Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 062 (The Apostle’s Worship)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 2 - XUDONING SOLIHLIGI HATTO YOQUBNING TAN-LANGAN BOLALARINING BAG'RI TOSHLIGIDAN KEYIN HAM TEBRANMAS (Rimliklarga 9:1-11:36)
5. Yoqub bolalarining umidi (Rimliklarga 11:1-36)

e) Havoriyning sajdasi (Rimliklarga 11:33-36)


RIMLIKLARGA 11:33-36
33 Oh, Xudoning, sahovatu hikmati hamda bilimining chu-qurligini qarang! Uning hukmlariga kimning aqli yetar, yo'llarini kim tekshirib chiqar ekan? 34 “Xudoning aqlini kim bilgan ekan? Uning maslahatchisi kim bo'lgan ekan?” 35 “Kim Xudoga bir narsa bermishki, Xudo unga qaytarib bersin?” 36 Butun borliq Undan chiqib, U orqali bordir va Unga qaratilgandir. Unga abadiy shon-sharaflar bo'lsin! Omin.

Pavlus yahudiylarning ruhiy holatidan qo'rqar edi, lekin u shu vaqtda minnatdorchilikka to'lib, Quddusdagi Yahudiylaring ilk imonlilari uchun hamdusano aytdi. U boshqa xalqlarning imonlilarining soni ko'payishi uchun va Xudoning sevgisi tufayli uning vahiymasining tuyg'ulari bosilgani uchun Muqaddas Xudoni ulug'ladi. U mehrini tan oldi, lekin jazosidan bosh tortdi. Pavlus Qudratlining sevgisini bilib, tushunarsiz bo'lgan yo'llariga ishondi va oxiri shunday deb dalolat keltirdi: “Xudo bizning tushunchalarimizdan yuqoridir. Biz Unga ishonamiz va fikrlarimizni Uning irodasi va vahiysi ostiga qo'yamiz” (Ishayo 40:13; 45:15; 55:8-9; Rimliklarga 11:33).

Rabbiysiga sodiqlik bilan sajda qilib, Unga hamdu-sano aytib, Unga rahmat aytadigan kishi saodatlidir, chunki u kishi sevgisida Muqaddas Xudoni biladi. Haqiqat Ruhi amaliy in'omlarida ruhining boyliklarining tushunchasiga va ilohiylikning eng tubiga uni yetaklaydi. Pavlus maktubining ikkinchi qismida mavzusining rejasiga va oxiriga yetadi. U Yoqub xalqining diydasi qotishini tan oladi va buning ortidagi sabab bu Xudoning irodasiga qarshiliklari va ishonmasliklari edi; Pavlus bu haqiqatdan bosh tortmaydi.

Xuddi shu vaqtda, Pavlus asl Yahudiylarning imonlilarini va Rimdagi b'azi e'tiborli kishilarni Xudo chegaralanmagan inoyati tufayli yana bir bor ularni qabul qiladi deb ruhlantiradi. Biroq, Xudo G'ayriyahudiylarning yangi imonlilari orqali Yahudiylarga ularning sevgilarini, kamtarliklarini, pokliklarini va Anatoliyadagi xizmatlarini ko'rsatib va ularni hamkorlik va sodiqlik bilan amaliy xizmatga boshlab, Yahudiylarni chaqiradi.

Lekin tarixiy dalil Pavlus umid qilgan narsaga bo'lgan qarshilikda o'sdi. Pavlusning o'zi Yahudiylarning g'azabidan birinchi qurbon bo'ldi. U Rimda ularning yolg'on da'volari tufayli kallasidan judo bo'lgan.

