Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 065 (Do not be Proud)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 3 - XUDONING SOLIHLIGI MASIHNING IZDOSHLARINING HAYOTIDA KO'RINADI (Rimliklarga 12:1 - 15:13)

2. O'zingizga bino qo'ymanglar. Lekin Xudo har bir kishiga qancha imon bergan bo'lsa, shunga ko'ra fikr qilib, aqli raso odamlar bo'linglar (Rimliklarga 12:3-8)


RIMLIKLARGA 12:3-8
3 Menga berilgan inoyatdan foydalanib, sizlarning har birin-gizga shuni aytyapman: haddingizdan oshib, o'zingizga bino qo'ymanglar. Lekin Xudo har bir kishiga qancha imon bergan bo'lsa, shunga ko'ra fikr qilib, aqli raso odamlar bo'linglar. 4 Badanimiz bir bo'lsa-da, uzuvlar ko'p, uzuvlarning vazifasi esa bir hil emas. 5 Shunga o'xshab, biz ko'p kishi bo'lsak ham, Masih vujudida birlashganmiz va bir badanni tashkil etamiz, har birimiz alohida-alohida bo'lib, bir-birimiz uchun uzuvdirmiz. 6 Xudoning inoyat qilgani bo'yicha, biz Undan harhil in'omlar olganmiz. Birovning in'omi bashoratgo'ylik bo'lsa, o'z ishonch-e'tiqodiga muvofiq bashorat qilsin. 7 Agar xizmat in'omi bo'lsa, xizmat qilsin; agar muallimlik in'omi bo'lsa, ta'lim bersin. 8 Kim nasihatgo'y bo'lsa, pand-nasihat bersin. Kim ehson beruvchi bo'lsa chin ko'ngildan bersin. Kim boshliq bo'lsa, g'ayrat bilan boshchilik qilsin. Kim mehribonchilik qilsa, hursandlik bilan qilsin.

Pavlus umumiy fikr bilan o'zining qo'yini beradigan cho'pondek gapirmadi, balki u butun dunyo bo'ylab jamoatlarning hamma dushmanlariga aniq buyrug'ni va yakunni berdi.

O'zingizning asl yuzingizga ko'ra o'zingiz haqingizda yuqoriroq o'ylamang, balki siz o'zingizda hech narsa emasligingizdan va siz boshqalarga zararli bo'lishingiz mumkinligidan xabardor bo'ling. Ruhiy in'omingizni bilib oling va aniq bir xizmatga Masihning chaqiruvini eshiting. Manzur ko'radigan narsangizni qilmang, balki ehtiroslar bilan emas, balki ozodlarcha ruhiy yetuk bo'lganlarning boshqaruvi haqida o'ylab, Masihning boshqarivuga bo'ysuning.

Xizmatingizning o'lchovi sizning in'omingiz emas, balki u haqi-qatdan ham Masihdagi imoningizning darajasidir, chunki U O'z irodasini xizmatingizda amalga oshira oladi. Uning kuchi sizn-ing ishlaringizning siridir. Shuning uchun, hamma narsani Iso bilan va Unda qilib, U bilan o'ylab gapiring va shunda siz hayotingizda Uning sevgisining hosillarini ko'rasiz.

G'alabador Masihiyning siri ularning ruhiy birligidir. Bu birlik dunyoviy emas, balki Masihdagi ruhiylikdir. Ular Qutqaruvchilarining ruhiy badanlariga o'xshaydi; bu Masih ular orqali ishlarini ijro etadi. Ulardan hech kim yakka nishonlanish uchun ishlamaydi, balki hamma muqaddas bo'lganlarning birligida birdirlar. Masih sizning kuchingiz va siz Unda barkamol bo'ldingiz. Hech kimda barcha in'omlar yo'q. Masihning tanasida oyoqga yurak kerak, qo'lga bosh, ko'zga iroda va barmog'larga miyyaning buyrug'i kerak. Shuning uchun, jamoat tanasi faqat agar uning a'zolarining har biri boshqalarni tinglasa va ular Xudoga birga xizmat qilishsa ta'sirli bo'ladi.

Fikringizning irodasiga qarshi qo'lingizning ishlashi yoki ko'zingiz bilan buni ko'rib turib, chuqur tomon yurish qanday ahmoqlik? Tanasining barcha a'zolari bilan qanday qilib birga ishlashni o'rganmaydigan kishi o'zbilarmon, bechora, kalta fahmli va ahmoqligicha qoladi.

