Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 048 (The Truth of Christ Guarantees our Fellowship with God)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
E - IMONIMIZ ABADIY DAVOM ETADI (Rimliklarga 8:28-39)

2. Masihning haqiqati barcha qiyinchiliklarga qaramasdan Xudo bilan birligimizni kafolatlaydi (Rimliklarga 8:31-39)


RIMLIKLARGA 8:38-39
38 Men aminmanki, na o'lim va na hayot, na farishtalar va na jin-ajinalar, na hozirgi va kelgusi hodisalar, 39 na balandliklar va na chuqurliklar hamda na yaratilgan boshqa biron mavjudod Rabbimiz Iso Masih shaxsidagi Xudo sevgisidan bizni judo qilishga qodir emas.

Pavlus hech qanday yerli narsa yoki boshqa dunyoviy ruh Iso Masihda ko'rsatilgan Xudoning sevgisidan uni ajrata olmasligini bilar edi. Bu buyuk yakuniy bayon bilan, Pavlus Rimliklarga bo'lgan Maktubning qismini berkitdi. Uning Maktubi faqat fikrlash yoki tekshirish emas edi, balki u yuragidagi Muqaddas Ruhning shahodatiga binoan buyuk azoblanish va kurashning chuqur tajribasini yozgan. Pavlus aytmagan, “Agar bu Xudoga yoqsa, U men bilan bo'ladi”, lekin u hech qachon tugamaydigan tan olishda uni tasdiqlagan Masihdagi Xudoning sevgisining bilimini tan oladi. Xudoning solihligi shubhasiz emas.

Pavlus insoniy sevgi haqida gapirmadi, yoki mehribonchilik haqida gapirmadi va umuiylikda Xudoni sevmadi balki u Otani O'g'il orqali ko'rdi. U Masihdan boshqa birorta Xudoga olib boradigan boshqa yo'lni bilmadi. Xudoning O'g'lining mujassamligini, biz Otamiz Qudratli ekanini bilamiz. Uning otalik sevgisi unsoning mehr-shavqati emas, chunki Muqaddas Xudo biz Uning mehribonligiga shubhalanmasdan balki O'g'lining to'kilgan qoni tufayli Uning ahdiga va asrab olishiga bizni takklif qilishiga ishonch hosil qilishimiz uchun nopoklar uchun O'g'lini qurbon qildi. Pavlus xoch tufayli Xudoning sevgisi hech qachon tugamasligiga ishonga edi.

Biroq, Shayton haqiqatdir, va uning bor ekanligini tan olmaydigan kishi olamning holatidan xabardor emas. Pavlus bir necha ruhiy kuchlar bu va boshqa dunyoni yo'q qilishga tayyorgarlik ko'rganini ko'rgan. U faqat bir necha marotaba o'lim ruhini uchratmagan, balki zulmat farishtalari bilan ham bellashgan ham va u do'zaxning jiniga qarshi ibodatlari bilan kurashgan, shunda dedi: “Agar do'zax va jannat birgalikda menga hujum qilsa, Masihdagi Xudoning sevgisi meni tark etmaydi. Qarshi ruhlar meni yenga olmadi, chunki Masihning abadiy qoni meni pokladi.”

Pavlusda karomat in'omi bor edi. U buzg'unchi, yolg'onchi va qotil qanday qilib jamoatga hujum qilganini, lekin uni yengay olmaganini ko'rdi, chunki bu jamoat Masihdadir va iblis Uning qo'lidan tortib ololmaydi.

Hatto muqaddas qonun havoriylarning imonini shikoyatlar bilan qimirlatolmaydi, chunki ular Masih bilan xochda o'lgan va U ularda yashab, ularni saqlaydi. Imonli qiyomat qoyim kunida saqlanib qolinadi, chunki Masih hali ham sodiq G'olibdir.

Shuning uchun, aziz birodar, biz sizga shuni aytamiz, “Ruhingizni, tanangizni va qalbingizni to'liq Xudoning sevgisiga topshiring va ismingiz hayot kitobiga yozilishi uchun va siz abadiy Xudoning asrovida davom etishingiz uchun Uch Birlik haqida o'ylang.

Endi Pavlus faqat “Men” degan birinchi birlik shaxsida Xudoning sodiq sevgisidagi ulug'lashning madhiyasini yozmaganini balki u O'rta dengizining bo'yidagi jamoatlarni va Rimdagi hamma imonlilarni o'zining to'liq ishonchi bilan o'rab, “biz” degan birinchi ko'plik shaxsida so'zlarini berkitganini shu yerda nazorat qiling. Agar biz burungi bobda fikrni qabul qilsak, imonining shahodati bizni o'rab oladi. Keyin, biz bu dunyoda buyuk va kuchli bo'lib tuyuladigan narsaga ko'zlarimizni tikmaymiz, balki biz Iso Masihda ko'ringan Xudoning sevgisiga ishonamiz.