Pavlus o'zi va xushxabari tomon bu diydasi qotishni sezdi va Ishayo payg'ambar buni e'lon qilganidek, Yahudiylarga ruhiy haqiatni takroran aytdi. U shunday yozgan: “Eshitib-eshitib ham anglamaysizlar; qarab-qarab ham ko'rolmaysizlar. Chunki bu xalqning dilini yog' bosgan, quloqlari zo'rg'a eshitadigan bo'lgan, ko'zlarini esa yumib olganlar. Mobodo ko'zlari ko'radigan, quloqlari eshitadigan, dillari esa fahmlaydigan bo'lsa-yu, tavba qilsalar, Men ularga shifo bergan bo'lur edim. Shuni bilib qo'yinglar: Xudoning bu najodi endi boshqa xalqlarga yuborilgan; ular esa eshitadilar. Pavlus bu so'zlarni aytib bo'lgandan keyin, yahudiylar o'zaro ancha tortishib, u yerdan chiqib ketishdi” (Havoriylar 28:26-29).

Pavlus unga qarshi bo'lgan Yahudiy kengashining hukmi tufayli ko'p yillar Rim zindonlarida qolib ketdi (Havoriylar 23:1-28:16). Pavlus ularning o'jarliklari va g'azablari tufayli Qaysarning o'zi uni hukm qilgan Rimga safar qilishiga to'g'ri keldi (Havoriylar 27:1-28:16). Hatto uning zindonband bo'lishi og'ir emas edi, chunki Rimliklar unga uni tinglashni istagan hammaga bu xushxabarni voizlik qilishga ruhsat berishdi.

Rimdagi Yahudiylarning bir nechtasi ishondi, lekin ularning oqsaqollari va ustozlarining ko'plari bu ta'limni qabul qilishmadi, balki ular Masihiylikni Yahudiy mazhabi deb hisoblashishdi (Havoriylar 28:22). Pavlus kallasidan judo bo'lgandan keyin ham, ularda hakamlardagi buyuk tazyiq bor edi.

G'ayriyahudiylarning havoriysiga qarshi Yahudiylarning g'azabi oxiriga yetdi, lekin Pavlusning maktubi hech qanday to'siqsiz tarqaldi. Hatto bugun ham, ular Masihga ishonish uchun Yahudiylarni va G'ayriyahudiylarning soni son-sanoqsiz bo'lib ketishiga tortganlar. Bu dunyoning oxirigacha Masihdagi zafarda yuradigan va Masihda yashaydigan Pavlus ekani bilinib turibdi.

IBODAT: Ey samoviy Otamiz, biz havoriy Pavlus bilan Senga sajda qilamiz. Biz Sening sevging va g'azabing uchun Seni ulug'laymiz; mehring va hukmlaring uchun Senga hamdu-sano aytamiz; va dono yo'llaringda va sodiq inoyatingda quvonamiz. Biz Senga shukur aytamiz chunki Sen biz Sening sevimli bolalaring bo'lishimiz uchun bizni Masihga olib kelding. Omin.

SAVOLLAR:
79. Xudoning donoligi va inoyatning to'liqligi orqali deganning ma'nosi nima?
80. Agar Xudo tanlangan xalqining diydasini qotirib qo'ysa va oxirida U mu-qaddas ozchilikni qabul qilib, ularni Yoqubning bolalari deb hisoblasa, Xudo qanday qilib solihlikni davom ettiradi?

3 -SAVOL – JAVOB

Aziz kitobxon,
Bu kitobchada Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Hatidagi bizning izohlarimizni o'qib, endi siz quydagi savollarga javob berolasiz. Agar siz quydagi savollarning 90% ga javob bersangiz, biz sizga ta'limotingiz uchun bu kitobchalarning keyingi qismini jo'natamiz. Iltimos javob varog'iga to'liq ismingizni va aniq manzilingizni kiritishni unutmang.