Pavlus aniq bir jamoatda ruhiy in'omlarni eslatib o'tadi. Uhlayotganlarni o'yg'otadigan kishi Muqaddas Kitobni surib qo'yib, faqat insoniy mehr bilan gapirmasligi kerak, balki u Xudoning so'zining chegaralari bilan turib, ehtiyotkorlik bilan Isoga shaxslarni olib kelish kerak.

Agar kimdirda qobilyat, vaqt va pul bo'lsa, unda bu kishi jamoatdagi muhtojlarga xizmat qilishi kerak. U ko'p gapirmasdan balki boshqalardan unga xizmat qilishlarini va unga rahmat aytishlarini kutmasdan balki Masihning donoligida ularga xizmat qilib, hech kimga bildirmasdan jimgina xizmat qilib ishlashi kerak. Ruhiy ustoz Xudoning Ruhi orqali berilgan fikrlarni bilib olib, tinglovchilarini asta-sekin o'rgatib borishi kerak va ularga faqat tushunish uchun emas, balki Xudoning so'zini bajarish uchun ham yordam berishi kerak. Ko'p mavzularni o'rgatish muhim emas, balki asta-sekin o'rgatish muhimdir; sharshara kabi gapirish va tinglovchilarni tushunarsiz gaplari bilan qoldirish emas, balki oddiylik va tu-shunarli tarzda aytgan gapining natijasini har bir mavzusining yakunida berishligi muhimdir.

Agar kimdadir ruhiy g'amho'rlik va boshqaruvlik in'omi bor bo'lsa, bu kishi sukunat saqlashni o'rganish kerak va bu kishi boshqalarning ruhiy holatini bilib olishi uchun ularning muammolarini tinglashi kerak. Keyin bu kishi o'zining fikrlaridan boshlab gapirmasdan, balki u Xudo shu vaqtda unga to'g'ri so'z berishi uchun ibodat qilishi kerak. Bu kishi uchun Masihning najodi bilan g'amho'rlik qilinadiganlarnikiga tashrif buyurish, ular uchun duo qilish va ular Masihda do'st bo'lishguncha ularga ishonish kerak.

Pavlus hissasini qo'shadigan kishi o'zi haqida va yordami haqida muhtoj kishiga gapirib bermasdan, jimgina va ehtiyotkorlik bilan hissasini qo'shiligini aytgan. Iso deydi: “O'ng qo'ling bajaryotgan narsani chap qo'ling bilmasin”. Shuning uchun, o'zingizni ulug'lash uchun xizmat qilmang, balki faqat Isoni ulug'lash uchun qilinglar.

Agar kimdir jamoatda yoki uning qo'mitalarining birida rahbarlik uchun javobgar bo'lsa, bu kishi boshqalar haqida e'tiroz, tanqidiy va imillash bilan ta'sir ko'rsatmasdan, balki ularga Isoning xizmati kuch bilan, va sabr bilan ijro etilishi kerakligini ko'rsatishi kerak. Sevgi bilan ijro etilmaydigan har bir narsa yolg'ondir.

Iso bu in'omlarning va xizmatlarning yig'indisidek shunday de-gan: “Otangiz rahimdil bo'lgani kabi, sizlar ham rahimdil bo'lin-glar” (Luqo 6:36).

Pavlus ilohiy fikrning bu turi bilan bizni tanishtirishni xohlaydi, va deydi: “Nima qilsangiz ham insonlar uchun emas, Rabbingizga qilgandek, yurakdan qilinglar”. Sevgi Masihiylikning shiori va belgisidir.

IBODAT: Ey sevikli Rabbimiz Iso, biz sevgida boshlang'ichlarmiz, biz boshqa-lardan mehrni kutamiz. Iltimos, bizga berilgan in'om bilan xizmat qilishimiz uchun fikrlarimizni o'zgartir; fikrlarimizga ko'ra emas, balki amalda irodangni bajarish uchun sevgi bilan, sabr-toqat, tirishqoqlik, imon va g'ayrat bilan xizmat qilaylik. Biz iblisning vasvasasiga qulamasligimiz uchun bizni mag'rurlikdan saqla. Omin.

SAVOL 83: Mazkur xizmatlarning qaysi birini bugunlik kunda eng muhim deb hisoblaysiz?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 20, 2012, at 08:44 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)