“Bizning Rabbimiz” degan oxirgi so'zlar bu madhiyaning natijasidek ko'rinadi. Bir tomondan, ular bizga Galgotada zafar qozongan U biz himoyamizning garovini Uning kuchida topadigan rabbiylar Rabbiysidir. U bizga qo'lini cho'zadi va bizni tark etmaydi, chunki U bizni sevadi.

IBODAT: Ey Iso, so'zlarim minnatdorchilikni ifoda etishga ojizdir. Sen meni asrab qolding va men Seniki bo'ldim. Hayotim kuching uchun madhiya xabari bo'lishi uchun va meni hech narsa Sendan ajratmasligiga ishonib, imonning to'liq ishonchida Seni ulug'lashim uchun, meni sevging bilan to'ldirgin, chunki Sen sodiqsan. Ota Senda, Sen Otada va Sen Uning o'ng tomonida o'tirganing kabi, hech narsa meni Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhdan ajratmasligi uchun meni solihligiga qo'ygin. Omin.

SAVOL 52: Pavlus nima uchun oxirgi gapini “Men” deb boshlab va “biz” bilan berkitdi?

2 – SAVOL - JAVOB

Aziz kitobxon,
Bu kitobchadagi Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubidagi bizning sharxlarimizni o'qib bo'lib, siz endi quydagi savollarga javob berolasizlar. Agar siz quydagi savollarning 90% javob bersangiz, biz sizga ta'limotingiz uchun bu kitoblarning keyingi qismini jo'natamiz. Iltimos javob varog'ida to'liq ismingizni va manzilingizni kiritishni unutmang.

  1. Bizning imon orqali oqlanishimizdagi asosiy fikrlar qaysilar?
  2. Bu “Xudoning shohligini ko'rsatish” degan iboraning ma'nosi nima?
  3. Nima uchun biz savob ishlarimiz orqali emas, faqat imon orqali oqlanamiz?
  4. Ibrohim va Dovud qanday qilib oqlandi?
  5. Nima uchun inson sunnat orqali emas, balki faqat imon orqali oqlandi?
  6. Biz nima uchun Qonunimizning nazorati orqali emas, Xudoning va'dalaridagi imonimiz orqali Xudoning barakasini olamiz?
  7. Biz Ibrohomdagi imon kurashidan nimani o'rganamiz?
  8. Xudoning tinchligi qanday qilib hayotimizda bajo bo'ladi?
  9. Xudoning sevgisi qanday ko'rinadi?
  10. Pavlus Odam ato va Iso o'rtasidagi solishtiruvi orqali bizga nimani ko'rsatishni xohladi?
  11. Suvga cho'mishning ma'nosi nima?
  12. Biz qanday qilib Masih bilan xochga mixlanib, Uning hayotida tirildik?
  13. Biz qanday qilib solihlik qurollaridek tanamizning qismlarini va o'zimizni Xudoga olib kelamiz?
  14. Masihning sevgisi, o'lim va gunohga bog'liqlikning o'rtasidagi farq nima?
  15. Nima uchun barcha imonlilar eski ahdning talablaridan ozod bo'lishadi?
  16. Qonun qanday qilib biz uchun yaxshi va gunoh va o'lim uchun sabab bo'la oladi?
  17. Pavlus o'zi haqida nimani tan oldi va tan olish bizga nimani anglatadi?
  18. 8 bobdagi birinchi gapning ma'nosi nima?
  19. Havoriy birga solishtirgan ikki qonunlar qaysilar va uning ma'nolari nima?
  20. Ruhiy insonning qiziqishi nima? Tanaviy bo'lganlarning merosi nima?
  21. Masihga ishonganlarga Muqaddas Ruh nima berdi?
  22. Muqaddas Ruh bizga o'rgatadigan Xudoning yangi ismi ni-ma? Uning ma'nosi nima?
  23. Masihning kelishi uchun azoblanadiganlar kimlar? Nima uchun?
  24. Nima uchun Xudoni sevganlarga hamma narsa yaxshilik uchun xizmat qiladi?
  25. Masihiylar qanday qilib muammolarni yengib o'tadi?
  26. Pavlus nima uchun oxirgi gapini “Men” deb boshlab va “Biz” bilan berkitdi?

Agar siz Rimliklardagi bu hamma kitobchalarning o'qishini tugatsangiz va bu kitobning oxiridagi savollarga javoblaringizni jo'natsangiz, biz sizga Masih uchun kelajak xizmatlaringiz uchun ruhlantirishdek, quydagini jo'natamiz

Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubini tushunchasidagi ILG'OR O'QISHLARNING DIPLOMI Siz abadiy hazinani olishingiz uchun Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubining imtixonini biz bilan bajarishingiz uchun sizni ruhlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz.

Bizning manzil:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany
Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 20, 2011, at 07:08 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)