  1. Pavlusning achinishiga sabab nima?
  2. Pavlus xalqning najodi uchun qurbon bo'lish uchun nimaga tayyor edi?
  3. Pavlus eski ahdning xalqi uchun qancha yutuqlarni nomladi, ulardan qaysi biri sizga eng muhimi bo'lib ko'rinadi?
  4. Xudoning inoyati nima uchun bir hukmdan boshqasiga qulagan tanlangan xalqning ko'plarini saqlab qolishga qodir emas edi?
  5. Ishoqning urug'idan bo'lgan uning tanlovining ma'nosi nima va Yoqubning o'g'illaridan uning tanlovining ma'nosi nima?
  6. Xudoning tanlovining siri nima?
  7. Nima uchun hech kim Xudo tomonidan tanlanishga loyiq emas? Bizning ijobiy tanlovimiz uchun sabab nima?
  8. Xudo nima uchun Fravinning yuragini qotirib qo'ydi? Odamlarning qabilalarining va xalqlarning diydasi qotib qolishi qanday yuzaga keladi?
  9. Xudoning g'azabining idishlari kimlar va ularning itoatsizligi uchun sabab nima?
  10. Xudoning mehrining idishlarining maqsadi nima va ularning boshlash nuqtasi qaysi?
  11. Nima uchun turli hil xalqlarning millionlab imonlilari Xudoning solihligini qo'lga kiritib, bunda o'rnashdilar?
  12. Nima uchun boshqa dinlarning dindor xalqi Xudoning solihligini qo'lga kiritish uchun qonunlariga bo'ysunishga harakat qiladilar?
  13. Masih qonunning oxiridir degan Pavlusning ishoralarining ma'nosi nima?
  14. Yahudiylar Masihlarining kelishiga nima uchun ko'z tikadilar?
  15. Imon va guvohlikning o'rtasidagi aloqa nima?
  16. Havoriy Pavlusga ko'ra imon va guvohlik qanday qilib amaliy rivojni yaratadi?
  17. Bugun har bir kishi agar istasa qanday qilib xushxabarni eshita oladi, tushuna oladi va qabul qila oladi?
  18. Nima uchun Xudo tanlangan xalqning butun xalqlardan yangi odamlarni yaratdi?
  19. Elisha payg'ambarga bo'lgan Isroilda yetti ming kishini va Baalga tiz cho'kmagan hammani qutqargan Xudoning so'zlarining ma'nosi nima?
  20. Yahudiylarning Masihning hamma izdoshlari va u Xudoning tanlangan xalqining muqaddas ozchiligiga tegishliligi haqidagi Pavlusning so'zlarining ma'nosi nima?
  21. Nopok G'ayriyahudiylar uchun Yahudiylarning tosh bo'lib qot ib qolishi nimani anglatadi?
  22. Masihiylar qanday qilib ishonmaydiganlarni haqiqiy imonga yo'naltiradi?
  23. Masihning ruhiy tanasiga ulanish orqali degan so'zning ma'nosi nima?
  24. Agar ulanyotganlarga zarar yetgan bo'lsa, kim havf-hatarda bo'lar edi?
  25. Xudoning va'dalari nima uchun hech qachon yo'q bo'lmasdan abadiy turadi?
  26. Hamma ruhiy Isroilliklar kim?
  27. Xudoning donoligi va inoyatining to'liqligi orqali deganning ma'nosi nima?
  28. Agar Xudo tanlangan xalqning diydasini qotirib qo'ysa va oxirida U muqaddas ozchilikni qabul qilib, ularni Yoqubning bolalari deb hisoblasa, Xudo qanday qilib solihlikni davom ettiradi?

Agar siz Rimliklardagi bu kitobchalarning hammasini o'qib tugatsangiz, va har bir kitobning oxiridagi savollarga javobingizni bizga jo'natsangiz, biz sizga Masih uchun kelasi xizmatlaringiz uchun sizni qo'llab-quvvatlashdek quydagini jo'natamiz

Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubining tushunchasi-dagi IlG'OR O'QISHLARNING DIPLOMI Siz abadiy hazinani olishingiz uchun Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubining imtihonini biz bilan bajarishingiz uchun sizni ruhlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz.

Bizning manzil:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany
Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 19, 2012, at 07:40 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)