'rur fikrlarimiz va o'zbilarmonliklarimiz ochilib boraveradi. Haqiqiy azizlar gunohkor tabiatlari haqida ogohlantiriladilar, chunki ular Xudo nurida turadilar. Ular o'zlarining o'zlarini o'ylashlarida va mag'rurliklarida siniq bo'lib qoladilar, chunki ular Xudoning inoyati orqali yashaydilar. Bizga taqdim qiladigan Masihning xochidan ko'ra muqaddaslikning balandroq darajasiga erishdim deb fikr qiladigan kishi, yolg'on muqaddaslik bilan kiyingan ikkiyuzlamachiga qaytish hataridadir. Bizni Muqaddas Ruh boshqargani sari, biz yagona Masihning inoyatidan yashab, o'zimizni sevishda shuncha sinamiz. Isoning yangi qonuni bizning e'lon etgan muqaddasligimizni qattiq tozalovchi narsa bilan tozalaydi, shunda bizga qo'yilgan Masihning inoyatidan boshqa o'zimizning muqaddasligimiz va faraz qilgan hurmatimizdan asar ham qolmaydi.

Bu qisqagina kirish Masihning yangi qonunining maqsadini va ma'nosini tushunishda yordam berishni izlaydi. Bu amrlar bu maslahatlar va qonunlarni tushuna olmaydigan imonsizlarga ahmoqlikdek ko'rinadi, va ular bularni qo'llash mumkin emas deb o'ylaydilar. Biroq, ularga ham taklif etiladi, misol uchun Masihning mehr qonuniga inoyat orqali. Bu yangi qonunning siri uning amrlariga na mumkin bo'lmagan itoatsizlik, va na foydasiz topshiriqdir, balki Masihning inoyatidagi Muqaddas Ruhning kuchi bizga Xudo bilan tinchlikda yashash uchun ruhsat beradi va bizni doimiy xizmatlar orqali Uni mamnun qilishga turtki beradi.

Bu Kitobdan Foydalanish uchun Qoidalar

Siz Yangi Ahddan quyida bir martadan ko'proq uchraydigan ba'zi oyatlarni topasiz, chunki ularning hisobi turli hil mavzularni beradi. Siz yana Muqaddas Kitobda nomoyon bo'ladigan aytilgan va kerakli holatda ko'rsatilgan Isoning amrlarini va yo'l-yo'riqlarini ham topasiz. Biz bu kategoriyaga buyrug'ni ko'rsatadigan “shart” va “to'g'ri keladi” o'xshagan iborani ham qo'shib qo'ydik. Biz har bir oyatda buni shunday turda ko'chirish orqali haqiqiy amrni va qonunni ko'rsatganimizni aytamiz.

Biz Isoning bayonlari kabi 613 amrlarini o'z ichiga oladigan Muso qonuni haqida –, Musoning Qonuniga qo'shilgan Yahudiy qoidalari haqida, va Masihning yo'l-yo'rig'iga va Uning shohligining qonuniga qarshi bo'lgan Rimliklarning ba'zi qonunlari haqida Isoning aniq bo'lgan yo'l-yo'riqlari bilan birma bir shunday bayonlarni qo'yamiz.

Isoning qonuniy yo'l-yo'riqlari va maslahatlarini o'z ichiga oladigan Uning qonuni faqat barcha boshqa dunyoviy va diniy qonunlari bilan kurashmaydi, va hatto yangi insoniy haq-huquqlar bilan ham, chunki osmon shohligining amrlari dunyoviy qonunlarni yengib chiqish uchun insoniy amrlarni va hoxishlarning muqaddasligini izlaydi. Biz esa shunday ibodat qilamiz: “ Sening shohliging kelsin. Osmonda bo'lgani kabi yerda ham irodang bajo bo'lsin.” (Matto 6:10)

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 24, 2013, at 08:43 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)