Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
Home -- Uzbek -- Romans - 048 (The Truth of Christ Guarantees our Fellowship with God) This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK
Previous Lesson -- Next Lesson RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
E - IMONIMIZ ABADIY DAVOM ETADI (Rimliklarga 8:28-39)
2. Masihning haqiqati barcha qiyinchiliklarga qaramasdan Xudo bilan birligimizni kafolatlaydi (Rimliklarga 8:31-39)RIMLIKLARGA 8:38-39 Pavlus hech qanday yerli narsa yoki boshqa dunyoviy ruh Iso Masihda ko'rsatilgan Xudoning sevgisidan uni ajrata olmasligini bilar edi. Bu buyuk yakuniy bayon bilan, Pavlus Rimliklarga bo'lgan Maktubning qismini berkitdi. Uning Maktubi faqat fikrlash yoki tekshirish emas edi, balki u yuragidagi Muqaddas Ruhning shahodatiga binoan buyuk azoblanish va kurashning chuqur tajribasini yozgan. Pavlus aytmagan, “Agar bu Xudoga yoqsa, U men bilan bo'ladi”, lekin u hech qachon tugamaydigan tan olishda uni tasdiqlagan Masihdagi Xudoning sevgisining bilimini tan oladi. Xudoning solihligi shubhasiz emas. Pavlus insoniy sevgi haqida gapirmadi, yoki mehribonchilik haqida gapirmadi va umuiylikda Xudoni sevmadi balki u Otani O'g'il orqali ko'rdi. U Masihdan boshqa birorta Xudoga olib boradigan boshqa yo'lni bilmadi. Xudoning O'g'lining mujassamligini, biz Otamiz Qudratli ekanini bilamiz. Uning otalik sevgisi unsoning mehr-shavqati emas, chunki Muqaddas Xudo biz Uning mehribonligiga shubhalanmasdan balki O'g'lining to'kilgan qoni tufayli Uning ahdiga va asrab olishiga bizni takklif qilishiga ishonch hosil qilishimiz uchun nopoklar uchun O'g'lini qurbon qildi. Pavlus xoch tufayli Xudoning sevgisi hech qachon tugamasligiga ishonga edi. Biroq, Shayton haqiqatdir, va uning bor ekanligini tan olmaydigan kishi olamning holatidan xabardor emas. Pavlus bir necha ruhiy kuchlar bu va boshqa dunyoni yo'q qilishga tayyorgarlik ko'rganini ko'rgan. U faqat bir necha marotaba o'lim ruhini uchratmagan, balki zulmat farishtalari bilan ham bellashgan ham va u do'zaxning jiniga qarshi ibodatlari bilan kurashgan, shunda dedi: “Agar do'zax va jannat birgalikda menga hujum qilsa, Masihdagi Xudoning sevgisi meni tark etmaydi. Qarshi ruhlar meni yenga olmadi, chunki Masihning abadiy qoni meni pokladi.” Pavlusda karomat in'omi bor edi. U buzg'unchi, yolg'onchi va qotil qanday qilib jamoatga hujum qilganini, lekin uni yengay olmaganini ko'rdi, chunki bu jamoat Masihdadir va iblis Uning qo'lidan tortib ololmaydi. Hatto muqaddas qonun havoriylarning imonini shikoyatlar bilan qimirlatolmaydi, chunki ular Masih bilan xochda o'lgan va U ularda yashab, ularni saqlaydi. Imonli qiyomat qoyim kunida saqlanib qolinadi, chunki Masih hali ham sodiq G'olibdir. Shuning uchun, aziz birodar, biz sizga shuni aytamiz, “Ruhingizni, tanangizni va qalbingizni to'liq Xudoning sevgisiga topshiring va ismingiz hayot kitobiga yozilishi uchun va siz abadiy Xudoning asrovida davom etishingiz uchun Uch Birlik haqida o'ylang. Endi Pavlus faqat “Men” degan birinchi birlik shaxsida Xudoning sodiq sevgisidagi ulug'lashning madhiyasini yozmaganini balki u O'rta dengizining bo'yidagi jamoatlarni va Rimdagi hamma imonlilarni o'zining to'liq ishonchi bilan o'rab, “biz” degan birinchi ko'plik shaxsida so'zlarini berkitganini shu yerda nazorat qiling. Agar biz burungi bobda fikrni qabul qilsak, imonining shahodati bizni o'rab oladi. Keyin, biz bu dunyoda buyuk va kuchli bo'lib tuyuladigan narsaga ko'zlarimizni tikmaymiz, balki biz Iso Masihda ko'ringan Xudoning sevgisiga ishonamiz. “Bizning Rabbimiz” degan oxirgi so'zlar bu madhiyaning natijasidek ko'rinadi. Bir tomondan, ular bizga Galgotada zafar qozongan U biz himoyamizning garovini Uning kuchida topadigan rabbiylar Rabbiysidir. U bizga qo'lini cho'zadi va bizni tark etmaydi, chunki U bizni sevadi. IBODAT: Ey Iso, so'zlarim minnatdorchilikni ifoda etishga ojizdir. Sen meni asrab qolding va men Seniki bo'ldim. Hayotim kuching uchun madhiya xabari bo'lishi uchun va meni hech narsa Sendan ajratmasligiga ishonib, imonning to'liq ishonchida Seni ulug'lashim uchun, meni sevging bilan to'ldirgin, chunki Sen sodiqsan. Ota Senda, Sen Otada va Sen Uning o'ng tomonida o'tirganing kabi, hech narsa meni Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhdan ajratmasligi uchun meni solihligiga qo'ygin. Omin. SAVOL 52: Pavlus nima uchun oxirgi gapini “Men” deb boshlab va “biz” bilan berkitdi? 2 – SAVOL - JAVOBAziz kitobxon,
Agar siz Rimliklardagi bu hamma kitobchalarning o'qishini tugatsangiz va bu kitobning oxiridagi savollarga javoblaringizni jo'natsangiz, biz sizga Masih uchun kelajak xizmatlaringiz uchun ruhlantirishdek, quydagini jo'natamiz Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubini tushunchasidagi ILG'OR O'QISHLARNING DIPLOMI Siz abadiy hazinani olishingiz uchun Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubining imtixonini biz bilan bajarishingiz uchun sizni ruhlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz. Bizning manzil: Waters of Life |