Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 068 (Be Obedient to your Authorities)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 3 - XUDONING SOLIHLIGI MASIHNING IZDOSHLARINING HAYOTIDA KO'RINADI (Rimliklarga 12:1 - 15:13)

5. Hokimyatlarga bo'ysuning (Rimliklarga 13:1-6)


RIMLIKLARGA 13:1-6
1 Har bir odam hukmron hokimyatga bo'ysunsin. Chunki Xudo buyurmagan hokimyat yo'q, mavjud hokimyatlarning hammasini ham Xudo tayin etgan. 2 Shuning uchun hoki-myatga qarshilik ko'rsatgan Xudoning amriga qarshi chiq-qan bo'ladi. Qarshilik qiluvchilar esa o'z-o'zlarini hukmga duchor qiladilar. 3 Yaxshilik qilganlar emas, yomonlik qil-ganlar boshliqlardan qo'rqishlari kerak. Hokimyatdan qo'rqmaslikni istaysanmi? Unda yaxshi ish qilib yur, shunda boshliqning maqtoviga sazavor bo'lasan. 4 Chunki boshliq sening manfaating uchun Xudoning xizmatkoridir. Ammo yomon ish qilsang, qo'rq. Chunki u qilichni behuda ko'tarib yurmaydi. U yomonlik qilganga g'azabnok jazo beruvchi sifatida Xudoning xizmatkoridir. 5 Shuning uchun faqat g'azabdan qo'rqqanlikdangina emas, balki vijdon yuzasidan ham itoat qilmoq lozimdir. 6 Solih to'lashingizning sababi ham shu. Chunki solih yig'ish bilan mashg'ul bo'lgan amaldorlar bu ish bilan Xudoga xizmat qiladilar.

Ko'pchilik har hil guruhlar orasidagi bahslardan, xizmatkorlarning nayranglaridan, hokimyatlarning nohaqligidan va tartibsiz ko'rdan azoblanadi. Bu dunyoda komil hokimyat yo'q, chunki bu dunyoda gunohsiz insonning o'zi yo'q. Shuning uchun, Xudo siz va oilangiz bilan sabr qilgani kabi, siz ham hokimyatingizga sabr qiling.

Havoriy agar hokimyat Xudo tominidan tayinlagan bo'lsa yoki kuchga kuchaytirilmagan bo'lsa, hech qanday hokimyat xalqi ustidan hukmronlik qilmasligini ko'rdi. Shuning uchun, bu barhayot Hukmdorga javobgardir. Shunday qilib, buzilgan xalq balki buzuq hukimyatga loyiqdir.

Agar siz G'ayriyahudiylarning havoriysining so'zlariga chuqur kirib borsangiz, siz o'zgacha ifodalarni topasiz:

a) Barcha hokimyatlar Xudo tomonidan qo'yiladi, chunki Uning irodasisiz va bilimisiz hech narsa sodir bo'lmaydi.

b) Hokimyatiga bo'ysunmaydigan kishi Xudoga bo'ysunmaydi.

c) Hokimyatga qarshi g'alayon qiladigan kishi odil hukmni oladi.

d) Xudo donolik va tenglik bilan odillik qilichini ishlatish uchun va jinoyatchilarga va hiylakorlarga qo'rquvga sabab bo'lish uchun xizmatkorlarni va raislarni chaqirgan.

e) Yaxshilik qiladiganlar uchun qo'rqish kerak emas. Ularga foydali xizmatlarini davom ettirishlari uchun solihlarni ruhlantirish uchun, Xudoning xizmatkorlari bo'lib chaqiriladigan odil hokimyat kerak.

Havoriy Pavlus hokimyatni ikki marotaba “Xudoning xizmatkori” deb nomlaydi. Shuning uchun, u haqiqat va solihlikning qoidalarini o'rnatsa, Xudo uni marhamatlab, uni xalqi bilan birga mukofotlaydi. Lekin agar u haqiqatdan qaytsa, yoki pora olsa, unda Xudo uni jazolaydi. Chaqiruvlariga ko'ra hokimyat ishchilari Xudoning xizmatkorlaridir, va ular yo Xudoning himoyasini ko'radilar, yoki Uning hukmini boshlaridan kechiradilar.

Iso solih va vazifalariga insonning burchlari uchun bu ishni qo'ygan va degan: “Qaysarning haqini Qaysarga bering, va Xudoning haqini Xudoga bering” (Matto 22:21). Bu bayon orqali, Masih kechiktirmasdan hokimyat tomon Uning vazifalarini sodiqlik bilan bajarish uchun insonni javobgar qildi; va shu bilan birga hokimyatning hokimligini chegaralab qo'ydi.

Shuning uchun, agar birorta hokimyat haqiqat Xudosiga va Uning qo'ygan amrlariga qarshi chiqsa, yoki haqiqat Xudosidan ko'ra boshqa xudoga sajda qilishga buyrug' barsa, inson shunday hokimyatga qarshi turish kerak, chunki “odamlardan ko'ra Xudoga ko'proq itoat qilish kerak” (Havoriylar 5:29), hatto shunday qarama-qarshilik uning imoni tufayli uning erkinligida, azobida, qotilligida natijaga kelgan bo'lsa ham. O'rta dengiz atrofidagi yerlar hokimyatlari uchun ibodat jangchilari bo'lgan, lekin ular Masihning Ruhiga qarshi bo'lgan hukmdorlariga qarama-qarshi bo'lgan jafokashlarning qoni bilan namlangan.

Muqaddas Kitob bizga oxirgi kunlarda dunyo xalqlari ustidan hokimdek Masihga qarshi chiquvchi ko'tarilib, Ota, Og'il va Muqaddas Ruh o'rniga o'ziga sajda qilish uchun ularga buyrug' berishini bizga aytadi. U kimki Xudoga ibodat qilsa, Xudoga qarshi bo'ladigan Masihga qarshi chiquvchining buyrug'larining qarshi chiquvchisidek hisoblaniladi va og'riqli o'limda o'ladi deb aytadi. Biroq, inson uchun abadiy halok bo'lishdan ko'ra qisqa muddat azob tortgan yaxshiroqdir.

Bu hokimyatlarimizning tanlovi uchun va uning huquqlarini bilish uchun va huquqlari uchun ibodat qilish bizning ruhiy burchimizdir, chunki hokimyat boshliqlari Xudoning sodiq inoyati orqalisiz, yaxshi bo'lgan ishini qilolmaydilar.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso, Sen insonlardan ko'ra Otanga itoat etding, shuning uchun Seni xochga mixlashdi. Bizni hokimyatlarimizning yaxshiliklari uchun ibodat qilishga o'rgat va agar ular bizni yomonlik qilishga yoki ishonmaslikka majbur qilsalar ularga qarshi turish uchun bizga jasorat ber. Omin.

SAVOL 86: Har bir hokimyatning hokimligining chegaralari qaysilar; va biz nima uchun insonlardan ko'ra Xudoga itoat qilishimiz kerak?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 21, 2012, at 09:59 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)