Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 031 (The Resurrected Christ Fulfills his Righteousness)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
C - OQLANISH BU XUDO VA INSONLAR BILAN YANGI ALOQANI ANGLATADI (Rimliklarga 5:1-21)

2. Tirilgan Masih bizda solihligini bajaradi (Rimliklarga 5:6-11)


RIMLIKLARGA 5:6-8
6 Biz hali chorasiz bo'lganimizda, belgilangan vaqtda Masih betavfiqlar uchun o'ldi. 7 Birovning solih kishi uchun o'lishi ehtimoldan uzoqdir. Balki himmatli kishi uchun kimdir o'lim-ga borishga rozi bo'lar. 8 Lekin biz hali gunohga botgan chog'imizda, Masih biz uchun o'ldi. Bu Xudoning bizga bo'lgan muhabbatidan dalolatdir.

Pavlus Xudoning g'azabining va solih hukmining vahiysidan keyin, biz Xudoning sodiq sevgisida davom etishimiz, buyuk umidga erishishimiz va imon orqali oqlanishni qabul qilish uchun tayyor bo'lishimiz uchun bizni takabburlikning sinishiga va samimiy tavbaga boshlaydi. Hatto biz bu najodga kirgan bo'lsak ham, biz mag'rur bo'lmasligimiz uchun o'tmishimizni eslashimiz ham kerak.

Barcha ruhiy sovg'alar, tinchlik, inoyat, sevgi, poklik, imon, umid va sabr-toqat o'zimizdan yoki insoniy kuchlar orqali kelmaydi. Bular hayotini sevikli birodarlari uchun emas, balki Xudo ko'rib turadigan bizlarning oramizdagi xudosizlar uchun hayotini bergan Isoning o'limini natijasidir. Inson yovuz bombaga o'xshaydi. U faqat o'zini buzmaydi, balki boshqalarni ham buzadi. Shuning uchun, Masih bizni sevib, biz uchun o'ldi.

Biz bu kamtarlikdan Xudoning buyuk sevgisini ko'ramiz. Biz kamdan kam kimdir o'zining kasal birodarining sog'lig'ini tiklash uchun o'zining vaqtini, boyligini va tinchligini yoki hayotini qurbon qilish uchun xohishni topmaymiz. Balki kimdir o'zining yurti uchun yoki bolalari uchun hayotini beradi, yoki ona bolalari uchun hayotini qurbon qiladi, lekin Xudodan boshqa hech kim jinoyatchilar uchun va voz kechilgan dushmanlari uchun hayotini berishga tayyor emas.

Bu qoida imonimizning avjini tashkil etadi. Biz Xudoning itoatsiz dushmanlari bo'lganimizda, Muqaddas Xudo bizni sevdi. U O'glida gunohkorlar bilan birlashib, qotillarining gunohlari uchun tavba qilishdek o'ldi. Do'stlari uchun hayotini qo'yishga qaraganda buyukroq sevgi yo'q. Biz Xudoning bu so'zidan dushmanlarini “do'stlarim” deb ataganini topamiz, chunki U hammani sevdi va hatto o'limgacha bordi.

Biz uchun Xudoning sevgisi gunoh qilishimizdan oldin, va hatto tug'ilishimizdan ham oldin xochda gunohlarimizni kechirgani shunday buyukdir. Shuning uchun, biz o'zimizni oqlash uchun harakat qilishimiz kerak emas, lekin faqat ilohiy inoyatni qabul qilishimiz kerak va oqlanganimizga va Isoning najodining kuchi bizda ro'yobga chiqishiga ishonishimiz kerak.

RIMLIKLARGA 5:9-11
9 Demak, agar biz endi Masihning to'kilgan qoni tufayli oq-langan bo'lsak, Uning soyasida Xudo g'azabidan qutilishimiz yanada aniqroqdir. 10 Biz Xudoning dushmanlari ekanmiz, U O'z O'g'lining o'limi tufayli bizni O'zi bilan yarashtirib qo'ydi. Endi U bilan yarashgan bo'lsak, Uning O'g'li hayotligi tufayli najod topishimiz yanada aniqroqdir. 11 Va bu bilan kifoyalanib qolmay, balki bizni Xudo bilan yarashtirib qo'ygan Rabbimiz Iso Masih sharofati bilan Xudodan shodlanib yuribmiz.

Endi, quvonib hursandchilikdan sakrang! Chunki biz Masih bilan birlikda imonimiz tufayli Xudo oldida oqlandik. Iblisda bizga qarshi shikoyat qilish uchun huquq yo'q. Masihning qoni tanada va qalbda bizni poklaydi. Bu yangi holat abadiy oxiri bo'ladi, chunki Isoning iltijosi Hukm Kunida bizni Xudoning g'azabidan saqlaydi.

Pavlus bizga quydagi ma'nolar bilan najod haqiyqatida chuqurlashtirib beradi:

Birinchisi: Biz Xudo tomon isyonchilikda va dushmanlikda ya-shaganimizda, bir vaqtda U bilan yarashtik. Bu yarashish roziligimizsiz edi va narxning to'lovisiz bo'lgan. Haqiqatdan ham, biz faqat inoyat sovg'asi bo'lgan bu yarashuvni boshlashga loyiq emasmiz va bu qo'limizdan kelmaydi. Bu yarashuv faqat tanada bo'lgan va biz uchun o'lgan Xudoning O'g'li orqali mumkin bo'lgan.

Ikkinchisi: Agar Isoning o'limi shunday o'zgarish natijalariga sabab bo'lgan bo'lsa, qanchalar tirik Masihning hayoti najodga erishadi! Endi biz xohlab Xudo bilan yarashtik va biz Uning kuchi bizda ishlashi uchun butun yuragimiz bilan Uning irodasini qilishni xohlaymiz. Shuning uchun, faqat Masihning O'zining hayoti bo'lgan abadiy hayot Xudoning sevgisining mohiyati, Muqaddas Ruh bo'lgan Xudoning Qo'zisidagi imonimiz orqali bizga keldi. Bu ilohiy oyatlar bizning yuraklarimizda tinchlikni, hursandchilikni, osoyishtalikni va ulug'likni o'rnatadi. Xudoning Ruhi bizning ulug'vor kelajagimizning garovidir, chunki kimki sevgida yashasa, Xudo unda va u kishida Xudo yashaydi.

Uchinchisi: shuning uchun, Pavlusda Muqaddas Xudoning O'zi bizda yashaydi va biz Unda yashaymiz degan ma'noni beradigan “Biz ham Xudoda quvonamiz” deyilganidek shunday ulug'vorlik cho'qqisiga ko'tarilish uchun jasorat bor edi, chunki biz faqatgina U bilan yarashmadik, balki Ilohiy Zod uchun tanalarimizni ma'bad qilgan Xudoning O'zi, Muqaddas Ruh bilan ham yarashganmiz. Sizdagi Xudoning huzuridan quvonasizmi? Siniq inson bo'ling, o'zingizni hech narsadek hisoblang, Rabbingizga sajda qiling va Masihning o'limi sizni ko'targan ajoyib mansabni ko'ring.

IBODAT: Biz xochga mixlangan Isoda e'lon etilgan sevgi oldida tiz cho'kamiz va biz buzuq fikrlarni o'z ichiga olgan ilohiy sevgingning maqsadlariga tanamizni topshiramiz. Biz o'zimizni o'ylashni xohlamaymiz lbalki ilohiy sevgining dengiziga cho'kishni istaymiz. Omin.

SAVOL 35: Xudoning sevgisi qanday ko'rinadi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 19, 2011, at 03:14 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)