Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 070 (Practical Result of the Knowledge that Christ is coming again)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 3 - XUDONING SOLIHLIGI MASIHNING IZDOSHLARINING HAYOTIDA KO'RINADI (Rimliklarga 12:1 - 15:13)

7. Masih qayta kelayotgani haqidagi tushunchaning amaliy natijasi (Rimliklarga 13:11-14)


RIMLIKLARGA 13:11-14
11 Hozirgi vaqt-soatning ahamyatini bilib, shunday harakat qilinglar. Mana, sizlarning uyqudan uyg'onish vaqt-soatingiz kelib qoldi! Biz imon keltirgan vaqtdan ko'ra, hozirgi vaqtda qutulishimiz yaqinroqdir. 12 Kecha o'tib ketib, kunduz yaqinlashdi. Shuning uchun qorong'ulik ishlaridan forig' bo'lib, nur aslahalarini kiyib olaylik. 13 Aysh-ishrat va ichkilikbozlik bilan emas, shahvatparastlik va fisq-fujur bilan emas, janjalkashlik va hasadgo'ylik bilan emas, balki kunduzga yarasha odob bilan kun kechiraylik. 14 Rabbimiz Iso Masihning sovutday kiyib olinglar va tabiatingizning gunohli havas-ehtiroslarini qoniqtirishga intilmanglar.

Havoriy o'zining maktubida Rimdagi jamoat Masihning bo'sag'ada qaytib kelishini kutishda qatnashgan. Imonlilar oxirgi kunlarning belgilarini va Rim Qaysarlaridagi Masihga qarshi ruhning kuchining natijasini tushundilar. Ular ulug'vorlikda Xudoning O'g'lining ko'rinishini va samoviy mamlakatlariga hursandchiliklarini kutganlar.

Havoriy Masihning izdoshlaridan ruhiy besaranjomliklarida da-vom etmasdan, balki qutqarilishimizning kafolatidek Muqaddas Ruhning yashashi bilan bizda boshlagan to'liq najod haqida tushunchani va ruhiy kurashlarining holatini tushinishni so'raydi. Pavlus bizga O'zining kuchi, ulug'vorligi va mehri bilan kiyintirishni istaydigan Masihning kelishi haqida eslatadi. Dunyoning zulmati deyarli tugadi va tong nuri aniq porlaydigan yangi kun haqida gapirib beradi. Axir Pavlus bizning hayotimiz faqat Muqaddas Ruhning kuchida Ota va O'g'il bilan birlikda mujassamlangan abadiylikning ko'rinishi uchun tayyorgarlikni tushunadi.

Keyin bu tushuncha tufayli, havoriy deydi: “qorong'ulik ishlarini qoldirib, nur aslahalarini kiyib oling. Hayotingizdan gunohni olib tashlang. Masih Ruhining kuchida Uning hislatlari bilan o'zingizni bezang”. Bu yaxshilanish hayotimizdagi va ba'zan jamoatimizdagi qorong'ulikning kurashini anglatadi. Xushxabar va Muqaddas Ruhning hosillari hayotimizda va azoblarimizda ko'rinishi kerak.

Pavlus Xudoni bilmagan va hayvonlarga o'xshab hirslaridan tabiy harakatlaridan keyin haydalgan odamlar haqidagi haqiqatni bilar edi. Ular yeyishdi, ichishdi va ko'payishdi; va bu bilan birga ular nafratga, hasatga va o'jarlikka g'arq bo'lishdi. Xudosiz sevgi bu yovuzlik, buzuq, nopok va qiyindir; har bir kishi o'zi uchun harakat qiladi va behayolarcha o'zining maqsadlari uchun boshqalarning kuchsizligidan foydalanadi.

Havoriy o'zida zulmatning odamlarining harakatlarini boshidan kechirdi; lekin shu bilan birga Masihning yangi hayotini ko'rib, Rimdagi imonlilardan faqat Masihga bo'lgan imonlaridagi qoni-qishni topmasdan, balki Uni ruhan kiyib olishlarini so'radi. Isoni kiyib olish Uning zamirida yurib, Uning buyrug'lariga bo'ysunib va bu Ruhning hosillari ularda sezilishi uchun boshqarishning saltanatlarini tutish uchun Uning Ruhiga ruhsat berib, hislatlarini amalda qilishni anglatadi.

Aziz birodar, keling sizdan bir savol so'raylik: Siz Masihdamisiz, yoki hali ham Rabbingiz uchun emas, balki o'zingiz uchun yashab, o'zbilarmonmisiz? Iso sizning mag'rurliklaringizdan, pulga bo'lgan ishonchdan va hirslarga bo'lgan harakatlardan sizni ozod qilgan. Muqaddas Ruh va tanamiz va gunohkor fikrlarimiz o'rtasidagi kurash Masihning kelishi uchun tayyorgarligimizning mohiyatidir.

Shuning uchun, havoriy Masihiylarni ruhiy qurol-aslahalar bilan o'zlarini qurollashlari uchun taklif qiladi; dushmanlar bilan urishish emas, balki tana ehtiroslarini va vasvasalarni mag'lub qilish va Masihning sevgisi va muqaddasligiga to'lish.

IBODAT: Ey samoviy Otamiz, biz Seni ulug'laymiz chunki O'g'ling Iso bizning oldimizga pok hayotni qo'ydi. Masihni kiyib olish uchun, rabbiylar Rabbisi bo'lgan Najodkorimizning kelishi uchun tayyorlangan, sodiq imonlilar bo'lishimiz uchun Muqaddas Ruhingning kuchi bilan bizga yordam ber. Omin.

SAVOL 88: Bizni Masihning kelishi haqidagi xabarga boshlaydigan yaxshiliklar nimalar?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 21, 2012, at 10:05 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)