Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 063 (The Sanctification of your Life)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 3 - XUDONING SOLIHLIGI MASIHNING IZDOSHLARINING HAYOTIDA KO'RINADI (Rimliklarga 12:1 - 15:13)

1. Hayotingizning muqaddasligi Xudoga bo'lgan to'liq top-shirilishingiz orqali erishiladi (Rimliklarga 12:1)


RIMlIKLARGA 12:1
1 Shunday qilib, ey birodarlarim, Xudoning marhamati haqi sizlarga yolvoraman: Xudoga oqilona xizmat qila olishingiz uchun vujudingizni tirik, muqaddas, Xudoga manzur bo'la-digan qurbon qilib bag'ishlanglar.

Eski ahd xalqi ma'badlarda turli hil hadyalar orqali Xudoning muruvvati uchun minnatdorchiliklarini izhor etdilar. Ular har bir bilgan gunoh uchun bir hayvon qurbonligini o'zlarining suratlaridek taqdim etdilar va shuni bajarishlari bilan Xudo oldida gunohlarini tozalaganlar. Quddusdagi ma'badning buzulishidan keyin, Rimda yashagan eski ahd xalqi bo'lgan, Masihga ishonuvchilarga Pavlus Xudoga pul va qurbonliklar taqdim qilmasliklari kerakligini aytdi. Buning o'rniga ular Rabbimiz Iso Masihning Otasiga to'liq o'zlarini va tanalarini nazir etib, Unga topshirishlari kerak. Bunday bag'ishlash ular o'zlariga endi tegishli emasliklarini, balki ular faqat Xudoga tegishli ekanliklarini ko'rsatadi.

Bu masala har bir Masihiyga tegishli bo'lgan aniq bir savolga boshlaydi: “Siz hali ham o'zingizga tegishlimisiz yoki siz Masihning najodining iqrorida Xudoga o'zingizni nazr etganmisiz?”

Bu nazr Masihiylar o'zlarini o'limga qo'yishliklarini emas, balki ular endi dangasa bo'lmasdan, ruhlaridan, tanalaridan, pullaridan va o'zlarida bor bo'lgan narsalardan foydalanib Xudoga xizmat qilishni boshlashlarini anglatadi. Bu nazr barcha tanamizning vasvasalariga qarshi ruhiy kurashni ham o'z ichiga oladi, chunki inson tabiati Ilohiy Ruhga, Ilohiy Ruh esa inson tabiatiga qarshi yo'naltirilgan (Galatiyaliklarga 5:17). Pavlus bu oyatga tushuntirish kabi, o'ziga zikr etadi: “Men Masih bilan xochga mixlab qo'yilganman; endi yashayotgan men emas, balki Masih mening ichimda yashayapdi” (Galatiyaliklarga 2:19-20).

Havoriy Pavlus o'zini o'lik deb hisoblab, va faqat Muqaddas Ruh orqali unga berilgan Masihning hayoti bilan yashab, Xudoga o'zini to'liq bog'ladi. Xuddi shu tushunchada, havoriy sizdan siz solih kishi bo'lishingiz uchun Xudoga va Uning O'g'liga hayotingizni nazr etishingizni so'raydi. Masih siz Xudoga maqbul bo'ladigan muqaddas qurbon bo'lishingiz uchun tanangizda Ruhini yashashi bilan va qoni orqali sizni poklaydi. Masihning qoni va sizda Uning Ruhini yashaydigan bu in'omlar sizga berilgan abadiy hayotdir. Xudo sizni har kuni muqaddas kuchi bilan to'ldirishi uchun samoviy Otangizga va Uning cheksiz inoyatiga qayting.

Havoriy Pavlus Masihiyning to'liq bag'ishlanishini zikr etadi: “oqilona xizmatingiz” (Rimliklarga 12:1). Sizning quvonch bilan kuylashingiz Xudoga bo'lgan xizmatingizdagi mohiyatdir va ibodatlaringizda va iltijolaringizda buyuk kuch bor, lekin Rabbiy ham butunlay va abadiy Unga o'zingizni topshirishingiz uchun oxirgi qaroringizni kutadi. Bu faqat bir marotaba bo'ladigan havoriylik bag'ishlovdir. Keyin yangi ahd sizning hayotingizga kirib keladi va sizda abadiy hayot bo'ladi.

IBODAT: Ey samoviy Otamiz, biz Senga sajda qilib, quvonamiz, chunki Sen Masihning to'lovi orqali bizning mehribon Otamiz bo'lding. Biz o'zbilarmon va o'jar bo'lmasdan, balki gunohdan va nopoklikdan bosh tortib O'g'linga vaqtimizni, qobilyatimizni va o'zimizni berishimiz uchun bizlarga yordam ber. Biz Sening mehribonchiligingning mo'l-ko'lchiliklarida yashashimiz uchun bizga sevgingni joylagin. Omin.

SAVOL 81: Siz Najotkoringiz Isoga o'zingizni butunlay topshirdingizmi yoki siz hali ham o'zingizni o'ylab, o'zingiz uchun yashayapsizmi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 20, 2012, at 08:38 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)